Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qarori ijrosini taʼminlash hamda mamlakatimizda ijtimoiy sogʻlom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, shaxsning maʼnaviy kamol topishi psixologik qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va koʻnikmalarini shakllantirish hamda jamiyatda psixologik bilimlarni keng targʻib etishga doir ishlar samaradorligini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida Psixologiya oʻquv-ilmiy markazini (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
mamlakatimizda ijtimoiy sogʻlom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining taʼsirchan mexanizmlarini ishlab chiqish, shaxsning maʼnaviy kamol topishi psixologik qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlashning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va metodik taʼminotini ishlab chiqish;
jamiyatdagi dolzarb ijtimoiy muammolarni oʻrganish, tahlil qilish va hal etish boʻyicha ilmiy psixologik tadqiqotlar oʻtkazish hamda ularda qoʻllaniladigan samarali metodlar ishlab chiqilishini taʼminlash;
psixologiyaning asosiy yutuqlarini keng jamoatchilikka yetkazish boʻyicha bosma va elektron ilmiy jurnallar taʼsis etish, ilmiy loyihalarni amalga oshirish, xalqaro va respublika ilmiy-amaliy konferensiyalarini tashkil etish;
ijtimoiy talab va taklif asosida davlat va nodavlat notijorat tashkilotlaridagi oliy maʼlumotli mutaxassislarning bazaviy maʼlumotiga muvofiq psixologiya mutaxassisligi boʻyicha kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, turli soha xodimlarining psixologik bilim va koʻnikmalarini shakllantirish;
davlat buyurtmasi hamda ijtimoiy talablar asosida jamiyat hayotidagi shaxs psixologiyasi bilan bogʻliq boʻlgan maxsus va tizimli muammolar boʻyicha amaliy psixologik tadqiqotlar oʻtkazib, ularning yechimi boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi hamda boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining buyurtmalari asosida psixologik tadqiqotlar oʻtkazish;
(2-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-dekabrdagi 833-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)
jamiyat hayotidagi turli favqulodda vaziyatlar vaqtida aholiga psixologik yordam koʻrsatish va fuqarolarni psixologik tushkunlikdan chiqarish boʻyicha amaliy ishlarni tashkil etish;
aholining axborot-psixologik xavfsizligini taʼminlash borasidagi muhim omillarni oʻrganish va natijalari boʻyicha tegishli tashkilotlarga axborot kiritib borish;
jamiyatda, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida psixologik bilimlarni keng targʻib etish.
3. Quyidagilar:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti rektoriga, zarur hollarda, Markazning tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bir oy muddatda:
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti ustaviga tegishli oʻzgartirishlar kiritsin;
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi nizomini tasdiqlasin;
Markazga yuklangan vazifalardan kelib chiqqan holda uning faoliyatini tashkil etishga yoʻnaltirilgan kompleks chora-tadbirlari rejasini tasdiqlasin;
Markazni yuqori malakali mutaxassislar, shu jumladan xorijiy taʼlim muassasalarida taʼlim olgan hamda psixologiya sohasida katta tajribaga ega boʻlgan ilmiy-pedagog kadrlar bilan taʼminlash choralarini koʻrsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi:
bir oy muddatda Markazda 2017-yil noyabr-dekabr oylarida malaka oshirish va qayta tayyorlashdan oʻtishi tavsiya etilayotgan psixolog xodimlar roʻyxatini shakllantirib, Markazga taqdim etilishini taʼminlasinlar;
2018 — 2021-yillar uchun psixolog xodimlarning shartnoma asosida malakasini oshirish va qayta tayyorlash boʻyicha har bir vazirlik va idora kesimidagi manzilli rejalarini tasdiqlasinlar.
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari etib belgilansin:
Markazning joriy taʼminoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga oliy taʼlim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratiladigan mablagʻlar;
Oʻzbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijalari boʻyicha ajratiladigan grantlar;
xoʻjalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar koʻrsatishdan tushadigan tushumlar;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari va maqsadli badallari;
xalqaro moliya tashkilotlarining grantlari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
7. Belgilansinki:
Markaz yuridik shaxs hisoblanmaydi;
Markazning ilmiy va rahbar xodimlari lavozim maoshlari respublika ilmiy-tadqiqot muassasalarining tegishli lavozimlari uchun belgilangan lavozim maoshlari miqdoriga tenglashtiriladi;
Markazda psixolog xodimlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish shartnoma asosida, malaka oshirish va qayta tayyorlashga yuborgan buyurtmachi tashkilotning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Markaz faoliyati kengayib borishi va chuqur ixtisoslashgan yoʻnalishlar boʻyicha ilmiy ishlar amalga oshirilishi uchun Toshkent shahri, Chilonzor tumani, 19-mavze, 4/1-uy manzilida joylashgan Chilonzor kommunal xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining bino va inshootlarini tegishli hududlari bilan birga Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetiga operativ boshqarish huquqi asosida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Belgilab qoʻyilsinki, Chilonzor kommunal xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining oʻquvchilari oʻqishni bitirgunlariga qadar mazkur kollej binosida oʻquv jarayonini davom ettiradilar.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining asoslangan hisob-kitoblari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining 2019-yilga va keyingi yillarga moʻljallangan parametrlarini shakllantirishda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti obyektlarini rekonstruksiya qilish, kapital taʼmirlash va jihozlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Taʼlim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamgʻarmasi hisobidan mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda Markazni saqlash bilan bogʻliq xarajatlarni qoplash maqsadida Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga 2017-yilda oliy taʼlim muassasalarini saqlash xarajatlari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan ajratilgan mablagʻlar doirasida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti xarajatlar smetasiga oʻzgartirishlar kiritsin.
12. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri I.U. Madjidov zimmasiga va Vazirlar Mahkamasining Taʼlim, ilm-fan va yoshlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 29-sentabr,
775-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-sentabrdagi 775-son qaroriga
1-ILOVA
1-ILOVA
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining Psixologiya oʻquv-ilmiy markazi
tuzilmasi
Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni 18 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari soni 3 nafar, ilmiy xodimlar soni 11 nafar.
Ilmiy-amaliy loyihalarni amalga oshirish uchun mutaxassislar va olimlar shartnoma asosida jalb etilishi mumkin.
* Universitetning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobidan saqlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-sentabrdagi 775-son qaroriga
2-ILOVA
2-ILOVA
“Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetining
tuzilmasi
Universitet (fakultetlar, kafedralar va boshqa tarkibiy boʻlinmalar) xodimlarining cheklangan umumiy soni oliy taʼlim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq aniqlanadi”.
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.10.2017-y., 09/17/775/0051; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 10.08.2022-y., 09/22/438/0726-son; 11.12.2024-y., 09/24/833/1016-son)