ROʻYXATI
|
№ |
Tovarlar guruhi |
Soliq imtiyozlari joriy etiladigan tovarlar nomi |
| 1. | Bolalarga moʻljallangan tovarlar | Bolalarga moʻljallangan tovarlar roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan. |
| 2. | Maishiy kimyo va mayda qadoqlangan tovarlar |
Silliqlovchi, yelimlovchi, yuvuvchi sintetik vositalar, vannalar uchun koʻpikli kir yuvish vositalari, yogʻlarni ketkazuvchi va suvni yumshatuvchi vositalar, buyumlar va gazlamalarni oqartirish, sinkalash va kraxmallash vositalari, dogʻni ketkazuvchi va tozalovchi vositalar. |
| 3. | Madaniy-maishiy va xoʻjalik maqsadidagi tovarlar |
Maishiy elektr mashinalari va priborlar, shu jumladan goʻsht maydalagichlar va elektr goʻsht maydalagichlar, sharbat siqqichlar, oshxona kombaynlari, elektr mikserlar, sochni quritish uchun fen, kofe yanchgichlar, elektr drellar, tosterlar, isituvchi koloriferlar, mikrotoʻlqinli pechlar, elektr dazmollar, idish-tovoq va oshxona priborlari, shu jumladan turmushda foydalaniladigan har xil oshxona anjomlari, qoshiqlar, pichoqlar, vilkalar, metallarning barcha turlaridan yasalgan likopchalar, har xil kurakchalar (baliq, blin, yogʻ uchun kurakchalar va boshqalar), metallar va qotishmalarning har xil turlaridan yasalgan roʻzgʻorda ishlatiladigan metall idishlar, musiqa asboblari, gugurt, barcha turdagi bolalar oʻyinchoqlari, shu jumladan yumshoq oʻyinchoqlar, gramplastinkalar, kompakt va lazer disklari, audio- va video kassetalar, soqol olish priborlari, tish choʻtkalari, koʻzoynaklar uchun gʻiloflar, tugmalar (plastmassa, metall, yogʻoch tugmalar va boshqalar), bolalar vannachalari, suv va axlat uchun chelak. |
| 4. | Murakkab maishiy texnika va radioelektron apparatlar | Barcha turdagi maishiy kir yuvish mashinalari (kir qoʻlda siqiladigan, yarim avtomatik, avtomatik). Barcha turdagi maishiy sovutgichlar va muzlatgichlar. Oq-qora va rangli tasvirli televizorlar, radio toʻlqini qabul qilish qurilmalari: radiopriyomniklar, radiolalar, magnitoradiolalar, magnitolalar, radiokomplekslar va musiqali markazlar, magnitofonlar, barcha turdagi qoʻshimcha magnitofonlar, koʻzi ojiz nogironlar uchun ovoz chiqaradigan kitoblarni eshittirish magnitofon qurilmalari, diktofonlar, oq-qora va rangli tasvirli videomagnitofonlar va qoʻshimcha videomagnitofonlar, videoproigrivatellar, ovoz chiqarish kolonkalari, elektron eshitish apparatlari, maishiy videomagnitofonlar uchun video-telekameralar. |
| 5. | Kir sovun va atir sovun, kir yuvish poroshogi | Yuvish uchun va roʻzgʻorda ishlatiladigan, tarkibida yogʻ boʻlgan kir yuvish vositalari (atir sovun va kir sovun, kir yuvish poroshogi, kir yuvishda ishlatiladigan paraxa). |
| 6. | Pardoz-andoz buyumlari, tish pastasi | Odekolonlar, atirlar, kremlar, soch, teri, tishni parvarish qilish vositalari, upa, ziynat baxsh etadigan pardoz-andoz buyumlari, losonlar, tana uchun badboʻy hidni yoʻqotuvchi vositalar, oftobda qorayish vositalari, chivinga qarshi vositalar. |
| 7. | Ayollar gigiyenasi buyumlari | Ayollar gigiyenasi buyumlari roʻyxati Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 14-iyuldagi 327-f-son farmoyishi bilan tasdiqlangan. |
| 8. | Tikuv, trikotaj, paypoq buyumlar, toʻqimachilik attorligi | Ustki kiyim: ayollar, erkaklar, oʻsmirlar va bolalar paltolari, kurtkalari, kostumlari; ayollar koʻylagi, qiz bolalar koʻylagi va yaslida kiyiladigan koʻylaklar; erkaklar va bolalar koʻylaklari. Choyshab buyumlari: koʻrpa-toʻshak jildlari, choyshab, yostiq jildlari, koʻrpa jildlari, pastga solinadigan choyshab, ayollar va bolalarning tungi koʻylaklari, erkaklar va bolalar pijamalari; jun, yarim jun, ip gazlama va momiq adyollar, shu jumladan qalin jun roʻmol; ichki va ustki trikotaj kiyimlar, paypoqlar, qoʻlqoplar, boshmaldoq qoʻlqop, bosh kiyimlari. Ip gazlamadan tayyorlangan sintetik, yarim junli va kalavaning boshqa turlaridan tayyorlangan tibbiyot buyumlari (bintlar, choʻltoqlar uchun gʻilof, tizzaband, tirsakband, boldirband, bogʻich va boshqalar). Pardabop toʻrlar, toʻr (krujeva), sharflar, dastroʻmollar va roʻmollar, roʻmolchalar, galstuklar, manjetlar, ensiz yoqa, poyondozlar, salfetkalar, dasturxonlar, yopqichlar (nakidki), oʻrin yopinchigʻi, darpardalar, gilamchalar, soyabonlar va soyabonlar uchun gʻiloflar, gazlamadan yasalgan abajurlar, toʻqilgan xoʻjalik sumkalari, bolalar sumkalari, toʻr belanchaklar va toʻr xaltalar, lentalar, uqa (jiyak), bogʻichlar, rezinali bogʻichlar, shokilali buyumlar va toʻqimachilik attorligining boshqa buyumlari. |
| 9. | Charm, charm-attorlik va moʻyna buyumlar | Portfellar, papkalar, safar xaltalar, karmonlar, sumkalar, portmone, hamyonlar, muqovalar, gʻiloflar, nesesserlar, portsigarlar, qoʻlqoplar, ish qoʻlqoplari, kamarlar, chemodanlar, sakvoyajlar, qoplar, gʻiloflar, sport-ov buyumlari, toʻplar. Moʻynali va qoʻy terisidan yasalgan poʻstin, moʻynali bosh kiyimlari, yoqa, moʻyna, yopqichlar (plastina), skroi, ayollarning moʻynali bosh kiyimlari, ish qoʻlqoplari va moʻynali qoʻlqoplar va qoʻy terisidan yasalgan poʻstin, moʻynali va qoʻy terisidan yasalgan boshqa buyumlar — paypoqlar, gilamlar, esdalik sovgʻalar, bezaklar, shippaklar. |
| 10. | Bosh kiyimlari | Barcha turdagi bosh kiyimlari, shu jumladan fetr bosh kiyimlar (shlyapalar, beretlar, qalpoqlar), tikilgan va moʻynali, pat va tivitdan yasalgan tikilgan va moʻynali bosh kiyimlar. |
| 11. | Poyabzal (shu jumladan rezina poyabzal) | Kundalik, modelli, sport, uyda kiyiladigan, ortopedik, yengil, milliy, shu jumladan yuqori qismi tabiiy, sunʼiy va sintetik teridan, gazlama va notoʻqima materiallar va trikotaj polotnodan qilingan, shuningdek yuqori qismi har xil narsalardan qilingan, tagcharmi charmdan va terining oʻrnini bosuvchi materiallardan, polimer materiallardan yasalgan poyabzal. |
| 12. | Chinni, fayans va keramika buyumlari, qoliplangan aluminiy idishlar, shisha idishlar | Turmushda ishlatiladigan sortli idishlar (shisha va billur idishlar). Turmushda ishlatiladigan chinni-fayans idishlar (shu jumladan yarim chinni va sirlangan sopol idishlar). Kerosin shisha lampa, lampa shisha, sopol idish. Qoliplangan aluminiy idishlar, shu jumladan qoshiqlar, vilkalar, likopchalar va boshqalar. Issiqqa chidamli shishadan yasalgan oshxona idishlari. Shisha buyumlar va mebel sanoati uchun oyna, shisha idishlar, shu jumladan murabbo va tuzlangan narsalar uchun butilka, banka, bochkachalar. |
| 13. | Oq qogʻoz, qogʻozdan yasalgan buyumlar, bosma mahsulotlar va idora ashyolari hamda maktab anjomlari | Blok-daftarlar, chizmachilik va rasm solish uchun bloklar va albomlar, qayd etish, eskizlar, notalar, chizmachilik va rasm solish uchun qogʻozlar (shu jumladan koʻzi ojizlar uchun), yozuv qogʻozi, yozuv mashinkasi uchun moʻljallangan qogʻoz, maktab kundalik daftarlari, maktab daftarlari, harfli va predmetli alifbo, harflar, boʻgʻinlar, raqamlar kassasi, chizgichlar (shu jumladan logarifmik chizgichlar), savod kitoblari, har xil plyonkalardan yasalgan qogʻozlar uchun papka, chizmachilik va rasm solish uchun qogʻoz va kartondan yasalgan papkalar, qalamdonlar, barcha turdagi ruchkalar, flomasterlar, idora qogʻoz qisqichlari, transportirlar, harfli va raqamli trafaretlar, uchburchak chizgichlar, siyohdonlar, gotovalni, barcha turdagi qalamlar (shu jumladan mexanik qalamlar), perolar, oʻchirgichlar, qogʻozdan yasalgan sanitariya-gigiyena buyumlari, qaydlar uchun kundalik daftarlar, rasm solish, notalar, soʻzlarni yozish, eskizlar uchun daftarlar, umumiy va texnik daftarlar, shaxmat taxtalari (qogʻozdan va kartondan yasalgan), qogʻozning texnik sortlari — jilo berilgan, nuqradek oppoq qogʻoz, rasm solish uchun qogʻoz (rulonlarda), yozuv mashinkalari uchun millimetrli, nusxa koʻpaytiruvchi qogʻoz, chizmachilikda ishlatiladigan qogʻoz. |
| 14. | Mebel, mebel aksessuarlari | Turmushda foydalaniladigan mebel: oshxona mebeli: ish javon-stollari, osma javonlar, oshxona stollari, kursilar, bufet, yumshoq va qattiq oshxona uchburchak mebeli, stullar; yotoqxona mebeli: kiyim uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, karavotlar, ikki tomonlama yumshoq matraslar, karavot yonida turadigan tagkursi, kiyim-kechak turadigan yashikli javon, uch tabaqali toshoyna, tik toshoyna, ziyofat javoni; korpusli mebel: koʻp vazifali javonlar, kitob javonlari, idish javonlari, servantlar, yozuv stoli, bari bor javonlar, kitob tokchalari, televizor ostiga qoʻyiladigan taglik, radio apparatlar ostiga qoʻyiladigan taglik, sandiqlar; yumshoq mebel: divanlar, kreslolar, yigʻma divanlar, tebranma kreslo, kreslo-karavotlar; bolalar mebeli: karavotlar, oʻyinchoqlar uchun javon, kiyim-kechak uchun javon, ichki kiyimlar uchun javon, yozuv stollari, kompyuter uchun stollar, bolalarga moʻljallangan yumshoq mebel (kreslo, divan); turmushda ishlatiladigan boshqa mebel: shu jumladan gigiyenik qoplamali, metall karkasli mebel. Brezent qoplangan, dala hovlida ishlatiladigan yigʻma mebel (stollar, stullar, kreslolar, karavotlar va hokazolar). Mebel aksessuarlari: yogʻoch tutqichlar, plastmassa tutqichlar, toʻrtta sharnirli oshiq-moshiqlar, eksentrik tortgichlar, tokcha tutgichlar, shisha tutgichlar, oyna tutgichlar, poynak, burchakli tortgichlar, uchburchaklar, shtanga tutqichlar, vintlar, gaykalar, ilgaklar, qogʻozqisqichlar, shaybalar, shkantlar, yogʻoch yigʻma karavotlar, yogʻoch shtangalar, yogʻoch silliqlagichlar. |
| 15. | Gilam va gilambop buyumlar | Gilam va gilambop buyumlar (shu jumladan poyondozlar, oʻlchamli parcha gilam). |
| 16. | Ip gazlama, ipak, jun, sintetik va kimyoviy tolalardan tayyorlangan tayyor gazlamalar | Ip gazlama, shu jumladan tabiiy, sintetik, kimyoviy tolalardan va kimyoviy (shtapel) tolalardan tayyorlangan momiq, jun, ipak gazlamalar. |
| 17. | Qurilish materiallari | Vannalar, rakovina (chanoq)lar, unitazlar, gulqogʻozlar. |