27.07.2017 yildagi PQ-3151-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha ustuvor vazifalarga muvofiq kadrlar tayyorlashning mazmunini tubdan qayta koʻrib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy maʼlumotli mutaxassislar tayyorlashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur qaror bilan oliy taʼlim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan takomillashtirish, oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, zamonaviy oʻquv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash boʻyicha Oliy taʼlim tizimini 2017 — 2021-yillarda kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu bilan birga, respublikamiz hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun zamon talablariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni oʻz vaqtida zarur ixtisosliklar boʻyicha iqtisodiyot sohalari va tarmoqlari ehtiyojidan kelib chiqqan holda tayyorlash, oliy taʼlim mazmunini bevosita korxonalar, muassasalardagi texnika, texnologiya, ishlab chiqarish munosabatlariga hamda istiqbolli rivojlanish dasturlariga muvofiq shakllantirish, kadrlarni egallagan kasbi va mutaxassisligi boʻyicha ishga joylashtirishga doir qator dolzarb masalalar toʻliq yechimini topmagan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Taʼlim, fan va madaniyat masalalari boʻyicha qoʻmitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research & Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan 2017-yilning yanvar — iyun oylarida Oʻzbekiston Respublikasi taʼlim tizimini kompleks oʻrganish boʻyicha oʻtkazilgan tahlillar natijalari asosida berilgan xulosalarda oliy taʼlim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi taʼminlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish korxonalarida oʻtkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning aksariyat qismi tayyor mutaxassis boʻlib chiqish oʻrniga, ishga joylashgandan keyin qaytadan oʻz kasbini, mutaxassisligini oʻrganayotganligi, shuningdek, taʼlim sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, taʼlim muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yoʻlga qoʻyilmaganligi kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qoʻyiladigan malakaviy talablarni ishlab chiqish, tarmoqqa zarur boʻlgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini taʼminlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy taʼlim dasturlarining oʻzgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini taʼminlash uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarish oʻrtasida uzilishlar mavjud, integratsiya taʼminlanmagan. Ilmiy-tadqiqot institutlari oliy taʼlimda kadrlar tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmagan, ularda ilmiy izlanishlar iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga oshirilmoqda. Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli tayyorlanmasligi oliy taʼlim muassasalarining ilmiy salohiyatining pasayishiga olib kelmoqda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan taklif etilgan tavsiyalarni inobatga olgan holda oliy maʼlumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali respublika oliy taʼlim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qayd etilsinki, Oliy taʼlim tizimini 2017 — 2021-yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy kadrlarning malakasini oshirish “Isteʼdod” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 27-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5121-son Farmoni va “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Taʼlim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 18-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-son qarori qabul qilindi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini oliy taʼlim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, ularning taʼlim muassasalari bilan samarali hamkorligini taʼminlash uchun respublika oliy taʼlim muassasalari Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga tarmoq (soha)lar boʻyicha tegishligiga koʻra 1-ilovaga muvofiq biriktirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari rahbarlari, tegishli vazirliklar va idoralar rahbarlari quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlarini koʻrsinlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda kadrlar buyurtmachilari va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda mutaxassislar tayyorlash mazmuni, bitiruvchilarning bilim va koʻnikmasiga qoʻyiladigan talablarni mujassamlashtiruvchi oliy taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklarining malakaviy talablari, oʻquv rejalari va dasturlarini soha ehtiyojidan kelib chiqib, yangidan ishlab chiqish hamda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarining mutaxassislar tayyorlash sifatiga boʻlgan talablarini bevosita taʼlim mazmunini shakllantirish bilan shugʻullanadigan oliy taʼlim muassasalari profil kafedralarining professor-oʻqituvchilari tomonidan tizimli oʻrganib borilishini tashkil etish maqsadida stajirovkalar joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy yilning 1-sentabrigacha rivojlangan xorijiy davlatlarning eng ilgʻor tajribasini chuqur oʻrgangan holda oʻquv rejalari va fan dasturlari, oʻquv adabiyotlari, shu jumladan oʻquv-metodik komplekslarning xalqaro standartlar asosida zamonaviy, mutlaqo yangi talablar asosida ishlab chiqilishi va bosqichma-bosqich joriy etilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olti oy muddatda komplekslar tarkibidagi vazirliklar va idoralar bilan birgalikda tegishli tarmoq (soha) hamda hududlarning joriy va istiqbolli rivojlanish dasturlarini hisobga olib, oliy malakali kadrlarga boʻlgan ehtiyojni yillar kesimida aniq manzilli, kasb va taʼlim yoʻnalishlari hamda mutaxassisliklarini koʻrsatgan holda, aniq balans beradigan hisob-kitoblar asosida ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasalarining tegishli taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha har bir talabasining 2-kursdan boshlab tegishli tarmoq (soha)ning muayyan tashkilotlari va korxonalarida malakaviy amaliyotlari tizimli ravishda oʻtkazilishini, shuningdek ularning amaliy mashgʻulotlarini bevosita ishlab chiqarishda tashkillashtirish hamda bitiruvchilarni ishga joylashtirish boʻyicha aniq choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish, ilm-fan va taʼlim oʻrtasida integratsiyani chuqurlashtirish uchun komplekslar tarkibidagi vazirliklar va idoralarga qarashli tarmoqlar (sohalar)ni ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolariga bagʻishlangan mavzular bazasini shakllantirish hamda bu muammolarni oliy taʼlim muassasalari bilan xoʻjalik shartnomalari tuzgan holda hal etishga ularning ilmiy salohiyatini, ayniqsa, yosh olimlar va tadqiqotchilarni tizimli tarzda jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtidorli yosh pedagoglar va doktorantlarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tajriba orttirishga yuborish, ular uchun maxsus stipendiyalar taʼsis etish, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, doktorantlari va talabalarining xalqaro tajriba almashinuvlarini tashkil etish orqali ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqitishning zamonaviy shakllari va metodlarini, kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini taʼlim jarayoniga joriy etish, oliy taʼlim muassasalarini zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, oliy taʼlim muassasalarining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va rivojlantirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oyda Kompleks rahbari, tegishli vazirlik va idora rahbari biriktirilgan har bir oliy taʼlim muassasasining professor-oʻqituvchilari va talabalari bilan tarmoqqa (sohaga) oid yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari, taʼlim mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish va kelgusidagi vazifalarni belgilab olish yuzasidan uchrashuvlar oʻtkazib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini taʼminlash borasida oʻquv yili davomida amalga oshiriladigan harakatlarning namunaviy rejasi (Yoʻl xaritasi) 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini oʻtkazish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturi 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining komplekslari, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralarga quyidagi vazifalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab har bir oliy taʼlim muassasasida barcha kurslarda kamida 2 ta guruhda mutaxassislik fanlarini ingliz tilida oʻqitishni bosqichma-bosqich tashkil etish, ingliz tilida dars oʻtadigan professor-oʻqituvchilarni maqsadli tayyorlash, ularning xorijda tegishli tayyorgarlikdan oʻtishini tashkil etish, shuningdek, oʻquv mashgʻulotlarini olib borishga xorijiy mutaxassislarni jalb qilish, mashgʻulotlarni rivojlangan davlatlar oliy taʼlim muassasalarida bugungi kunda foydalanilayotgan zamonaviy oʻquv adabiyotlari asosida oʻqitilishini yoʻlga qoʻyish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
istiqbolli ilmiy-pedagogik kadrlarni, birinchi navbatda, muhandislik-texnika va arxitektura taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha kadrlar tayyorlaydigan oliy taʼlim muassasalari pedagoglarining rivojlangan davlatlar, xususan, Janubiy Koreya, Yaponiya va Germaniyada 2-3 oylik kurslarda oʻzaro hamkorlik boʻyicha tuzilgan shartnomalar, homiylik va xalqaro tashkilotlar grantlari mablagʻlari hisobidan, shuningdek, Mutaxassislarni xorijda tayyorlash va vatandoshlar bilan muloqot qilish boʻyicha “El-yurt umidi” jamgʻarmasi orqali mutaxassisligi boʻyicha yangi bilimlarni egallashga yoʻnaltirilgan malaka oshirishlarini tashkil etish, oliy taʼlim muassasalaridagi oʻquv jarayoniga yetakchi xorijiy mutaxassislarni muntazam ravishda jalb etish;
(5-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-noyabrdagi PF-3-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab magistraturada kadrlar tayyorlash tizimini tanqidiy tahlil qilish, magistratura taʼlimi jarayonining barcha bosqichlarini takomillashtirish, ularni zamonaviy yondashuvlar asosida tashkil etish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doktorantlar, magistratura talabalarini korxona (muassasa)larning muammoli masalalariga bagʻishlangan dissertatsiya mavzulari ustida ishlashini, shuningdek, tajriba-sinovlarni korxona(muassasa)larda oʻtkazish, amaliyotga tatbiq etilgan ishlar mualliflari boʻlgan hamda ixtirochilik patentini qoʻlga kiritgan doktorant va magistrlarni oʻqituvchi lavozimi boʻyicha oylik ish haqi miqdorining 10 barobarigacha korxona va tashkilotlar hisobidan moddiy ragʻbatlantirish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda respublika oliy taʼlim muassasalarining har yilgi reytingini aniqlash boʻyicha milliy tizimni takomillashtirish, bunda asosiy ustuvor koʻrsatkich sifatida oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining mehnat bozorida talabgorligi va professor-oʻqituvchilarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini amaliyotga joriy etish boʻyicha tuzilgan shartnomalar asosida ishlab topilgan moliyaviy mablagʻlarning salmogʻiga alohida eʼtibor qaratish, shuningdek, milliy reyting tizimida yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan oliy taʼlim muassasalariga oʻquv jarayonining alohida meʼyoriy-huquqiy hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish va tasdiqlash vakolatini berish orqali akademik erkinlikni bosqichma-bosqich joriy etilishini taʼminlash yuzasidan takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017/2018 oʻquv yilidan boshlab oliy taʼlim muassasalari kafedralarining maqomini koʻtarish, bunda ularning taʼlim sifatini oshirish boʻyicha masʼuliyatini kuchaytirish, kafedra va professor-oʻqituvchilar tomonidan yuritiladigan turli statistik va boshqa hisobotlar sonini optimallashtirish orqali ularni tayyorlash jarayonlarini elektron formatga oʻtkazish choralarini koʻrish.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ikki oy muddatda doktorantlarning ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullanishiga moddiy shart-sharoitlar yaratish maqsadida ularning stipendiyasining 50 foizigacha moddiy ragʻbatlantirilishi ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlari hisobidan amalga oshirilishini, doktorantura bitiruvchilari oliy taʼlim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlariga yoʻllanma asosida yuborilishini, ularning mehnat faoliyatini ragʻbatlantirish uchun bazaviy doktoranturaning 2-kursidan ipoteka kreditini 20 yil muddatga ajratish mexanizmi joriy etilishini nazarda tutuvchi Hukumat qarorini qabul qilsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 11-martdagi PF-6186-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oliy taʼlim muassasalariga biriktirilgan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari rahbarlari, vazirliklar va idoralar rahbarlari ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli vazirliklar va idoralar huzurida oliy taʼlim muassasalarida oʻquv-metodik rahbarlikni amalga oshirish, shu jumladan, oʻquv rejalari va dasturlarini takomillashtirish, taʼlim sifatini oshirish, ilmiy ishlarning samarali olib borilishini tashkil qilish kabi vazifalarni amalga oshirish uchun oliy taʼlim muassasalari rahbarlari, sohaning yetuk mutaxassislari, professor-oʻqituvchilaridan iborat tarkibdagi Muvofiqlashtiruvchi kengashlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2909-son qarorida belgilangan vazifalardan kelib chiqib biriktirilgan har bir oliy taʼlim muassasasini 2030-yilgacha boʻlgan davrda rivojlantirish Konsepsiyasini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, shuningdek, qarorda oliy taʼlim muassasasi boʻyicha belgilangan parametrlarni soʻzsiz bajarish, shu jumladan, ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, professor-oʻqituvchilarni xorijiy taʼlim muassasalariga malaka oshirish va stajirovkaga, iqtidorli bitiruvchilarni magistratura va doktoranturaga yuborish, shuningdek, oʻquv laboratoriya bazasini yangilash boʻyicha belgilangan topshiriqlarning bajarilishini har chorak yakuni boʻyicha muntazam muhokama qilib borishni yoʻlga qoʻysin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2021-yilgacha biriktirilgan oliy taʼlim muassasalaridan kamida bittasining nufuzli xalqaro reyting agentliklari tomonidan eʼtirof etilishini (reyting roʻyxatida eʼlon qilinishini) taʼminlash boʻyicha aniq maqsadli chora-tadbirlarni ishlab chiqsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi birgalikda toʻrt oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2018/2019 oʻquv yilidan boshlab pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalarida magistratura bosqichida taʼlim muassasalarining boshqaruvi mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pedagogika yoʻnalishidagi oliy taʼlim muassasalariga talabalikka qabul qilishda abituriyentlarni kirish test sinovlari bilan bir qatorda ularning kasbiy layoqatini aniqlash boʻyicha ijodiy suhbat oʻtkazish tartibini bosqichma-bosqich joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
hududlarning pedagog kadrlarga boʻlgan ehtiyojlarini taʼminlash tizimini takomillashtirish maqsadida pedagogika taʼlim yoʻnalishlariga davlat grantlari asosidagi qabul kvotalari ulushini oshirish orqali maqsadli qabulni tashkil etish yuzasidan takliflarni ishlab chiqish va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifalari topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Xalq taʼlimi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv-metodik va moddiy-texnika bazasi zamonaviy talablarga javob bermaydigan, oliy taʼlim muassasalaridan uzoqda joylashgan, taʼlim sifati va bitiruvchilarining oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlari past boʻlgan akademik litseylarni tugatish, akademik litseylarni faqat yuqori ilmiy va pedagogik salohiyatga ega oliy taʼlim muassasalari tarkibida bittadan qoldirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatini davom ettiradigan akademik litseylarga umumtaʼlim maktablarini bitirgan eng bilimli, qobiliyatli yoshlarni qabul qilish mexanizmini ishlab chiqish va 2018/2019 oʻquv yilidan joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademik litseylarda oʻqitish sifatini tubdan oʻzgartirish, bitiruvchilarning oliy taʼlim muassasalariga kirish koʻrsatkichlarini keskin oshirish, bunda oliy taʼlim muassasalari rektorlarining shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish boʻyicha taklif tayyorlasin va Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar tayanch oliy taʼlim muassasalari huzuridagi pedagog va rahbar kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslarida dars beradigan pedagoglar, jalb etilgan mutaxassislarning faoliyatini tahlil qilish asosida samarali dars berayotgan professor-oʻqituvchilar, mutaxassislarni ragʻbatlantirish mexanizmini ishlab chiqsin va belgilangan tartibda tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirliklar va idoralar Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi bilan birgalikda:
(11-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 28-sentabrdagi PF-5194-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchilar tomonidan talabalar bilan olib boriladigan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni har bir muayyan talaba bilan olib borish, ularda mafkuraviy immunitetni oshirishning taʼsirchan choralarini koʻrish yuzasidan uslubiy asoslarni yaratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talaba-yoshlarning mafkuraviy immunitetini mustahkamlash, ularda yuksak axloqiy sifatlarni tarbiyalash, ularning kasbiy kompetentligi bilan insoniy fazilatlarini uygʻunlashtirish, professor-oʻqituvchilarning tarbiyaviy masʼuliyatini oshirish, taʼlim va tarbiya uygʻunligini amalda taʼminlash uchun fanlarning har bir mavzusidagi tarbiyaviy maqsaddan unumli foydalanilishini taʼminlash mexanizmlarini ikki oy muddatda ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bugungi kunda yoshlar tarbiyasi oʻta dolzarb masala ekanini inobatga olib, oliy taʼlim muassasalaridagi maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektorlarning funksional vazifalarini qayta koʻrib chiqib, ularning davriy malakasini oshirish choralarini ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda uch oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oliy taʼlim muassasasi uchun psixolog va har bir talabalar turar joyi uchun tarbiyachi-pedagog shtatini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatga haq toʻlash razryadi boʻyicha oliy taʼlim muassasalari maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻining lavozim razryadini 16-razryadga, boʻlim xodimlarining lavozim razryadini 14-razryadga koʻtarish;
Oldingi tahrirga qarang.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har oʻquv yilida maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni moliyalashtirish maqsadida taʼlim muassasasi xarajatlari smetasining kamida 5 foizini yuqorida nazarda tutilgan xarajatlar uchun ajratish choralarini koʻrsin.Ushbu mablagʻlarning maqsadli ishlatilishi yuzasidan shaxsiy masʼuliyat oliy taʼlim muassasasining yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori zimmasiga yuklanishi belgilab qoʻyilsin.
(11-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-dekabrdagi PF-258-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Markaziy bank, Oʻzbekiston kasaba Uyushmalari Federatsiyasiga birgalikda uch oy muddatda taʼlim muassasalarida faoliyat olib borayotgan pedagog kadrlarning ijtimoiy nufuzini oshirish, jamiyatda pedagogik faoliyatning obroʻsini yuksaltirish, pedagoglarni yoshlarga namuna va oʻrnak darajasiga koʻtarish, shuningdek, turli tanlovlar va konkurslarda sovrindor boʻlgan, oʻquvchi-talabalari respublika va xalqaro olimpiadalarda, tanlovlarda yuqori natijalarni qoʻlga kiritgan pedagoglarga uy-joy, Oʻzbekistonda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil, maishiy-xoʻjalik jihozlari sotib olishlari uchun imtiyozli ipoteka va isteʼmol kreditlarini ajratish tartibini joriy etish yuzasidan takliflarni tayyorlash va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi topshirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda ijarada, qarindoshi yoki tanishining uyida yashovchi talabalarni roʻyxatga olish tartibining qulay va soddalashtirilgan shaklini ishlab chiqsin va ikki oy muddatda amaliyotga joriy qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xotin-qizlar qoʻmitasi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Milliy gʻoya va mafkura ilmiy-amaliy markazi, Respublika Maʼnaviyat targʻibot markazi mamlakatimizda ijtimoiy sogʻlom muhitni shakllantirish, yoshlar tarbiyasining taʼsirchan mexanizmlarini joriy etish, shaxsning maʼnaviy kamol topishini psixologik qoʻllab-quvvatlanishini taʼminlash, soha mutaxassislarining psixologik bilim va koʻnikmalarini shakllantirish, mazkur jarayonlarning ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va metodik taʼminotini ishlab chiqish hamda jamiyatda psixologik bilimlarni keng targʻib etish maqsadida Toshkent davlat pedagogika universiteti tarkibida Psixologiya oʻquv-ilmiy markazini tashkil etish boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 27-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-3151-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning oʻrinbosarlari — kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ROʻYXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Kompleks rahbarlari,

mutasaddi rahbarlar

T/r

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari

1.

Aripov Abdulla Nigmatovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri — Taʼlim va ilm-fan, yoshlar siyosati, madaniyat, axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari kompleksining rahbari

1.

Oʻzbekiston milliy universiteti

2.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti

3.

Toshkent shahridagi Inxa universiteti

4.

M.V. Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti Toshkent shahridagi filiali

5.

Toshkent davlat sharqshunoslik instituti

6.

Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti

7.

Milliy rassomlik va dizayn instituti

8.

Oʻzbekiston davlat konservatoriyasi

9.

Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti

10.

Oʻzbekiston davlat xoreografiya akademiyasi

11.

Toshkent davlat yuridik universiteti

2.

Ramatov Achilbay Jumaniyazovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi — Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, Kommunal soha, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent temir yoʻl muhandislari instituti

2.

Toshkent avtomobil yoʻllarini loyihalash, qurish va ekspluatatsiyasi instituti

3.

Toshkent arxitektura-qurilish instituti

4.

Namangan muhandislik-qurilish instituti

5.

Termiz davlat universiteti

6.

Urganch davlat universiteti

7.

Qoraqalpoq davlat universiteti

8.

Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti

3.

Kuchkarov Djamshid Anvarovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Iqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy oʻzgartirishlar, investitsiyalar, bank va moliya tizimlarini isloh qilish, erkin iqtisodiy zonalar va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

2.

Toshkent moliya instituti

3.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti

4.

Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti

5.

G.V. Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universitetining Toshkent shahridagi filiali

6.

Toshkent shahridagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti

4.

Mirzayev Zoyir Toirovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari —Qishloq va suv xoʻjaligi, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash hamda isteʼmol tovarlari masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent irrigatsiya va qishloq xoʻjaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti

2.

Toshkent davlat agrar universiteti

3.

Toshkent toʻqimachilik va yengil sanoat instituti

4.

Samarqand veterinariya meditsinasi instituti

5.

Namangan muhandislik-texnologiya instituti

6.

Samarqand davlat universiteti

7.

Samarqand davlat chet tillar instituti

5.

Ibragimov Gʻulomjon Inomovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent kimyo-texnologiya instituti

2.

I.M. Gubkin nomidagi Rossiya neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali

3.

Toshkent davlat texnika universiteti

4.

Buxoro davlat universiteti

5.

Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti

6.

Navoiy davlat konchilik instituti

7.

Qarshi davlat universiteti

8.

Buxoro muhandislik-texnologiya instituti

6.

Rozukulov Ulugʻbek Ubaydullayevich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, “Oʻzavtosanoat” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi — Tashqi iqtisodiy faoliyat, eksport salohiyati, mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoatini rivojlantirish, mahsulotlarni standartlashtirish masalalari kompleksining rahbari

1.

Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti

2.

Andijon mashinasozlik instituti

3.

Andijon davlat universiteti

4.

Namangan davlat universiteti

5.

Jizzax politexnika instituti

6.

Fargʻona davlat universiteti

7.

Fargʻona politexnika instituti

7.

Musayev Bexzod Anvarovich, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari boʻyicha oʻrinbosari

1.

Toshkent davlat pedagogika universiteti

2.

Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

3.

Navoiy davlat pedagogika instituti

4.

Jizzax davlat pedagogika instituti

5.

Qoʻqon davlat pedagogika instituti

6.

Nukus davlat pedagogika instituti

7.

Toshkent islom universiteti

8.

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti

9.

Guliston davlat universiteti

8.

Abduvaxitov Abdujabbor Abdusattarovich, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maslahatchisi

1.

Toshkent tibbiyot akademiyasi

2.

Toshkent pediatriya tibbiyot instituti

3.

Toshkent farmatsevtika instituti

4.

Toshkent davlat stomatologiya instituti

5.

Andijon davlat tibbiyot instituti

6.

Buxoro davlat tibbiyot instituti

7.

Samarqand davlat tibbiyot instituti

10.

Kamilov Abdulaziz Xafizovich,

Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri

1.

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: biriktirilgan mutasaddi rahbarlar boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning oʻrniga ushbu lavozimga yangidan tayinlangan yoxud vazifasi yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 12-iyundagi PF-92-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim muassasalarida taʼlim sifatini taʼminlash borasida oʻquv yili davomida amalga oshiriladigan harakatlarning
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY REJASI (Yoʻl xaritasi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar mazmuni

Moliyalashtirish manbasi

Ijro etish muddati

Kutilayotgan natija

1.

Kompleksga qarashli tarmoq (soha)ning korxonalarini yuqori malakali kadrlar bilan taʼminlanganligi monitoringini amalga oshirish va biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarini istiqbolli rivojlantirish har yilgi rejasini ishlab chiqish.

Oliy taʼlim muassasalarida vasiylik kengashlari faoliyatini takomillashtirgan holda qayta tashkil etish.

-

Avgust

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalarini istiqbolli rivojlantirish har yilgi rejasi va Vasiylik kengashlari tarkibini belgilash

2.

Hududlarda yangi barpo etilayotgan, qayta tiklanayotgan, rekonstruksiya qilinayotgan zamonaviy korxonalar hamda iqtisodiyotni diversifikatsiya va modernizatsiya qilinayotganligini inobatga olgan holda, yangi kasb va mutaxassisliklarga boʻlgan talab-ehtiyojlarni qoplash maqsadida aniq balans hisob-kitoblariga asoslangan oliy taʼlimga qabul kvotalarini shakllantirish.

-

Avgust — dekabr

Oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash boʻyicha buyurtmalar portfelini shakllantirish

3.

Malakali kadrlar tayyorlash jarayoni va oʻquv-uslubiy taʼminoti, oʻquv reja va dasturlarini kadrlar isteʼmolchilarining yetakchi mutaxassislari tomonidan tanqidiy tahlil etilishini taʼminlash, oliy taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari mazmuniga qoʻyiladigan talablarni ish beruvchi korxonalar va oliy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikda shakllantirish.

-

Avgust

Oliy taʼlim yoʻnalishlari (mutaxassisliklari) malaka talablari, oʻquv reja va dasturlari mazmuniga kadrlar isteʼmolchilari tomonidan qoʻyiladigan talablarni belgilash

4.

Oʻqish bilan amaliyotni birgalikda olib borish, talabalarning bevosita ishlab chiqarishda amaliy mashgʻulotlarini va malakaviy amaliyotlarini oʻtkazishni tashkil etish maqsadida oliy taʼlim muassasasining tegishli yoʻnalishlarini tarmoqning muayyan tashkilotiga biriktirish va ushbu jarayonlarni nazorat qilish uchun masʼul xodimlarni tayinlash.

-

Sentabr

Talabalarning ishlab chiqarishda amaliy mashgʻulotlarini va malakaviy amaliyotlarini oʻtkazishni samarali tashkil etish

5.

Oʻquv materiallarini korxonalarning istiqbolli vazifalari va muammolari asosida yangilash va boyitib borish, oʻquv jarayoni shaklini tubdan yangilash, faqatgina nazariy bilimlar berish emas, balki uni amaliyotda yuz berayotgan oʻzgarishlar, yangilanishlar bilan

chambarchas bogʻliq holda amalga oshirishga erishish choralarini koʻrish.

-

Doimiy

Amaliyotga yoʻnaltirilgan oʻquv jarayoni va uning zamonaviy oʻquv-metodik taʼminotini yaxshilash

6.

Qobiliyatli yosh pedagoglarni xorijiy oliy taʼlim va ilmiy muassasalarda stajirovkadan oʻtishi va ilmiy darajalarini himoya qilishi uchun yuborish maqsadida oliy taʼlim muassasasiga moddiy yordam koʻrsatish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablagʻlari

Oʻquv yili davomida, shartnomalarga muvofiq

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini oshirish

7.

Iqtidorli talabalarni yetakchi xorijiy taʼlim muassasalariga tajriba orttirish, ular uchun maxsus stipendiyalar taʼsis etish, talabalar oʻrtasida tanlovlar tashkil etish uchun normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqib tasdiqlash va amaliyotga joriy etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablagʻlari

Oktabr — dekabr

Yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etishning ragʻbatlantirish mexanizmlarini takomillashtirish

8.

Kompleksga qarashli tarmoq (soha) hamda korxonaning ilmiy-texnik rivojlantirish yoʻnalishlari muammolariga bagʻishlangan mavzulari bazasini shakllantirish va bu muammolar boʻyicha oliy taʼlim muassasalari bilan xoʻjalik shartnomalari (grantlar loyihalari) tuzish.

Ishlab chiqarish korxonalarining ilmiy-texnologik muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlar, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish hamda oliy taʼlim muassasasiga taqdim etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari

Oktabr — dekabr

Yanvar — iyul

Oliy taʼlim — ilm-fan — ishlab chiqarish integratsiyasi asosida amaliyotga yoʻnaltirilgan ilmiy faoliyatni yoʻlga qoʻyish

9.

Oliy taʼlim muassasalari pedagog kadrlarining mehnat sharoitlarini yaxshilash hamda ularning korxonalarda va xorijda malaka oshirishlarini tashkil etish.

Professor-oʻqituvchilarning zamonaviy talablar asosida bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida ishlab chiqarish korxonalarida amalga oshirilayotgan texnologik yangilanishlar, joriy etilayotgan yangi texnologiyalar toʻgʻrisida maʼlumot olishi hamda ilmiy-tadqiqot ishlarini tajriba-sinovdan oʻtkazishda tegishli shart-sharoitlar yaratish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari

Korxona va oliy taʼlim muassasalari bilan tuzilgan shartnoma asosida

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasasining ilmiy va pedagogik salohiyatini ilgʻor xorijiy tajriba va ishlab chiqarishni modernizatsiyalashtirish darajasidan kelib chiqib takomillashtirish

10.

Talabalar va professor-oʻqituvchilar bilan tarmoq (soha)dagi yangiliklar, rivojlantirish istiqbollari kabi masalalar yuzasidan oliy taʼlim muassasasi va korxona (muassasa)larda uchrashuvlar va seminar-treninglar tashkil etish.

-

Har oyda

Tarmoq(soha)larni rivojlantirish istiqbollari haqidagi bilimlarni shakllantirish

11.

Sohadagi malakali va tajribali mutaxassislarni oliy taʼlim muassasalari hamda pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari oʻquv jarayoniga jalb etish.

Oliy taʼlim muassasalari va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazlari mablagʻlari

Sentabr — iyun

Oʻquv jarayoni mazmunini ishlab chiqarish, sohadagi ilgʻor tajriba bilan moslashtirish

12.

Bakalavrlar va magistrlar tayyorlash sifatini hamda ilmiy-tadqiqotlar samaradorligini tekshirib borish va natijalarini Kompleksning kengaytirilgan yigʻilishlarida muhokama qilish, ijobiy yutuqlarni ragʻbatlantirish.

-

Har oʻquv semestr yakunida

(yanvar, iyul)

Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini amalga oshirish va natijalarni tahlil qilish

13.

Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika, oʻquv-metodik bazasini mustahkamlash, talabalar turar joylari sharoitlarini, ijtimoiy va maishiy infratuzilmasini yaxshilash va ularning hududlarini obodonlashtirish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari, homiylik mablagʻlari, xorijiy hamkorlar va investitsiya dasturlari mablagʻlari

Oʻquv yili davomida (alohida tuzilgan grafik asosida)

Oliy taʼlim muassasalarining moddiy-texnika va oʻquv-metodik bazasini takomillashtirish

14.

Taʼlim jarayoni sifati va natijadorligini oshirish, kelgusida mehnat bozori rivojlanishini hisobga olgan holda mutaxassislar va ilmiy-texnika kadrlarini tayyorlashning istiqbolli yoʻnalishlarini belgilash.

-

Fevral — aprel

Ishlab chiqarish sohalari uchun kadrlar tayyorlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash

15.

Mutaxassislar tayyorlash sifatiga koʻmaklashadigan istiqbolli dasturlarni moliyalashtirish, oliy taʼlim muassasalari faoliyatining izchil rivojlantirilishini taʼminlash uchun homiylik, texnikaviy koʻmaklashish (grantlar) va boshqa mablagʻlarni jalb etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari

Oʻquv yili davomida, dasturlarni bajarish jarayonida

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasalari faoliyatini izchil rivojlantirishning moliyaviy taʼminotini yaxshilash

16.

Korxonalar rahbarlari va mutaxassislarini bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyalarida ishtirok etishini taʼminlash.

Oliy taʼlim muassasalari mablagʻlari

May-iyun

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasasida kadrlar tayyorlash sifatini baholash

17.

Taʼtillar davrida talabalarning dam olishini tashkil etish, ularni korxonalarda vaqtinchalik ish bilan taʼminlash.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari

Iyul-avgust

Talabalarni moddiy ragʻbatlantirish

18.

Oliy taʼlim muassasalarini kompyuter va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, elektron taʼlim resurslari uchun vositalar, shu jumladan, internet tarmogʻidan foydalanishini, zamonaviy oʻquv-laboratoriya anjomlari va oʻquv-metodik adabiyotlar bilan taʼminlash, ilmiy-tadqiqot va innovatsiya faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish, oliy taʼlim muassasasining zamonaviy ilmiy laboratoriyalarini shakllantirish va rivojlantirish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari, investitsiya dasturlari mablagʻlari

Oʻquv yili davomida, oliy taʼlim muassasasi talabnomasi asosida

Biriktirilgan oliy taʼlim muassasasida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga va ilmiy faoliyatni rivojlantirishga sharoitlar yaratish

19.

Darslik, oʻquv qoʻllanma, metodik qoʻllanmalar, tavsiyanomalar, didaktik materiallar hamda boshqa oʻquv-metodik hujjatlarni nashr etish.

Korxona va tashkilotlarning ushbu maqsadlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlari

Oliy taʼlim muassasasi talabnomasi asosida

Oʻquv jarayonining zamonaviy adabiyot taʼminotini yaratish

20.

Bitiruvchilarni Kompleksga qarashli korxonalarga ishga joylashtirish, korxonalardagi boʻsh vakant oʻrinlarni malakali bitiruvchilar bilan toʻldirib borish.

-

Iyul-avgust

Bitiruvchilarni ishga joylashtirishga koʻmaklashish

21.

Tasarrufida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar, oliy taʼlim muassasalari rektorlari ishtirokida Kompleks rahbari huzurida hisobot yigʻilishini oʻtkazish. Kelgusi oʻquv yili rejalarini tasdiqlash.

-

Avgust

Oʻtgan oʻquv yili natijalarini tahlil qilish va navbatdagi vazifalarni belgilash

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 27-iyuldagi PQ-3151-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy maʼlumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalarida mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini oʻtkazish, ilmiy ishlarni hamkorlikda bajarish, oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarining ishga joylashishini taʼminlash yuzasidan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar

Ijro
muddati

Masʼul vazirlik va idoralar

I. Mutaxassis kadrlarga boʻlgan talabni va taʼlim mazmunini shakllantirish

1.

Vazirlik va idoralar huzurida sohalar boʻyicha oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari faoliyatini Muvofiqlashtiruvchi kengashlarni tashkil etish va bunday kengashlarning vazifalari etib quyidagilarni belgilash:

tegishli sohaga kadrlar tayyorlovchi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi, shuningdek pedagog kadrlar va soha mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish muassasalariga oʻquv-metodik rahbarlik qilish va ilmiy-metodik bazani shakllantirishni muvofiqlashtirish;

ilgʻor xorijiy tajriba hamda soha ehtiyojlarini, oʻquv jarayoniga zamonaviy pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etilishini inobatga olgan holda ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida davlat taʼlim standartlari, malaka talablari, oʻquv reja va dasturlarini tizimli takomillashtirib borish;

sohaga oid ilmiy-texnik masalalar boʻyicha fundamental, amaliy va innovatsiyaviy ilmiy izlanishlar olib borilishini muvofiqlashtirish;

ixtisoslashtirilgan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari ilmiy-pedagogik salohiyatini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirilishini taʼminlash, shu jumladan ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, sohani rivojlantirishning strategik maqsadlaridan kelib chiqib rahbarlar va mutaxassislarni sifatli qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish.

2017-yil 20-avgust

Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Badiiy Akademiya, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi,
Adliya vazirligi

2.

Tasarrufdagi oliy taʼlim muassasalarida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy taʼlim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son qaror bilan tasdiqlangan har bir oliy taʼlim muassasasini rivojlantirishning prognoz koʻrsatkichlari bajarilishini taʼminlashni nazorat qilish.

2017 — 2021-yillar

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Badiiy Akademiya

3.

Sohalarning istiqbolli talablaridan kelib chiqib taʼlim mazmuniga, bitiruvchilarning bilim va koʻnikmalariga talablarni belgilash va tegishli oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalariga taqdim etib borish.

har yili
1-dekabrga

Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Badiiy Akademiya, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

4.

Taʼlim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari boʻyicha oʻquv rejalarni ishlab chiqishda sohaning oʻziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, mutaxassislik fanlar boʻyicha soatlar taqsimoti hamda mazmunini buyurtmachi bilan kelishib shakllantirishni amaliyotga joriy etish.

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Kasb-hunar taʼlimi markazi

5.

Muhandislik-texnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlaydigan oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalari oʻquv reja va dasturlarida umummuhandislik fanlari (issiqlik texnikasi, metallar texnologiyasi, mashina detallari va boshqa fanlar) boʻyicha dars soatlarini maqbullashtirish hisobiga koʻpaytirish.

2017-yil

30-avgust

Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida muhandislik-texnika yoʻnalishida kadrlar tayyorlovchi oliy taʼlim muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

II. Pedagoglar tarkibini shakllantirish va uning ilmiy salohiyatini oshirish

6.

Soha korxonalarining istiqbolli rivojlanishi asoslangan davlatlarning texnika-texnologiyalari, sohada kutilayotgan oʻzgarishlar, korxonalar modernizatsiyasi texnik taraqqiyoti yoʻnalishlari haqidagi maʼlumotlarni tegishli oliy taʼlim muassasalariga taqdim etib borish.

har yili
1-dekabrga

Transport vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Adliya vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Badiiy Akademiya, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

7.

Xorijiy hamkorlik qilinayotgan, sohaga oʻz investitsiyalari va texnologiyalarini olib kirayotgan kompaniyalar, korxonalar faoliyatining texnika, texnologiyalarini oʻrganish uchun tasarrufidagi oliy taʼlim muassasalari pedagoglarining malaka oshirishini tashkil etish.

2018-yildan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

8.

Investitsiyalar boʻyicha tuzilayotgan shartnomalarda oliy taʼlim muassasalari pedagoglarini xorijiy kompaniya va tashkilotlarda malakasini oshirish, stajirovkasini oʻtkazishni tashkil etishni nazarda tutish.

2018-yildan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash

vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

9.

Malaka oshirish markazlarining tinglovchilari uchun koʻchma mashgʻulotlarni korxonalarda tashkil etish uchun sharoitlar yaratish (masʼul xodim ajratish; jihozlangan auditoriya tashkil qilish va h. k.).

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

III. Bitiruvchilarning amaliy koʻnikmalarini talab darajasida shakllantirish

10.

Amaliyot oʻtash joyida talabaga masʼul xodimni biriktirish, bunda biriktirilgan xodim amaliyotchi bilan ishlash koʻnikmasiga ega boʻlishini taʼminlash, tashkilotlarda amaliyotchidan unumli foydalanishni yoʻlga qoʻyish.

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

11.

Amaliyotchilar uchun ish joyi va amaliyot davrida foydalanish uchun zaruriy materiallar ajratilishini tashkil etish.

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

12.

Korxona va tashkilotlarda amaliyotchiga biriktirilgan masʼul xodimlarni ragʻbatlantirishni yoʻlga qoʻyish.

2017/2018 oʻquv yilidan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

13.

Oʻquv rejada belgilangan ishlab chiqarish va malaka amaliyotlarini oʻtash davrida talabalarga amaliyotchi maqomini berish va amaliyot davri davomida imkoniyat doirasida ish haqi toʻlanadigan lavozimga ishga qabul qilish.

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab

“Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi

14.

Oliy taʼlim muassasalari talabalari ish joylariga dastlabki taqsimlashni bitiruvchi kurs soʻngida emas, balki mos ravishda uchinchi va ikkinchi kursda tahsil olayotgan davrda oʻtkazish va barcha turdagi amaliyotlarni ishga yoʻllanma oladigan korxona, tashkilot yoki muassasada oʻtashni yoʻlga qoʻyish.

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab

Kasb-hunar taʼlimi markazi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, tasarrufida oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi muassasalari mavjud vazirlik va idoralar

15.

2017-yil va undan keyingi yillarga moʻljallangan maqsadli dasturlar, shu jumladan, sanoat, xizmat koʻrsatish va qishloq xoʻjaligi yoʻnalishlaridagi loyihalar doirasida tashkil etiladigan yangi ish oʻrinlariga taʼlim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishiga koʻmaklashish.

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

16.

Yangilangan “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblari klassifikatori”ga mos ravishda ishlab chiqilgan tasniflagichga kiritilgan kasblarning oʻquv davriyligini kasblarning murakkablik darajasini inobatga olgan holda tabaqalashtirish.

2017-yil dekabr

Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Oʻrta maxsus kasb-hunar taʼlimi markazi

17.

Chekka hududlardagi korxona va tashkilot, shu jumladan, kasb-hunar kollejlariga ishlash uchun yuborilgan oliy taʼlim muassasalari bitiruvchilarini doimiy ishlashi uchun qulay sharoitlar yaratish, jumladan, uy-joylar bilan taʼminlashga imtiyozli kreditlar,avtokreditlar ajratish hamda ishlagan davriga qarab

oylik ish haqlariga ustamalar belgilash tizimini yoʻlga qoʻyish boʻyicha taklif ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.

2017-yil dekabr

Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi, Oliy va oʻrta-maxsus taʼlim vazirligi

IV. Taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash

18.

Taʼlim mazmunini soha istiqbolidan kelib chiqib belgilash, uni ilmiy asosda uzluksiz yangilab borish, sohada taʼlim-fan-ishlab chiqarish integratsiyasini taʼminlash ishlarini rivojlantirish uchun vazirlik va idoralar huzurida Ilmiy-texnik kengashlarni tashkil etish hamda ularga shaxsan soha rahbarlarining oʻzlari boshchilik qilishini taʼminlash.

2017-yil avgust

Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Badiiy Akademiya, Adliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

19.

Oliy taʼlim muassasalarida ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarni, iqtidorli talaba-yoshlarni sohaning ilmiy mavzulari bilan shugʻullanishga jalb etish, tadqiqot ishlari uchun ishlab chiqarish korxonalari, ilmiy-tadqiqot va loyiha institutlarida tajriba-sinov ishlari uchun sharoit yaratish, ularni moddiy va maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash.

2017-yil sentabr oyidan boshlab

Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Transport vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi, Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Yoshlar siyosati va sport vazirligi, Badiiy Akademiya, Adliya vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

20.

Hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalarga ilmiy buyurtmalar berish, ularning natijalarini ishlab chiqarishga joriy etilishini taʼminlash.

2017-2018 oʻquv yilidan boshlab

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq xoʻjaligi vazirligi, Suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ

V. Taʼlim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish

21.

Oliy taʼlim tizimini 2017 — 2021-yillarga moʻljallangan kompleks rivojlantirish dasturida belgilangan vazifalarni yuqori samara va sifat bilan amalga oshirishda tegishli oliy taʼlim muassasalariga amaliy yordam berish va ularning faoliyatini muvofiqlashtirib borish.

2017 — 2021-yillar

Adliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Tashqi ishlar vazirligi, Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Madaniyat vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Xalq taʼlimi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport davlat qoʻmitasi, Badiiy Akademiya

22.

Oliy taʼlim muassasalari laboratoriya bazasining doimiy yangilanib va toʻldirib borilishi, zaruriy xom ashyolar bilan taʼminlanishi, sohaga kirib kelayotgan yangi texnika va texnologiyalarning namunalarini taʼlim muassasalariga muntazam yetkazib berilishini taʼminlash.

doimiy

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

23.

Biriktirilgan korxona va tashkilotlar bazasida oʻquv, ilmiy laboratoriya komplekslarini barpo etish orqali talabalar va ilmiy izlanuvchilarni ishlab chiqarish jarayoni bilan bogʻlash.

2017 — 2021-yillar

Avtomobil yoʻllari davlat qoʻmitasi, “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ, Navoiy togʻ-metallurgiya kombinati, Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Oʻzbekneftgaz” MXK, “Oʻzbekgidroenergo” AJ, Gidrometeorologiya xizmati Markazi

(3-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PF-214-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 729-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 01.08.2018-y., 06/18/5497/1604-son; 30.05.2019-y., 06/19/5733/3216-son; 05.02.2020-y., 07/20/4585/0124-son; 11.03.2021-y., 06/21/6186/0200-son, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 09.11.2021-y., 06/21/3/1037-son; 03.12.2022-y., 06/22/258/1064-son; 13.06.2023-y., 06/23/92/0366-son; 29.12.2023-y., 06/23/214/0984-son)