O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi PQ-3180-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Uzluksiz ta’lim tizimining muhim bo‘g‘ini — maktabgacha va o‘rta umumiy ta’limni to‘la ko‘lamli rivojlantirish, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi, 2004—2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturi o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika davlat boshqaruvi organlari tizimini takomillashtirish to‘g‘risida” 2003-yil 9-dekabrdagi PF-3358-son Farmonini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va 2004—2009-yillarda maktab ta’limini rivojlantirishning Davlat umummilliy dasturining asosiy prinsiplari va ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi faoliyatining muhim maqsadli vazifasi deb hisoblansin.
Quyidagilar O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari etib belgilansin:
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish;
umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish;
idoraviy bo‘ysunushidan va muklchilik shakllaridan qat’i nazar, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
idoraviy mansub ta’lim muassasalarida moddiy-texnik shart-sharoitlarning yanada mustahkamlanishini ta’minlaydigan normativ baza yaratish, jamiyat va davlat manfaatlarini qoniqtiradigan ta’lim sifati va mazmunini oshirish;
tizimli asosda pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, jamiyatda ta’lim xodimlarining ijtimoiy maqomini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
vazirlik va uning hududiy bo‘limlari huzuridagi markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish, mukammal va joriy ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
2. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining tuzilmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalarining namunaviy tuzilmasi 3 — 5-ilovalarga muvofiq;
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risidagi nizom 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziriga, zarurat bo‘lganda, vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Davlat test markazi bilan birgalikda:
bir oy muddatda Xalq ta’limi tizimi organlari va o‘quv yurtlarining rahbar va pedagog kadrlari attestatsiyasi to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazsin.
2005-yil 1-yanvargacha bo‘lgan muddatda xalq ta’limini boshqarish hududiy organlarining rahbar kadrlarini, pedagogika institutlarining rahbarlari va professor-o‘qituvchilar tarkibini, shuningdek umumta’lim maktablari rahbarlarini attestatsiyadan o‘tkazsin.
4. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 8-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin, shuningdek ularning ayrimlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.A. Azizxo‘jayev zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2004-yil 5-avgust,
372-son
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tuzilmasi
Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasining tuzilmasi
Viloyat xalq ta’limi boshqarmasining namunaviy tuzilmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi to‘g‘risida
NIZOM
I. Umumiy qoidalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlariga va boshqa hujjatlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik tizimiga Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari hamda idoraviy mansub boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlar kiradi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari, xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari ikki tomonlama bo‘ysunishda bo‘ladilar va Vazirlikka hamda tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashiga va mahalliy davlat hokimiyati organlariga hisob beradilar.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
4. Vazirlik o‘z faoliyatini davlat boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
5. Vazirlik va uning hududiy bo‘linmalari moddiy-texnika ta’minoti, shuningdek Vazirlik tizimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash Vazirlikka budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6. Vazirlik, uning hududiy bo‘linmalari, idoraviy mansub boshqa korxonalar, tashkilotlar va muassasalar yuridik shaxs hisoblanadilar, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar.
II. Vazirlikning vazifalari va funksiyalari
7. Quyidagilar Vazirlikning asosiy vazifalari va faoliyati yo‘nalishlari hisoblanadi:
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish;
umumiy o‘rta ta’limning Davlat ta’lim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish;
o‘quv-tarbiya jarayoniga o‘qitishning zamonaviy ilg‘or shakllarini, yangi pedagogik va axborot texnologiyalarini, ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning samarali shakllari va usullarini joriy etish, tinchlik va barqarorlikni ta’minlashga, mamlakatning taraqqiyoti va xalq farovonligini oshirishga qaratilgan milliy mustaqillik g‘oyalarini amalga oshirish;
idoraviy bo‘ysunishidan va mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim muassasalari faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga metodik rahbarlik qilish;
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim uchun o‘quv va o‘quv-metodik adabiyotlarning yangi avlodlari yaratilishi va nashr etilishini tashkil etish;
idoraviy mansub ta’lim muassasalarida moddiy-texnik shart-sharoitlarning yanada mustahkamlanishini ta’minlaydigan normativ baza yaratish, jamiyat va davlat manfaatlarini qoniqtiradigan ta’lim sifati va mazmunini oshirish;
tizimli asosda pedagog kadrlar tayyorlash, ularning malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlashni tashkil etish, jamiyatda ta’lim xodimlarining ijtimoiy maqomini oshirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish;
bolalar va o‘smirlarni ijtimoiy-huquqiy muhofaza qilish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
ta’lim muassasalarida bolalar sporti rivojlantirilishini ta’minlash va ularning sport bazasini mustahkamlash.
markazlashtirilgan investitsiyalar hisobiga moliyalashtiriladigan obyektlar qurilishi, rekonstruksiya qilinishi, mukammal va joriy ta’mirlanishi, umumta’lim muassasalarining moddiy-texnika bazasi mustahkamlanishi, ularning bino va inshootlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi yuzasidan nazoratni amalga oshirish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
8. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining maqsadi, vazifalari va qoidalarini hamda Kadrlar tayyorlash milliy dasturini amalga oshirishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimini va uning aniq bo‘g‘inlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan prognozlarini ishlab chiqadi;
maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim, xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash uchun davlat talablarini belgilaydi;
(8-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
ta’lim muassasalaridagi o‘quv-tarbiya jarayoniga ilmiy-metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
ta’lim muassasalarida umumiy o‘rta ta’lim, professional pedagogik ta’lim davlat standartining joriy etilishini ta’minlaydi;
umumta’lim, fundamental, ijtimoiy-gumanitar hamda umumiy kasb-hunar fanlarini o‘qitishning o‘quv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, Vazirlik tizimidagi ta’lim muassasalari uchun o‘quv-metodik hujjatlarni tasdiqlash va chiqarish tartibini belgilaydi;
(8-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini, zamonaviy o‘quv-metodik komplekslarini yaratadi va o‘quv-tarbiya jarayonini didaktik ta’minlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
maktabgacha ta’limning, shu jumladan bolalarni oilada tarbiyalash sharoitlarida ham, samarali psixologik-pedagogik metodlarini qidirib topish va joriy etishni amalga oshiradi;
(8-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
o‘quvchilar bilan maktabdan tashqari ishlarning, shu jumladan bolalar turizmi va xalq hunarmandchiligining mavjud turlari va shakllarini takomillashtiradi, ularning milliy turlari va shakllarini qayta tiklaydi va yangilarini joriy etadi;
bolalar sportini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratadi, ommaviy sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish tadbirlarini tashkil qiladi;
ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, o‘quv-pedagogik markazlar va kabinetlarning pedagoglar jamoalarini o‘quv-metodik materiallar va darsliklarni tezkorlik bilan ishlab chiqishga, yangi pedagogik texnologiyalarni, barcha turdagi ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etishga istiqbolli yondashuvlarni ishlab chiqishga, ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolarini hal etishga keng jalb etishni ta’minlaydi;
o‘sib kelayotgan avlodni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyalashning milliy mustaqillik g‘oyalariga, boy milliy madaniy-tarixiy an’analarga, xalq urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlarga asoslangan samarali tashkiliy hamda pedagogik shakl va vositalarini ishlab chiqadi va joriy qiladi, shaxsni tarbiyalash va har tomonlama kamol toptirish ustuvorligini ta’minlaydi;
umumta’lim o‘quv yurtlarini o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlash bo‘yicha yagona talablarni ishlab chiqadi, Iqtisodiyot vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda umumta’lim maktablarini zamonaviy maktab partalari, axborot texnologiyalari va o‘quv-laboratoriya uskunalari bilan jihozlashga tanlov savdolari o‘tkazadi;
manfaatdor vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan birgalikda ilg‘or pedagogik tajribani ommalashtirish va joriy etishni ta’minlaydi;
Vazirlik tizimi ta’lim muassasalarining ota-onalar, oilalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlari, jamg‘armalar bilan ijodiy faol, O‘zbekiston mustaqilligi g‘oyalariga sadoqatli va jamiyat taraqqiyotiga aniq ulush qo‘shishga layoqatli shaxsni kamol toptirish bo‘yicha o‘zaro yaqin hamkorligini amalga oshiradi;
iqtidorli bolalarni aniqlash va o‘qitishning metodologiyasini, psixologik-pedagogik va tashkiliy shart-sharoitlarini yaratadi hamda ma’lumotlar bankini shakllantiradi, iqtidorli bolalar va yoshlar monitoringini olib boradi;
Vazirlik tizimida xorijiy tillarni faol o‘rganish hamda ularni o‘rganishning jadallashtirilgan metodlarini joriy etish, davlat tilida lug‘atlar va adabiyotlarni nashr etish uchun zarur shart-sharoitlar yaratadi;
(8-bandning o‘n yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
o‘qituvchilarning (o‘quv fanlari va soatlari bo‘yicha) o‘rin almashish tartibini belgilaydi, umumiy o‘rta ta’lim muassasalari xodimlarining sinfdan tashqari faoliyatini tartibga soladi;
umumta’lim muassasalari o‘quvchilarining bilimlarini baholashning reytingli tizimini, xalq ta’limi xodimlari tayyorlash sifati hamda Vazirlik tizimida ularga bo‘lgan ehtiyojlar monitoringi tizimini ishlab chiqish va joriy etishda qatnashadi;
(8-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni amalga oshirilishi monitoringini olib boradi;
to‘liq davlat ta’minoti asosida etim bolalarni hamda ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni davlat va nodavlat ta’lim muassasalari ta’minotiga olish, o‘qitish, tarbiyalash va kasb-hunarga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda jismoniy va aqliy rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va ta’minlashni tashkil qiladi, kasb-hunarga tayyorlashni takomillashtiradi, ularning ijtimoiy-maishiy sharoitlarini va moddiy ta’minotini, ularga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va sog‘lomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar va maktab-internatlar shoxobchalarini rivojlantiradi;
(8-bandning yigirma ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha ta’limga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarni to‘laqonli jismoniy va aqliy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, bolalar va o‘smirlar uchun maktabdan tashqari va o‘quv-tarbiya muassasalari shoxobchalarini rivojlantiradi, o‘sib kelayotgan avlodning ijodiy faoliyatini va sog‘lom hordig‘ini, ularning qiziqishlari va istaklarini qondirishni, qobiliyati va iste’dodini har tomonlama rivojlantirishni ta’minlovchi muassasalar komplekslarini tashkil qiladi;
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish qoidalarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Vazirlik tizimidagi oliy pedagogika ta’lim muassasalari, o‘quv-tarbiya va ilmiy-tadqiqot muassasalari bilan birgalikda ta’lim sohasida vazirlikning ilmiy-texnika dasturini ko‘rib chiqadi va shakllantiradi, uni amalga oshirishga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilaydi;
(8-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda— O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
pedagogika oliy ta’lim muassasalari, T.N. Qori Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti, A. Avloniy nomidagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziy instituti huzurida katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashni belgilangan tartibda amalga oshiradi;
(8-bandning yigirma oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga fan doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyalar himoya qilish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengashlar raislari nomzodlarini hamda shaxsiy tarkibini kelishish, tegishli kengashlarga dissertatsiyalarni himoya qilish uchun qabul qilib olish, ilmiy daraja va ilmiy unvonlar berish huquqi beriladigan mutaxassisliklar ro‘yxatini kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi;
(8-bandning yigirma yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
(8-bandning yigirma to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 2-oktabrdagi 207-sonli qarori tahririda—O‘zbekiston Respublikasi Qonun Hujjatlari To‘plami, 2006-y., 40-son, 396-modda)
katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar instituti orqali ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash rejalarini ishlab chiqadi;
(8-bandning yigirma sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
pedagogika institutlari rektorlari lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni Vazirlar Mahkamasiga belgilangan tartibda taqdim etadi;
idoraviy mansub oliy ta’lim muassasalari, Vazirlik tizimidagi respublika tashkilotlari ustavlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
(8-bandning o‘ttizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
o‘quvchilarni yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish to‘g‘risidagi va ta’lim muassasalarida eksternat to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
xalq ta’limi tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha qonun hujjatlari va Hukumat qarorlari loyihalariga doir takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
ta’lim masalalari bo‘yicha jamoatchilik fikrini o‘rganishni tashkil qiladi, respublikada umumiy o‘rta ta’limning ahvolini qiyosiy tahlil qiladi, uni rivojlantirish tendensiyalarini belgilaydi;
ilmiy-metodik jurnallar, gazetalar, Vazirlik buyruqlari va yo‘riqnomalari to‘plamlarini nashr etish yo‘li bilan ta’lim sohasidagi ilmiy-texnik va pedagogik axborotlarni ommalashtiradi;
ta’lim muassasalarining moddiy bazasini mustahkamlash va rivojlantirish hamda ularni texnika bilan qayta jihozlash, Vazirlik tizimidagi muassasalar va tashkilotlarda moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish sohasida normativ talablarni ishlab chiqadi va yagona yondashuvni ta’minlaydi;
O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan o‘quv-tarbiya muassasalari qurilishi bo‘yicha bosh buyurtmachi funksiyasini bajaradi;
(8-bandning o‘ttiz oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasida marketingni rivojlantirish, pulli maslahat berish va qo‘shimcha (asosiy ta’lim dasturlarida nazarda tutilmagan) ta’lim xizmatlari ko‘rsatish tizimini rivojlantirish yo‘li bilan ta’lim xizmatlarining raqobat bozorini shakllantiradi;
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bolalar, o‘quvchilar va pedagoglar salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlashni ta’minlash ishlarini amalga oshiradi;
respublikaning manfaatdor vazirliklari, davlat qo‘mitalari, idoralari, uyushmalari bilan birgalikda maktab sport musobaqalarini, turistlar slyotlarini, texnika ijodkorligi ko‘riklarini, maktab olimpiadalarini, xalq ta’limi xodimlari o‘rtasida sport musobaqalarini hamda iqtidorli yoshlarni aniqlash, tarbiyalash va shaxsni kamol toptirishga yo‘naltirilgan o‘quv-tarbiyaviy tusdagi boshqa tadbirlarni tashkil qiladi va o‘tkazadi;
(8-bandning o‘ttiz to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
belgilangan tartibda maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, oliy pedagogik ta’lim va malaka oshirishning muhim masalalari bo‘yicha kengashlar, seminarlar va konferensiyalar chaqiradi;
(8-bandning qirqinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
xalq ta’limi xodimlarini, o‘quvchilar va talabalarni, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar xodimlarini mehnatda va o‘qishdagi yuqori ko‘rsatkichlari, o‘quvchi yoshlarni o‘qitish va tarbiyalashdagi faol ishtiroki hamda homiylik ko‘magi uchun davlat mukofotlariga belgilangan tartibda taqdim etadi va idoraviy mukofotlar bilan taqdirlaydi
(8-bandning qirq birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
ta’lim muassasalari tarmog‘ini rivojlantirish va kontingenti ko‘rsatkichlarini ishlab chiqadi, O‘zbekiston Respublikasi respublika budjetidan moliyalashtiriladigan muassasalar ta’minotiga hamda Vazirlik tizimidagi markazlashtirilgan tadbirlar uchun navbatdagi rejalashtirilgan yilga budjet so‘rovini shakllantiradi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar hisobini tashkil qiladi;
(8-bandning qirq ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
ta’lim darajalarining uzluksizligi va uzviyligini ta’minlash, o‘qitish va tarbiyalash bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarni uyg‘unlashtirish uchun Vazirlikning Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi bilan faoliyatini muvofiqlashtiradi;
(8-bandning qirq uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
vasiylik kengashlari faoliyati tashkil etilishiga va umumta’lim maktablari bilan jamoatchilik o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni ta’minlashga ko‘maklashadi;
umumta’lim maktablarida axborot-tahliliy va prognoz ishlari olib borilishini ta’minlaydi;
ilg‘or tajribani o‘rganish va ilg‘or texnologiyalarni joriy etish maqsadida umumta’lim muassasalari tomonidan, shu jumladan xorijiy mamlakatlarning maktab ta’limi bo‘yicha ma’lumotlar bazasi yaratilishi ishlarini tashkil etadi va ularni qo‘llab-quvatlaydi;
Vazirlik va umumta’lim muassasalari faoliyatini keng yoritish yuzasidan ommaviy axborot vosistalari bilan ish olib borilishini tashkil etadi.
9. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek hududiy bo‘linmalar, tasarrufidagi boshqa muassasalar orqali hal qiladi.
III. Vazirlikning huquqlari va javobgarligi
10. Vazirlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
tegishli vazirliklar va idoralardan, Vazirlikning hududiy bo‘linmalaridan statistik, prognoz va hisobot ma’lumotlarini olish;
ta’lim bo‘yicha alohida masalalarni hal etish, ta’lim muassasalari ishlarini takomillashtirish, ularning o‘quv-moddiy bazasini mustahkamlash, malakali pedagog kadrlarni tayyorlash, davlat ta’lim muassasalari xodimlarining, o‘quvchilar va talabalarning belgilangan ijtimoiy muhofazasini ta’minlash yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, oliy pedagogik ta’lim muassasalari tomonidan, ularning mulkchilik shakllari va bo‘ysunishidan qat’i nazar, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni, Kadrlar tayyorlash milliy dasturi hamda ta’lim masalalari bo‘yicha boshqa qonun hujjatlari bajarilishini belgilangan tartibda tekshirish;
(10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
ta’lim masalalari bo‘yicha qonun hujjatlari qo‘llanilishi amaliyotini umumlashtirish, uni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
ta’lim tizimini va uning muayyan bo‘g‘inlarini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli muammolarini ishlab chiqish uchun vaqtinchalik ilmiy jamoalar tashkil etish;
o‘quv dasturlari, darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari hamda metodik materiallar to‘g‘risida xulosalar tayyorlash, pedagogika fani yutuqlaridan va ilg‘or tajribadan foydalanish bo‘yicha tavsiyanomalar ishlab chiqish uchun ilmiy-metodik kengash tashkil qilish, metodik kengash tarkibini va kengash to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘larini O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda jamlash hamda ushbu mablag‘larni darsliklar sotib olishga va yil mobaynida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan boshqa markazlashtirilgan tadbirlarga yo‘naltirish.
(10-bandning sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Vazirlik O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
11. Vazirlik o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar bajarishi majburiy bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlashga haqlidir.
Vazirlik, zarur hollarda, boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar bilan birgalikda qo‘shma qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarishga haqlidir.
12. Vazirlik maktabgacha, umumiy o‘rta, maktabdan tashqari, oliy pedagogik ta’lim sohasida davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash hamda xalq ta’limi xodimlari malakasini oshirish, shuningdek o‘ziga yuklangan vazifalarning zarur darajada bajarilishi uchun javob beradi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
IV. Vazirlik faoliyatini tashkil etish
13. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan vazir boshchilik qiladi.
Vazirning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan uch nafar o‘rinbosarlari, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosari bo‘ladi. O‘rinbosarlardan biri Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining ijro etuvchi direktori hisoblanadi.
(13-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
(13-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
14. Vazir:
vazirlik faoliyatiga yakka boshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Vazirlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
o‘z o‘rinbosarlarining vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimidagi boshqa mansabdor shaxslarning vakolatlarini, o‘z o‘rinbosarlarining va boshqa mansabdor shaxslarning Vazirlik faoliyati alohida uchastkalariga rahbarligi va idoraviy mansub organlar va muassasalar ishlari uchun javobgarlik darajasini belgilaydi;
Vazirlik markaziy apparati tuzilmasiga o‘zgartirishlar kiritadi, xodimlarning belgilangan cheklangan umumiy soni doirasida uning shtat jadvalini, shuningdek Vazirlik markaziy apparatining, idoraviy mansub organlar va muassasalarning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Vazirlikning tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub boshqa muassasalarning nizomlari (ustavlari)ni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Vazirlik markaziy apparati xodimlarini, hududiy bo‘linmalar rahbarlarini, Vazirlik tizimiga kiruvchi idoraviy mansub boshqa muassasalar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi.
Vazir qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
15. Vazirlikda Vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek Vazirlik faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Vazirlik faoliyatining maktabgacha, umumiy o‘rta va maktabdan tashqari ta’lim tizimini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, pedagog kadrlarning, ayniqsa boshlang‘ich sinflar o‘qituvchilarining malakasini va kasb darajasini oshirish, shuningdek umumiy o‘rta ta’limning davlat ta’lim standartlarini, har tomonlama rivojlangan va mustaqil fikrlashga qodir bo‘lgan shaxsni shakllantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlaydigan maktabgacha va maktabdan tashqari ta’limga qo‘yiladigan talablarni takomillashtirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Vazirlik rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Vazirlik vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Vazirning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda vazir paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
16. Hududiy bo‘linmalar o‘z faoliyatini tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan kelishgan holda Vazirlik tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i tegishli ravishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri tomonidan tayinlanadilar.
Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo‘limlari mudirlari tegishli tumanlar (shaharlar) hokimliklari bilan kelishgan holda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri, viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalari boshliqlari, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi boshlig‘i taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri tomonidan tayinlanadilar.
(16-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 20-iyundagi 183-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 260-modda)
17. Vazirlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘zgartirishlar kiritilayotgan va o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari ro‘yxati
1. Vazirlar Mahkamasining “Respublika davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari boshqaruv xodimlari sonini maqbullashtirish va qisqartirish to‘g‘risida” 2004-yil 5-yanvardagi 1-son qaroriga 2-ilovaning VI. “Ijtimoiy kompleks” bo‘limida 6-ustunning 15-bandida “6003” raqami “6010” raqami bilan, “54” raqami “61” raqami bilan almashtirilsin.
2. Quyidagilar:
Ministrlar Sovetining “Respublikada xalq ta’limini boshqarishni takomillashtirish haqida” 1990-yil 27-yanvardagi 54-son qarori;
Ministrlar Sovetining “O‘zbekiston SSR Oliy va o‘rta maxsus ta’lim ministrligining va O‘zbekiston SSR Xalq ta’limi ministrligining boshqaruv sxemalari to‘g‘risida” 1990-yil 20-martdagi 152-son qarori;
Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 1993-yil 19-maydagi 237-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1993-y., 5-son, 19-modda) o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 31-son, 356-modda, 34-35-son, 394-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2010-y., 23-son, 183-modda; 2011-y., 25-son, 260-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda, 26-son, 316-modda)