O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Shisha tola, elektr tejamkor isitish asbob-uskunalar va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 — 2021-yillarda qayta tiklanuvchi energetikani yanada rivojlantirish, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada energiya samaradorligini oshirish chora-tadbirlari Dasturi to‘g‘risida” 2017-yil 26-maydagi PP-3012-sonli qaroriga muvofiq hamda shisha tola buyumlari, energiya samaradorligini ta’minlaydigan isitish asbob-uskunalari, shu jumladan energiyaning qayta tiklanuvchi manbalaridan energiya sarflaydigan hamda energiyaning zamonaviy tejamkor ishlab chiqarishlarini tashkil etishga xorijiy investitsiyalarni va zamonaviy texnologiyalarni keng jalb qilish maqsadida:
1. Ma’lumot uchun qabul qilinsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-sentabrdagi 351-sonli qarori bilan “Prayss-Daymler” (GFR) va “Roviteks” (Shveysariya) xorijiy kompaniyalarining ulushi ishtirokidagi “O‘zglaszayden” QK MCHJ negizida texnik shisha tolasi ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish boshlandi. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining kafolati bo‘yicha xorijiy bank mablag‘larini qayta moliyalashtirish yo‘li orqali uskunalar yetkazib berishni moliyalashtirishda asosiy manba etib “O‘zsanoatqurilishbank” ATB krediti belgilandi;
shisha tolasini ishlab chiqarish qo‘shma korxona ta’sischilari tomonidan texnologik uskunalar oxirigacha yetkazib berilmagani va qurilish-montaj ishlari nihoyasiga yetkazilmagani sababli foydalanishga topshirilmagan, 14 yil mobaynida ishlab chiqarishni ishga tushirish bo‘yicha hech qanday chora-tadbirlar ko‘rilmagan;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi 171-f-sonli farmoyishi bilan “O‘zglaszayden” QK MCHJ ishlatilmagan asosiy mablag‘lari hamda shisha tolasini ishlab chiqarish bo‘yicha qurilishi tugallanmagan obyektlarni konservatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qilindi;
2017-yilning 1-noyabr holatiga ko‘ra “O‘zsanoatqurilishbank” ATB o‘z mablag‘lari hisobidan xorijiy bank oldidagi tashqi qarzini uzdi, “O‘zglaszayden” QK MCHJning “O‘zsanoatqurilishbank” ATB kreditlari bo‘yicha 116,3 mlrd. so‘m miqdoridagi so‘ndirilmagan qarzi mavjud;
Oldingi tahrirga qarang.
“Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJ “O‘zglaszayden” QK MCHJning faoliyat yuritmay turgan mulki kompleksi negizida shisha tolasi, energiya samarador isitish uskunalari va energiyaning zamonaviy tejamkor tizimlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha o‘z qiziqishlarini bildirdi.
(1-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 07/19/4277/2919-son)
* 1-ilova rus tilidagi matnda berilgan.
2. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, “O‘zeltexsanoat” AK, O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Toshkent shahri hokimligi, “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ va “Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJning:
“Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJga “O‘zsanoatqurilishbank” ATB krediti bo‘yicha, “Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJga mazkur bandning uchinchi xatboshida belgilangan investitsiya majburiyatlarini qabul qilgan holda “O‘zglaszayden” KQ MCHJ qarzlarini talab qilish huquqlarini barcha zarur hujjatlar bilan birga taqdim etgan holda topshirish;
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 07/19/4277/2919-son)
2-ilovaga muvofiq ro‘yxat bo‘yicha “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJning binolari va inshoatlarini (keyingi o‘rinlarda — obyekt), baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narx bo‘yicha bo‘lib to‘lash shartlarida “Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJga belgilangan tartibda sotish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
3. “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bir oy muddatda belgilangan tartibda:
“O‘zglaszayden” QK MCHJ ssuda qarzini milliy valyutadagi ekvivalentida teng miqdordagi rezervini tashkil etgan holda va uni keyinchalik belgilangan tartibda hisobdan chiqargan ravishda “nazarda tutilmagan holatlar” tegishli hisobvarag‘iga o‘tkazsin;
“O‘zglaszayden” QK MCHJ majburiyatlari bo‘yicha “O‘zsanoatqurilishbank” ATBga berilgan 2000-yil 7-dekabrdagi MN/24-02-03/199-sonli O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining Kafolatlarini bekor qilish bo‘yicha takliflar kiritilishini ta’minlasin.
4. Toshkent shahri hokimligi va “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJ ikki oy muddatda obyektning baholanishini va uni “Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJga sotilishini belgilangan tartibda ta’minlasin.
Belgilansinki, oldi-sotdi shartnomasi tuzilgan vaqtdan boshlab obyektdan foydalanish va unga egalik qilish huquqi “Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJga o‘tadi, tasarruf etish huquqi esa uni sotib olish to‘lovi to‘langandan so‘ng amalga oshiriladi.
5. 2022-yilning 1-iyuliga kadar:
“Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJ mazkur investitsiya loyihasi doirasida yuridik shaxslarning foyda solig‘i, mulk solig‘i, yuridik shaxslardan olinadigan yer solig‘i, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i, yagona ijtimoiy to‘lov, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika yo‘l jamg‘armasiga bo‘lgan majburiy ajratmalar to‘lashdan;
Oldingi tahrirga qarang.
belgilangan tartibda tasdiqlanadigan ro‘yxatlar bo‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirish doirasida olib kiriladigan, O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, butlovchi buyumlar, ehtiyot qismlar, xom ashyo, materiallar, samosvallar va maxsus transport vositalari bojxona to‘lovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlaridan tashqari) ozod etilsin.
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 4-oktabrdagi PF-5846-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PQ-4277-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 11.04.2019-y., 07/19/4277/2919-son)
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zagrotexsanoatxolding” boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va “O‘zeltexsanoat” AJ raisi vazifasini bajaruvchi A.A. Abdullayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 30-noyabr,
PQ-3417-son
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PQ-3417-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Baholash tashkiloti tomonidan belgilangan narx bo‘yicha bo‘lib to‘lash shartlarida “Deutsche Kabel AG Tashkent” QK AJga o‘rnatilgan tartibda sotiladigan “Olmazor kichik sanoat zonasi” AJning binolari va inshootlari
RO‘YXATI
|
T/r |
Obyektlarning nomlanishi |
Kadastr bo‘yicharaqami(literi) |
Maydoni (kv. m) |
|
1. |
Omborxona |
0024 |
402 |
|
2. |
7-sex binosi |
0028 |
7 327 |
|
3. |
Bostirma |
0029 |
477 |
|
4. |
Sex binosi |
0030 |
386 |
|
5. |
Chiqindilarni qayta ishlash binosi |
0031 |
37 |
|
6. |
Chiqindilarni qayta ishlash binosi |
0032 |
810 |
|
7. |
Qo‘riqlash binosi |
0035 |
6 |
|
8. |
8-sex binosi |
0036 |
13 099 |
|
Jami |
22 544 | ||
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 07/17/3417/0346-son; 11.04.2019-y., 07/19/4277/2919-son; 04.10.2019-y., 06/19/5846/3866-son)