Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasini boshqarishni yanada takomillashtirish va uning faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasining boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni 25 nafar boʻlgan yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi nizom 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi Direksiyaning shtatlar jadvalini va xodimlarning lavozim maoshlari miqdorini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun bir hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
3. Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi 376-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi QHT, 2017-y., 24-son, 503-modda) 3-ilovaga muvofiq oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasi direktori R.M. Shoabduraxmonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 16-oktabr,
833-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasining
TUZILMASI
Boshqaruv xodimlarining cheklangan umumiy soni — 25 nafar.
* Ishlar hajmiga va amalga oshirilayotgan loyihalar soniga koʻra.
Izoh. Direksiyaning viloyatlardagi (shaharlardagi) filiallari, zarurat boʻlganda, qurilish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash davriga xodimlarning shtatda belgilangan umumiy soni doirasida tashkil etiladi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasining mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash direksiyasining (keyingi oʻrinlarda Direksiya deb ataladi) mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.
2-bob. Direksiya mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish
2. Direksiya mablagʻlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
xalqaro grantlar;
texnik koʻmaklashish mablagʻlari;
yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari;
imtiyozli, shu jumladan xorijiy kreditlar;
Oldingi tahrirga qarang.
qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar.
(2-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
3. Direksiyaning jalb etiladigan mablagʻlari belgilangan tartibda uning asosiy yoki tegishli maxsus hisob raqamlariga oʻtkaziladi.
Mablagʻlarning toʻliq tushishini nazorat qilish Direksiya tomonidan amalga oshiriladi.
4. Direksiyaning bank hisob raqamlaridagi mablagʻlaridan foydalanish Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga, grant beruvchilar bilan tuzilgan shartnomalarga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan xarajatlar smetasiga muvofiq foydalaniladi.
5. Direksiyaning mablagʻlaridan belgilangan tartibda quyidagi maqsadlar uchun foydalaniladi:
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek ularni zarur jihozlar, mebel, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;
Direksiya xodimlariga ish haqi, ustamalar, mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar toʻlash;
Direksiya xodimlariga ham mamlakat ichkarisida, ham undan tashqarida xizmat safarlari xarajatlarini toʻlash;
Direksiya binolarini ijaraga olish haqini toʻlash, zarur jihozlar, mebel, aloqa, kompyuter va boshqa zarur vositalar bilan taʼminlash;
Direksiya ehtiyojlari uchun xizmat avtomobillari va maxsus avtotransport vositalari, shuningdek boshqa texnik vositalar xarid qilish, ularga servis xizmati koʻrsatish, ehtiyot qismlar va yonilgʻi-moylash materiallari bilan taʼminlash;
Direksiya xodimlarining oʻqishini, malaka oshirishini va stajirovkasini shu jumladan xorijiy davlatlar ilmiy-tadqiqot, taʼlim va boshqa muassasalarida tashkil etish;
Direksiya vakolatiga tegishli masalalar boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasiga kelayotgan xorijiy davlatlar, shuningdek kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar delegatsiyalari tashriflarini tashkil etish;
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, oliy taʼlim muassasalari va madaniy markazlarning mahalliy va xorijiy mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etish;
seminarlar, “davra suhbatlari”, konferensiyalar, amaliy mashgʻulotlar, treninglar, profilaktik va boshqa tadbirlar oʻtkazish;
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, shuningdek Direksiya faoliyatini takomillashtirish bilan bogʻliq tadbirlarni tashkil etish va oʻtkazish.
6. Direksiya direktori Direksiya mablagʻlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qiladi va uning uchun shaxsan javob beradi.
3-bob. Grant beruvchilar mablagʻlaridan foydalanish tartibi
7. Grant beruvchilardan tushadigan xalqaro grantlar va texnik koʻmaklashish mablagʻlari Direksiya tomonidan grant beruvchilar va Direksiya oʻrtasida tuzilgan shartnomalar shartlariga muvofiq foydalaniladi.
Grant beruvchilarning xalqaro grantlari va texnik koʻmaklashish mablagʻlari grant beruvchilar bilan kelishgan holda vakolatli banklarning depozit hisob raqamlariga joylashtirilishi mumkin.
8. Xalqaro grantlar va texnik koʻmaklashish mablagʻlarini vakolatli banklarning depozit hisob raqamlariga joylashtirishdan olingan daromadlar quyidagilarga:
qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash, loyiha-qidiruv ishlarini oʻtkazish, Direksiya tomonidan moliyalashtiriladigan obyektlar uchun qurilish asbob-uskunalari, materiallari, tegishli jihozlar, kompyuter texnikasi, mebel va boshqa zarur tadbirlarga, shuningdek Direksiyani joriy saqlashga va uning faoliyatini amalga oshirishga;
ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlashga yoʻnaltiriladi.
4-bob. Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash va ularni mukofotlash tartibi
9. Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga, ushbu Nizomga va boshqa normativ hujjatlarga muvofiq amalga oshiriladi.
10. Direksiya xodimlari mehnatiga haq toʻlash quyidagilardan iborat boʻladi:
lavozim maoshlari (tarif stavkalari);
lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq va ustamalar;
mukofotlar va boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlar.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Direksiya xodimlarining lavozim maoshlari qonunchilikka muvofiq Mehnatga haq toʻlashning yagona tarif setkasiga muvofiq belgilanadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
12. Direksiya xodimlariga yuqori tashkilot bilan kelishgan holda qoʻshimcha haq va ustamalar toʻlanishi mumkin.
13. Direksiya rahbari va bosh buxgalteri xodimlar mehnatini normalashtirish va hisobga olishning tashkil etilishi, lavozim maoshlari va tarif stavkalarini belgilashning, lavozim maoshlariga qoʻshimcha haq va ustamalar, shuningdek boshqa ragʻbatlantiruvchi toʻlovlarni hisoblashning toʻgʻriligi uchun shaxsan javob beradilar.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-son qaroriga
3-ILOVA
3-ILOVA
Vazirlar Mahkamasining “Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega boʻlgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 15-iyundagi 376-son qaroriga kiritilayotgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
1. 4-bandda:
ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin;
uchinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.
2. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
3. 2-ilovada:
a) 5-bandga quyidagi mazmundagi “e” kichik band qoʻshilsin:
“e) jihozlash sohasida:
obyektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan taqdim etilayotgan dasturlarni koʻrib chiqadi;
obyektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan maslahat berish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, oliy taʼlim muassasalari va madaniy markazlarning yetakchi mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etadi”;
b) 14-bandda:
quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:
“zarurat boʻlganda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiyaning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan shtatdagi xodimlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritadi”;
oltinchi xatboshi yettinchi xatboshi deb hisoblansin;
v) quyidagi mazmundagi 141-band qoʻshilsin:
“141. Direktor oʻrinbosari va Direksiyaning bosh muhandisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiya direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)