01.05.2017 yildagi PQ-2940-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Ko‘chirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq, shuningdek ichki ishlar organlarining jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi faoliyatini tubdan takomillashtirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mamlakatda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirishning quyidagi asosiy yo‘nalishlarini amalga oshirish O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va uning hududiy bo‘linmalarining eng muhim vazifasi deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash respublika, o‘rta va quyi bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishning asosiy vazifa va funksiyalarning aniq belgilanishi va taqsimlanishini hamda har bir xodimning o‘ziga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun shaxsiy javobgarligini nazarda tutuvchi sifat jihatidan mutlaqo yangi tartibini o‘rnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan, ko‘chalar, maydonlar, istirohat bog‘lari, vokzallar, aeroportlar va boshqa jamoat joylarida, shuningdek ommaviy tadbirlarni o‘tkazish chog‘ida xizmatni o‘tashda fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini, ularning sha’ni va qadr-qimmatining hurmat qilinishini, muomala madaniyati va odob-axloq qoidalariga qat’iy amal qilinishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan, patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash bo‘linmalari xodimlari o‘rtasida profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, ular tomonidan xizmatni o‘tash jarayonida, ayniqsa tungi vaqtlarda poraxo‘rlik va vakolatni suiiste’mol qilish holatlariga barham berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchidan, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ommaviy va boshqa tadbirlarni o‘tkazishda fuqarolar xavfsizligini ta’minlashning yuqori mobilligi va samaradorligini oshirishga imkon beradigan yangi ish usullarini joriy etish, huquq-tartibotning guruhlar tomonidan buzilishi va ommaviy tartibsizliklarning barvaqt oldini olish hamda bartaraf etishning ta’sirchan tizimini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchidan, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash faoliyatining muvofiqlashtirilishi va tashkiliy-uslubiy ta’minlanishini kuchaytirish, mazkur sohaga yuklatilgan vazifalarni bajarishda ichki ishlar organlarining fuqarolik jamiyati institutlari va aholi bilan yaqindan hamkorlik qilish mexanizmlarini rivojlantirish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oltinchidan, faoliyatda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish, ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun maxsus qabulxonalar, vaqtincha saqlash hibsxonalari va muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash.
(1-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ichki ishlar organlari bo‘linmalari, vazirlik va idoralarning jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish masalalari bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni va unga tashkiliy-uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi;
(2-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
patrul-post xizmati saf bo‘linmalarining javobgarlik hududlariga kirmaydigan joylarda jamoat tartibini va xavfsizlikni ta’minlash tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari), shu jumladan profilaktika inspektorlari zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi tarkibida o‘rnatilgan umumiy shtatlar soni doirasida 50 bosh xizmat otlari biriktirilgan Otliq otryad tuzilsin hamda uning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq joylarda o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar chog‘ida jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlashda yuqori harakatchanlik hamda mobil to‘siqlar va halqalarning tashkil etilishini ta’minlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahrining markaziy ko‘chalari, dam olish zonalari va aholi gavjum bo‘ladigan boshqa joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarlarni ushlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yilqichilik asoslarini va ot minib yurish ko‘nikmalarini o‘rgatishni tashkil etish, ushbu sohadagi ijobiy xorijiy tajribani o‘rganish va amaliyotga joriy etish, ekstremal vaziyatlarda xizmat otlarini tayyorlash usullari va ulardan foydalanish taktikasini takomillashtirish.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Patrul-post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasining Patrul-post xizmati brigadasi Otliq otryadi uchun 50 bosh xizmat otlarini sotib olish, ularning o‘rgatilishini tashkil etish va otliq otryadning to‘laqonli faoliyatini ta’minlashga oid boshqa masalalarni hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat otlarini tashish uchun mo‘ljallangan asosan mamlakatimizda ishlab chiqariladigan avtotransport vositalarini, shu jumladan shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalarni xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning yerto‘la va yarim yerto‘la xonalarida joylashgan vaqtincha saqlash hibsxonalarini qayta qurish va rekonstruksiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “O‘zavtosanoat” AK mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilarining ishlab chiqarish quvvatlarini inobatga olgan holda, xizmat otlarini tashish uchun mo‘ljallangan avtotransport vositalarining, shu jumladan shatakka oluvchi avtomobillar, tirkamalar va yarim tirkamalarning texnik parametrlarini belgilash va kelishishda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga zarur yordam ko‘rsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Ichki ishlar vazirligining asoslantirilgan hisob-kitoblari bo‘yicha ushbu qarorda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larning ajratilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 1-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2940-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-27-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 20-son, 357-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son; 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 07/21/5235/0840-son, 01.12.2021-y., 06/21/27/1116-son)