Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” erkin iqtisodiy zonasi hududida rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
(hujjat nomi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PF-4986-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 12-son, 182-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari, konveyer lentalari ishlab chiqarilishini tashkil etish va shuning asosida respublikaning yuqori texnologiyali sanoat korxonalarini raqobatbardosh mahsulotlar bilan ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligini ta’minlash va daromadini oshirish maqsadida:
[OKOZ:
1.03.00.00.00 Fuqarolik qonunchiligi / 03.10.00.00 Majburiyat huquqi / 03.10.05.00 Shartnoma. Shartnomalarni tuzish, o‘zgartirish va bekor qilish;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.28.00.00 Investitsiyalar va xorijdan mablag‘ jalb qilish (shuningdek, 07.05.04.00, 09.12.03.00, 10.01.05.00larga qarang) / 07.28.06.00 Investitsiya dasturlari va loyihalar / 07.28.06.02 Investitsiya loyihalari;
3.10.00.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat. Bojxona ishi / 10.01.00.00 Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi umumiy qoidalar / 10.01.07.00 Maxsus iqtisodiy zonalar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asosi belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar natijalariga ko‘ra “O‘zkimyosanoat” DAKning “Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi” MCHJ hamda “Poly Technologies Inc.” (XXR) kompaniyasi o‘rtasida qiymati 183,96 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan bir yilda 100 ming pogon metr konveyer lentalari, 200 ming dona qishloq xo‘jaligi shinalari va 3 000 ming dona avtomobil shinalari ishlab chiqaradigan zavodni foydalanishga tayyor holda qurish to‘g‘risida shartnoma tuzilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zavtosanoat” AK “Djeneral Motors” (AQSH) kompaniyasi bilan “Dji Em Uzbekistan” AJ tomonidan ishlab chiqariladigan avtomobillarni o‘zimizda ishlab chiqariladigan avtomobil shinalari bilan butlash to‘g‘risida kelishuvga erishganligi, bunda ushbu mahsulot “Djeneral Motors” kompaniyasining xalqaro standartlari va talablariga muvofiq sertifikatsiya va laboratoriya sinovlaridan muvaffaqiyatli tarzda o‘tishi shartligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat raqobat qo‘mitasi, “O‘zkimyosanoat” DAK, “O‘zavtosanoat” AK, “Olmaliq KMK” AJ hamda “Navoiy KMK” DKning Direksiya ustav fondini qiymati 30 mln AQSH dollariga ekvivalent bo‘lgan miqdorgacha oshirish, unda “O‘zkimyosanoat” DAK 50 foizli, “O‘zavtosanoat” AK 30 foizli, “Olmaliq KMK” AJ va “Navoiy KMK” DK 10 foizli ulushlar bilan qatnashishi to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[OKOZ:
1.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.19.00.00 Bank tizimi / 07.19.02.00 Tijorat banklari. Xususiy banklar. Xorijiy banklar;
2.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.05.00 Imtiyozli kreditlash;
3.07.00.00.00 Moliya va kredit to‘g‘risidagi qonunchilik. Bank faoliyati / 07.22.00.00 Kreditlash / 07.22.06.00 Kreditlashning alohida turlari / 07.22.06.05 Chet el kreditlari va zayomlari. Xorijiy valyutada kreditlar]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Kuyidagilar “Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga shartnoma qiymatining 15 foizi miqdoridagi avans to‘lovlarini to‘lash uchun “Asaka” DATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan, 10 yil muddatga, shu jumladan 3 yil imtiyozli davr bilan; yillik 2,25 foiz stavkali, qayta moliyalashtiradigan bankning yillik 0,25 foizli marjasini ham hisobga olgan holda ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 27,60 mln AQSH dollari miqdoridagi kredit mablag‘lari;
LexUZ sharhi
3-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi PQ-2397-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma qiymatining 85 foiz to‘lovlarini to‘lash uchun “Asaka” DATB tomonidan qayta moliyalashtiriladigan bankning yillik 0,25 foiz marjasini ham hisobga olgan holda 156,36 mln AQSH dollari miqdoridagi imtiyozli uzoq muddatli xorijiy kreditlar mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli uzoq muddatli xorijiy kreditlarga, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot banki hamda “Asaka” DATB kreditlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha foizlar va komissiyalarni to‘lash, shuningdek birlamchi aylanma kapitalini shakllantirish, loyiha-qidiruv ishlarini olib borish, texnik kuzatib borish, ekspertiza va direksiyaning ta’minoti uchun ishlatiladigan Direksiya ta’sischilarining 30,0 mln AQSH dollari miqdoridagi mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Asaka” DATB O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Moliya vazirligi va “O‘zkimyosanoat” DAK bilan birga bir oy muddatda xorijiy banklar va boshqa moliya institutlari bilan mazkur loyihani birgalikda moliyalashtirish uchun imtiyozli uzoq muddatli kreditlarni jalb etishni o‘rganib chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” DAK qarz va kredit mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani o‘z vaqtida amalga oshirishga mas’ul ijrochi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zkimyosanoat” DAKning “Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi” MCHJ loyiha doirasida jalb etilayotgan kreditlar bo‘yicha qarz oluvchi hisoblanadi hamda asosiy qarzni qaytarish, foizlar, vositachilik haqlarini to‘lash bilan bog‘liq xarajatlar va qarz bo‘yicha boshqa xarajatlarni o‘z mablag‘lari hamda “O‘zkimyosanoat” DAK huzuridagi Kimyo sanoati tashkilotlarini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan jalb etilgan mablag‘lar hisobidan qoplaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi moliya vaziri mazkur loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining hamda xorijiy banklarning jalb etilayotgan valyuta kreditlari yuzasidan Direksiya majburiyatlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining kafolatini berishga vakil etib tayinlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Direksiya bilan “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi o‘rtasida muzokaralar yakunlariga ko‘ra shakllantirilgan qiymat asosida imzolangan shartnoma bo‘yicha xulosalar berishni ta’minlasin, bunda ortib jo‘natishdan oldingi inspeksiya va narx-navo ekspertizasi mexanizmini qo‘llagan holda loyihaning amalga oshirib borilishiga qarab uskunalar va materiallarni detallashtirish va spetsifikatsiyasini ekspertizadan o‘tkazish shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida “Rezinotexnika buyumlari zavodi qurilishi direksiyasi” MCHJ va “O‘zkimyosanoat” DAKga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Poly Technologies Inc.” kompaniyasi bilan birgalikda 2016-yilning 1-yanvarigacha qurilish ishlarini loyiha hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda olib borishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konkurs tanlovlari asosida loyiha yechimlarining obyektlar ishonchliligi va xavfsizligi, shuningdek texnik nazorati bo‘yicha xalqaro standartlarga va “Djeneral Motors” kompaniyasining talablariga muvofiqligini aniqlash uchun mustaqil xalqaro maslahatchilarni jalb etishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda “Asaka” DATB bilan birgalikda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida ekspertizadan o‘tgan import shartnomalari, shuningdek mahalliy pudratchi va ta’minotchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar bo‘yicha loyihaning texnik-iqtisodiy asosi tasdiqlangunga qadar moliyalashtirishni ochishga ruxsat berilsin.
(7-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-avgustdagi PF-5158-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zkimyosanoat” DAK loyihaning texnik-iqtisodiy asosini vakolatli ekspertiza organlari bilan kelishib olinishini va 2015-yilning 1-iyuliga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi belgilangan tartibda loyiha bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining davlat ekspertizasi amalga oshirilishini ta’minlab, qurilish ishlarining bajarilish sifati ustidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada ishlab chiqarilmaydigan uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyum va uzellar, ehtiyot qismlar, xom ashyo va materiallar, texnologik jihozlar, shuningdek “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchi tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida olib keladigan yoqilg‘i-moylash mahsulotlari va metall prokat uchun 2020-yilning 1-yanvariga qadar boj to‘lovlari (bojxona yig‘imlaridan tashqari) to‘lashdan;
LexUZ sharhi
10-bandning ikkinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi PQ-2397-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018-yilning 1-yanvarigacha Direksiya va “Poly Technologies Inc.” kompaniyasi hamda uning yordamchi pudratchi tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxatlar asosida o‘zlarining doimiy muassasalari orqali vaqtincha olib keladigan uskunalar, maxsus texnika, mashina va mexanizmlar uchun davriy to‘lanadigan boj to‘lovlaridan;
LexUZ sharhi
10-bandning uchinchi xatboshisiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015-yil 28-avgustdagi PQ-2397-sonli qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilgan. Rus tili matniga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yordamchi pudratchi transport kompaniyalari — O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga kirish yig‘imini to‘lashdan va O‘zbekiston Respublikasining umum foydalanadigan avtomobil yo‘llaridan og‘ir yukli va yirik gabaritli transport vositalarining yurishi uchun to‘lovlardan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari tomonidan bajariladigan ish (xizmat)lar, shuningdek mahalliy ta’minotchi va yordamchi pudratchi tashkilotlarning “Poly Technologies Inc.” kompaniyasiga amalda O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan tashqariga olib chiqilmasdan sotadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun qo‘shilgan qiymat solig‘i to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Poly Technologies Inc.” kompaniyasi va uning yordamchi pudratchi tashkilotlari, chet el moliya institutlari va konsalting kompaniyalari, shuningdek ularning doimiy muassasalari — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari tomonidan to‘lanishi lozim bo‘lgan barcha soliqlardan (shu jumladan to‘lov manbaidan undiriladigan foyda solig‘ini to‘lashdan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan jismoniy shaxslar — loyihani amalga oshirish doirasida olinadigan jismoniy shaxslarning daromad solig‘ini to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatilayotgan xizmatlar, olib kelinayotgan tovarlar, uskunalar, mashina va mexanizmlar, butlovchi buyum va uzellar, ehtiyot qismlar, xom ashyo, materiallar va texnologik jihozlarni O‘zbekiston Respublikasining vakolatli organlarida litsenziyalash va sertifikatlash uchun yig‘imlar, davlat bojlari va to‘lovlar to‘lashdan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada tegishli akkreditatsiya qilingan sinov laboratoriyalari bo‘lmagan taqdirda, import qilinadigan uskunalar, asboblar, xom ashyo va materiallar, istisno tariqasida, majburiy sertifikatlash jarayonidan ozod etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zqurilishmateriallari” AK va “O‘zbekneftgaz” MXK mazkur loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zkimyosanoat” DAKga taqdim etiladigan talabnomalar bo‘yicha “Poly Technologies Inc” kompaniyasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida, erkin almashtiriladigan valyutaga, tartibga solinadigan narxda — sement, kelishilgan narxda — metall prokati, birja kotirovkasining o‘rtacha me’yordagi narxlarida yoqilg‘i-moylash mahsulotlari ajratilishini va sotilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Toshkent viloyati hokimligi “Angren” EIZ Ma’muriy kengashining qaroriga asosan rezinotexnika buyumlar zavodining qurilishi uchun yer uchastkalari ajratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun ilovaga muvofiq tarkibda Ishchi guruhi tashkil etilsin, uning zimmasiga loyihani, shuningdek ushbu qaror talablarini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar kompleksini o‘z vaqtida va tezkorlik bilan hal etish uchun vazirliklar va idoralarning faoliyatini muvofiqlashtirish vazifasi yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga konsullik va boshqa yig‘imlar undirilmagan holda ko‘p martalik kirish vizalari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmagan holda ko‘p martalik kirish vizalari berish va muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtinchalik yashash joyi bo‘yicha vaqtinchalik ro‘yxatga qo‘yish va muddatini uzaytirishni belgilangan tartibda ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “O‘zkimyosanoat” DAKning talabnomalariga ko‘ra, ushbu loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi yuqori malakali xorijiy mutaxassislarni O‘zbekiston Respublikasiga jalb qilishga ruxsatnomalar berishni (muddatini uzaytirishni), shuningdek ularga O‘zbekiston Respublikasi hududida mehnat faoliyati bilan shug‘ullanish huquqiga tasdiqnoma berishni (muddatini uzaytirishni) ta’minlasin.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-oktabrdagi PF-5204-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2014-yil 4-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2269-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 4-dekabrdagi PQ-2269-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Angren” EIZ hududida konveyer lentalari, qishloq xo‘jaligi va avtomobil shinalari ishlab chiqarishni tashkil etish” loyihasini amalga oshirish bo‘yicha ishchi guruh
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
R.S. Azimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari
G.I. Ibragimov
—
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Ishchi guruh rahbari o‘rinbosari
N.S. Ibragimov
—
“O‘zkimyosanoat” DAK raisi
B. A. Xodjayev
—
iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari
B.M. Yusupov
—
moliya vazirining birinchi o‘rinbosari
Sh.A. Tulyaganov
—
tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri o‘rinbosari
T.A. Jalilov
—
“O‘zavtosanoat” AK raisining o‘rinbosari
R.A. Gulyamov
—
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi ijrochi direktori
J.T. Mirzamaxmudov
—
“O‘zkimyosanoat” DAK raisining o‘rinbosari
B.Ya. Raimov
—
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosari
M.I. Shodiyev
—
“Davarxitektqurilish” raisi o‘rinbosari
D.A. Isakulov
—
“O‘zbekenergo” DAK raisining birinchi o‘rinbosari
A.S. Sultanov
—
“O‘zbekneftgaz” MXK raisining birinchi o‘rinbosari
Sh.Sh. Ismatullayev
—
“O‘zbekiston temir yo‘llari” DATK raisi o‘rinbosari
A.T. Usmanov
—
Toshkent viloyati hokimi
S.I. Saifnazarov
—
“Angren” EIZ direksiyasi direktori
lavozimiga ko‘ra
—
“O‘zInjiniring” Respublika loyiha instituti direktori
M.K. Turayev
—
“O‘zkimyosanoatloyiha” instituti direktori
R.M. Mamadaliyev
–
Geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari ATD mudiri, ishchi guruhi kotibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ishchi guruhi a’zolari boshqa ishga o‘tgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
LexUZ sharhi
ilova norasmiy tarjima
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2014-y., 51-son, 602-modda; 2017-y., 12-son, 182-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2017-y., 06/17/5204/0114-son; 21.10.2017-y., 07/17/3343/0151)