16.08.2017 yildagi PQ-3220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsanoateksport” AJ faoliyati samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot tarmoqlarining eksport salohiyatini kengaytirish, tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashqi savdo faoliyatini amalga oshirishda, raqobatbardosh mahsulotlarni tashqi bozorlarga chiqarishda ularga har tomonlama yordam ko‘rsatish bo‘yicha “O‘zsanoateksport” AJ faoliyatining samaradorligini yanada oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar “O‘zsanoateksport” AJ faoliyatining asosiy vazifalari va yo‘nalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, chuqur marketing tadqiqotlarini olib borish, mamlakat iqtisodiyot tarmoqlarining mahsulotlariga bo‘lgan jahon konyunkturasi tendensiyalarini o‘rganish va buning asosida mahalliy mahsulotlarni sotishning istiqbolli xorijiy bozorlarini aniqlash va eksportga mahsulot yetkazib berish geografiyasini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, tashkilotlar va tadbirkorlik subyektlariga o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulotning chet ellardagi potensial xaridorlarini izlab topishda ko‘maklashish, shuningdek, mamlakatimiz korxonalarida eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishga xorijiy sheriklarning buyurtmalarini joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, mahalliy mahsulot yetishtiruvchilarni keng namoyish etishni ta’minlash hamda ana shu mahsulotni sotishni rag‘batlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida o‘tkaziladigan tender (tanlov) savdolarida, xalqaro savdo-sanoat ko‘rgazmalari, yarmarkalar va boshqa shunga o‘xshash tadbirlarda qatnashish, ixtisoslashtirilgan internet-nashrlarda O‘zbekiston Respublikasining eksport salohiyati to‘g‘risidagi, tashkilotlarning ilmiy va ishlab chiqarish imkoniyatlari haqidagi axborotni tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, mashinasozlik, farmatsevtika, neft-gaz, metallurgiya, to‘qimachilik, g‘allachilik, kimyo va neft-kimyo sanoati, qurilish materiallari sanoati hamda boshqa sanoat korxonalariga ularning mahsulotlari eksportga chiqarilishida ko‘maklashish, shu jumladan korxonalarni eksport oldidan moliyalashtirish shaklida kreditlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, chet ellarda tashkilotlar (savdo uylari, vakolatxona va korxonalar) barpo etish hamda konsignatsiya shartnomalari (kontraktlari) va boshqa shakldagi shartnomalar asosida ularning manziliga tovarlar yuklab jo‘natilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, O‘zbekiston Respublikasi hududida respublika sanoat korxonalarining bo‘sh yotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish maqsadida qayta ishlash (tolling) bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshirish uchun xorijiy kompaniyalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchidan, chet ellardan tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilishda davlat organlari va tashkilotlarga, shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri (E.M. G‘aniyev), “O‘zsanoateksport” AJ boshqaruvi raisi (E.Ya. Yunusov) hamda uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarning rahbarlari zimmasiga aksiyadorlik jamiyatiga yuklangan vazifalar o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zsanoateksport” AJning boshqaruv xodimlari cheklangan soni 40 nafardan iborat bo‘lgan ijro apparati tuzilmasi ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zsanoateksport” AJga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsanoateksport” AJning chet ellardagi savdo uylari manziliga ozuqabop bug‘doydan foydalanishning tasdiqlangan balansi hajmlari doirasida konsignatsiya shartlariga muvofiq oziq-ovqat uni va bug‘doyni yuklab jo‘natish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsanoateksport” AJ tomonidan olib kelingan va “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga joylashtirilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash natijalariga ko‘ra olingan mahsulotlarni jahon bozorlarida sotish uchun keyinchalik olib chiqib ketish huquqi berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-dekabrdagi PF-5287-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi (E.M. G‘aniyev) O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — “O‘zavtosanoat” AJ boshqaruvi raisi U.U. Rozukulov va O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdo vaziri E.M. G‘aniyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3220-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-avgustdagi PQ-3220-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zsanoateksport” AJ ijro apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi


Taftish komissiyasi


Kuzatuv kengashi


Ichki audit xizmati


Boshqaruv raisi



Marketing va eksport bo‘yicha direktor

Rejalashtirish

va moliyalashtirish bo‘yicha direktor

Xaridlar va logistika bo‘yicha direktor

Yuridik bo‘lim

3 nafar


Marketing va istiqbolli jahon bozorlari konyunkturasini o‘rganish

4 nafar

Strategik rejalashtirish bo‘limi

5 nafar


Axborot texnologiyalari xizmati

1 nafar

Tashqi xaridlar bo‘limi

3 nafar


Buxgalteriya hisobi va valyuta hisob-kitoblari bo‘limi

6 nafar


Mashinasozlik va metallurgiya mahsulotlarini eksport qilish bo‘limi

2 nafar

Xodimlarni boshqarish xizmati

1 nafar

Yetkazib berishlar logistikasini tashkil etish bo‘limi

2 nafar



Aksiyadorlar bilan korporativ munosabatlarni o‘rnatish xizmati

1 nafar


Kimyo va neft-kimyo mahsulotlarini eksport qilish bo‘limi

3 nafar

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash va ijro intizomini nazorat qilish shu’basi

2 nafar


Qurilish materiallari, farmatsevtika, to‘qimachilik va boshqa mahsulotlarni eksport qilish bo‘limi

3 nafar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv xodimlarining cheklangan soni — 40 nafar
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 34-son, 877-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.12.2017-y., 06/17/5287/0425-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)