ILOVA
|
T/r |
Tadbirlarning nomlanishi |
Ijro muddati |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarini, har bir tuman (shahar)da zamonaviy sport klublari va seksiyalarini tashkil etish | |||
|
1. |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasining buyurtmasi va texnik topshirigʻi asosida Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarining namunaviy loyihalarini ishlab chiqish va belgilangan tartibda davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlash |
2018-yil yanvar |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi |
|
2. |
Nukus shahri va viloyat markazlarida 2018 — 2020-yillarda namunaviy loyihalar asosida “Kurash” milliy sport turi markazlarini qurish reja-jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash |
2018-yil yanvar |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
3. |
2018-2020-yillar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturini shakllantirishda Nukus shahri va viloyat markazlarida “Kurash” milliy sport turi markazlarini qurish va jihozlash uchun zarur kapital quyilmalar limiti ajratilishini nazarda tutish |
2018 — 2020-yillar davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi |
|
4. |
Nukus shahri va viloyat markazlarida tasdiqlangan loyiha-smeta asosida hamda shaharsozlik normalari hamda qoidalarini hisobga olgan holda “Kurash” milliy sport turi markazlari qurilishini tashkil etish |
2018 — 2020-yillar davomida |
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
5. |
Har bir tuman (shahar)lardagi sport maktablarida “Kurash” milliy sport turi boʻyicha klublar va seksiyalarni tashkil etish |
2017 — 2018-yillar davomida |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
6. |
Har bir tuman (shahar)larda tashkil etilgan “Kurash” milliy sport turi boʻyicha klublar va seksiyalarda qobiliyatli yosh sportchilarni saralash, seleksiya ishlarini amalga oshirish |
kalendar rejaga muvofiq |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
7. |
“Kurash” milliy sport turi boʻyicha klublar va seksiyalar oʻrtasida sport musobaqalarini tashkil etish |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
8. |
Toshkent viloyati Boʻstonliq tumanidagi mavjud boʻsh bino va inshootlarda “Kurash” milliy sport turi boʻyicha oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish bazasini tashkil etish |
2018-yil may |
Toshkent viloyati hokimligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
9. |
Kurash boʻyicha Osiyo-Okeaniya konfederatsiyasining maʼmuriy binosi qurilishi uchun Toshkent shahridan yer uchastka ajratish, qurilishi va foydalanilishini taʼminlash |
2018 — 2019-yillar davomida |
Osiyo-Okeaniya kurash konfederatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi |
|
II. “Kurash” milliy sport turi boʻyicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlarni doimiy asosda tashkil etish va oʻtkazish | |||
|
10. |
“Kurash” milliy sport turi boʻyicha klublar va seksiyalar oʻrtasida sport musobaqalarida gʻolib va sovrindor boʻlgan sportchilarni viloyatlar, respublika terma jamoalari tarkibiga kiritish |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston k�rash federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
11. |
2018-yilda “Kurash” milliy sport turi boʻyicha mamlakatimizning buyuk davlat va jamiyat arboblari xotirasiga bagʻishlangan turnirlarni oʻtkazish kalendar rejasini ishlab chiqish va tasdiqlash |
2017-yil IV chorak |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi va uning hududiy boʻlinmalari, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi |
|
12. |
Kurashning milliy qadriyat va anʼanalaridan kelib chiqqan holda, ochiq maydonlarda “Kurash” milliy sport turi boʻyicha musobaqalarni muntazam tashkil etish |
doimiy asosda |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
13. |
“Kurash” milliy sport turini milliy boyligimiz sifatida jahonda ommalashtirish maqsadida xalqaro musobaqalarni muntazam tashkil etish va yuqori saviyada oʻtkazish |
kalendar rejaga muvofiq |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
14. |
2018-yil 6-sentabrda — “Kurash” milliy sport turi kunini keng nishonlash yuzasidan Toshkent shahrida Islom Karimov xotira turnirini yuqori saviyada oʻtkazish, joylarda musobaqalar va seminarlar tashkil etish, shuningdek, jahon chempionlari ishtirokida koʻrgazmali chiqishlarni nazarda tutuvchi chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqish |
2018-yil |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
15. |
“Kurash” milliy sport turi boʻyicha respublika musobaqalari va turnirlarini doimiy tashkil etish. Jumladan: yozgi taʼtil davrida umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasida “Yozgi taʼtilni kurash bilan birga oʻtkazamiz” shiori ostida musobaqa va oʻquv mashgʻulotlar oʻtkazish; kasb-hunar kollejlari va akademik litsey oʻquvchilari oʻrtasida “Kurash — bizning milliy boyligimiz” shiori ostida musobaqa va oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish; oliy taʼlim muassasalari talabalari oʻrtasida “Kurash — milliy iftixorimiz” shiori ostida musobaqa va oʻquv mashgʻulot yigʻinlarini oʻtkazish |
kalendar rejaga muvofiq |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
16. |
Taʼlim muassasalarida (maktablar, kollejlar, litseylar va oliy taʼlim muassasalari) sport toʻgaraklari va seksiyalarni xatlovdan oʻtkazish hamda ularning faoliyatini takomillashtirish boʻyicha aniq takliflar tayyorlash |
2018-yil fevral |
Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
17. |
“Kurash” milliy sport turini “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va “Universiada” sport oʻyinlari dasturiga belgilangan tartibda kiritish choralarini koʻrish |
2017-yil |
Xalq taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
III. “Kurash” milliy sport turi boʻyicha respublika, xalqaro musobaqa va turnirlar ishtirokchilari toʻgʻrisida maʼlumotlar elektron bazasini joriy etish | |||
|
18. |
“Kurash” milliy sport turi boʻyicha Osiyo oʻyinlari, Osiyo va jahon chempionatlari gʻoliblari, milliy terma jamoa aʼzolari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron bazaga joylashtirish dasturini ishlab chiqish va shu asosda “Kurash” milliy sport turining moddiy-texnika bazasi, trenerlar, ter�a jamoa aʼzolari, xalqaro va respublika toifasidagi hakamlar hamda zaxiradagi hakamlar toʻgʻrisidagi barcha maʼlumotlarni elektron bazaga joylashtirishni tashkil etish |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
19. |
“Kurash” milliy sport turi boʻyicha har yili oʻtkaziladigan barcha nufuzli musobaqalarni sport va ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarining kalendar rejasiga kiritish hamda oʻtkazilgan chempionatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni elektron bazaga joylashtirishni tashkil etish |
har yili |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi |
|
IV. “Kurash” milliy sport turi boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga qabul kvotalarini oshirish | |||
|
20. |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi talabnomasiga muvofiq Olimpiya zaxiralari kollejlarida mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, “Kurash” milliy sport turi yoʻnalishi boʻyicha qabul kvotalarini oshirish |
2018-yil may |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
21. |
Ixtisoslashtirilgan bolalar va oʻsmirlar sport maktablari hamda Bolalar oʻsmirlar sport maktablarida “Kurash” milliy sport turi boʻlimlarini tashkil etish |
2018-yil sentyabr |
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar jismoniy tarbiya sport boshqarmalari |
|
22. |
“Kurash” m�lliy sport turi boʻyicha malakali trener va hakamlarga chet tillarni oʻrgatish orqali ularning malakasini tizimli asosda oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash |
2017-yil dekabr |
Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
23. |
Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining professor-oʻqituvchilari va malakali trenerlarini jalb etgan holda oʻqitishning yangi innovatsion texnologiyalarini tatbiq etgan holda oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish boʻyicha ilmiy-metodik qoʻllanmalar ishlab chiqish |
doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, |
|
V. “Kurash” milliy sport turi bilan shugʻullanish uchun jahon standartlariga javob beradigan “yaktak” sport kiyimlari va “kurash gilam”larini ishlab chiqarishni tashkil etish | |||
|
24. |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi negizida jahon standartlariga javob beradigan “yaktak” sport kiyimlari hamda “kurash gilam”larini ishlab chiqarishni tashkil etish va “Kurash” milliy sport turi bilan shugʻullanish uchun hududlarga yetkazib berilishini taʼminlash |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Toshkent shahar hokimligi, Hususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi |
|
25. |
Ishlab chiqarilgan “yaktak” sport kiyimlari, “kurash gilami”larini Kurash xalqaro assotsiatsiya bilan hamkorlikda xorijiy davlatlarga eksport qilishni tashkil etish va amaliy yordam koʻrsatish |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Kurash xalqaro assotsiatsiyasi, “Oʻzbekcharmpoyabzali” uyushmasi |
|
VI. “Kurash” milliy sport turini ommaviy axborot vositalari orqali ommalashtirish | |||
|
26. |
Uch yarim ming yildan ortiq tarixga ega boʻlgan, jahon sporti hisoblangan hamda oliyjanoblik, mardlik, bagʻrikenglik va halollik timsollari sifatida eʼzozlanadigan “Kurash” milliy sport turini keng targʻib qilish, bunda: “Kurash” milliy sport turini, shu jumladan reklama kampaniyalarini oʻtkazish va ijtimoiy roliklarni namoyish etish orqali ommalashtirish; “Kurash” milliy sport turi boʻyicha telekoʻrsatuvlar tayyorlash, radio eshittirishlar tashkil etish; yoshlar, ayniqsa uyushmagan yoshlar oʻrtasida sportni keng targʻib etish, ularni sogʻlom turmush tarziga amal qilishga yoʻnaltirish boʻyicha alohida koʻrsatuvlar namoyish etish orqali ommalashtirish media-rejasini ishlab chiqish |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, “Mahalla” xayriya jamoat fondi, Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, |
|
27. |
“Kurash” milliy sport turi boʻyicha oʻtkaziladigan xalqaro va respublika musobaqalarini muntazam yoritib borish, mahoratli sportchi va tajribali trenerlar va ularning ota-onalari toʻgʻrisida telekoʻrsatuvlar tayyorlash |
doimiy |
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi,Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston kurash federatsiyasi |
|
28. |
Oʻquv qoʻllanmalar, “Kurash milliy sport turining rivojlanish tarixi toʻgʻrisida” kitoblar, “Oʻzbek kurashi”ning ilmiy-ommabop jurnalini nashr etish va nashr mahsulotlari, bannerlar, plakatlar, shuningdek elektron ommaviy axborot vositalarida “Kurash” milliy sport turi ramzini tasvirlash orqali uni keng targʻib qilish |
2018-yildan boshlab, doimiy |
Oʻzbekiston kurash federatsiyasi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlimi vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |