15.06.2017 yildagi 376-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash sohasidagi ishlarni tashkil etishni tartibga solish va nazorat qilishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashga yo‘naltirilgan mablag‘lardan yanada samarali foydalanilishini ta’minlash, shuningdek nazarda tutilgan ishlarni bajarish sifati yuzasidan nazoratni kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida davlat muassasasi shaklida Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasini (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash masalalari bo‘yicha qarorlari loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyihalarning buyurtmachisi funksiyalarini bajarish va ularning amalga oshirilishi sifatini nazorat qilish, shuningdek ularni o‘z vaqtida ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun xalqaro grantlarni, texnik ko‘maklashish mablag‘larini, xayriya ehsonlarini, imtiyozli kreditlarni, shu jumladan xorijiy imtiyozli kreditlarni hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarini loyihalashtirishda loyihalash tashkilotlari tomonidan energiya va resurslarni tejaydigan zamonaviy texnologiyalar joriy etilishini ta’minlash, shuningdek yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya tomonidan amalga oshiriladigan alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash Direksiyaning bank hisob raqamlarida jamlanadigan xalqaro grantlar, texnik ko‘maklashish mablag‘lari, xayriya ehsonlari, imtiyozli kreditlar, shu jumladan xorijiy imtiyozli kreditlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga belgilangan tartibda moliyalashtiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyani saqlab turish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq, shuningdek xalqaro grantlar, texnik ko‘maklashish mablag‘lari, xayriya ehsonlari, imtiyozli kreditlar, shu jumladan xorijiy imtiyozli kreditlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(4-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining Ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga jalb etiladigan mablag‘larni jamlash uchun Direksiyaning milliy va xorijiy valyutadagi 29801 — “mijozlar bilan hisob-kitoblar” bank hisob raqamlarini uch bank kuni mobaynida ochishni ta’minlash tavsiya etilsin.
(5-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-iyuldagi 492-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 28-son, 662-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Direksiya davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin jalb etiladigan mablag‘lar belgilangan tartibda Direksiyaning asosiy yoki tegishli maxsus hisob raqamlariga o‘tkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahri hokimligi bir hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiyaning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlarga ega bo‘lgan xona berilgan holda u Toshkent shahrida joylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda yuqori malakali mutaxassislar bilan to‘ldirishda Direksiyaga ko‘maklashsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-iyundagi 376-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Ustav O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash direksiyasining (keyingi o‘rinlarda Direksiya deb ataladi) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligini, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Direksiya o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Direksiya davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, bankda hisob raqamlariga, Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Direksiyaning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Direksiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatining qarorlari loyihalarini tayyorlash va belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash bo‘yicha loyihalarning buyurtmachisi funksiyalarini bajarish va ularning amalga oshirilishi sifatini nazorat qilish, shuningdek ularni o‘z vaqtida ishga tushirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash uchun xalqaro grantlarni, texnikaviy ko‘maklashish mablag‘larini, xayriya ehsonlarini, imtiyozli kreditlarni, shu jumladan xorijiy imtiyozli kreditlarni hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash obyektlarini loyihalashtirishda loyihalash tashkilotlari tomonidan zamonaviy energiya va resurslarni tejaydigan texnologiyalar joriy etilishini ta’minlash, shuningdek yuqori texnologik materiallar va buyumlardan samarali foydalanilishini nazorat qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Direksiyaning asosiy funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Direksiya o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq belgilangan tartibda quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) prognozlashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining topshiriqlariga muvofiq alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni moliyalashtirishni Direksiyaning maxsus hisob raqamlarida jamlanadigan xalqaro grantlar, texnikaviy ko‘maklashish mablag‘lari, xayriya ehsonlari, imtiyozli kreditlar, shu jumladan xorijiy imtiyozli kreditlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga tashkil etish uchun obyektlar ro‘yxatini tuzish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan kelishgan holda qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlar joylashtiriladigan tumanlarda tegishli qism (yo‘llar, kanalizatsiya, issiqlik, elektr, gaz, suv ta’minoti, telefonlashtirish va shu kabilar) yuzasidan muhandislik kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish masalalarini ko‘rib chiqishda va qarorlar qabul qilishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) loyihalashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni va tanlov hujjatlarini ishlab chiqish uchun boshlang‘ich-ruxsat beruvchi hujjatlarni tayyorlaydi, loyihalashtirish ishlarini bajarishga buyurtmalarning tanlov (tender) asosida joylashtirilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash tashkilotiga birlamchi-ruxsat beruvchi hujjatlarni va loyihalashtirishga topshiriq beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarni bajarishning kalendar jadvalini, loyiha va tanlov (tender hujjatlari) berilishini hisobga olgan holda tanlov (tender) savdolari g‘oliblari bilan loyihalashtirish ishlarini bajarish yuzasidan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sinov, ilmiy-tadqiqot, arxeologiya ishlarini va boshqa ishlarni bajarish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha va tanlov (tender) hujjatlari ekspertizadan o‘tkazilishini, kelishilishini, tasdiqlanishini, shuningdek vakolatli ekspertiza organlarining asoslangan xulosalari va pudrat tashkilotlarining mulohazalari bo‘yicha tegishli hujjatlarga tuzatishlar yoki qo‘shimchalar kiritilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudrat va loyiha tashkilotlari, yetkazib beruvchilar, shuningdek boshqa tashkilotlar tomonidan shartnoma majburiyatlariga rioya etilishini tizimli asosda nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) qurilish maydonini tayyorlash ishlarini tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishni amalga oshirish uchun maydonni tanlash va ajratish bo‘yicha komissiyalar ishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiyasi uzatish havo liniyalari va aloqa liniyalari zonasida, temir yo‘llar polosasida, qurilish maydonida joylashgan yer osti kommunikatsiyalari (kabel, gaz quvuri, kanalizatsiya va boshqalar) o‘tadigan joylarda ishlarni bajarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharlar va aholi punktlarida alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash davrida obyektning loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq mavjud manbalardagi elektr energiyasi, gaz, suv va bug‘dan, ular bo‘lmaganda o‘zining gaz, suv, bug‘ va elektr ta’minoti obyektlaridan foydalanishga qurilish uchun yer uchastkalari berish to‘g‘risidagi hujjatlarni, tegishli organlar va foydalanish xizmatlarining ruxsatnomalarini rasmiylashtiradi va pudratchilarga beradi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalarni sanitariya tartibida kesishga hamda ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish hududiy boshqarmalari bilan kelishgan holda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining ruxsati bo‘yicha binolar, inshootlar va kommunikatsiyalarni qurish bilan bog‘liq kesishlarga yo‘l qo‘yiladi;
(5-bandning o‘n sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda obyekt qurilishi hududidagi buzilishi, ko‘chirilishi yoki rekonstruksiya qilinishi kerak bo‘lgan uylarda yashovchi fuqarolar ko‘chirilishini ta’minlaydi;
(5-bandning o‘n to‘qqizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari bilan birgalikda meva-rezavor meva daraxtlari va ekinlar, shuningdek fuqarolarga xususiy mulk huquqi bilan tegishli bo‘lgan buziladigan turar joylar va imoratlar qiymatini qonun hujjatlarida belgilangan obyektning umumiy qiymati doirasida fuqarolarga to‘laydi;
(5-bandning yigirmanchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlariga, yuridik va jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan buziladigan binolar va inshootlarning qoldiq balans qiymati hisob-kitoblarini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imoratlar va inshootlarni buzishdan olinadigan qismlarga ajratiladigan materiallar va asbob-uskunalar sotilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchun geodeziya jihatidan rejalash asosini yaratadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalarida ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek pudrat tashkilotlarida faoliyat turiga va ishlarni bajarishga litsenziyalar mavjudligini tekshiradi, mualliflik va texnikaviy nazoratni tashkil etadi va qurilish-montaj ishlarini bajarishga ruxsatnoma oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) qurilishni, moliyalashtirishni, hisob va hisobotni tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni loyihalashtirish va qurishga, shu jumladan “foydalanishga tayyor holda” qurishga ishlarni (xizmatlarni) bajaruvchilarni tanlash bo‘yicha tanlov (tender) savdolarini tashkil etadi va o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirish va pudrat ishlari yuzasidan tanlov (tender) g‘oliblari bo‘lgan loyiha va pudrat tashkilotlari bilan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani boshqarishni hamda alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning texnik jihatdan kuzatib borilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov (tender) asosida belgilangan yoki aniqlashtirilgan kelishilgan shartnomaviy joriy narx asosida qurilishlarning manzilli ro‘yxatlarini shakllantirish va aniqlashtirish uchun takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliyalashtirishning kelishilgan jadvallariga muvofiq loyiha ishlarini va obyektlar qurilishini moliyalashtirishning o‘z vaqtida boshlanishini va joriy moliyalashtirishni ta’minlaydi, moliyalashtiruvchi bankka buning uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya, operativ va statistika hisobini yuritadi, tasdiqlangan shakllarga muvofiq faoliyat turlari bo‘yicha hisobotni tuzadi va tegishli organlarga taqdim etadi hamda ularning ishonchliligi uchun javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlar bajarilganligi va xizmatlar ko‘rsatilganligi uchun obyekt qurilishida band bo‘lgan pudrat, loyihalash va boshqa tashkilotlarning to‘lovga taqdim etilgan ma’lumotnomalarini, schyot-fakturalarini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan ishlar hajmlari va qiymati to‘g‘risidagi imzolangan ma’lumotnomalar, schyot-fakturalar asosida ishlar uchun haq to‘laydi, shuningdek qurilishi tugallangan obyektlar bo‘yicha uzil-kesil hisob-kitob qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat, loyihalash tashkilotlari va boshqa tashkilotlarga ular tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilmagan yoki zarur tarzda bajarilmagan taqdirda moliyaviy sanksiyalarni (jarima, penyani) to‘lash to‘g‘risida talabnomalar taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni (foydalanishga tayyor holda) qurishda ishlarni bajarish va obyekt qurilishini moliyalashtirish jadvallariga muvofiq pudratchiga avans beradi va uni joriy moliyalashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashni kuzatib boradi va ularni texnik jihatdan nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilib olish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilishi tugallangan obyektlarni shaharsozlik normalari va qoidalariga, texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiq foydalanishga qabul qilishni tashkil etadi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat qabul qilish komissiyasiga qurilishi tugallangan obyektlar bo‘yicha zarur hujjatlarni (pudrat tashkilotlari bilan birgalikda) taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanishga qabul qilingan obyektlarni, ijro muddatlarini, ishchi va davlat qabul qilish komissiyasining hujjatlarini barcha zarur ilovalari bilan birgalikda foydalanuvchi organlarga (tashkilotlarga) beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) jihozlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan taqdim etilayotgan dasturlarni ko‘rib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni zarur zamonaviy asbob-uskunalar, kompyuter texnikasi, mebel va jihozlar bilan jihozlash yuzasidan maslahat berish uchun ilmiy-tadqiqot institutlari, xorijiy kompaniyalar, oliy ta’lim muassasalari va madaniy markazlarning yetakchi mutaxassislarini shartnoma asosida jalb etadi.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-sonli qaroriga asosan “e” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Qurilishni texnik jihatdan nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Texnik jihatdan nazorat qilish Direksiya tomonidan obyektni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlashning butun davri mobaynida amalga oshiriladi. Direksiya asosiy vazifalar bilan birgalikda texnik jihatdan nazorat qilish doirasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-montaj ishlari, qo‘llaniladigan konstruksiyalar, buyumlar, materiallar va yetkazib beriladigan asbob-uskunalarning loyiha yechimlariga, shaharsozlik normalari va qoidalari talablariga, standartlarga, texnik shartlarga va texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi boshqa normativ hujjatlarga muvofiqligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurishda foydalaniladigan konstruksiyalar, buyumlar va materiallar sifatini tasdiqlaydigan hujjatlar (texnik pasportlar, sertifikatlar, laboratoriya sinovlari natijalari va shu kabilar) mavjudligini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish jarayonida geodeziya ishlari bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish-pudrat tashkilotlarining xodimlari bilan birgalikda bajarilgan ishlar hajmlari va sifati hamda keyingi ishlarni bajarishda ochiladigan konstruktiv elementlarni tekshiruvdan o‘tkazadi va baholaydi, ochilgan ishlarni tekshiruvdan o‘tkazishda dalolatnoma rasmiylashtirilgunga qadar ishlarni davom ettirishni taqiqlash bo‘yicha talablarni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning tayyor bo‘lishiga ko‘ra pudrat va ixtisoslashtirilgan (montaj) tashkilotlari, shuningdek loyiha tashkilotlari vakillari ishtirokida binolar va inshootlarning muhim konstruksiyalarini, ko‘priklarning tayanchlari va o‘tkazish qurilmalarini, sig‘imli inshootlarni, ko‘tarib turuvchi metall-beton konstruksiyalarni va shu kabilarni oraliq qabul qilib olishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari, davlat nazoratining boshqa organlari va davlat qabul qilish komissiyasi bilan birgalikda montaj qilish uchun olingan asbob-uskunalarning holati va loyihaga muvofiqligini tekshiradi, ularni montaj qilish sifatini baholaydi, kompleks sinovdan o‘tkazilishini va qabul qilinishini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bajarilgan va taqdim etilgan hajmlar va sifatning loyiha-smeta hujjatlari bilan tasdiqlangan qurilish-montaj ishlari to‘loviga muvofiqligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qabul qilingan va haqi to‘langan qurilish-montaj ishlari hajmlari va qiymatining, shuningdek pudrat tashkiloti tomonidan sifatsiz bajarilgan qurilish-montaj ishlari hajmlari va qiymatining hamda nuqsonlarni bartaraf etish va qaytadan bajarish xarajatlarining hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki bajarish texnik hujjatlarining mavjudligini va yuritilishi to‘g‘riligini hamda qurilish-montaj ishlarini bajarishda kamchiliklar va nuqsonlar aniqlanganligi sababli ularga o‘zgartirishlar kiritilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pudrat tashkilotlari tomonidan mualliflik nazoratining va davlat arxitektura-qurilish nazoratining ko‘rsatmalari va topshiriqlari, shuningdek buyurtmachining texnik nazorati talablari bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi komissiyalar (qabul qilish komissiyalari) bilan birgalikda qabul qilib olishda alohida konstruksiyalar va uzellar, qurilish-montaj ishlari turlari, asbob-uskunalar va mexanizmlar sifatini tekshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida konservatsiya qilinishi kerak bo‘lgan obyektlar, binolar va inshootlarni tekshiruvdan o‘tkazadi, binolar va ishnootlarni konservatsiya qilishga yoki ularning qurilishini vaqtincha to‘xtatishga hujjatlarni rasmiylashtiradi, shuningdek obyektlarni ishlarni davom ettirish uchun qurilish-montaj tashkilotlariga berishda ularning texnik holatini baholaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat nazorati organlari va davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyalari, moliyalashtiruvchi banklar, shuningdek idoraviy inspeksiyalar va komissiyalar bilan birgalikda tekshiruvlar o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat arxitektura-qurilish nazorati inspeksiyasini qurilish obyektlaridagi avariya holatining barcha holatlari va avariyalarni bartaraf etish ishlari hajmlari to‘g‘risida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Direksiyaning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Direksiya quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq alohida muhim ijtimoiy, madaniy va tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash, shu jumladan yangidan boshlanadigan va qurilishi tugallanmagan obyektlar bo‘yicha buyurtmachi funksiyasini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda, ishlar hajmlari mavjud bo‘lishiga ko‘ra, Direksiyaning belgilangan shtatdagi xodimlari soni doirasida obyektlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash davrida Qoraqalpog‘iston Respublikasida, respublika viloyatlari va shaharlarida filiallar (yuridik shaxs tashkil etmasdan) tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni amalga oshirish doirasida yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda o‘z vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi manfaatlarini ifodalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga belgilangan tartibda berilgan mol-mulkdan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlarni loyihalashtirish va qurish bo‘yicha ishlarni bajarishga (xizmatlar ko‘rsatishga) shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiyaga yuklangan vazifalar ijro etilishi bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun mutaxassislarni belgilangan tartibda jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Direksiya o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Direksiya xo‘jalik faoliyatining asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Direksiya alohida mol-mulkka egalik qiladi, mustaqil balans yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Direksiyani saqlab turish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetasiga muvofiq, shuningdek xalqaro grantlar, texnik ko‘maklashish mablag‘lari, xayriya ehsonlari, imtiyozli kreditlar, shu jumladan xorijiy imtiyozli kreditlardan tushgan umumiy tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Direksiyaga biriktirilgan mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Direksiyaning tuzilmasi va shtat jadvali, lavozim maoshlari miqdorlari, mehnatga haq to‘lash va mukofotlash tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Direksiya faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Direksiyani boshqarish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar o‘rtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda Direksiyaga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarini, shu jumladan “foydalanishga tayyor” shartlari bilan amalga oshirish uchun tegishli tashkilotlar, shu jumladan xorijiy tashkilotlar bilan shartnomalar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direksiya nomidan ish ko‘radi hamda yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro munosabatlarda uning manfaatlarini ifodalaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiyaning tuzilmasiga xodimlarning tasdiqlangan shtatdagi xodimlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
(14-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-sonli qaroriga asosan oltinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Direktor o‘rinbosari va Direksiyaning bosh muhandisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Direksiya direktori tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
(141-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-oktabrdagi 833-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Pul va mulk tarzidagi barcha hujjatlar direktor, bosh buxgalter yoki direktor yoki bosh buxgalter tomonidan imzolangan va muhr bilan tasdiqlangan ishonchnoma berilgan shaxs tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Direksiya budjet tashkilotlari uchun belgilangan tartibda hisob va hisobotni, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibga muvofiq statistika hisobotini va boshqa hisobotlarni yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Direksiyaning moliya-xo‘jalik faoliyatini nazorat qilish, tekshirish yoki taftish qilish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli nazorat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Direksiyani qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 24-son, 503-modda, 28-son, 662-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.10.2017-y., 09/17/833/0121-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)