14.10.2017 yildagi 826-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarorini bajarish yuzasidan, respublikaning ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari faoliyati tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustavi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlariga Vazirlar Mahkamasining “Sogʻliqni saqlash tizimida eksperimentni tugallash va islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 8-iyundagi 264-son qarorida nazarda tutilgan tartibning quyidagi qismlari tatbiq etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashxis qoʻyish va davolash sifati standartlariga rioya qilgan holda aholiga pulli asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga order berish, ularni shifoxonaga joylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga davolash qiymatini toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordamga muhtoj bemorlarni shifoxonaga joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlar faoliyati daromadlarini shakllantirishning asosiy manbalari va ular faoliyatini moliyalashtirish tartibi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi filialining Namunaviy ustavini tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu qaror bilan tasdiqlangan Namunaviy ustavga muvofiq ishlab chiqilgan respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazlarining yangilangan ustavlarini tasdiqlasin hamda vakolatli organlarda belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri A.K. Shadmanov zimmasiga hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Sogʻliqni saqlash, ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 14-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
826-son

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 14-oktabrdagi 826-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Namunaviy ustav Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) faoliyatini tashkil etish va moliyalashtirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi aholisiga 2017 — 2021-yillarda ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-iyundagi PQ-3071-son qarori asosida respublika davolash-profilaktika muassasasi negizida oʻz faoliyati yoʻnalishi boʻyicha davolash-profilaktika va ilmiy-uslubiy faoliyat olib boruvchi hamda aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatuvchi mustaqil davlat tibbiyot tashkiloti sifatida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz davlat muassasasi yoxud davlat korxonasi shaklida tashkil etiladi, yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz mustaqil balansiga ega, belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hududidagi banklarda hisob-kitob raqamlari va valyuta hisob raqamlarini, shaxsiy gʻazna hisob raqamlarini ochadi, Markazning toʻliq nomi yozilgan muhrga, shtamplarga va blankalarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi, shuningdek mutaxassislik turlari boʻyicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha klinik hamda oʻquv bazasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi buyruqlariga, ushbu Namunaviy ustavga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazning asosiy maqsadlari, vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazni tashkil etish va uning faoliyati maqsadlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali va yuqori sifatli hamda hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga moʻljallangan yuqori texnologik moddiy va ilmiy bazani, shuningdek ushbu yoʻnalishdagi maktabni shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va kasalliklarning oldini olishda aholining yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga boʻlgan talabini qondirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) quyidagi aholiga oʻz ixtisosligi boʻyicha yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida aniqlanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga bepul asosda;

Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu kichik bandning ikkinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga pulli asosda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) mavjud tibbiyot texnikalari parkining doimiy ravishda yangilab borilishini va modernizatsiya qilinishini taʼminlash, Markazni oʻz ixtisosligi boʻyicha hozirgi zamon xalqaro talablariga mos keladigan yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish imkonini beradigan zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) Markaz faoliyatini taʼminlash uchun moliyaviy va moddiy-texnik resurslarni jalb qilish boʻyicha menejment hamda marketing ishlarini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot taʼlimi muassasalarida va klinikalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarga tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarning oldini olish, ularga tashxis qoʻyish va kasalliklarni davolash boʻyicha oʻz ilgʻor usullarini va texnologiyalarini ishlab chiqishga hamda tibbiy amaliyotga joriy etishga qaratilgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) oʻz ixtisosligi boʻyicha kasalliklarni davolash va ularga tashxis qoʻyishning patentlangan oʻz usullari va texnologiyalarini doimiy ravishda takomillashtirib borish hamda ularning xalqaro miqyosda eʼtirof etilishiga erishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) oʻz ixtisosligi boʻyicha respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqishda va amalga oshirishda faol ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) oʻz ixtisosligi boʻyicha xorijiy yetakchi tibbiyot muassasalari bilan xalqaro hamkorlikni kengaytirish va mustahkamlash, toʻplangan tajriba, axborotlar, shuningdek mutaxassislar keng almashinuvini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) hududiy ixtisoslashtirilgan tibbiyot tashkilotlariga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish, ularning amaliyotiga tibbiy yordamning zamonaviy usullari va texnologiyalarini joriy etish, mintaqalarda zarur profilaktik ishlar oʻtkazishda koʻmaklashish, sayyor konsultatsiyalar, mahorat darslarini muntazam ravishda oʻtkazib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha hozirgi zamon xalqaro talablari darajasida kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va oldini olishning eng samarali, murakkab va yuqori texnologik usullariga boʻlgan respublika aholisining ehtiyojini qondiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha keng tarqalgan kasalliklarga tashxis qoʻyish, ularni davolash va oldini olishning ilgʻor samarali usullari hamda texnologiyalarini ishlab chiqadi va joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning filiallariga, shuningdek respublika mintaqalarida oʻz ixtisosligi boʻyicha maslahat-diagnostika tibbiy yordamini koʻrsatuvchi boshqa shu yoʻnalishdagi muassasalarga (boʻlinmalarga) tashkiliy-uslubiy va ilmiy-amaliy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mintaqalarga borgan holda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha oʻzining yuqori malakali mutaxassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ixtisosligi boʻyicha tibbiyot sohasidagi ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalarini, tibbiyot buyumlarini, shuningdek oʻz ixtisosligi boʻyicha tashxis qoʻyish va davolash usullarini klinik sinovdan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijdagi tibbiyot hamjamiyatiga oʻzining ilmiy va texnologik yutuqlarini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha oʻzining ilmiy, oʻquv-uslubiy va axborot-maʼlumotnoma materiallarini chop etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot kadrlarini, shu jumladan klinik ordinaturada, bazaviy doktoranturada, doktoranturada, katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va ularning malakasini oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, chet mamlakatlarning shu yoʻnalishdagi tibbiyot muassasalari ishtirokida qoʻshma ilmiy-amaliy tadqiqotlar oʻtkazish uchun yuqori malakali chet ellik mutaxassislarni jalb qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaliy koʻnikmalarni mustahkamlagan holda nazariy bilimlarni oʻzlashtirish asosida tibbiyot taʼlim muassasalarida shu yoʻnalishdagi mutaxassisliklar boʻyicha taʼlim sifatini oshirishga faol koʻmaklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz oʻziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan doirada oʻziga berilgan davlat mulkidan foydalanish va uni tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlantirishga doir biznes-rejalarni, xarajatlar smetalarini mustaqil shakllantirish, ularning hajmlarini va shakllantirish manbalarini, shuningdek xarajatlar yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda asosiy vositalarni ijaraga olish yoki ijaraga berish, grantlarni va boshqa moliyaviy yordamni jalb qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy va boshqa xizmatlarni koʻrsatishdan tushgan daromadlar doirasida Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish miqdorlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mavjud moliyaviy resurslar doirasida asbob-uskunalar, dori vositalari va Markaz faoliyatini taʼminlash uchun zarur boʻlgan boshqa moddiy-texnik vositalar xaridini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini amalga oshirish jarayonida yaratilgan intellektual mulk obyektlariga doir mualliflik huquqlarini olish va ulardan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellik yuridik shaxslar bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlik qilish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyat olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan kelishuvga koʻra respublika mintaqalarida filiallar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi bilan kelishuvga koʻra Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan tariflarni shakllantirish tartibiga muvofiq tashxis qoʻyish va davolash sifati boʻyicha tasdiqlangan standartlarga koʻra koʻrsatiladigan barcha turdagi tibbiy xizmatlar narxlarini mustaqil ravishda tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markaz quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordamga muhtoj boʻlgan kasallarga tashxis qoʻyish va ularni davolash sifati hamda standartlarining hozirgi zamon xalqaro talablari darajasida saqlanishini va rivojlantirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha quyidagilarga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari asosida aniqlanadigan imtiyozli toifaga kiruvchi shaxslarga bepul asosda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolariga (bundan ushbu bandning toʻrtinchi xatboshida koʻrsatilgan shaxslar mustasno), shuningdek chet ellik fuqarolarga va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga pulli asosda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning filiallariga, shuningdek Qoraqalpogʻiston Respublikasidagi, viloyatlardagi va Toshkent shahridagi mintaqaviy boʻlinmalariga maslahat, uslubiy va texnik yordam koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ixtisosligi boʻyicha oldini olish, tashxis qoʻyish va davolashning yangi texnologiyalarini yaratish boʻyicha ilmiy tadqiqotlarning yuksak darajada oʻtkazilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tibbiyot xodimlarining kasbiy darajasini, shu jumladan mutaxassislarning xorijiy yetakchi tibbiyot taʼlim muassasalarida va klinikalarida kasalliklarga oʻz ixtisosligi boʻyicha tashxis qoʻyish va ularni davolashning zamonaviy usullari boʻyicha stajirovkalarini tashkil etish hisobiga doimiy ravishda oshirib borish va takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlariga qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatni tashkil etish sharoitlarini yaratish va mehnatiga haq toʻlash, xavfsizlik texnikasi taqdim etish, ularni ijtimoiy jihatdan taʼminlash va maqsadli ijtimoiy himoya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning moddiy-texnik bazasini oʻz mablagʻlari va jalb etiladigan mablagʻlar hisobidan rivojlantirish hamda zamonaviy tibbiyot texnikasi va texnologiyalari bilan mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulkdan aniq maqsadda foydalanish, uning butligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini hamda hisobotini yuritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markazning mol-mulki
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Asosiy fondlar, shuningdek boshqa moddiy boyliklar va moliyaviy resurslar Markazning mol-mulkini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz doimiy foydalanish huquqlari asosida yer uchastkasiga egalik qiladi, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda oʻz faoliyatining maqsadlariga, mulkdorning topshiriqlariga va mol-mulkning maqsadiga muvofiq oʻziga biriktirilgan mol-mulkka egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi, bunda budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlardan samarali foydalanishni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda vaqtincha foydalanilmayotgan binolarni shartnoma asosida ijaraga berish, tushgan mablagʻlarni Markazni moddiy-texnik rivojlantirish uchun ishlatish, shuningdek asbob-uskunalar va mol-mulkni qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda balansdan chiqarish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Markaz tuzilmasi va Markazni boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz kengashi Markazning yuqori boshqaruv organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz kengashi 7 kishidan iborat boʻlib, Markaz direktoridan, Markazning yetakchi tibbiyot va ilmiy xodimlaridan tashkil topadi. Markaz kengashi faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining vakolatli vakillari ishtirok etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz mehnat jamoasi umumiy yigʻilishining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktori ayni bir vaqtda Markaz kengashi raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markaz kengashining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning moliyaviy-xoʻjalik va tibbiy faoliyatini boshqarish, shuningdek Markaz faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rivojlanish strategiyasini ishlab chiqish, Markaz investitsiya va ilmiy-texnik siyosatining asosiy yoʻnalishlarini belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yillik biznes-rejalarni va moliyaviy hisobotlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga pulli asosda koʻrsatiladigan tibbiy yordam turlari narxlarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazdagi, shuningdek uning filiallari va vakolatxonalaridagi munosabatlarni tartibga soluvchi normativ hujjatlarni tasdiqlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz tuzilmasi Markaz konsultativ poliklinikasining belgilangan bemor oʻrinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish quvvati doirasida Markaz kengashi tomonidan ushbu Namunaviy ustavning 1-ilovasiga muvofiq belgilanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markazning joriy faoliyatiga rahbarlikni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Markaz direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan oʻz faoliyatini olib boradi, Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markaz faoliyati bilan bogʻliq boʻlgan boshqa masalalarni hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz va uning filiallari xodimlari ishlarini oʻz vakolatlari doirasida tashkil etadi va boshqaradi, Markaz va uning filiallari xodimlari tomonidan bajarilishi shart boʻlgan buyruqlar chiqaradi, Markaz xodimlarini qonun hujjatlariga muvofiq ishga qabul qiladi va ishdan boʻshatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziriga filial direktori (rahbari) nomzodini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyati uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Markaz direktori oʻrinbosarlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vaziri tomonidan Markaz direktorining taqdimnomasiga binoan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Markazda uning yetuk ilmiy xodimlaridan va mutaxassislaridan iborat Ilmiy kengash tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markazning Ilmiy kengashi toʻgʻrisidagi nizom va uning shaxsiy tarkibi Markaz direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Markazning aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha faoliyatini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Markaz faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaz faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning oʻz daromadlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grantlar va xayriya yordami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Markazning oʻz daromadlari quyidagilar hisobiga shakllantiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga pulli tibbiy xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ilmiy va oʻquv bazasida boshqa tibbiyot muassasalarining shu yoʻnalishdagi mutaxassislarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari quyidagi maqsadlarga ajratiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Namunaviy ustavning 2-ilovasiga muvofiq poliklinikaning mavjud bemor oʻrinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish quvvatining foiz nisbatida imtiyozli toifaga kiruvchi bemorlarga bepul asosda, shu jumladan shoshilinch tartibda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish boʻyicha Markaz tomonidan koʻrsatiladigan xizmatlarga haq toʻlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha ayrim turdagi yuqori texnologik (qimmat turadigan) tibbiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlarga haq toʻlash. Ularning roʻyxati va toʻlanadigan haq foizi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda aniqlanadi. Aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan ayrim turdagi texnologik (qimmat turadigan) tibbiy xizmatlar roʻyxati va toʻlanadigan haq foizi zaruratga qarab, biroq uch yilda kamida bir marta qayta koʻrib chiqiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni sogʻliqni saqlashni rivojlantirishga doir davlat dasturlari va Oʻzbekiston Respublikasining har yillik investitsiya dasturlari doirasida zamonaviy tibbiyot asbob-uskunalari va texnikalari bilan jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni mukammal taʼmirlash, qayta qurish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot faoliyati uchun grantlar shaklida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Markazga aholiga yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy xizmatlar koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlarga haq toʻlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlarining aniq miqdori Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi va Markaz tomonidan “Sogʻliqni saqlash” sohasiga har yili budjetdan ajratiladigan mablagʻlar doirasida tegishli yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam olishga boʻlgan ehtiyojga qarab aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Markazga budjet mablagʻlari Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi tomonidan har oyda alohida qatorda qismlarga boʻlinmagan holda ajratiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Markaz xodimlari soni, ularning ish haqi va moddiy ragʻbatlantirish miqdori bajarilayotgan ishlarning murakkabligi, sifati va hajmiga qarab Markaz direktori tomonidan mustaqil ravishda tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Markaz tibbiy xizmatlar koʻrsatishdan va boshqa xizmatlardan tushgan daromadlar doirasida mustaqil ravishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz daromadlari va xarajatlari smetasini ishlab chiqadi hamda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining mehnatiga haq toʻlash va ularni moddiy ragʻbatlantirish toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda shtat jadvalini tasdiqlaydi va lavozim maoshining bazaviy miqdoridan kelib chiqib, lavozim maoshlarini, shuningdek miqdori cheklanmaydigan ustama va qoʻshimcha haqlarni belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Markaz xoʻjalik faoliyatidan tushgan daromadlarni mustaqil ravishda tasarruf etadi. Markazning oʻz moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijasida olgan foydasi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tegishli soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin Markaz ixtiyorida qoladi hamda belgilangan tartibda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning moddiy-texnik bazasini yangilash, modernizatsiyalash va kengaytirish, zamonaviy tibbiyot texnikasini, inventar va asbob-uskunalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma mablagʻlarni toʻldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahsulot va xizmatlarni reklama qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini taʼminlash bilan bogʻliq boshqa maqsadlar uchun foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda Markaz ushbu bandda koʻrsatilgan xarajatlarning ustuvorlik tartibini, yoʻnalishlarini va nisbatini oʻzi belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Hisobga olish va hisobot
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligiga va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasiga taqdim etadi, hujjatlarning butligi va kelishilgan roʻyxatga muvofiq davlatga saqlash uchun topshirilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Markazning moliya-xoʻjalik faoliyatini nazorat qilish va tekshirish moliya organlari, davlat soliq xizmati organlari, boshqa davlat organlari tomonidan ularning oʻz vakolati doirasida, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda auditor tashkilotlar tomonidan ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustaviga
1-ILOVA

Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi konsultativ poliklinikasining bemor oʻrinlari fondi va kontingent qabul qilish quvvati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Markazning nomi

Bemor oʻrinlari fondi

Poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati

1.

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

370

300

2.

Respublika urologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

100

200

3.

Respublika kardiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

200

250

4.

Respublika koʻz mikroxirurgiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

50

150

5.

Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

400

150

6.

Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

236

240

7.

Akademik Y.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika endokrinologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

288

250

8.

Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

160

70

9.

Respublika pediatriya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

380

200

10.

Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

500

50

11.

Respublika travmatologiya va ortopediya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

240

250

12.

Respublika neyroxirurgiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

158

100

13.

Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

370

200

Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan har yili ajratiladigan mablagʻlar doirasida bemor oʻrinlari fondi va kontingent qabul qilish quvvati parametrlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mustaqil ravishda aholiga pulli asosda tibbiy xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻnaltirilgan bemor oʻrinlari fondi hamda poliklinikaning bir smenada kontingentlarni qabul qilish quvvati parametrlariga mustaqil ravishda qoʻshimcha kiritishi mumkin.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 15-yanvardagi 19-sonli qaroriga asosan izoh bilan toʻldirilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Namunaviy ustaviga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz poliklinikasining mavjud bemor oʻrinlari fondi va kontingentlarni qabul qilish quvvati hisob-kitobi boʻyicha imtiyozli kontingent foiz nisbati, ularga koʻrsatiladigan tibbiy xizmatlar uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Markazning nomi

Quyidagilar uchun foiz miqdori:

Rejalashtirilgan tibbiy xizmatlar

bolalar uchun rejalashtirilgan tibbiy xizmatlar

shoshilinch tibbiy xizmatlar

1.

Akademik V. Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

100

8

2.

Respublika urologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

-

2

3.

Respublika kardiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

-

5

4.

Respublika koʻz mikroxirurgiyasi ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

100

3

5.

Respublika terapiya va tibbiy reabilitatsiya qilish ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

100

2

6.

Respublika akusherlik va ginekologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

100

10

7.

Akademik Y.X. Toʻraqulov nomidagi Respublika endokrinologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

100

15

8.

Respublika dermatovenerologiya va kosmetologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

30

100

-

9.

Respublika pediatriya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

-

100

-

10.

Respublika ftiziatriya va pulmonologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

100

-

-

11.

Respublika travmatologiya va ortopediya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

50*

100

15

12.

Respublika neyroxirurgiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

50*

100

15

13.

Respublika onkologiya va tibbiy radiologiya ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markazi

100

-

-

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Budjetdan moliyalashtirish hajmi bosqichma-bosqich ravishda kamaytirilishini hisobga olgan holda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Imtiyozli toifaga kiruvchi kasallarga bepul, shu jumladan shoshilinch tartibda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatish bilan bogʻliq xizmatlarga haq toʻlash, shuningdek aholiga imtiyozli tariflar boʻyicha koʻrsatiladigan ayrim turdagi yuqori texnologik (qimmat turadigan) tibbiy xizmatlar qiymatining bir qismini toʻlash uchun akademik V. Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik ixtisoslashtirilgan ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar ulushi tibbiy xizmatlarni koʻrsatishdan tushgan rejalashtirilayotgan mablagʻlar umumiy miqdorining 50 foizidan kam boʻlmasligi kerak.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.; 16.01.2021-y., 09/21/19/0038-son)