Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2025 05.07.2017 yildagi 467-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 27.06.2025
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashga, shuningdek tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekistan Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 28-martdagi 192-sonli “Davlat arxitektura nazoratini amalga oshirishning yangi mexanizmini joriy qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2025-yil 27-iyundan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashda mahalliy davlat hokimiyati organlarining masʼuliyatini oshirish, tadbirkorlik maqsadlari uchun yer ajratish tartibini yanada takomillashtirish, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish choralarini kuchaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlashdagi asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarida va qishloqlararo hududlarda tuman (shahar) hokimlari tomonidan imoratlar qurilishi uchun yer uchastkalarining tegishli ruxsat berish hujjatlarini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtirmasdan berilishining oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallash va oʻzboshimchalik bilan imoratni qurishga yoʻl qoʻymaslik yuzasidan aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarini qurishda ularning bosh rejalari qoʻpol ravishda buzilganligi, shaharsozlik normalari va qoidalariga rioya etilishi yuzasidan nazoratni susaytirganligi uchun tegishli mansabdor shaxslarni belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi punktlarini qurishda shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash borasida olib borilayotgan ishlarning ommaviy axborot vositalarida muntazam ravishda yoritib borilishini tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi:
(3-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan shaharsozlik va yer toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi yuzasidan taʼsirchan nazoratni taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda oʻzlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 5-iyul,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
467-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasining Shaharsozlik kodeksi, Yer kodeksi va Fuqarolik kodeksiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan (qurilayotgan) uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki oʻzga koʻchmas mulkni (keyingi oʻrinlarda oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat deb ataladi) aniqlash va bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish ushbu sohada vakolatga ega davlat organlari tomonidan shaharcha, qishloq, ovul, mahalla fuqarolar yigʻini (keyingi oʻrinlarda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari deb ataladi) bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish maqsadlari uchun yer uchastkasiga boʻlgan huquqni belgilovchi hujjatlarning mavjudligini;
(3-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan koʻp hajmdagi noturar bino va inshootlar loyiha hujjatlari ekspertizadan hamda qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyalaridan roʻyxatdan oʻtkazilganligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki qavatgacha, (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar qurish uchun tuman qurilish boʻlimi bilan kelishilgan loyihaning mavjudligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaharsozlik normalari va qoidalariga muvofiq qurilganligini tekshirish orqali amalga oshiriladi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 8-maydagi 290-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish sohasidagi vakolatli davlat organlari (keyingi oʻrinlarda vakolatli organlar deb ataladi) hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) hokimliklari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari, tumanlar (shaharlar) boʻlimlari (keyingi oʻrinlarda — hududiy organlari);
(4-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi hamda uning hududiy organlari;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi hamda uning hududiy organlari;
(4-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligi va uning hududiy boshqarmalari.
(4-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda faoliyat yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vakolatli organlar har yili oʻzlarining oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish chora-tadbirlar rejasini (keyingi oʻrinlarda Chora-tadbirlar rejasi deb ataladi) ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chora-tadbirlar rejalarining ishlab chiqilishi va ularning ijrosini Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, Toshkent shahri hamda tumanlar (shaharlar) hokimliklari tegishliligi boʻyicha muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish ushbu Nizomning ilovasidagi sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Har bir vakolatli organning hududiy organi ushbu Nizomning 5-bandida nazarda tutilgan oʻzining Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda yoki boshqa organlar bilan birgalikda aniqlab boradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki qavatdan yuqori (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan baland va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrdan ortiq boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylarni, shuningdek 300 metr kubdan koʻp hajmdagi noturar bino va inshootlar boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni mustaqil ravishda — Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasining hududiy inspeksiyalari aniqlaydilar va bartaraf etish choralarini koʻradilar.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ikki qavatgacha, (sokolni hisobga olmagan holda), balandligi yer yuzasidan 12 metrdan past va (yoki) umumiy maydoni 500 kvadrat metrgacha boʻlgan yakka tartibdagi uy-joylar, shuningdek 300 metr kubdan kam hajmdagi noturar bino va inshootlar boʻyicha oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni ushbu nizom talablari doirasida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qurilish va uy-joy-kommunal xoʻjaligi vazirligi, viloyatlar Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi bosh boshqarmalari, Toshkent shahar Qurilish bosh boshqarmasi hamda tuman qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi boʻlimlari hal qiladilar.
(7-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 24-fevraldagi 100-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Vakolatli organ:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
imoratni qurish uchun ushbu Nizomning 3-bandida nazarda tutilgan hujjatlarning mavjudligi hamda shaharsozlik normalari va qoidalari asosida qurilganligini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat aniqlangan taqdirda ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beradi hamda imoratni oʻn besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu dalolatnomada quyidagilar aks ettiriladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlashda ishtirok etgan vakolatli organ vakili lavozimi, familiya va ismi-sharifi hamda imorat qurgan shaxsning nomi (yuridik shaxs boʻlganda) yoki familiya va ismi-sharifi (jismoniy shaxs boʻlganda);
(8-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 7-dekabrdagi 772-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning aniq manzili, qurilish maqsadi hamda qurilishning holati va hajmi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan uni oʻn besh kunlik muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida koʻrsatma.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vakolatli organ oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxsga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnomani fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili va tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) profilaktika inspektori ishtirokida topshirilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs dalolatnomani olishni rad etgan holda vakolatli organ ushbu holat toʻgʻrisida kamida uch kishi (vakolatli organ va fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari hamda tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) profilaktika inspektori) ishtirokida bayonnoma tuzilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bayonnomada dalolatnomani topshirayotgan shaxslarning lavozimi va ismi-sharifi, oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan dalolatnomani olishdan bosh tortgan sana va bosh tortish sabablari (mavjud boʻlganda) koʻrsatib oʻtiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs oʻn besh kun muddat ichida uni oʻz hisobidan bartaraf etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan ushbu imoratni bartaraf etilishi (buzib tashlanishi)ni vakolatli organ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan hamkorlikda nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxs tomonidan imoratga nisbatan mulk huquqini eʼtirof etish toʻgʻrisida sudga daʼvo berilgan taqdirda daʼvo berilgan kundan boshlab sudning yakuniy qarori qabul qilinishiga qadar ushbu imoratni bartaraf etilishi vaqtincha toʻxtatib turiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash uchun belgilangan muddat tugagandan soʻng vakolatli organ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan hamkorlikda ikki ish kuni mobaynida bu haqda tuman (shahar) hokimiga xabarnoma kiritadi, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni buzib tashlash hollari bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vakolatli organlar tomonidan kiritilgan xabarnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida tuman (shahar) hokimi Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash toʻgʻrisidagi daʼvo arizasi sudga kiritilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni buzib tashlash boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri sudga Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy organlari tomonidan belgilangan tartibda murojaat qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xabarnomada oʻzboshimchalik bilan imoratni qurgan shaxsning nomi (yuridik shaxs boʻlganda) yoki familiyasi, ismi, otasining ismi (jismoniy shaxs boʻlganda), imoratning aniq manzili, qurilish maqsadi, qurilishning holati va hajmi koʻrsatilgan maʼlumotlar aks ettiriladi hamda unga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma va 10-bandida nazarda tutilgan bayonnoma ilova qilinadi.
(12-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(13-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisidagi daʼvo arizaga ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan dalolatnoma, 10-bandida nazarda tutilgan bayonnoma, 12-bandida nazarda tutilgan xabarnoma, oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratning joylashuv sxemasi, imoratning fotosuratlari (kamida toʻrt tomonidan tushirilgan) ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga gʻayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga koʻra qaytariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini oʻzboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga koʻra amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni qonun hujjatlariga muvofiq fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga ziyon yetkazmagan holda bartaraf etish choralari koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SXEMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Subyektlar

Mexanizm

Muddatlar

Vakolatli organning hududiy organlari

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish chora-tadbirlar rejasiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni aniqlab boradilar.

Vakolatli organning Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda

Vakolatli organ fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan hamkorlikda

1. Oʻzboshimchalik bilan imoratni qurish uchun yer uchastkasini ajratish toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining qarori mavjudligini aniqlaydi.

2. Oʻzboshimchalik bilan imorat qurilganligi aniqlangan taqdirda, ushbu imoratni qurgan shaxsga mazkur qurilishning noqonuniyligi va uning huquqiy oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar beradi hamda imoratni oʻn besh kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida dalolatnoma tuzadi.

3. Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxsga qurilgan imoratni oʻn besh kun muddatda ixtiyoriy ravishda bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisidagi dalolatnoma fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakili va tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) profilaktika inspektori ishtirokida topshirilishini taʼminlaydi.

4. Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs dalolatnomani olishni rad etgan taqdirda, vakolatli organ ushbu holat toʻgʻrisida kamida uch kishi (vakolatli organ hamda fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi vakillari, tuman (shahar) ichki ishlar boshqarmasining (boʻlimining) profilaktika inspektori) ishtirokida bayonnoma tuzilishini taʼminlaydi.

Vakolatli organning Chora-tadbirlar rejasida belgilangan muddatlarda

Vakolatli organ

Oʻzboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs tomonidan ushbu imorat bartaraf etilmagan (buzib tashlanmagan) taqdirda, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organi bilan hamkorlikda bu haqda tuman (shahar) hokimiga xabarnoma kiritadi, oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish hollari bundan mustasno.

Ikki ish kuni mobaynida

Tuman (shahar) hokimi

Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasi uchinchi qismiga muvofiq oʻzboshimchalik bilan qurilgan imoratni bartaraf etish (buzib tashlash) toʻgʻrisida tuman (shahar) hokimining daʼvo arizasi sudga kiritilishini taʼminlaydi.

Vakolatli organ kiritgan xabarnoma kelib tushgan sanadan eʼtiboran uch ish kuni mobaynida

Kadastr agentligi va uning hududiy organlari

Oʻzboshimchalik bilan egallangan yer maydonida noqonuniy qurilgan imoratlarni bartaraf etish (buzib tashlash) boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Kadastr agentligi va uning hududiy organlari toʻgʻridan-toʻgʻri sudga murojaat qiladi.

Oʻzboshimchalik bilan qurilgan imorat bartaraf etish (buzib tashlash) uchun belgilangan muddat tugagandan soʻng bartaraf etilmaganda uch ish kunida

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 8-iyuldagi 375-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(2-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 14-apreldagi 217-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 27-son, 623-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.04.2019-y., 09/19/265/2858-son; 20.06.2019-y., 09/19/498/3310-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son; 07.12.2020-y., 09/20/772/1605-son; 08.05.2021-y., 09/21/290/0440-son, 23.04.2022-y., 09/22/209/0341-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 08.07.2022-y., 09/22/375/0618-son; 26.02.2024-y., 09/24/100/0152-son)