Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining
Qarori
“Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 30-noyabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1292-4]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son “Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xoʻjaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamgʻarmasini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi qaror qiladi:
1. Ayrim idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi bilan kelishilgan.
3. Mazkur qaror 2018-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
170-son
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi raisi B. KUChKAROV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
2-son
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri Z. MIRZAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 27-noyabr,
39-son
Kelishilgan:
Davlat statistika qoʻmitasi raisi B. BEGALOV
2017-yil 27-noyabr
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2017-yil 27-noyabrdagi 170, 2, 39-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilayotgan idoraviy normativ-huquqiy hujjatlar
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2003-yil 6-noyabrdagi 125, 02-1212 va 01/22-142-son “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qarori (roʻyxat raqami 1292, 2003-yil 20-dekabr) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2003-y., 24-son).
2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 4-fevraldagi 9, 1 va 1/1-son “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1292-1, 2010-yil 15-fevral) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 6-7-son, 57-modda);
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2010-yil 25-maydagi 46, 3 va 6/2-son “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirishlar kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1292-2, 2010-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2010-y., 23-son, 191-modda).
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi va Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining 2015-yil 7-iyuldagi 61, 8 va 12-son “Baliq ovlash korxonalarida tabiiy suv havzalaridan foydalanganlik uchun ijara haqini hisoblash va uni undirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomning 8-bandiga oʻzgartirish kiritish haqida”gi qarori (roʻyxat raqami 1292-3, 2015-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2015-y., 27-son, 362-modda).
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 10/17/1292-4/0344-son)