Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Vazirlik va idoralar bir oy muddatda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-oktabr,
PQ-3343-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-oktabrdagi PQ-3343-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritiladigan
oʻzgartishlar
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Angren” erkin industrial zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2269-sonli qarori ilovasida “Xolmoʻminov S.A. — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Navoiyazot” AJ negizida polivinilxlorid (PVX), kaustik soda va metanol ishlab chiqarish kompleksi qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2014-yil 16-dekabrdagi PQ-2272-sonli qarori ilovasida “Xolmoʻminov S.A. — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Navoiyazot” AJda ammiak va karbamid ishlab chiqarishini qurish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2015-yil 21-iyuldagi PQ-2377-sonli qarorining 2-ilovasida “Xolmoʻminov S.A. — “Oʻzogʻirneftgazkimyo-loyiha” instituti direktori” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Navoiyazot” AJda azot kislotasi ishlab chiqarishni tashkil qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 15-apreldagi PQ-2521-sonli qarori 2-ilovasida “Xolmoʻminov S.A. — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ““Shoʻrtangazkimyo” kompleksining ishlab chiqarish quvvatini kengaytirish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2016-yil 20-iyundagi PQ-2551-sonli qarori 2-ilovasida “Xolmoʻminov S.A. — “Oʻzogʻirneftgazkimyoloyiha” instituti direktori” soʻzlari “lavozimi boʻyicha — “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 21.10.2017-y., 07/17/3343/0151)