20.11.2017 yildagi 923-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida xatlarni joʻnatish harajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning xatlarini harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida joʻnatish xarajatlarini moliyalashtirishni tartibga solish, shuningdek, pochta aloqasi sohasining ishlash samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi va “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari rezervidagi xizmat toʻgʻrisida”gi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni oʻtash tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash toʻgʻrisida” 2006-yil 14-yanvardagi PQ-257-son qaroriga muvofiq muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan xatlarini bepul yuborish huquqiga ega ekanliklari maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davridagi oddiy xatlari harbiy qismlar tomonidan pochta aloqasi sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan oʻrnatilgan tartibda muomalaga kiritilgan belgilangan namunadagi maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2018-yil 1-yanvardan boshlab, har yili kelgusi yil uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi harbiy qismlarining muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida joʻnatiladigan oddiy xatlarini maxsus markalangan pochta konvertlarida joʻnatish xarajatlarini qoplashni nazarda tutsin.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri vazifasini bajaruvchi Sh.X. Shermatov zimmasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalarni rivojlantirish masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
923-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-noyabrdagi 923-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarni harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarni va rezervchilarni harbiy yigʻinlarda qatnashishga chaqirilgan davrida maxsus markalangan pochta konvertlari bilan taʼminlash, shuningdek ularni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus markalangan pochta konverti (keyingi oʻrinlarda maxsus konvert deb ataladi) — bosmaxona usulida maxsus farqlovchi belgi va pochta toʻlovining davlat belgisi tasviri tushirilgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilar va rezervchilarning harbiy yigʻinlarda qatnashish davrida harbiy qismlar tomonidan joʻnatiladigan oddiy xatlarini yuborish uchun moʻljallangan standart pochta konverti;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
harbiy qismlar — harbiy xizmatchilar muddatli harbiy xizmatni oʻtaydigan, rezervchilar harbiy yigʻinlarda qatnashadigan harbiy boshqaruv idoralari, harbiy qismlar, qoʻshilmalar, tashkilotlar, vazirliklar va idoralarning harbiy tuzilmalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizom muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarga, rezervchilarning (keyingi oʻrinlarda harbiy xizmatchilar deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining harbiy qismlarida harbiy yigʻinlarda qatnashayotgan davrida amal qiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Harbiy xizmatchilarning xatlari harbiy qismlar tomonidan belgilangan namunadagi maxsus konvertlarda joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Maxsus konvertlar 0ʻz DSt 1020:2002 “Pochta konvertlari. Texnik shartlar” davlat standarti talablariga muvofiq qimmatli qogʻozlar blankalarini ishlab chiqarish huquqiga ega boʻlgan matbaa tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Harbiy qismlarni maxsus konvertlar bilan taʼminlash “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ga har yili 1-apreldan kechiktirmay taqdim etiladigan buyurtmanomalarga muvofiq “Oʻzbekiston pochtasi” AJ tomonidan, toʻlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Maxsus konvertlar harbiy qismlar tomonidan ularning xarajatlar smetalarida ushbu maqsadda foydalanish uchun nazarda tutilgan mablagʻlar hisobiga sotib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Harbiy xizmatchilarning harbiy qismlar tomonidan yuboriladigan oddiy xatlari “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ning pochta aloqasi obyektlari tomonidan joʻnatiladi va yetkazib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus konvertlarda “Oʻzbekiston pochtasi” AJ ning pochta aloqasi obyektlariga harbiy qismlar tomonidan topshiriladigan ogʻirligi 20 grammgacha boʻlgan oddiy xatlar joʻnatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Harbiy qism tomonidan maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berish uchun masʼul shaxs tayinlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Maxsus konvertlarni olish, hisobga olish, saqlash va berishni tashkil qilish qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Harbiy xizmatchilarga maxsus konvertlarni berish muddatlari va davriyligi, shuningdek, bir nafar harbiy xizmatchiga (bir oy/yilda) beriladigan konvertlar soni harbiy qismlar tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Berilgan maxsus konvertlar maxsus konvertlarning mavjudligi va ishlatilganligi toʻgʻrisidagi hisobotga asosan hisobdan chiqariladi, ularning qoldigʻi esa hisobot yilidan keyingi yilning 1-yanvardagi holatiga koʻra chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Maxsus konvertlarning mavjudligi va ishlatilganligi toʻgʻrisidagi yigʻma hisobotlar harbiy qismlar tomonidan har yili hisobot yilidan keyingi yilning 15-yanvariga qadar tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlarini moliyalashtirish tartibi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Navbatdagi moliyaviy yilga xarajatlar smetasini tuzish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi har yili 1-iyuldan kechiktirmasdan harbiy qismlardan olingan budjet buyurtmanomalari asosida maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlarini hisobga olgan holda, yigʻma budjet buyurtmanomasini tuzadilar.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 20-sentabrdagi 748-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maxsus konvertlarni sotib olish uchun budjetdan ajratiladigan mablagʻlarga ehtiyojni aniqlash rejalashtirilayotgan harbiy xizmatchilar soniga, shuningdek, maxsus konvert qiymatiga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Maxsus konvertlarni sotib olish xarajatlari harbiy qismlarning tegishli moliyaviy yil uchun tasdiqlangan xarajatlar smetalari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javob beradilar.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.11.2017-y., 09/17/923/0297-son; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 09/18/396/1287-son, 21.09.2018-y., 09/18/748/2024-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)