23.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2938
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining buyrugʻi, 23.10.2017 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2938
Kuchga kirish sanasi
23.10.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Oldingi tahrirga qarang.

Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida
(buyruq nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2938]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir I. MADJIDOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-2017-son

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 13-2017-son buyrugʻiga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
(ilovaning nomi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy taʼlim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslaridagi pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish hamda oʻtkazish tartibini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslarida (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari deb yuritiladi) oʻqiyotgan oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar kadrlari malakaviy amaliyot, pedagog kadrlari esa, pedagogik amaliyot oʻtaydi.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Rahbar va pedagog kadrlarning pedagogik (malakaviy) amaliyoti oliy taʼlim tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlari bilan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti (bundan buyon matnda Institut deb yuritiladi) yoki Oliy taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy (tarmoq) markazlari (bundan buyon matnda mintaqaviy (tarmoq) markaz deb yuritiladi) oʻrtasida tuziladigan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilarning pedagogik (malakaviy) amaliyoti oʻquv rejasi boʻyicha oʻquv modullari yakunlanganidan keyin Institut yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz direktori tomonidan tasdiqlanadigan reja-jadval asosida oliy taʼlim tashkilotlarining ixtisoslashtirilgan kafedralari, iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy soha tashkilotlarida (bundan buyon matnda amaliyot obyekti deb yuritiladi) tashkil etiladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Pedagogik (malakaviy) amaliyotning davomiyligi va soatlar hajmi qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarining oʻquv-rejasiga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Rahbar kadrlarning malakaviy amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tinglovchilarga Institut direktorining buyrugʻi asosida malakaviy amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular tegishli amaliyot oʻtash tashkilotlariga yuboriladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Har bir malakaviy amaliyot rahbari uchun 12 nafargacha tinglovchilar biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Malakaviy amaliyot rahbari amaliyot oʻtaladigan tashkilotning rahbari tomonidan biriktiriladigan masʼul xodim bilan Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish dasturini (bundan buyon matnda amaliyot dasturi deb yuritiladi) tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Malakaviy amaliyot rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarni amaliyot dasturi bilan tanishtiradi;

amaliyot oʻtaladigan tashkilotga olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar tomonidan amaliyot dasturida belgilangan ishlarning bajarilishini umumiy nazorat qiladi;

zarur hollarda tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;

tinglovchilarning amaliyot boʻyicha hisobotlarini baholaydi.

9. Tinglovchiga malakaviy amaliyot oʻtash davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish maqsadida tegishli tashkilotning rahbari tomonidan amaliyot oʻtash joyidan masʼul xodim (bundan buyon matnda masʼul xodim deb yuritiladi) biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Masʼul xodim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarni amaliyot oʻtalayotgan tashkilot bilan tanishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning oʻrganishi va tahlil qilishlari uchun amaliyot oʻtalayotgan tashkilot faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarning nusxalarini yoki elektron shaklini tinglovchilarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarga amaliyot oʻtash davrida tegishli maslahatlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirilishini, shuningdek tinglovchining amaliyot kundaligi har kuni toʻgʻri va toʻliq yozib borilishini nazorat qiladi va imzolaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tinglovchi amaliyot oʻtayotgan tashkilotning ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tinglovchi malakaviy amaliyot davrida Bosh ilmiy-metodik markaz tomonidan beriladigan mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Amaliyot kundaligining titul varagʻida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, malakaviy amaliyot oʻtalayotgan tashkilot nomi hamda masʼul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Tinglovchi tomonidan amaliyot dasturi asosida bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga har kuni yozib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, amaliyot oʻtalgan sana, bajarilgan ishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot yoziladi hamda bajarilgan ishlar va maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliqligi masʼul xodimning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Masʼul xodim amaliyot yakunida tinglovchining amaliyot kundaligi titul varagʻiga imzo qoʻyadi va tegishli muhr bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Amaliyot kundaligi masʼul xodim tomonidan imzolangandan keyin, tinglovchining oʻzida saqlanadi va u hisobot bilan birga amaliyot rahbariga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tinglovchi amaliyot davrida amaliyot oʻtayotgan tashkilot faoliyatining yoʻnalishlari, taʼlim menejmenti va boshqaruv strategiyasi sohasidagi mavjud ish tajribasini oʻrganadi va tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrganish va tahlil qilish amaliyot oʻtalayotgan tashkilot faoliyatining yutuqlari, kamchiliklari, mavjud muammolarni aniqlash va aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha takliflar ishlab chiqish asosida amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Tinglovchi oʻrganish va tahlil natijalari asosida amaliyot oʻtalayotgan tashkilotda boshqaruv va faoliyat samaradorligini, shuningdek taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish yuzasidan oʻzining taklif va tavsiyalarni ishlab chiqadi.
(18-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan ishlarini umumlashgan holda koʻrsatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Hisobotda quyidagilar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot tashkil etilgan tashkilotning faoliyat yoʻnalishlari haqida qisqacha maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi amaliyotni oʻtash jarayonida tanishgan normativ-huquqiy, oʻquv-metodik va boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtalayotgan tashkilot faoliyatining yoʻnalishlari, taʼlim menejmenti va boshqaruv strategiyasi boʻyicha tahliliy maʼlumotlar;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtalayotgan tashkilot faoliyatining yoʻnalishlari, taʼlim menejmenti va boshqaruv strategiyasi va faoliyat samaradorligini, shuningdek taʼlim tashkilotlarida taʼlim sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar.
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Hisobotning titul varagʻida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridan oʻtish joyi va yoʻnalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, malakaviy amaliyot oʻtilayotgan tashkilot nomi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Malakaviy amaliyot yakunlangandan keyin tinglovchilar tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini amaliyot rahbariga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilar malakaviy amaliyot boʻyicha tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini elektron shaklda (PDF formatda) amaliyot rahbarining elektron pochtasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Amaliyot rahbari tinglovchidan hisobot va amaliyot kundaligini qabul qilib oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilarning hisobotlari va amaliyot kundaligini elektron shaklda qabul qiladi va chop etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hisobotning titul varagʻi amaliyot rahbari tomonidan imzolanadi va tegishli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Amaliyot rahbari tinglovchilarning malakaviy amaliyot natijalarini oʻrganib chiqadi va baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Tinglovchilarning malakaviy amaliyoti natijalari quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchining amaliyot kundaligini toʻgʻri va toʻliq yuritganligi — 0,5 ballik tizimda;

tinglovchining oʻrganish va tahlil natijalari asosida ishlab chiqqan taklif va tavsiyalari — 3,5 ballik tizimda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchining amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlangan hisobot — 1 ballik tizimda.

26. Tinglovchiga amaliyot rahbari tomonidan qoʻyilgan ballarning oʻrtacha arifmetik bahosi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Pedagog kadrlarning pedagogik amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tinglovchilarga mintaqaviy (tarmoq) markaz direktorining buyrugʻi asosida mintaqaviy (tarmoq) markazning pedagog kadrlari orasidan amaliyot rahbari tayinlanadi hamda ular amaliyot oʻtash uchun tayanch oliy taʼlim tashkiloti huzuridagi ixtisoslashtirilgan kafedralarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilarga amaliyot rahbari tayinlash talab etilmaydi va ularning amaliyoti oʻzlari faoliyat koʻrsatayotgan oliy taʼlim tashkiloti kafedrasida tashkil etiladi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Har bir malakaviy amaliyot rahbari uchun 12 nafargacha tinglovchilar biriktiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Pedagogik amaliyot rahbari ixtisoslashtirilgan kafedraning mudiri bilan birgalikda Tinglovchining amaliyotini tashkil etish va oʻtkazish dasturini (bundan buyon matnda amaliyot dasturi deb yuritiladi) tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Pedagogik amaliyot rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarni amaliyot dasturi bilan tanishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan kafedraga olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilar tomonidan amaliyot dasturida belgilangan ishlarning bajarilishini umumiy nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning amaliyot boʻyicha hisobotlarini baholaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tinglovchiga amaliyot davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish maqsadida tayanch oliy taʼlim tashkiloti rektori tomonidan ixtisoslashtirilgan kafedra mudiri masʼul sifatida biriktiriladi.
(31-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilarga amaliyot davrida zaruriy shart-sharoitlarni yaratish, tegishli maslahatlar berish hamda ularning amaliyot faoliyatini nazorat qilish tinglovchi faoliyat koʻrsatayotgan kafedra mudiri tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Kafedra mudiri:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarni ixtisoslashtirilgan kafedra faoliyati bilan tanishtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning oʻrganishi va tahlil qilishlari uchun kafedraning faoliyati bilan bogʻliq hujjatlarning nusxalarini yoki elektron shaklini tinglovchilarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot oʻtash davrida tinglovchilarga tegishli maslahatlar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot dasturida belgilangan ishlarni amalga oshirilishini, shuningdek tinglovchining amaliyot kundaligi har kuni toʻgʻri va toʻliq yozib borilishini nazorat qiladi va imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining ochiq darslarini kuzatish, shuningdek amaliyot yakunlari boʻyicha kafedra yigʻilishida muhokama qilish uchun tashqi ekspertlarni jalb qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Tinglovchi kafedraning ichki tartib-qoidalariga, texnika xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilish qoidalariga qatʼiy rioya qilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida mintaqaviy (tarmoq) markazi tomonidan beriladigan mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchilar mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shakldagi amaliyot kundaligini Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar boʻlimidan yuklab oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Amaliyot kundaligining titul varagʻida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, masʼul xodimning familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tinglovchi tomonidan amaliyot dasturi asosida bajarilgan ishlar amaliyot kundaligiga har kuni yozib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, amaliyot oʻtalgan sana, bajarilgan ishlar toʻgʻrisida qisqacha maʼlumot yoziladi hamda bajarilgan ishlar va maʼlumotlarning toʻgʻri va toʻliqligi kafedra mudirining imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Kafedra mudiri amaliyot yakunida tinglovchining amaliyot kundaligi titul varagʻiga imzo qoʻyadi va tegishli muhr bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Amaliyot kundaligi tinglovchining oʻzida saqlanadi va u amaliyot yakunida hisobot bilan birga kafedra mudiriga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tinglovchi amaliyot davrida kafedra faoliyati va ish tajribasini oʻrganadi hamda tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tinglovchi pedagogik amaliyot davrida kafedraning professor-oʻqituvchilari tomonidan oʻtkaziladigan 2 ta dars jarayonlarini kuzatadi va tahlil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Tinglovchi amaliyot oʻtash davrida kafedraning yoʻnalishiga mos fanlar boʻyicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻzlashtirgan bilim, koʻnikma va malakalari, shuningdek ilgʻor pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda talabalarga 1 ta ochiq dars oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Tinglovchi tomonidan oʻtkaziladigan ochiq darsda kafedraning tajribali professor-oʻqituvchilari ishtirok etadi va dars jarayonini kuzatib boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Masofadan oʻqitish taʼlim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqiyotgan tinglovchi tomonidan oʻtkaziladigan ochiq darsda kafedraning tajribali professor-oʻqituvchilari bilan birgalikda turdosh oliy taʼlim tashkilotlaridan soha mutaxassisi boʻlgan tashqi ekspertlar ishtirok etadi. Tashqi ekspertlar oʻtkazilgan ochiq dars tugagandan keyin shu kunning oʻzida ochiq dars boʻyicha oʻz xulosalarini kafedra mudiriga yozma shaklda taqdim etadi.
(42-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Tinglovchi amaliyot yakunida amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan hisobot tayyorlaydi. Hisobotda amaliyot jarayonida bajarilgan ishlar umumlashgan holda koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Hisobotda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyot tashkil etilgan ixtisoslashtirilgan kafedraning faoliyat yoʻnalishlari haqida qisqacha maʼlumot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliyotni oʻtash jarayonida tanishgan normativ-huquqiy, oʻquv-uslubiy va boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafedra professor-oʻqituvchilari oʻtkazgan dars jarayonlarini kuzatish va tahlil qilishning natijalar boʻyicha tinglovchining fikrlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchi oʻtkazgan ochiq darsda foydalanilgan oʻquv materiallari va ishlanmalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kafedrada pedagogik faoliyat samaradorligini va oʻqitish sifatini oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Hisobotning titul varagʻida tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi, uning familiyasi, ismi va otasining ismi, kafedraning nomi hamda amaliyot rahbarining familiyasi, ismi va otasining ismi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Malakaviy amaliyot yakunlangandan keyin tinglovchilar tayyorlangan hisobotni va amaliyot kundaligini kafedra mudiriga topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Amaliyot yakunlari boʻyicha kafedra yigʻilishi hisobotlar qabul qilib olingan kundan boshlab 1 kun ichida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Kafedra mudiri tinglovchilardan hisobot va amaliyot kundaliklarini qabul qilib oladi hamda ularni amaliyot yakunlari boʻyicha kafedra yigʻilishi oʻtkaziladigan vaqt haqida xabardor qiladi. Amaliyot yakunlari boʻyicha kafedra yigʻilishida amaliyot rahbari, kafedraning professor-oʻqituvchilari hamda tinglovchilar ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Kafedra yigʻilishida tinglovchilarning pedagogik amaliyot yakunlari boʻyicha natijalari quyidagicha baholanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchining amaliyot kundaligini toʻgʻri va toʻliq yuritganligi — 0,5 ballik tizimda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchining ochiq darslarni oʻtkazish jarayoni — 3,5 ballik tizimda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchining amaliyot davrida bajargan ishlari yuzasidan tayyorlangan hisobot — 1 ballik tizimda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Kafedra yigʻilishida har bir qatnashchi tinglovchining amaliyot yakunlari boʻyicha natijalariga oʻzining bahosini qoʻyadi. Kafedra yigʻilishi qatnashchilari tomonidan qoʻyilgan baholar muhokama qilinib, tinglovchiga oʻrtacha arifmetik ball qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
(1-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

‎‎Oliy taʼlim tizimi kadrlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti

__________________________________________________________‎‎(qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining nomi)

‎‎‎‎qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi

‎‎‎‎tinglovchisi ________________________________________________________ning (familiyasi, ismi, otasining ismi)

‎‎malakaviy amaliyot boʻyicha

‎‎AMALIYOT KUNDALIGI

‎‎Masʼul xodim:

‎‎___________________________________________________(familiyasi, ismi, otasining ismi)

__________________‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎Toshkent shahri 20___ yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tinglovchining malakaviy amaliyot

KUNDALIGI

Sana

Bajarilgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot

Amaliyot rahbarining
imzosi

Birinchi kun

Ikkinchi kun

Uchinchi kun

Toʻrtinchi kun

Beshinchi kun

(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim tashkilotlarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida pedagogik (malakaviy) amaliyotni tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
(2-ilovaning belgisi Oʻzbekiston Respublikasi oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 12-dekabrdagi 464-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3598, 15.01.2025-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI
‎OLIY TAʼLIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI

‎‎Oliy taʼlim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta
‎tayyorlash ‎va ularning malakasini oshirish

_________________________‎‎(mintaqaviy yoki tarmoq)

‎‎markazi

__________________________________________________________‎‎(qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishining nomi)

‎‎‎‎qayta tayyorlash va malaka oshirish yoʻnalishi

‎‎‎‎tinglovchisi ________________________________________________________ning (familiyasi, ismi, otasining ismi)

pedagogik amaliyot boʻyicha

‎‎AMALIYOT KUNDALIGI

‎‎Masʼul xodim:

‎‎___________________________________________________(familiyasi, ismi, otasining ismi)

__________________‎‎(imzo)

M.Oʻ.‎

‎‎Toshkent shahri 20___ yil

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Tinglovchining malakaviy amaliyot

KUNDALIGI

Sana

Bajarilgan ishlar haqida qisqacha maʼlumot

Amaliyot rahbarining
imzosi

Birinchi kun

Ikkinchi kun

Uchinchi kun

Toʻrtinchi kun

Beshinchi kun

(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2024-yil 13-avgustdagi 18-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3552, 15.08.2024-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.10.2017-y., 10/17/2938/0164-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 19.08.2024-y., 10/24/3552/0630-son; 17.01.2025-y., 10/25/3598/0039-son)