23.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2936
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 23.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2936
Kuchga kirish sanasi
23.10.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2936]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir I. MADJIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-2017-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 11-2017-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son “Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarini (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari deb yuritiladi) tashkil etish va oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizomda nazarda tutilgan hollarda oʻtkaziladi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish onlayn (videomaʼruzalar, maslahatlar, nazorat turlarini masofadan turib real vaqt rejimida oʻtkazish) va offlayn (masofaviy taʼlim tizimidagi tegishli oʻquv-metodik resurslarni mustaqil ravishda oʻzlashtirish) shaklda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻquv jarayonlari boshlanishidan 3 kun oldin tinglovchiga Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) tomonidan elektron portfolio logini va paroli beriladi.
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchi oʻziga berilgan login va parol yordamida Institutning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimiga kiradi va tizimda oʻzining shaxsiy kabinetiga ega boʻladi hamda tinglovchiga tizimdagi elektron shakldagi resurslardan foydalanishga ruxsat beriladi.
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tinglovchi elektron portfolioda soʻnggi 3 yil davomidagi oʻquv va oʻquv-metodik, ilmiy-tadqiqot hamda tashkiliy-metodik yoʻnalishlardagi kasbiy faoliyat natijalarini elektron shaklda joylashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tinglovchiga berilgan login va parolni hamda shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslarga foydalanish uchun berish taqiqlanadi. Tinglovchining shaxsiy kabinetidan boshqa shaxslar foydalanishini oldini olish maqsadida himoya usullaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitishni tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi.
(6-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish jadvalida tinglovchilarning familiyasi, ismi, otasining ismi, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining nomi hamda tinglovchi yakuniy attestatsiyadan oʻtadigan tegishli tayanch oliy taʼlim tashkiloti huzuridagi attestatsiya komissiyasi va tinglovchining attestatsiyadan oʻtish muddati koʻrsatiladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini tashkil etish va oʻtkazish jadvali Institutning rasmiy veb-saytidagi Masofaviy kurslar boʻlimida eʼlon qilinadi.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Tinglovchi Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarni tashkil etish va oʻtkazish jadvaliga qatʼiy amal qilishi hamda oʻquv jarayonida shaxsan oʻzi ishtirok etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish davomiyligi 2 oydan oshmasligi lozim.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tinglovchining tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi boʻyicha dastlabki bilim, koʻnikma va malakasining shakllanganlik darajasini aniqlash uchun onlayn shaklda kirish test sinovi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur test sinovining natijalari tinglovchining oʻqish davomidagi oʻzlashtirish koʻrsatkichlariga taʼsir qilmaydi va ularning reyting ballini jamlashda hisobga olinmaydi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqitish Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan oʻquv reja va dasturlar asosida amalga oshiriladi.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining oʻquv rejasidagi oʻquv modullar boʻyicha onlayn maʼruzalar, shuningdek tinglovchilarning ehtiyojlaridan kelib chiqib, qoʻshimcha maslahatlar tashkil etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Onlayn maʼruzalar oʻtkazilishidan 5 kun oldin tizimda Institut tomonidan onlayn maʼruza oʻtkaziladigan sana, vaqt, maʼruza mavzusi hamda maʼruzachining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatilgan eʼlon beriladi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tinglovchilarining oʻquv dasturini oʻzlashtirish darajasini aniqlashda rahbar va pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, oʻquv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalari (elektron portfolioda qayd etilgan koʻrsatkichlari asosida), pedagogik (malakaviy) amaliyot, kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari natijalari, bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish natijalari hisobga olinadi.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻiga (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tinglovchining pedagogik (malakaviy) amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2938, 2017-yil 23-oktabr) hamda bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 2937, 2017-yil 23-oktabr) muvofiq amalga oshiriladi.
(15-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini toʻliq oʻzlashtirgan tinglovchilarga kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Test savollari tegishli qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining oʻquv dasturi doirasida tuziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tinglovchiga test topshiriqlarini bajarish uchun 100 ta test savoli beriladi. Onlayn test sinovlarining natijalari shu vaqtning oʻzida eʼlon qilinadi.
(16-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining oʻzlashtirishi reyting baholash tizimi asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq nazorat qilinadi.
(17-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlari, pedagogik (malakaviy) amaliyot hamda pedagog kadrlarning oxirgi 3 yillik kasbiy, oʻquv-metodik va ilmiy-metodik faoliyati natijalariga (elektron portfolioda qayd etilgan koʻrsatkichlari asosida) koʻra attestatsiyaga qoʻyish asosida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq attestatsiya komissiyasi tomonidan attestatsiyadan oʻtkaziladi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tinglovchilarni attestatsiyadan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-sentabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy taʼlim muassasalari rahbar va pedagog kadrlarining uzluksiz malakasini oshirish jarayonlarini tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
(19-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlariga oʻz vaqtida kelmaganlikning hujjat bilan tasdiqlangan uzrli sabablari boʻlganda tinglovchiga navbatdagi onlayn test sinovlariga kiritilishiga bir marta imkoniyat beriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Kursni tamomlagandan keyingi onlayn test sinovlariga uzrsiz sabablarga koʻra kelmagan tinglovchi yakuniy attestatsiyadan oʻtmagan hisoblanadi.
(21-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2020-yil 26-iyundagi 14-2020-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2936-1, 24.07.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(22-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2936/0162-son; 24.07.2020-y., 10/20/2936-1/1107-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)