01.04.2017 yildagi PQ-2863-son
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “a” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-sentabrdagi PF-6318-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2021-y., 06/21/6318/0927-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning “b” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-apreldagi PF-102-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 06/22/102/0291-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PF-5212-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.10.2017-y., 06/17/5212/0153-son)
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-maydagi PF-6221-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 06.05.2021-y., 06/21/6221/0428-son)
 LexUZ sharhi
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.

T/r

Tadbirlar nomlanishi

Muddatlari

Bajaruvchilar

Amalga oshirish mexanizmi

I. Xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyati uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish, ular faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimini takomillashtirish, xususiy sog‘liqni saqlash sektorida ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar hajmi va turlari ko‘paytirilishini rag‘batlantirish

1.

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risida yangi tahrirdagi Nizomni tasdiqlash bo‘yicha Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish, unda, jumladan quyidagilar nazarda tutiladi:

faoliyatning o‘ziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda nodavlat tibbiyot tashkilotlariga nisbatan yangi litsenziya talablari, standartlari va sanitariya normalarini ishlab chiqish;

litsenziya beruvchi organ tomonidan litsenziya berish yoki u�i berishni rad etish to‘g‘risida qaror qabul qilish muddatini litsenziya talabgorining barcha zarur hujjatlari bilan arizasi qabul qilingan kundan boshlab 30 kundan 20 kungacha qisqartirish;

litsenziya berish uchun davlat boji miqdorini eng kam ish haqining 10 barobari miqdoridan 5 barobari miqdorigacha kamaytirish.

2017-yil aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, DSQ, Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi

Nodavlat tibbiyot tashkilotlari faoliyatini litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash haqida Vazirlar Mahkamasi qarorini qabul qilish.

2.

Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam turi, hajmi va namunalarini hisobga olgan holda xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy-texnika bazasi, uskunalar va boshqa texnik vositalarga, shu jumladan tibbiyot asbob-uskunalariga nisbatan minimal talablarni ishlab chiqish va tasdiqlash.

2017-yil aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘ini tasdiqlash.

3.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari faoliyatiga aralashishni qat’iyan taqiqlagan holda Sog‘liqni saqlash vazirligining Salomatlik va tibbiy statistika institutiga o‘zlari ko‘rsatayotgan xizmat turlari va hajmlari, kasalliklar dinamikasi va nozoologiyasi to‘g‘risida xususiy tibbiyot tashkilotlari tomonidan hisobotlarni taqdim etish mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi tibbiy statistika hisoboti tizimini takomillashtirish.

2017-yil
III chorak

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi

Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, Sog‘liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug‘ini tasdiqlash.

II. Xususiy tibbiyot tashkilotlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, ularni zamonaviy tibbiyot uskunalari, maxsus anjomlar va asboblar bilan jihozlash, tibbiy ixtisoslashuv turlariga mos keladigan hamda sanitariya normalari va qoidalari talablariga javob beradigan bino va xonalar bilan ta’minlash

4.

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga va xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish Tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish (Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 6-oktabrdagi 279-son qarori bilan tasdiqlangan), bunda davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotib olish tanlovida ishtirok etish uchun zakalat miqdorini boshlang‘ich narxning 15 foizidan 10 foizigacha kamaytirish nazarda tutiladi.

2017-yil
may

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Davlat ko‘chmas mulk obyektlarini sotish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga va xaridor tomonidan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlarni qabul qilish sharti bilan davlat mulki obyektlarini “nol” xarid qiymatida sotish Tartibiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

5.

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish (Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 8-apreldagi 102-son qarori bilan tasdiqlangan), bunda kichik tadbirkorlik subyektlari, shu jumladan xususiy tibbiyot tashkilotlari uchun davlat mulkini ijaraga olishnin� maksimal muddati 10 yilgacha oshirilishi ko‘zda tutiladi.

2017-yil aprel

Davlat raqobat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Adliya vazirligi

Davlat mulkini ijaraga berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

6.

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va kiritish (Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 7-oktabrdagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan), bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi tanlov faqat bitta talabgordan tanlov taklifi kelib tushganligi sababli tanlov bo‘lib o‘tmadi deb e’lon qilingan, tanlov takroran e’lon qilinganida esa tanlov taklifi yana faqat bitta qatnashchidan tushgan taqdirda bunday tanlov bo‘lib o‘tdi deb hisoblansin;

qishloq va olis hududlardagi tadbirkorlik subyektlariga tanlov yakunlari bo‘yicha yer uchastkasidan doimiy foydalanish huquqini qo‘lga kiritganlik uchun haq to‘lash muddatini 1 yilgacha cho‘zishga ruxsat berish, tanlov zakalati hamda boshqa nazarda tutilgan avans to‘lovlari bundan mustasno.

2017-yil
may

“Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, Moliya vazirligi, DSQ, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun tanlov asosida yuridik va jismoniy shaxslarga yer uchastkalarini doimiy foydalanishga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar to‘g‘risida takliflar kiritish.

7.

Shunday me’yor kiritiladiki, unga muvofiq mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining minimal stavkasini har yili belgilash chog‘ida sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan davlat mulki uchun ijara haqining minimal stavkasi 20 foizga kamaytiriladi.

har yili

Davlat raqobat qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Sog‘liqni saqlash tashkilotlari tomonidan davlatning ko‘chmas mulkidan foydalanganlik uchun ijara haqining minimal stavkasi kamaytirilganligini hisobga olgan holda mahalliy ijro hokimiyati organlarining har yili qabul qiladigan qarorlari.

8.

Xususiy tibbiyot tashkilotlarining keyinchalik muhandislik-kommunal infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishlarini hisobga olgan holda ular faoliyatini tashkil etish uchun binolar va xonalar ajratib berilishini ta’minlash.

doimiy

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Xususiy tibbiyot tashkilotlarining keyinchalik muhandislik-kommunal infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishlarini hisobga olgan holda ular faoliyatini tashkil etish uchun binolar va xonalar ajratib berish to‘g‘risida mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa vakolatli organlarning qarorlarini qabul qilish.

9.

Tibbiyot tashkilotlarining talab-ehtiyojlarini o‘rganish va tahlil etishni hisobga olgan holda, olib kirilayotgandan bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) yangi tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va tibbiyot uskunalariga sarflanadigan materiallar ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish Vazirlar Mahkamasining2013-yil 31-dekabrdagi 356-son qarori bilan tasdiqlangan.

2017-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, DBQ, DSQ, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Tibbiyot tashkilotlarining olib kirilayotganda bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadigan yangi tibbiyot uskunalari, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar va tibbiyot uskunalariga sarflanadigan materiallar ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

10.

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish hamda ro‘yxat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish (Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 22-dekabrdagi 352-son qarori bilan tasdiqlangan), bunda quyidagilar nazarda tutiladi:

tadbirkorlik subyektlari uchun ro‘yxat guvohnomasini 180 ish kunidan:

birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish uchun bog‘lash materiallari, tibbiy buyumlar, bemorlarni parvarish qilish buyumlari uchun — 120 ish kunigacha;

qadoqlangan va o‘ralgan shifobaxsh o‘simlik xomashyosi holidagi farmakopeya dori vositalari, “in bulk” asosida mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan tayyorlanadigan dori vositalari, ilgari ro‘yxatga olingan dori vositalari uchun — 60 ish kunigacha qisqartirish orqali ularning sarf-xarajatlarini kamaytirish.

2017-yil iyun

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ro‘yxatga olish hamda ro‘yxat guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘ri?�da Vazirlar Mahkamasining qarorini qabul qilish.

III. Moslashuvchan kredit va lizing mexanizmlarini faol tatbiq etgan holda xususiy tibbiyot tashkilotlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash hajmlari va miqyoslarini oshirish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar jalb etilishini kengaytirish, tibbiy xizmatlar eksportini rivojlantirish

11.

Ixtisoslashtirilgan “Uzmed-lizing” lizing kompaniyasining ustav kapitalini, shu jumladan lizing kompaniyasi muassislarining mablag‘larini, shuningdek, xorijiy investorlarning mablag‘larini jalb etish hisobiga 5 — 10 mln AQSh dollarigacha ko‘paytirish orqali zamonaviy yuqori texnologiyali tibbiyot uskunalari xarid qilish va tibbiyot tashkilotlariga lizing asosida topshirish hajmlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida aniq takliflarni ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil aprel

Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, TIF Milliy banki, “Asaka” banki, Agrobank, O‘zsanoatqurilishbank, Ipoteka-bank

Tegishli takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

12.

To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar ishtirokida tibbiyot klinikalari va markazlari qurilishida ishga tushirilgan obyektlar, davolash binolari va inshoatlari muhandislik kommunikatsiyalariga kafolatlangan tarzda ulanishi “O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK hamda boshqa muhandislik-kommunikatsiya va kommunal xizmatlarni yetkazib beruvchilar tomonidan ta’minlanishi haqida qonunchilik normasi joriy etilishi to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil iyun

“O‘zbekenergo” AJ, “O‘ztransgaz” AK, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari

Tegishli takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

13.

Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va bo‘lishi to‘g‘risidagi qoidalarga qo‘shimcha va o‘zgartishlar haqida takliflar ishlab chiqish va kiritish (Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarori bilan tasdiqlangan) ko‘zda tutiladigan vaqtincha ro‘yxatga qo‘yish va mamlakatda bo‘lish muddatini uzaytirishga ruxsatnoma tartibini, shuningdek, respublikaning tibbiyot muassasalariga tashxis qo‘yish va davolanishga kelgan xorijiy fu�arolar uchun tegishli tibbiy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibini soddalashtirish.

2017-yil iyun

IIV, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Adliya vazirligi

Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasiga kirishi va bo‘lishi to‘g‘risidagi qoidalarga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar haqida takliflar kiritish.

14.

O‘zbekistonda Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Germaniya va boshqa mamlakatlarning yetakchi tibbiyot markazlari va klinikalari bilan birgalikda yirik davolash-diagnostika muassasalarini barpo etish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqish va kiritish

2017-yil avgust

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi

Tegishli takliflarni ishlab chiqish va kiritish.

IV. Tibbiy sug‘urta tizimini faol joriy etgan holda sifatli va arzon tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirish, xususiy tibbiyot sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning sifatli, samarali tizimini shakllantirish

15.

“Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi konsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish, unda quyidagilar nazarda tutiladi:

tibbiy sug‘urta sohasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, har bir fuqaroning tibbiy sug‘urta tizimiga yalpi va majburiy qamrab olinishi, har bir fuqaroning tibbiy va profilaktika xizmatlariga bo‘lgan teng huquqlari, sug‘urta polisiga muvofiq haqi to‘langan yuqori sifatli tibbiy xizmatning kafolatlangan tarzda ko‘rsatilishi;

ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‘urtaning huquqiy asoslari, tibbiy va profilaktika xizmatlarining tariflarini tartibga solish, sug‘urta majburiyatlari, sug‘urta badallari va sug‘urta to‘lovlari miqdorlarini tartibga solish mexanizmlari, shuningdek, tibbiy sug‘urta mablag‘larini boshqarish, shu jumladan majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasini tashkil etish;

majburiy tibbiy sug‘urta jamg‘armasini shakllantirish manbalarini belgilash, shuningdek, majburiy va ixtiyoriy tibbiy sug‘urta tizimida ishtirok etishda fuqarolar uchun rag‘batlantiruvchi imtiyoz va preferensiyalar ishlab chiqish.

2017-yil oktyabr

Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi,Davlat raqobat qo‘mitasi, Adliya vazirligi, O‘zbekiston sug‘urta bozori professional qatnashchilari assotsiatsiyasi, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi

“Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi kontsepsiyasini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

16.

Qarorga muvofiq beriladigan soliq imtiyozlari natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan aholining ijtimoiy hojatmand toifalariga xususiy tibbiyot tashk?l�tlari tomonidan bepul tibbiy xizmatlar ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ishlab chiqish va belgilangan tartibda tasdiqlash.

2017-yil aprel

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi

Nizomni barcha xususiy tibbiyot tashkilotlariga yetkazgan holda uni belgilangan tartibda tasdiqlash.

17.

Xususiy tibbiyot tashkilotlari tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirishni nazarda tutgan holda ilg‘or xalqaro tajribaga muvofiq o‘quv jarayoniga yangi ta’lim, tibbiyot va axborot texnologiyalari hamda usullarini keng ko‘lamda joriy etish asosida tibbiyot xodimlarining professional darajasini uzluksiz va tizimli ravishda oshirib borishni ta’minlash.

2017-yil iyul

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Toshkent vrachlar malakasini oshirish instituti, Respublika o‘rta tibbiyot va farmatsevtika xodimlari malakasini oshirish va ixtisoslashtirish markazi,O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi

Chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish va tasdiqlash.

18.

Respublikaning tibbiyot tashkilotlarini jihozlash uchun xorijda ishlab chiqarilgan yangi tibbiyot uskunalari va butlovchi buyumlarni yetkazib berish to‘g‘risida hukumatlararo va xalqaro grant hamda kredit bitimlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va amalga oshirish davomida mahalliy mutaxassislarni yangi uskunalarda ishlashga o‘rgatishni tashkil etishda grant jihatdan qo‘llab-quvvatlash va texnik yordam ko‘rsatish nazarda tutilsin.

doimiy

Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar va savdo vazirligi, TIV

Hukumatlararo va xalqaro grant hamda kredit bitimlarining loyihalariga tegishli shartlarni kiritish.

 LexUZ sharhi
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 7-oktabrdagi PF-6320-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 08.10.2021-y., 06/21/6320/0940-son)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirishga har tomonlama ko‘maklashish, xususiy tibbiyot muassasalarining aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishi uchun zarur sharoit yaratish maqsadida qabul qilindi.

Oxirgi yillarda aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasini tubdan isloh qilish va takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish doirasida tibbiyot sohasining xususiy sektorini barqaror rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu sohaga mamlakatimiz sog‘liqni saqlash tizimining davlat sog‘liqni saqlash muassasalari tomonidan ko‘rsatilayotgan keng turdagi tibbiyot xizmatlarini sifat jihatidan yuksaltirish va yanada to‘ldirishga xizmat qiladigan muhim tarkibiy qism sifatida qaralmoqda.

Umuman olganda, mamlakatimizda tibbiyot sohasining xususiy sektori faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi qonunida mamlakatimizda sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni rivojlantirish ko‘zda tutilgan. Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini tartibga solish va litsenziyalash tizimi faoliyat yuritmoqda. Ularga barcha turdagi soliqlar va qator majburiy to‘lovlar, shuningdek, chetdan olib kelinadigan yangi tibbiy asbob-uskunalar uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etish bo‘yicha imtiyozlar berilayotir.

So‘nggi 6 yilda mamlakatimizda xususiy tibbiyot muassasalari soni 2 barobar ko‘payib, 3,5 mingtaga yetdi. Ularni yuqori texnologiyali tibbiyot texnikasi bilan jihozlash darajasi 3 barobar oshdi. Ayniqsa, stomatologiya, laboratoriya tashxisi, terapiya, fizioterapiya, nevrologiya va boshqa sohalarga ixtisoslashgan xususiy tibbiyot muassasalari rivojlangan.

Shu bilan birga, davlatimiz rahbari sog‘liqni saqlash sohasi vakillari bilan uchrashuvlarida sog‘liqni saqlash tizimida xususiy sektorni rivojlantirishga hamon yetarlicha e’tibor qaratilmayotganini ta’kidladi.

Bu boradagi tajriba shuni ko‘rsatmoqdaki, xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatiga oid qonunchilikda mavjud cheklovlar ular tomonidan ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat turlarini kengaytirish va sifatini yanada yaxshilashga, ayniqsa, tor ixtisoslikdagi tibbiyot sohalariga ilg‘or davolash usul va texnologiyalarini joriy qilishga to‘sqinlik qilmoqda. Ayniqsa, xususiy tibbiyot subyektlarining qishloq joylarda rivojlanishi darajasi qoniqarsiz holatda, ularning uchdan bir qismidan ziyodi Toshkent shahri va viloyatida faoliyat ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan qabul qilingan qarorga muvofiq, sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalish va vazifalari qatorida xususiy tibbiyot muassasalari tashxis qo‘yish va davolashning zamonaviy yuqori texnologiyali usullarini keng qo‘llagan holda sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatishi uchun zarur sharoitlar yaratish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda ularga kredit ajratish va moliyaviy yordam ko‘rsatish, xususiy tibbiyot sohasiga xorijiy investitsiyalar va malakali mutaxassislarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish, aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish bozori infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan.

Alohida ta’kidlash zarurki, qarorda sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektor tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmat turlarini yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan. Xususan, ayni paytgacha xususiy tibbiyot muassasalariga 177 turdagi tibbiy xizmatlarning atigi 50 tasiga ruxsat etilgan bo‘lib, qolganlari taqiqlangan edi. Mazkur qarorga binoan, endi ularga tibbiy xizmatlarning deyarli barcha turlarini ko‘rsatishga ruxsat berildi.

Ruxsat etilgan tibbiy xizmat turlariga kardiojarrohlik, neyrojarrohlik, mikrojarrohlik, onkologiya, anesteziologiya va reanimatologiya, gelmintologiya, intervitsion kardiologiya, immunobiologik va immunoferment tashxis qo‘yish, qon-tomir, torakal va abdominal jarrohlik va tibbiyot sohasida talab yuqori bo‘lgan boshqa yo‘nalishlar kiritildi.

Shuni qayd etish lozimki, agar avval qabul qilingan qonunchilik hujjatlarida xususiy tibbiyot muassasalari shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari tasdiqlangan bo‘lsa, endi faqat davlat sog‘liqni saqlash muassasalari amalga oshirishi mumkin bo‘lgan va xususiy tibbiyot muassasalari uchun taqiqlangan ayrim cheklangan faoliyat turlari tasdiqlanmoqda. Ushbu faoliyat turlari aholi hayoti, salomatligi va sanitariya-epidemiologik holatiga katta xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan, jumladan, o‘ta yuqumli, xavfli va karantin kasalliklarga tashxis qo‘yish va davolash, toksikologik, venerik va ruhiy xastaliklar, chaqaloqlar va 1 yoshgacha bo‘lgan bolalar kasalliklari va patologiyasini davolash, tug‘ruqni qabul qilish va homiladorlikni to‘xtatish, organlarni ko‘chirish, qon donorligini tashkil etish va boshqa o‘ziga xos yo‘nalishlar bilan bog‘liqdir.

Mazkur qaror xususiy tibbiyot muassasalariga keng ko‘lamli imtiyoz va preferensiyalar berilgani bilan ham alohida e’tiborga loyiq. Xususan, ushbu muassasalar 2022-yilning 1-yanvariga qadar barcha turdagi soliqlar va majburiy ajratmalar to‘lashdan ozod etildi. Alohida ta’kidlash lozimki, taqdim etilgan soliq imtiyozlari xususiy tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini sezilarli darajada mustahkamlash imkonini beradi. Bo‘shagan mablag‘lar ularni zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar bilan jihozlash, ularga servis-texnik xizmat ko‘rsatish, tibbiyot maqsadlari uchun ehtiyot qismlar, inventar va boshqa buyumlar xarid qilish, yangi bino va inshootlarni qurish va mavjudlarini rekonstruksiya qilishga maqsadli yo‘naltiriladi.

Taqdim etilgan soliq imtiyozlari hisobidan tejalgan mablag‘larning bir qismi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatishga yo‘naltiriladi. Shunday qilib, berilgan soliq imtiyozlari evaziga davlat bir vaqtning o‘zida aholini manzilli ijtimoiy himoya qilish bilan birga, sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni kengaytirishni rag‘batlantirish bo‘yicha muhim vazifalarni hal etadi, shu bilan birga, xususiy tibbiyot muassasalari zimmasiga qo‘shimcha moliyaviy xarajatlar yuklanmaydi.

Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga Moliya vazirligi va O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasi bilan birgalikda bir oy muddatda yuqorida qayd etilgan soliq imtiyozlari taqdim etilishi natijasida bo‘shaydigan mablag‘lar hisobidan Xususiy tibbiyot muassasalarining aholi ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlariga bepul tibbiy xizmat ko‘rsatish tartibi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi topshirildi.

Shuningdek, xususiy tibbiyot muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha olib kelinadigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda materiallari uchun bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi. Bunda mazkur ro‘yxatni tibbiyot muassasalarining ehtiyojidan kelib chiqqan holda yanada kengaytirish ko‘zda tutilgan.

Alohida ta’kidlash lozimki, qishloq joylarda va chekka tumanlarda tibbiyot sohasida xususiy sektorni jadal rivojlantirish maqsadida qarorda qishloq joylarda tibbiy xizmat ko‘rsatish sohasida tashkil etiladigan yangi mikrofirmalar va kichik korxonalar davlat ro‘yxatiga olingan kundan boshlab 10 yil muddatga yagona soliq to‘lovidan ozod etilishi ko‘zda tutilgan.

Qarorda 2017-yil 1-maydan boshlab sog‘liqni saqlash sohasida kichik korxonalar xodimlarining yillik o‘rtacha cheklangan sonini 25 kishidan 100 kishigacha ko‘paytirish to‘g‘risidagi tasdiqlangan norma tibbiyot sohasining xususiy sektorida bandlikni kengaytirishni rag‘batlantirish imkonini beradi, xususiy tibbiyot muassasalari xizmat ko‘rsatadigan aholi sonini oshirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadi.

Qarorda mustaqillik yillarida ushbu soha uchun birinchi marta ishlab chiqilgan Xususiy tibbiyot muassasalarini rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish chora-tadbirlari dasturi tasdiqlangani ham alohida e’tiborga loyiqdir. Mazkur dasturda xususiy tibbiyot muassasalarini har tomonlama rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash, ular �aoliyatining barcha yo‘nalishlarini qamrab olish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan.

Xususan, xususiy tibbiyot muassasalariga litsenziya berishni sezilarli darajada soddalashtirish va muddatlarini tezlashtirish, jumladan, litsenziya berish to‘g‘risidagi qarorni 30 kundan 20 kungacha qisqartirish, litsenziya berish uchun davlat bojini eng kam ish haqining 10 barobaridan 5 barobarigacha kamaytirish nazarda tutilgan.

Dasturda xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini yo‘lga qo‘yish va kengaytirish uchun ularni bino va xonalar bilan ta’minlashga doir amaliy chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga foydalanilmayotgan binolar, obyekt va xonalarni, ayniqsa, sog‘liqni saqlash tizimida tugatilayotgan muassasalarning davlat mulki bo‘lgan obyektlarini aholiga tibbiy xizmatlar ko‘rsatadigan tadbirkorlik subyektlariga “nol” qiymatida belgilangan tartibda bepul sotish, bunda mulkdorlar investitsiya kiritish va yangi ish o‘rinlari yaratish bo‘yicha majburiyatlarni zimmasiga olishini ta’minlash vazifasi topshirildi.

Shu bilan birga, kichik tadbirkorlik subyektlari, jumladan, xususiy tibbiyot muassasalariga davlat mulkini ijaraga olishning maksimal muddatini amaldagi normalarga muvofiq 5 yildan 10 yilgacha uzaytirish ko‘zda tutilgan. Bunda sog‘liqni saqlash muassasalarining davlat mulkidan foydalanish uchun ijara to‘lovining eng kam stavkasini 20 foizga qisqartirish nazarda tutilgan.

Yangi tibbiyot obyektlari barpo etadigan va mavjudlarini rekonstruksiya qiladigan xususiy tibbiyot muassasalari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, boshqa vakolatli organlarga ularning muhandislik-kommunal infratuzilma obyektlaridan hech qanday to‘siqlarsiz foydalanishini e’tiborga olgan holda, ularga yer uchastkalari, bino va xonalar ajratish vazifasi topshirildi.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga ikki oy muddatda yuridik va jismoniy shaxslar, jumladan, xususiy tibbiyot muassasalariga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, xususan, tibbiy xizmatlarni, ayniqsa, qishloq joylar va olis tumanlarda ko‘rsatish uchun yer uchastkalari ajratishda qo‘shimcha imtiyozlar berish to‘g‘risida takliflar ishlab chiqish topshirildi.

Xususiy tibbiyot muassasalariga kredit ajratish va ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasiga bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga “O‘zmed-lizing” ixtisoslashtirilgan lizing kompaniyasi ustav kapitalini ko‘paytirish orqali, shuningdek, xorijiy investorlar mablag‘larini jalb etish hisobidan tibbiyot muassasalariga zamonaviy yuqori texnologiyali asbob-uskunalar xarid qilish hajmini kengaytirish va lizingga berish chora-tadbirlari to‘g‘risida aniq takliflar kiritish topshirildi.

Tijorat banklariga xususiy tibbiyot muassasalariga zamonaviy tibbiy asbob-uskunalar, jumladan, xorijdan sotib olish, boshlang‘ich kapitalni shakllantirish, tibbiy xizmatlar ko‘rsatish maqsadida bino va inshootlar xarid qilish uchun uzoq muddatli imtiyozli kreditlar ajratish vazifasi yuklatildi. Shuningdek, aholiga zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, jumladan, bank kredit kartalari bilan hisob-kitob qilish asosida xususiy tibbiyot muassasalarining tibbiy xizmatlaridan foydalanish uchun iste’mol kreditlari taqdim etish tavsiya etilgan.

Shuni alohida ta’kidlash kerakki, qarorda tibbiyotning xususiy sohasiga, ayniqsa, yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni jalb qilish va xorijiy kapital ishtirokida qo‘shma tibbiyot muassasalari tashkil etish orqali ilg‘or xalqaro tajribani joriy etishni kengaytirishga doir chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Mazkur qarorda xususiy tibbiyot muassasalarida ishlashga jalb etiladigan �orijlik shifokorlar va zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan texnik mutaxassislar tuzilgan mehnat shartnomalari doirasida olinadigan daromadlar bo‘yicha jismoniy shaxslar daromad solig‘i hamda yagona ijtimoiy to‘lovlardan ozod etilishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va O‘zbekiston xususiy amaliyot vrachlari assotsiatsiyasiga O‘zbekistonda Janubiy Koreya, Hindiston, Rossiya, Germaniya va boshqa davlatlarning yetakchi tibbiyot markazlari hamda klinikalari bilan hamkorlikda yirik davolash-tashxis qo‘yish muassasalari tashkil etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va kiritish tavsiya etildi. Bunda qarorga ko‘ra, xususiy tibbiyot muassasalarining xorijlik xodimlari boshqaruv personali sifatidagi faoliyatidan oladigan daromadlari jismoniy shaxslar daromad solig‘idan ozod etiladi.

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligiga xususiy tibbiyot tashkilotlarida ishlash uchun jalb etiladigan xorijlik shifokorlar va tibbiyot asbob-uskunalariga xizmat ko‘rsatadigan texnik mutaxassislarga O‘zbekiston Respublikasiga kirish va yashash uchun ruxsatnoma hujjatlarini rasmiylashtirishda yordam ko‘rsatish topshirildi.

Xususiy tibbiyot muassasalari faoliyatini keng ko‘lamda rag‘batlantirish tibbiy sug‘urta tizimini keng joriy etgan holda, aholiga davlat tomonidan ko‘rsatiladigan kafolatli bepul tibbiy yordam bilan birga, sifatli va arzon tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratadigan pulli tibbiy xizmatlar bozorini jadal rivojlantirishni taqozo etadi.

Shu munosabat bilan qarorda tibbiy sug‘urta sohasidagi o‘zaro munosabatlarni tartibga solish, ixtiyoriy va majburiy tibbiy sug‘urtaning huquqiy asoslarini belgilash, sug‘urta polislari bo‘yicha kafolatli yuqori sifatli tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, fuqarolar uchun tibbiy sug‘urta tizimida ishtirok etishda rag‘batlantiruvchi imtiyoz va preferensiyalar yaratish va boshqa masalalarga qaratilgan “Tibbiy sug‘urta to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ko�tsepsiyasini ishlab chiqish ko‘zda tutilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sog‘liqni saqlash sohasida xususiy sektorni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirishni rag‘batlantirish, xalqimiz uchun munosib va sifatli hayot sharoitlarini yaratishga doir amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlarning mantiqiy davomi, shuningdek, “Inson manfaatlari hamma narsadan ustun” degan ezgu g‘oyani hayotga izchil tatbiq etish borasidagi navbatdagi muhim qadamdir.