07.11.2017 yildagi 894-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qarori)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2018-2019-yillarda turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3217-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri P.R. Bobojonov, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri A.X. Komilov va O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisi A.A. Abduxakimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
894-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 7-noyabrdagi 894-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu erda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari va O‘zbekiston Respublikasidan ketishlari tartibining 12-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijiy fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining turistik vizasida ko‘rsatilgan muddatdan oldin kelgan taqdirda turistik vizalarga O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining konsullik byurolari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tish punktlarida tegishli o‘zgartirishlar kiritishga ruxsat etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida bo‘lishlari qoidalarida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“3. O‘zbekiston Respublikasida vaqtincha bo‘luvchi xorijiy fuqarolar o‘zlarini qabul qiluvchi tashkilotlar (vazirliklar, idoralar, mulkchilik shakllari va faoliyat turidan qat’i nazar, korxonalar va tashkilotlar, xorijiy davlatlarning doimiy vakolatxonalari, xalqaro hukumatlararo tashkilotlar va xorijiy davlatlarning hukumat tashkilotlari vakolatxonalari, xalqaro va xorijiy nodavlat (hukumatga qarashli bo‘lmagan) notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallarini (keyingi o‘rinlarda tashkilotlar deb ataladi), shuningdek, xususiy ishlar bo‘yicha ularni O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilgan shaxslarni xabardor qilgan holda, xohishlariga ko‘ra mehmonxona xizmatlari — vaqtinchalik yashash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladigan joylashtirish vositalarida (mehmonxonalar, turizm bazalari va komplekslari, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, milliy mehmonxona uylari, o‘tov va palatkali lagerlar, sanatoriylar va boshqa obyektlarda, shuningdek, tunash uchun qayta jihozlangan yer usti avtotransportida), boshqa turar joylarda, shuningdek, davolash muassasalarida yashaydilar”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Joylashtirish vositalari va davolash muassasalarining mas’ul shaxslari tomonidan ushbu talabning buzilishi O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq javobgarlikka sabab bo‘ladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi xatboshi beshinchi xatboshi deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16-bandga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Xorijiy fuqarolarning amalda hisobga qo‘yilganligi ichki ishlar organlari tomonidan avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida tekshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi 171-band qo‘shilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“171. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sayyohlik operatori tomonidan tashkil etiladigan tur doirasida ekskursovod, gid va/yoki yo‘riqchi-yo‘l boshlovchi hamrohligida aholi punktlari tashqarisiga sayohat amalga oshirilganda, agar bunday tur muddati yoki uning bir qismi 10 kundan oshmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy fuqarolar tomonidan sayyohlik operatorining avtoturini xarid qilgan holda shaxsiy avtomobilda, mototsiklda, velosipedda, piyoda yoki guruh tarkibida avtobusda sayohat amalga oshirilganda, sayyohlik operatorlari tomonidan ichki ishlar organlariga avtomatlashtirilgan maxsus elektron dastur yordamida sayyohlarning pasport ma’lumotlari, harakatlanish yo‘nalishlari sxemasi, sayohat paytida to‘xtash (tunash) joylari ko‘rsatilgan elektron shakldagi ro‘yxati taqdim etilishi vaqtinchalik propiskaga tenglashtiriladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-maydagi 278-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.11.2017-y., 09/17/894/0219-son, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.05.2022-y., 09/22/278/0439-son)