Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2004 19.05.1993 yildagi 237-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.08.2004
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TAʼLIMI VAZIRLIGI HAMDA OLIY VA OʻRTA MAXSUS TAʼLIM VAZIRLIGI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 5-avgustdagi 372-son “Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisidagi ilova qilinayotgan Nizomlar tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1969-yil 26-iyundagi 304, 305-son qarorlari (Oʻz SSR QT 1969-y., 5-son, 47-modda va 48-modda) va 1972-yil 2-avgustdagi 366-son qarori (OʻzSSR QT, 1972-y., 7-son, 4-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. MUTALOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1993-yil 19-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-maydagi 237-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi xalq taʼlimi davlat boshqaruv organi hisoblanadi va oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik maktabgacha tarbiya, umumiy, maktabdan tashqari, hunar-texnika, oʻrta, oliy pedagogik taʼlim, pedagog xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, pedagogika fanini rivojlantirish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, taʼlim muassasalarida taʼlim toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligiga rioya qilish ustidan nazoratni va ularga uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari, shahar, tuman hokimliklari xalq taʼlimi boʻlimlari tegishli hududiy darajalarda davlat taʼlim muassasalari tizimiga yagona rahbarlikni amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur boshqaruv organlari oʻquv-tarbiyaviy va vazirlikka qarashli boshqa muassasalar, korxonalar hamda tashkilotlar bilan birgalikda Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik va xalq taʼlimi boshqaruvning mahalliy organlari taʼlim muassasalarida davlat tomonidan belgilangan talablar va normativlar bajarilishini taʼminlaydilar, idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, taʼlim muassasalariga uslubiy yordam koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa meʼyoriy hujjatlarga hamda ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlikning bosh vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuminsoniy qadriyatlar, tarixiy tajriba, xalqning koʻp asrlik ilmiy va madaniy anʼanalarini, jamiyatning kelgusi taraqqiyotini hisobga olgan holda, respublikaning intellektual va ilmiy imkoniyatini rivojlantirish, oʻzining jamiyat, oila va davlat oldidagi masʼuliyatini anglaydigan, har tomonlama yetuk, erkin shaxsni shakllantirish maqsadida taʼlim sohasida davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim strategiyasini ishlab chiqish, uning rivojlanish istiqbolini belgilash va rejalashtirish, taʼlim tizimining xalq xoʻjaligining boshqa sohalari bilan oʻzaro munosabati tartibini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim mazmunini muntazam yangilab turish hamda taʼlimning jahon andozalariga, aholining milliy, yosh va boshqa guruhlari ehtiyojlariga javob beradigan yangi mazmuni ishlab chiqilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kasb taʼlimi olish va yangi ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlardagi faoliyatga tayyorlanish uchun yoshlarning umumiy oʻrta va bazaviy taʼlimi konsepsiyasini shakllantirish va roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar va oʻsmirlarni ijtimoiy-huquqiy jihatdan himoya qilish chora-tadbirlari kompleksini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining taʼlim, ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash va ulardan foydalanishni takomillashtirish, taʼlim sohasi xodimining jamiyatdagi ijtimoiy maqomini koʻtarishni amalga oshirish sohasidagi kadrlar siyosatini roʻyobga chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-tarbiya jarayoni sifatiga davlat bahosini berish, davlat tasarrufida boʻlgan va davlatga qarashli boʻlmagan taʼlim muassasalarida ishchilar va mutaxassislar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning moddiy negizni i rivojlantirish va texnika bilan qayta jihozlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish, zamonaviy taʼlimni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan turli buyumlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim masalalarida xalqaro, davlatlararo darajalarda Oʻzbekiston Respublikasi manfaatlarni belgilangan tartibda ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida, ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼiy nazar, oʻquv-tarbiyaviy va uslubiy ishlarni muvofiqlashtirish, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda taʼlim sifatini oshirish, bolalar va yoshlar tarbiyasi boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik oʻziga yuklatilgan vazifalariga muvofiq quyidagi majburiyatlarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi, boshqa manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda taʼlim tizimini va uning muayyan boʻgʻinlarini rivojlantirishning ilmiy asoslangan uzoq muddatli istiqbolini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, Toshkent shahar hokimligi xalq taʼlimi bosh boshqarmasi, viloyatlar xalq taʼlimi boshqarmalari bilan birgalikda taʼlim tizimini rivojlantirish strategiyasini belgilaydi, ularni roʻyobga chiqarishda davlat va jamoat tuzilmalarining oʻzaro hamkorligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq taʼlimi boshqaruvi organlari, manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan birgalikda taʼlimni rivojlantirish, ilmiy xizmat koʻrsatishga, shuningdek, “taʼlim”, “uy-joy qurilishi”, “fan va ilmiy xizmat koʻrsatish” tarmoqlari boʻyicha davlat budjeti mablagʻlari hajmiga oid takliflarni ishlab chiqadi, Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda Vazirlik tizimidagi ilmiy muassasalar va pedagogika oliy oʻquv yurtlarida ilmiy tadqiqotlar olib borish mavzularini va ular uchun ajratiladigan davlat mablagʻlari hajmini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma munosabatlari negizida taʼlimni mablagʻ bilan taʼminlashning qoʻshimcha manbalarini shakllantiradi, vazirlikning va taʼlim boshqaruvi boshqa organlarining markazlashtirilgan jamgʻarmalari ham shu jumlaga kiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida taʼlim tizimini himoya qilish va rivojlantirishning huquqiy asosini yaratuvchi qonunchilik hujjatlari va Hukumat qarorlarining loyihalarini tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlikka qarashli boʻlgan tashkilotlar, muassasalar va korxonalar faoliyatining meʼyoriy negizini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayoniga ilmiy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tarbiya tizimining har bir boʻgʻini uchun, shu jumladan, davlat ixtiyorida boʻlmagan taʼlim muassasalari uchun taʼlim mazmuni va sifatiga qoʻyiladigan asosiy talablarni belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumiy taʼlim, fundamental, ijtimoiy va umumiy kasbiy fanlarni oʻqitishning oʻquv rejalari va dasturlarini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi, oʻquv-uslubiy hujjatlarni tasdiqlash va chiqarish tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, oʻquv-uslubiy markazlar va kabinetlar, pedagogika oliy oʻquv yurtlari pedagogik jamoalarining oʻquv-uslubiy materiallar va darsliklarning tezlik bilan ishlab chiqilishiga, barcha turdagi taʼlim muassasalarida oʻquv-tarbiya jarayonini tashkil qilishga yangi istiqbolli yondashishlarni ishlab chiqishga, ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish muammolarini hal qilishga keng jalb etilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarga taʼlim berish, ularni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishning oqilona muddatlarini belgilangan tartibda belgilaydi. Manfaatdor vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar bilan birgalikda xalq xoʻjaligi sohalarining malakali ishchilar va mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini aniqlaydi, ularni tayyorlaydi va qayta tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim muassasalarida umumtaʼlim, fundamental, umumixtisos, ijtimoiy fanlarni oʻqitishning qoʻyilishiga, mehnat, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik va jismoniy tarbiya berilishiga, kasbga yoʻnaltirishning tashkil etilishiga oʻquv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar davlat dasturlarini tuzadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga taqdim etadi, pedagogika oliy oʻquv yurtlarida, Vazirlik tizimidagi boshqa oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-tadqiqot muassasalarida ularni amalga oshirishga qoʻyiladigan asosiy talablarni aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka qarashli pedagogika oliy, oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida hamda hunar-texnika bilim yurtlarida ixtisosliklar va kasblar boʻyicha kadrlar tayyorlashni boshlaydi yoki toʻxtatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy hokimiyat organlari, vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralar bilan kelishgan holda oʻrta pedagogika va hunar-texnika oʻquv yurtlarini tashkil qiladi va tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan nizomlarga binoan davlat ixtiyorida boʻlmagan taʼlim muassasalari va pedagogika oʻquv yurtlariga litsenziya beradi, attestatsiya va akkreditatsiyadan oʻtkazadi, davlat tasarrufida boʻlganlarini esa attestatsiyadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim oʻquv yurtlari faoliyatida davlat andozalarini belgilash yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini oʻquv jarayoniga joriy qilish boʻyicha tadbirlarni ishlab chiqadi va ularni roʻyobga chiqaradi, bu ishlarga oʻquv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishgan holda oliy va oʻrta pedagogika oʻquv yurtlariga qabul qilish qoidalarini, talabalar va oʻquvchilarning pedagogika amaliyoti, davlat imtihon komissiyalari haqidagi nizomlarni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umumtaʼlim muassasalariga (umumtaʼlim maktablari, hunar-texnika bilim yurtlari), ularning idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, qabul qilish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik nashrlari orqali taʼlim sohasi boʻyicha ilmiy-texnik va pedagogik axborotlarni yoyadi; manfaatdor, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar bilan birgalikda ilgʻor pedagogik tajribalarning ommalashtirilishi va joriy qilinishini taʼminlaydi hamda ilmiy-uslubiy jurnallar, gazetalar, Vazirlik boʻyicha buyruqlar, yoʻriqnomalar toʻplamlarini nashr etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda aholining maktabgacha tarbiyaga boʻlgan ehtiyojini qondirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning toʻlaqonli jismoniy va aqliy rivojlanishi uchun sharoit yaratish tadbirlarini amalga oshiradi hamda bolalar va oʻsmirlarga moʻljallangan maktabdan tashqari va oʻquv-tarbiya muassasalarining moddiy-texnik negizini mustahkamlaydi va ularning tarmogʻini rivojlantiradi, oʻsib kelayotgan avlodning ijodiyoti va sogʻlom dam olishi, uning qiziqishlari va ehtiyojlari qondirilishini, qobiliyat va isteʼdodlari har tomonlama rivojlanishini taʼminlovchi muassasalar kompleksini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim muassasalari va davlatga qarashli boʻlmagan taʼlim muassasalarida yetim va ota-ona gʻamhoʻrligisiz qolgan bolalarni toʻla davlat taʼminoti asosida boqish, oʻqitish, tarbiyalash va kasbga tayyorlash uchun shart-sharoitlar yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda jismoniy va aqliy rivojlanishda nuqsoni boʻlgan bolalarni oʻqitish, tarbiyalash va ularni boqishni, kasbga tayyorlashni, ularning ijtimoiy-maishiy va moddiy taʼminotini, ularga tibbiy xizmat koʻrsatishni va ularni sogʻlomlashtirishni takomillashtiradi, ixtisoslashtirilgan maktabgacha tarbiya muassasalari, maktablar va maktab-internatlar tarmogʻini rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan kelishgan holda pedagogika oliy oʻquv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari, Xalq taʼlimi xodimlari malakasini oshirish markaziy instituti huzurida aspirantura va doktorantura ochishga ruxsat beradi va hamda u ish qoniqarsiz tashkil etilgan boʻlinmalarda aspirantlar va doktorantlar tayyorlashni toʻxtatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga fan doktori va nomzodi ilmiy darajalarini olish uchun dissertatsiyalarni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlarning raislari va shaxsiy tarkibini, tegishli kengashlarga dissertatsiyalarni himoyaga qabul qilish, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar berish huquqini beruvchi ixtisosliklar roʻyxatini kelishish va tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik quyidagilarni ishlab chiqadi va taqdim etadi: Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga — aspirantura va doktorantura orqali ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash rejasini; Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga — pedagogika oliy oʻquv yurtlari va pedagogika bilim yurtlarida pedagog xodimlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish rejalarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagog xodimlarning malakasini oshirish fakultetlari tashkil etiladigan pedagogika oliy oʻquv yurtlari roʻyxatini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika instituti rektori lavozimiga tayinlash uchun nomzodlarni belgilangan tartibga muvofiq respublika Hukumatiga taqdim etadi, lavozimlar nomenklaturasiga binoan respublika organlari, muassasalari va oʻquv yurtlari rahbarlarini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli oliy va oʻrta pedagogika oʻquv yurtlari ustavlarini roʻyxatga oladi, Vazirlik tizimidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim masalalari boʻyicha jamoatchilik fikrini oʻrganishni tashkil etadi, respublikada taʼlimning ahvolini qiyosiy tahlil qiladi, uning rivojlanish tendensiyasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv yurtlarining moddiy negizini mustahkamlash va texnika bilan qayta jihozlash, moddiy-texnika resurslaridan samarali foydalanish sohasida yagona siyosatni amalga oshiradi; taʼlim obyektlari qurish va ularni qayta qurishning kompleks dasturlari ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli oʻquv yurtlarida qurilish boʻyicha asosiy buyurtmachi vazifasini bajaradi; oʻquv yurtlari qurilishi loyihalari va smetalari ekspertizasini amalga oshiradi; pudrat va xoʻjalik usulida bajariladigan asosli tuzatish ishlari hajmini rejalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita Vazirlikka boʻysunuvchi muassasalar, tashkilotlar, korxonalarning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan birgalikda bolalar va oʻquvchi yoshlar salomatligini mustahkamlash va muhofaza qilishni taʼminlovchi shartlarga rioya etilishi tadbirlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari, idoralari, konsernlari, uyushmalari bilan birgalikda oʻquvchilar, talabalar sport musobaqalarini, sayyohlar slyotlarini, texnik ijodiyot koʻriklarini, maktab olimpiadalarini, pedagog xodimlar oʻrtasida sport musobaqalarini, yosh talantlarni aniqlash, oʻstirish va shaxsni kamol toptirishga yoʻnaltirilgan oʻquv- tarbiya tusidagi boshqa tadbirlarni tashkil etadi hamda oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning muhim masalalari boʻyicha kengashlar, seminarlar va konferensiyalarni belgilangan tartibda chaqiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim xodimlari respublika syezdlarining oʻtkazilishini belgilangan tartibda tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat va oʻqishdagi yuqori koʻrsatkichlari, oʻquvchi yoshlarni oʻqitish, tarbiyalash va homiylik qilishda faol ishtirok etganliklari uchun Vazirlik tizimidagi pedagog xodimlarni, oʻquvchilar va talabalarni, vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralarning xodimlarini belgilangan tartibda Hukumat mukofotlariga taqdim etadi hamda tarmoq mukofotlari bilan taqdirlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning taklif, ariza, shikoyatlari oʻz vaqtida koʻrib chiqilishini tashkil etadi; fuqarolarning xatlarida maʼlum qilingan taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchilikni buzish hollarini bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlikka oldida turgan vazifalarni hal etish, zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish uchun quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik shakli va kimga boʻysunishidan qatʼiy nazar, taʼlim organlari va muassasalari tomonidan “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni va respublika Hukumatining taʼlim masalalari boʻyicha qarorlarining bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlimning ayrim masalalarini hal etish, taʼlim muassasalari ishini takomillashtirish, ularning oʻquv-moddiy negizini mustahkamlash, malakali pedagog xodimlar tayyorlash, davlat taʼlim muassasalari xodimlari, oʻquvchilar va talabalarning belgilangan ijtimoiy muhofazasini taʼminlash boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun respublika Hukumatiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim tizimini va uning muayyan boʻgʻinlarini rivojlantirishning dolzarb va istiqbolli muammolarini ishlab chiqish uchun muvaqqat ilmiy jamoalar tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasidan, joylardagi taʼlim boshqaruv idoralaridan statistika, reja va hisobot maʼlumotlarini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi, viloyat, tuman va shahar xalq taʼlimi boʻlimi organlarining “Taʼlim toʻgʻrisida”gi Qonunga zid boʻlgan buyruq va koʻrsatmalarining amal qilishini toʻxtatish zarur hollarda ularni bekor qilish haqida tegishli hokimlikka yoki Vazirlar Mahkamasiga taklif kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli muassasalarning qabul qilingan mehnat toʻgʻrisidagi qonunlarga xilof ravishda xodimlarni jazolash va ishdan boʻshatish haqidagi buyruqlarini bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hayʼat majlislarida taʼlim boshqaruv organlari, taʼlim muassasalari rahbarlarining Vazirlik vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalq taʼlimi va fan xodimlari kasaba uyushmalari Markaziy Qoʻmitasi, Mehnat vazirligi bilan birgalikda respublika Hukumatining qarorlari bilan nazarda tutilgan imtiyoz va kompensatsiyalarning Vazirlik tizimida toʻgʻri qoʻllanishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish, bank va boshqa kredit muassasalarida valyuta schyotlariga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim masalalari boʻyicha qonunlarning amalda qoʻllanilishini umumlashtirish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va ularni belgilangan tartibda respublika Hukumatiga kiritish, oʻz vakolati doirasida amaldagi qonunlarning qoʻllanilishi boʻyicha tushuntirishlar berish hamda taʼlim tizimida huquqiy ishlarni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz apparatining mansabdor shaxslarini, oʻzining va boshqa tizimlarning yordam berishga jalb qilinadigan xodimlarini Vazirlik vakolatiga tegishli boʻlgan masalalar boʻyicha materiallar bilan tanishish uchun taʼlim boshqaruv organlariga, oʻquv taʼlim muassasalariga, tashkilotlar va korxonalarga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv dasturlari, darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari va uslubiy materiallar haqida xulosalar tayyorlash, ilgʻor tajriba va pedagogika fani yutuqlaridan foydalanish boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish uchun Vazirlikda Ilmiy-uslubiy kengash tuzish; Ilmiy-uslubiy kengashning tarkibi va u haqdagi Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligiga Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq lavozimga tayinlanadigan Vazir boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, Vazirlik faoliyatining alohida sohalariga, xalq taʼlimi organlariga va Vazirlik tizimidagi taʼlim oʻquv yurtlari, muassasalar, tashkilotlar va korxonalarga rahbarlik qilish uchun vazir oʻrinbosarlarining, Vazirlik markaziy apparati boʻlinmalari rahbarlarining javobgarligi darajasini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi hamda Vazirlik tizimida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning ijrosini tekshiradi. Uning vakolatiga kiruvchi masalalar boʻyicha buyruqlari va yoʻriqnomalari xalq taʼlimining barcha boshqaruv organlari, respublikaning taʼlim muassasalari hamda tasarrufida taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning bajarishi uchun majburiydir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlgan holda boshqa vazirliklar, davlat qoʻmitalari va idoralarning rahbarlari bilan birgalikda qoʻshma buyruqlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazir oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirining taqdimnomasi boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlik oʻz ishini yakkaboshchilik va kollegiallik asosida tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlikda hayʼat tashkil qilinadi, uning shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Hayʼatning tegishli hujjatlari qarorlar hamda Vazirning buyruqlari bilan hayotga joriy qilinadi Vazir bilan hayʼat aʼzolari oʻrtasida kelishmovchilik kelib chiqqan taqdirda Vazir yuzaga kelgan kelishmovchilik haqida Vazirlar Mahkamasini xabardor qilgan holda oʻz qarorini hayotga joriy qiladi. Hayʼat aʼzolariga ham oʻz fikrlarini Vazirlar Mahkamasiga maʼlum qilish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlik markaziy apparati tuzilmasi, xodimlari soni va mehnatga haq toʻlash fondi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi va belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vaziri xodimlarning belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida tuzilmaga oʻzgartirish kiritish va Vazirlik markaziy apparatining shtat jadvalini tasdiqlash huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida yozilgan muhrga, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining tegishli boʻlinmalarida budjet va hisob-kitob schyotlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
1993-yil 19-maydagi 237-son qarori bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (keyingi oʻrinlarda — Vazirlik) respublikada oliy oʻrta maxsus taʼlimga rahbarlik qiluvchi davlat boshqaruv organi hisoblanadi, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasida oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasidagi yagona davlat siyosatini izchillik bilan amalga oshiradi, jahon andozalari darajasida mutaxassislar tayyorlash maqsadida oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida davlat tomonidan belgilangan talablar hamda normativlarning bajarilishini taʼminlaydi. Idoraviy boʻysunishi va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga oʻquv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda ular tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining taʼlim toʻgʻrisidagi qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning yagona tizimini tashkil etadigan, bevosita oʻziga boʻysunadigan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga, korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarga rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlik oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga va Oliy Majlisning boshqa qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari hamda farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlikning bosh vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oliy va oʻrta maxsus taʼlim sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hozirgi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni hisobga olgan holda respublikada oliy va oʻrta maxsus taʼlimni rivojlantirish konsepsiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida xalqaro talablarga mos keladigan, nazariy va kasbiy layoqatlilikni jahon madaniyati qadriyatlari va milliy anʼanalarga asoslangan yuksak axloqiy fazilatlar bilan chogʻishtirgan, ilmiy-texnikaviy, ijtimoiy va madaniy taraqqiyot vazifalarini tashabbus hamda masʼuliyat bilan hal eta oladigan mutaxassislarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashga, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari ilmiy-pedagog xodimlari malakasini oshirish va qayta tayyorlashga ilmiy-uslubiy rahbarlik qilish shuningdek, respublika xalq xoʻjaligida ishlayotgan mutaxassislarning malakasini oshirish va qayta tayyorlashga umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamiyatning umumiy hamda kasb madaniyati jahon darajasiga muvofiqligini taʼminlash maqsadida oliy va oʻrta taʼlim tizimini rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy maktabda ilmiy-tadqiqot ishlarini, respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida yoshlarning ilmiy-texnika ijodiyotini rivojlantirish hamda samaradorligini oshirish. Yuqori malakali ilmiy xodimlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yoshlarni izlab topish va tarbiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tizimidagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tizimidagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari, oʻquvchilar, aspirantlari, ilmiy-pedagog xodimlarining, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar ishchi va xizmatchilarining uy-joy, madaniy-maishiy sharoitlarini va ularni ijtimoiy himoya qilish choralarini yaxshilash, ularga xavf-xatarsiz mehnat sharoitlarini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlik bosh vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oliy va oʻrta maxsus taʼlimni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bilan birgalikda respublika xalq xoʻjaligi ehtiyojlaridan kelib chiqib, mutaxassislar tayyorlash hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini tugatgan mutaxassislarni ishga joylashtirishning respublikada oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini oqilona joylashtirishning istiqboldagi va joriy rejalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun barcha ixtisosliklar va fanlar boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini, shuningdek, oʻquv yurtlarida ular boʻyicha mutaxassislar tayyorlash amalga oshirilishi kerak boʻlgan yangi ixtisosliklar roʻyxatini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga boʻysunuvchi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining ustavlarini roʻyxatga oladi va vazirlik tizimidagi korxona hamda muassasalar toʻgʻrisidagi nizomlarni tasdiqlaydi; akkreditatsiya qilingan davlatga qarashli boʻlmagan oʻquv yurtlarining hisobini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizomga binoan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini, idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, attestatsiyadan va roʻyxatdan oʻtkazadi. Attestatsiya asosida taʼlim muassasalariga muayyan maqom beradi (kollej, universitet va hokazo);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim andozalarining tarkibiy qismlari va mundarijasini belgilash boʻyicha ilmiy asoslangan tavsiyalarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari pedagog xodimlarining maʼlumot tsenziga qoʻyiladigan talablarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tayyorlash sifatini yaxshilash chora-tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq respublikada ikki bosqichli oliy taʼlim tizimini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida ijtimoiy fanlarni oʻqitishga oʻquv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi va tarbiyaviy ishlar koʻlamini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurtlariga talabalarni tanlab olish respublika markazi bilan birgalikda, respublika Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda xolislik va ijtimoiy adolatni taʼminlovchi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga qabul qilish qoidalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi, shuningdek, test sinovlari natijalariga koʻra abituriyentlarni oliy oʻquv yurtlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasi ishida qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari uchun darsliklar, oʻquv qoʻllanmalari hamda boshqa oʻquv-uslubiy adabiyotlarni tayyorlash, tarjima qilish va nashr etishni tashkil etadi; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi bilan birgalikda davlat tilida hamda boshqa tillarda oʻqitish boʻyicha darsliklar va oʻquv qoʻllanmalarini nashr etish hamda koʻpaytirishning yillik va istiqbol rejalarini ishlab chiqadi, ularni belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayoniga oʻqitishning zamonaviy texnik vositalarini (kompyuter, audiovizual texnikasi va boshqa vositalar) joriy etish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi, bu ishga oʻquv-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, Oʻzbekiston Davlat televideniye va radioeshittirish kompaniyasi bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlari talabalari va oʻrta Maxsus oʻquv yurtlari oʻquvchilari uchun radio, televideniyeda oʻquv mashgʻulotlari eshittirishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida harbiy va jismoniy tayyorgarlikning oʻquv-uslubiy rahbarligini belgilangan tartibda amalga oshiradi; Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Vazirlik tizimi oʻquv yurtlarida sport-sogʻlomlashtirish lagyerlari, profilaktoriylar va boshqa sogʻlomlashtirish muassasalarini tashkil qilish tadbirlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik oliy oʻquv yurtlari huzuridagi doktorantura hamda aspirantura orqali ilmiy va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash rejasini ishlab chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasiga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻqituvchilarining malakasini oshirish rejalarini tuzadi va uni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, oliy oʻquv yurtlari huzuridagi doktorantura hamda aspiranturani ochishni va tugatishni, ularning faoliyatiga ilmiy-uslubiy rahbarlikni va nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda OAK bilan birgalikda aspirantura va doktorantura haqida Nizom ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yetakchi oliy oʻquv yurtlari huzurida fan doktori hamda fan nomzodi ilmiy darajalarini himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tuzish haqidagi taqdimnomalarni koʻrib chiqadi va Oʻzbekiston Respublikasi OAKga taqdim etadi hamda ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik ishlarini muvofiqlashtiradi va ularga rahbarlik qiladi, ilmiy ishlarni rejalashtirishni takomillashtirish hamda ularning samaradorligini oshirish tadbirlarini amalga oshiradi; Vazirlik oliy oʻquv yurtlarida muhim ilmiy-tadqiqot ishlarining, davlat budjeti hisobidan fundamental ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazish va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlashni mablagʻ bilan taʼminlashning davlat yillik va istiqbol rejalari loyihalarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda oliy oʻquv yurtlari professor-oʻqituvchilari tarkibini amaliy fanlar sohasida ilmiy-tadqiqotlar oʻtkazishga jalb qilishni taʼminlaydi, manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda tadqiqotlar natijalaridan xalq xoʻjaligida foydalanish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat budjeti tematikasi boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini oʻtkazishga ajratilgan mablagʻlar oliy oʻquv yurtlari tomonidan foydalanishini nazorat qiladi, shuningdek, Vazirlik oliy oʻquv yurtlarining ilmiy-tadqiqot ishlari oʻtkazish va ilmiy-pedagog xodimlar tayyorlash boʻyicha yil choragi hamda yillik hisobotlarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oliy va oʻrta maxsus taʼlim muammolari, oliy oʻquv yurtlarida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijalari boʻyicha ilmiy, ilmiy-texnika axborotini tashkil qiladi; oʻquv, ilmiy va ilmiy-texnik adabiyotlarni belgilangan tartibda tayyorlashni va nashr etishni taʼminlaydi, patent-litsenziya ishiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari pedagog xodimlarini ishga shartnoma usulida qabul qilishni qoʻllash va takomillashtirish boʻyicha uslubiy tavsiyalarni ishlab chiqadi va ularning amalga oshirilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida oliy va oʻrta maxsus taʼlimni rivojlantirish muammolari boʻyicha belgilangan tartibda kengashlar, ilmiy va ilmiy-uslubiy konferensiyalar oʻtkazadi va koʻrgazmalar tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fan va texnika davlat qoʻmitasi bilan birgalikda muammoli laboratoriyalarni, manfaatdor vazirliklar va muassasalar bilan kelishgan holda — Vazirlik tizimidagi oliy oʻquv yurtlaridagi tarmoq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalarini ochadi va tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy oʻquv yurti rektori lavozimiga tayinlash uchun belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga nomzodlarni taqdim etadi, Vazirlik oliy oʻquv yurtlarining prorektorlarini tayinlaydi hamda dekanlarning tayinlanishiga rozilik beradi. Vazirlik tizimidagi oʻrta maxsus oʻquv yurtlarining direktorlarini, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbarlarini tayinlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari ilmiy-pedagog xodimlari hisobini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur maʼlumotlarni umumlashtiradi va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qoʻmitasiga yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishiga ajratilgan sarmoya mablagʻlaridan samarali foydalanishni taʼminlaydi; oʻquv-laboratoriya bazasini mustahkamlash, yotoqxonalar, ijtimoiy va madaniy-maishiy obyektlar qurilishi kompleks dasturini ishlab chiqadi va amalga oshiradi; oʻquv yurtlari tomonidan oʻquv va ilmiy jihozlardan samarali foydalanilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi oʻquv yurtlarining moddiy-texnika taʼminotini tashkil qiladi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarini mablagʻ bilan taʼminlash davlat meʼyorlarini belgilash, shuningdek, oʻquv jarayonini moddiy-texnika jihatdan taʼminlash va jihozlash boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislar tayyorlash boʻyicha shartnomalar hisobotini olib boradi hamda mablagʻlarning kelib tushishini va xarajatlarni nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi davlat budjeti taʼminotida boʻlgan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari hamda muassasalarning xarajatlar smetasini ishlab chiqadi va ularni belgilangan tartibda mablagʻ bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga boʻysunadigan tashkilotlar va xoʻjalik hisobidagi korxonalarning ishlab-chiqarish va moliyaviy faoliyatini boshqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka boʻysunadigan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, tashkilotlar va muassasalarning xoʻjalik hamda moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talabalar va oʻquvchilarning oʻzlashtirishlari hamda jamoat ishlaridagi faolliklarini hisobga olgan holda ularni moddiy va maʼnaviy ragʻbatlantirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarida va boshqa banklarda markazlashtirilgan tartibda Vazirlikka ajratiladigan mablagʻlarni taqsimlash va qayta taqsimlash uchun hisob-kitob, joriy schyotlar va boshqa schyotlar ochadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida muassasa va tashkilotlarida reja-iqtisod masalalari hamda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish boʻyicha uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik tizimidagi oʻquv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning professor-oʻqituvchilari tarkibi hamda oʻquv-yordamchi va boshqa toifadagi xodimlarning sonini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasining faxriy unvonlariga, davlat mukofotlari va boshqa mukofotlarga taqdim etish materiallarini koʻrib chiqadi va xulosa beradi. Vazirlik tizimi ilgʻor xodimlarini va boshqa vazirliklar hamda muassasalarning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari xodimlarini Faxriy yorliqlar bilan shuningdek, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari talabalari va oʻqituvchilarini eng yaxshi ilmiy va tajriba-konstruktorlik ishlari uchun belgilangan tartibda mukofotlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy mamlakatlarning taʼlim boshqaruv organlari, oliy oʻquv yurtlari va firmalari bilan toʻgʻridan toʻgʻri aloqalar oʻrnatadi, Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari va bitimlari asosida ular bilan taʼlim va oliy oʻquv yurti fani sohasida hamkorlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik fuqarolarni oʻqitish boʻyicha meʼyoriy hujjatlarni ishlab chiqadi, boshqa davlatlarning fuqarolarini respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv idoralarida oʻqitish, tayyorlash va malakasini oshirishga, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini chet el taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro bitimlariga muvofiq hamda xayriya jamgʻarmalari, homiylar va fuqarolar hisobiga oʻqitish, tayyorlash va malakasini oshirishga shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, respublika taʼlim muassasalariga xorijiy mamlakatlar uchun mutaxassislar tayyorlashga umumiy tashkiliy rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi davlat tili haqida”gi Qonunning bajarilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlikka yuklatilgan vazifalarga koʻra quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oliy va oʻrta maxsus taʼlim tuzilmasini va boshqaruvini takomillashtirish masalalari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida taʼlim toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga qarashli boʻlmagan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida hamda ularga tenglashtirilgan taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari buzilgan taqdirda, ularning faoliyatini toʻxtatib qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz tizimida qonunlarni qoʻllash tajribasini umumlashtirish, uni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish va tegishli organlarga taqdim etish. Respublika oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari faoliyatining turli sohalarida paydo boʻladigan munosabatlarni huquqiy tartibga keltirish boʻyicha berilgan vakolat doirasida meʼyoriy aktlar chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari hamda ularning filiallarini oʻquv yurtlarining idoraviy boʻysunishidan va mulkchilik shaklidan qatʼiy nazar, ochish (qayta tuzish va tugatish) uchun xulosa berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlatga qarashli boʻlmagan oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlariga hamda ularga tenglashtirilganlarga Hukumat tasdiqlagan Nizomga muvofiq taʼlim faoliyati huquqi litsenziyalarini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari oʻqituvchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash fakultetlari tashkil qilinadigan oliy oʻquv yurtlari roʻyxatini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralardan va bevosita oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlaridan Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi uchun zarur materiallarni, shuningdek, oliy va oʻrta maxsus taʼlim boʻyicha belgilangan statistik hisobotni olish. Vazirlik oʻquv yurtlarida hisob-kitob va hisobotning holatini nazorat qilishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish va bank hamda boshqa kredit muassasalarida valyuta hisoblariga ega boʻlish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga boʻysunuvchi oʻquv yurtlari va tashkilotlardan mutaxassislar tayyorlaganliklari uchun, tadbirkorlik faoliyatlari daromadlaridan, shuningdek, xayriya jamgʻarmalari, homiylar va chet el investitsiyalaridan pul oʻtkazish tartibida tushayotgan budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga markazlashtirilgan rivojlantirish, ijtimoiy himoya qilish va boshqa jamgʻarmalarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mutaxassislarni shartnoma asosida maqsadli tayyorlash uchun oʻziga boʻysunuvchi oliy oʻquv yurtlarida maxsus kafedralar, fakultetlar, kurslar ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari boʻlgan respublika vazirliklari va idoralari rahbar xodimlarining axborotlarini (maʼruzalarini) hayʼat majlisiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikda Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus oʻquv taʼlimini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, Vatan va chet el fani, texnikasi hamda oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari faoliyati ilgʻor tajribasining yangi yutuqlarini hisobga olgan holda, mutaxassislar tayyorlashning ilmiy mazmunini aniqlash uchun yetakchi olimlar, yuqori malakali mutaxassislar, ilmiy-texnika jamiyatlari va boshqa tashkilotlarning vakillaridan iborat ilmiy-uslubiy kengash tuzish. Ilmiy-uslubiy kengash tarkibi va uning Nizomi Vazir tomonidan tasdiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan boshqaruv apparati tuzilmasiga Vazirlikning ish haqi fondi hamda apparat xodimlarining cheklangan soni doirasida boshqaruv texnologiyasi hamda texnikasini takomillashtirish zarurati bilan boʻladigan oʻzgartishlarni kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga boʻysunuvchi muassasalar tomonidan amaldagi qonunlarga zid ravishda chiqarilgan buyruqlarni bekor qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Vazirlik oʻz ishini vazirlikning oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, korxonalari va muassasalariga rahbarlik boʻyicha barcha masalalari muhokama qilishda va hal etishda kollegiallik hamda yakkaboshchilikning uygʻunligi asosida tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vazirlik Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan lavozimga tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari boʻladi. Ular oʻrtasidagi vazifalar taqsimoti vazir tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlikda vazir, lavozimiga koʻra vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlari, vazirlikning va tizimning boshqa xodimlaridan iborat tartibda hayʼat tashkil etiladi. Hayʼat aʼzolarining soni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik hayʼati oliy va oʻrta maxsus taʼlimni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari qabul qilingan qarorlar ijrosini tekshirish, kadrlarni tanlash va ulardan foydalanish masalalarini, muhim buyruq va yoʻriqnomalar loyihalarini, Vazirlik boshqarmalari va boʻlimlari, oʻquv yurtlari rahbarlarining hisobotlarini koʻrib chiqadi. Qarorlar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Hayʼat qarorlari, odatda, vazirning buyruqlari bilan hayotga tatbiq etiladi. Vazir bilan hayʼat oʻrtasida kelishmovchilik paydo boʻlgan taqdirda Vazir oʻz qarorini amalga oshirish huquqiga ega boʻladi, bunda u Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kelishmovchiliklar haqida axborot beradi, hayʼat aʼzolari esa, oʻz navbatida, fikrlarini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bildirishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Vazir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan buyruqlar, yoʻriqnomalar chiqaradi, Vazirlik tizimida bajarish majburiy boʻlgan koʻrsatmalar beradi va ularning bajarilishini tekshiradi. Uning oʻz vakolati doirasiga kiruvchi respublikada oliy va oʻrta maxsus taʼlimga rahbarlik qilish masalalari boʻyicha buyruqlari va yoʻriqnomalari respublikaning barcha oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, shuningdek, shu oʻquv yurtlari boʻysunadigan vazirliklar va idoralar uchun ham majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikka yuklatilgan vazifalarning bajarilishiga shaxsan javob beradi, vazirning birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosarlarining, markaziy apparat tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining Vazirlik faoliyatining ayrim sohalariga rahbarligi, shuningdek, oʻziga boʻysunuvchi oʻquv yurtlari korxonalar va tashkilotlar ishi uchun masʼulligi darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarur hollarda boshqa vazirliklar va idoralar rahbarlari bilan birgalikda qoʻshma buyruqlar chiqaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirlik markaziy apparati xodimlari soni va mehnat haqi fondi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik boshqarmalari va boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Vazirlik fuqarolarning xatlari, shikoyatlari va arizalarining oʻz vaqtida eʼtibor bilan koʻrib chiqilishini tashkil qiladi, bu xatlarda koʻtarilgan masalalarning toʻgʻri hal etilishiga erishadi, shuningdek, fuqarolar xatida bayon etilgan Vazirlik tizimidagi oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari, korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatidagi kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi oʻzbek va rus tillarida toʻliq yozilgan muhrga ega boʻladi.