Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31-dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tashqi savdo sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PF-5012-sonli Farmoniga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashki savdo vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 13-apreldagi PQ-2887-sonli hamda ““Oʻzsanoateksport”AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3220-sonli qarorlariga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashki iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31dekabrdagi PP-2463-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — “Oʻzagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi N.S. Otajonov va Oʻzbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. Gʻaniyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 2-noyabr,
PQ-3370-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-noyabrdagi PQ-3370-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tuzilmasini optimallashtirish va uning faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 31dekabrdagi PQ-2463-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartishlar
1. 1-, 4- va 7-bandlari hamda 1-, 2- va 4-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. 5-bandidagi “Tashki iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va” soʻzlari “Tashki” soʻzi bilan almashtirilsin;
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 02.11.2017-y., 07/17/3370/0205-son)