21.08.2006 yildagi PQ-446-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKNEFTGAZ” MILLIY XOLDING KOMPANIYASI FAOLIYATINI TASHKIL ETISHNI TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Geologiya-qidiruv ishlarini prognozlash, uglevodorodlarni izlash, razvedka qilish, qazib chiqarishdan tortib ularni qayta ishlash va mahsulot sotishgacha bo‘lgan ishlab chiqarish-texnologik siklining barcha bosqichlarida korxonalarning o‘zaro bog‘liq hamda maqsadga yo‘naltirilgan ishlarini ta’minlovchi neftgaz kompleksini boshqarishning samarali tizimini shakllantirish, shuningdek yagona texnikaviy siyosatni olib borish va tarmoqqa xorijiy investitsiyalarni keng jalb etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK hamda neftgaz tarmog‘i kompaniyalari va korxonalari aksiyadorlarining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasini qayta tashkil etish hamda uning negizida “O‘zgeoburg‘uneftgaz” va “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyalari tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi tashkil etishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sho‘rtan gaz-kimyo kompleksini “O‘zneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiga o‘tkazishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Ustyurt geofizika ekspeditsiyasi”, “Amirobod geofizika ekspeditsiyasi”, “Farg‘ona geofizika ekspeditsiyasi” va “Buxoro geofizika ekspeditsiyasi” aksiyadorlik jamiyatlari, shuningdek “Yakkabog‘ geofizika ekspeditsiyasi” unitar korxonasini “O‘zbekgeofizika” OAJga qo‘shishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Avtogaz” aksiyadorlik kompaniyasini “O‘ztransgaz” AKga qo‘shish yo‘li bilan uni “Avtogazsotish” shu’ba korxonasiga aylantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekneftgaz” MXK Boshqaruvchilar kengashini tashkil etish va xolding kompaniyasi Boshqaruvining funksiyalari o‘zgartirilishini nazarda tutgan “O‘zbekneftgaz” MXKni tarkibiy qayta tashkil etish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-iyundagi PF-6010-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-iyundagi PQ-3107-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zgeoburg‘uneftgaz” AK va “O‘zneftgazqazibchiqarish” AK “O‘zgeoburg‘uneftgazqazibchiqarish” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tegishli faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning huquqiy vorislari hisoblanadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ta’sis etilayotgan “O‘zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan tuzilgan shartnomalar va majburiyatlarning loyiha ishlarini o‘tkazish va kapital qurilish qismi bo‘yicha huquqiy voris hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Vazirlar Mahkamasining yoqilg‘i, energetika, kimyo, metallurgiya va mashinasozlik masalalari bo‘yicha kompleksi rahbari E.R. Shoismatov O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasi, “O‘zbekneftgaz” MXK bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zgeoburg‘uneftgaz”, “O‘zneftgazqazibchiqarish”, “O‘zneftgazqurilish-invest” aksiyadorlik kompaniyalarini ta’sis etish, ularning ustav jamg‘armalari miqdorini belgilash, kompaniyalarning nizomlarini ro‘yxatdan o‘tkazish borasidagi barcha tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xolding kompaniyasi va “O‘zbekneftgaz” MXK tarkibiga kiruvchi aksiyadorlik kompaniyalari ijroiya apparatlarining tuzilmalari ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini va ular yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “O‘zbekneftgaz” MXK, “O‘zgeoburg‘uneftgaz”, “O‘zneftgazqazibchiqarish”, “O‘zneftmahsulot”, “O‘ztransgaz” va “O‘zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyalari, “O‘zbekgeofizika” OAJ va “Andijonneft” OAJ emissiya prospektlarini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im to‘lashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ijroiya apparatlari quyidagi manzillarga joylashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zneftgazqazibchiqarish” AK — Toshkent shahri, Amir Temur ko‘chasi 66-uy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zgeoburg‘uneftgaz” AK — Qarshi shahri, Mustaqillik ko‘chasi 35-uy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zneftgazqurilishinvest” AK — Toshkent shahri, Muqimiy ko‘chasi 98-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, “O‘zbekneftgaz” MXK manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2006-yil 21-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-446-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 34-35-son, 341-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 18.10.2017-y., 06/17/5207/0139-son; 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son, 18.06.2020-y., 06/20/6010/0776-son)