O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Tabiiy suv havza uchastkalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berish va Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Baliqchilik tarmog‘ini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2939-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 441-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/441/0674-son)
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risida nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin va 2018-yil 1-yanvardan boshlab amalga kiritilsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
4. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — qishloq va suv xo‘jaligi vaziri Z.T. Mirzayev zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 7-avgust,
593-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 441-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.09.2023-y., 09/23/441/0674-son)
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Mazkur Nizom “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma deb ataladi) shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibini belgilaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
2. Jamg‘arma alohida yuridik shaxs tashkil etmagan holda “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasida tuziladi hamda uning mablag‘lari “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida va xorijiy valyutadagi bank hisob raqamida jamlanadi.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son)
3. Mazkur Nizom Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimidagi baliq ovlash xo‘jaliklariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2-bob. Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish manbalari
4. Jamg‘arma mablag‘lari quyidagi manbalar hisobidan shakllantiriladi:
tabiiy suv havzalarini baliq ovlash xo‘jaliklariga ijaraga berishdan tushgan mablag‘lar;
yuridik va jismoniy shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
3-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish
5. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish Jamg‘armaning har yili tasdiqlanadigan daromadlar va xarajatlar smetalariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Jamg‘arma mablag‘laridan quyidagilarni moliyalashtirish uchun foydalaniladi:
baliqchilik tarmog‘ida ilmiy-tadqiqot va seleksiya-naslchilik ishlarini amalga oshirish;
tabiiy suv havzalarida baliq zaxiralarini ko‘paytirish maqsadida baliqlantirish ishlarini amalga oshirish;
baliqlarni oziqlantirish uchun ozuqalarning zamonaviy retsepturasi va uslubiy qo‘llanmalarini ishlab chiqish;
baliqchilik tarmog‘ida zamonaviy intensiv va innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish va moddiy texnika bazasini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
a’zo korxonalar tomonidan xorijiy mamlakatlardan baliqchilik sohasi ekspert va mutaxassislarini jalb qilish xarajatlari hamda ularning bir yillik ish haqi miqdorining 50 foizigacha, biroq oyiga 1 ming AQSH dollari ekvivalentidan oshmagan qismi;
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-martdagi 137-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/137/22/0244-son)
baliqlar kasalliklarini oldini olish va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirish bo‘yicha investitsiya loyihalari shakllantirilishini moliyalashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
tabiiy va sun’iy suv havzalarida baliqchilik faoliyati bilan shug‘ullanayotgan tadbirkorlarning faoliyatini qonuniylashtirish maqsadida mazkur suv havzalari bo‘yicha kadastr hujjatlarini tuzish va ro‘yxatdan o‘tkazish.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 29-avgustdagi PQ-4816-sonli qaroriga asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.08.2020-y., 07/20/4816/1239-son)
7. Jamg‘arma mablag‘laridan qat’iy ravishda maqsadli foydalaniladi.
4-bob. Jamg‘arma mablag‘larini boshqarish
8. Uyushma raisi boshchilik qiluvchi Jamg‘armaning boshqaruv kengashi (keyingi o‘rinlarda Jamg‘arma kengashi deb ataladi) Jamg‘armani boshqarish organi hisoblanadi.
9. Jamg‘arma kengashining shaxsiy tarkibi Uyushma, Baliqchilik ilmiy tadqiqot instituti, hududiy “Baliqsanoat” MCHJ direktorlari va baliqchilik xo‘jaliklari vakillaridan tashkil topadi hamda kengash tarkibi Uyushma ta’sischilari yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
10. Jamg‘arma kengashi va a’zolari jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatadi.
11. Jamg‘arma kengashi:
Jamg‘armaning daromadlar va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
jamg‘arma mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladigan tadbirlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi;
zarur hollarda tasdiqlangan daromadlar va xarajatlar smetalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritadi;
jamg‘arma mablag‘lari hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi.
12. Jamg‘arma kengashi majlisi har chorakda bir marotaba, zarur bo‘lganda navbatdan tashqari hollarda chaqiriladi.
5-bob. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi yuzasidan hisobot, nazorat va javobgarlik
13. Jamg‘arma bo‘yicha mablag‘lar tushumi va harakati hisobi Uyushmaning Moliya, buxgalteriya hisobi, hisoboti va Jamg‘arma mablag‘larining boshqarish bo‘limi tomonidan alohida yuritiladi.
14. Uyushma tomonidan har chorakdan keyingi oyning 5-sanasida Jamg‘arma mablag‘larini shakllanishi va xarajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotnomalarni mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq Jamg‘arma kengashiga taqdim etadi.
15. Jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidan nazorat Jamg‘arma kengashi tomonidan amalga oshiriladi.
16. Jamg‘arma mablag‘larining sarflanishida Uyushma quyidagilar uchun javobgardir:
jamg‘arma mablag‘lari buxgalteriya hisobini to‘g‘ri yuritilishiga;
jamg‘arma mablag‘laridan maqsadli foydalanishga;
tanlov (tender) savdolari o‘tkazish tartibiga rioya qilinishi va yetkazib beruvchilarni tanlashda maqsadga muvofiqlik va narx-navo yechimiga.
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishida kelib chiqadigan nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasini shakllantirish va uning mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
ILOVA
|
T/r |
Ko‘rsatkich nomi |
Summa (ming so‘m) |
|
1. |
01.01.20____ga qoldiq |
|
|
2. |
Hisobot davrida tushgan mablag‘lar (jami) |
|
|
|
shu jumladan: |
|
|
|
|
|
|
3. |
Hisobot davridagi xarajatlar (jami) |
|
|
|
shu jumladan: |
|
|
|
|
|
|
4. |
Hisobot davriga qoldiq |
|
|
“O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasi raisi |
____________ |
_________________________ |
||||||
|
(imzo) |
(F.I.Sh.) |
|||||||
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
O‘ZGARTIRISHLAR
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 21-maydagi 325-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)
3. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 20-oktabrdagi 290-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 10-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan Hayvonot va o‘simlik dunyosi obyektlaridan foydalanganlik uchun to‘lov sifatida tushgan mablag‘larni, jarima summalari va tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlardan yetkazilgan zarar uchun undirilgan summalarni taqsimlash tartibi to‘g‘risida nizomning 1-bandi oltinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“respublikaning baliqchilik xo‘jaligi tabiiy suv havzalarida sanoat maqsadida baliq ovlash uchun 100 foizi — “O‘zbekbaliqsanoat” uyushmasining Baliqchilikni rivojlantirish jamg‘armasiga o‘tkaziladi;”.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-avgustdagi 593-son qaroriga
4-ILOVA
4-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan ayrim qarorlari
RO‘YXATI
1. 2018-yil 1-yanvardan boshlab “Baliqchilik tarmog‘ida monopoliyadan chiqarish va xususiylashtirishni chuqurlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-avgustdagi 350-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 8-son, 70-modda).
2. Vazirlar Mahkamasining “Vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga ajratmalarni tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2004-yil 25-oktabrdagi 499-son qarori 3-ilovasining 23-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 10-son, 100-modda).
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Budjet kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida” 2013-yil 26-dekabrdagi O‘RQ–360-son hamda “Soliq va budjet siyosatining 2016-yilga mo‘ljallangan asosiy yo‘nalishlari qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2015-yil 31-dekabrdagi O‘RQ–398-son qonunlari)” 2016-yil 26-apreldagi 122-son qarori 1-ilovasining 58-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 4-son, 28-modda).
4. Vazirlar Mahkamasining “Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimining biologik resurslaridan oqilona foydalanishni ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 7-martdagi 124-son qarorining 9-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 10-son, 148-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 32-son, 814-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 10.12.2018-y., 09/18/995/2287-son; 15.05.2019-y., 09/19/403/3134-son, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son; 01.01.2020-y., 07/20/4555/4257-son, 29.08.2020-y., 07/20/4816/1239-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.03.2022-y., 09/137/22/0244-son; 04.09.2023-y., 09/23/441/0674-son; 22.05.2025-y., 09/25/325/0460-son)