Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qarori)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 1-maydagi PQ-2940-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ilovaga muvofiq ayrim qarorlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri A.A. Azizov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 20-iyul,
532-son
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 20-iyuldagi 532-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz kuchini yoʻqotgan deb eʼtirof etilayotgan qarorlari
ROʻYXATI
1. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining “Oʻzbekiston SSRda qoʻriqlash-karantin xizmati boʻyicha idoraviy veterinariya militsiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1964-yil 4-iyundagi 321-son qarori.
2. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy davlatlar diplomatik vakolatxonalarini qoʻriqlashni taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining alohida militsiya batalonini tashkil etish toʻgʻrisida” 1992-yil 7-apreldagi 171-son qarori.
3. Oʻzbekiston SSR Ministrlar Sovetining 1967-yil 11-iyuldagi 1374-r-son farmoyishi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 30-son, 735-modda)