O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
O‘ZBEKISTON BOLALAR SPORTINI RIVOJLANTIRISh JAMG‘ARMASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 508-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PF-5368-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 5-martdagi PQ-3583-son qarori)” qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini tuzish to‘g‘risida” 2002-yil 24-oktabrdagi PF-3154-son Farmonini bajarish yuzasidan hamda Jamg‘armaga yuklangan asosiy vazifalarni amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1.1-ilovaga muvofiq vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, kompaniyalar, uyushmalar, boshqa xo‘jalik birlashmalari, banklar, xalqaro, jamoat va nohukumat tashkilotlari, xorijiy kompaniyalarning Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi muassislari sifatida qatnashish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berilsin.
Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan birgalikda Jamg‘arma va uning joylardagi tarkibiy bo‘linmalari faoliyatini tashkil etishda faol qatnashsinlar.
2. Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasining 2-ilovaga* muvofiq tarkibda Homiylik kengashi tuzilsin.
*2-ilova berilmaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti respublika darajasida Jamg‘arma Homiylik kengashining raisi ekanligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jamg‘arma mintaqaviy filiallarining homiylik kengashlari tuzilsin.
Belgilab qo‘yilsinki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Jo‘qorg‘i Kenges Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tegishli ravishda mintaqaviy filiallar homiylik kengashlarining raislari hisoblanadilar.
Bolalar sport inshootlarining moddiy bazasini qurish bo‘yicha qabul qilingan qarorlarning amalga oshirilishi yuzasidan mas’uliyat shahar va tumanlar hokimlarining tegishli o‘rinbosarlari zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 1-avgustdagi 335-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami , 2003-y., 15-16-son, 123-modda)
3. Quyidagilar:
O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘g‘risidagi Nizom 6-ilovaga muvofiq ma’qullansin.
Belgilansinki, Jamg‘arma apparati va uning mintaqaviy filiallari ta’minoti Jamg‘armaning o‘z mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.
4. Jamg‘armaning Homiylik kengashiga:
Jamg‘arma oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga manfaatdor davlat, nodavlat va jamoat tuzilmalarini, shuningdek xorijiy sheriklar mablag‘larini jalb etishni ta’minlash;
bolalar jismoniy tarbiyasi va sportini rivojlantirishga izchil yondashuvlarni, shuningdek bolalar sport inshootlari loyihalarining namunaviy, ilmiy asoslangan negizda ishlab chiqilishini va joriy etilishini ta’minlovchi aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Jamg‘armaga uning zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarishda, uning moddiy-texnika va moliyaviy bazasini mustahkamlashda har tomonlama ko‘maklashish;
Jamg‘arma tomonidan to‘plangan mablag‘lardan maqsadli (yo‘nalishlar bo‘yicha) va qonuniy ravishda foydalanilishi ustidan qat’iy nazoratni ta’minlash, Jamg‘arma ijro etuvchi direktorining va uning tuzilmalarining Jamg‘arma mablag‘laridan foydalanilishi to‘g‘risidagi hisobotini muntazam ravishda eshitish;
Jamg‘armaning ta’sis konferensiyasini o‘tkazishda, uni nohukumat xalqaro tashkilot sifatida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazishda va uning tuzilmalari rahbarlarini tasdiqlashda ko‘maklashish tavsiya qilinsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi manfaatdor vazirliklar, idoralar va jamoat tashkilotlari bilan birgalikda Jamg‘arma direksiyasi bilan birgalikda Jamg‘arma mablag‘larini shakllantirish va ulardan maqsadli foydalanish tartibini bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasi Jamg‘arma, Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2005-yilgacha mamlakat aholi punktlarida bolalar sport komplekslarini joylashtirish va rivojlantirish sxemasini 2003-yil 1-yanvargacha ishlab chiqsin hamda tasdiqlash uchun taqdim etsin, bunda ularning hududlar bo‘yicha oqilona joylashtirilishini, shuningdek zamonaviy talablarga muvofiq texnika bilan jihozlanishini nazarda tutsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi ko‘rsatib o‘tilgan talablarga muvofiq bolalarning ijtimoiy va yoshi xususiyatlarini hamda bolalar va yoshlarning jismoniy tarbiya-sport tayyorgarligiga ehtiyojini, shuningdek bolalar sport komplekslarining sanitariya-gigiyena va maishiy sharoitlariga qo‘yiladigan yuksak talablarni hisobga oluvchi bolalar sport komplekslarining bazaviy namunaviy loyihalari tender asosida ishlab chiqilishini tashkil etsin.
Jamg‘arma bolalar sport komplekslari bazaviy namunaviy loyihalarining buyurtmachisi etib belgilansin, bosh loyihalashtirish tashkiloti funksiyalari “Davarxitektqurilish” qo‘mitasining “ToshuyjoyLITI” ochiq aksiyadorlik jamiyatiga yuklansin.
(7-bandning ikkinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 13-maydagi 90-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 18-19-son, 141-modda)
Belgilansinki, ekspertizadan o‘tmagan va “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi bilan kelishilmagan bolalar sport komplekslarini qurish qat’iy taqiqlanadi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bir oy muddatda Jamg‘armaning mintaqaviy filiallarini joylashtirish, ularni o‘z funksiyalarini bajarishlari uchun mebel va zarur texnika, aloqa vositalari bilan ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rsinlar.
Toshkent shahar hokimligi O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi ijro etuvchi direksiyasini joylashtirish uchun bir oy muddatda bino ajratsin.
9. “Toshshaharyo‘lovchitrans” uyushmasi shartnoma asosida Jamg‘arma direksiyasini xizmat avtotransporti bilan ta’minlasin, O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi esa Jamg‘arma buyurtmanomasiga ko‘ra Jamg‘arma markaziy apparatini va uning mintaqaviy filiallarini zarur aloqa, shu jumladan Hukumat aloqasi vositalari bilan jihozlasin.
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari K.N. To‘laganov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2002-yil 31-oktabr,
374-son
Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi muassislarining
RO‘YXATI
RO‘YXATI
Oldingi tahrirga qarang.
1. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 6-iyuldagi 156-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami , 2005-y., 27-son, 191-modda)
2. O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi
3. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
4. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi
5. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
7. O‘zbekiston Respublikasi Davlat raqobat qo‘mitasi
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 9-sentabrdagi 244-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 37-son, 485-modda)
8. Davlat soliq qo‘mitasi
9. Matbuot va axborot agentligi
10. O‘zbekiston Teleradiokompaniyasi
11. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
12. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki
13. “Asaka” banki
14. “O‘zsanoatqurilishbank”
Oldingi tahrirga qarang.
15. “Ipoteka” - bank”
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 31-maydagi 138-son qarori tahririda — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 22-son, 159-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
16. “Agrobank” ATB
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 20-maydagi 142-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 21-son, 252-modda)
17. “O‘zbekinvest” kompaniyasi
18. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi
19. “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi
20. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
21. “O‘zdonmahsulot” davlat-aksiyadorlik korporatsiyasi
22. “O‘zpaxtasanoat” AJ
(22-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 121-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)
23. “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi
24. “O‘zbekenergo” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
Oldingi tahrirga qarang.
25. Navoiy kon-metallurgiya kombinati
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-maydagi 237-son qarori — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami , 2004-y., 20-son, 236-modda)
26. Olmaliq kon-metallurgiya kombinati
27. “O‘zbekyengilsanoat” kompaniyasi
28. “O‘zkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi
29. “O‘zfarmsanoat” davlat konserni
30. “O‘zavtosanoat” uyushmasi
Oldingi tahrirga qarang.
(31-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 132-modda)
32. “O‘zbekoziqovqatxolding” XK
(32-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 5-apreldagi 103-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 14-son, 132-modda)
33. “O‘zeltexsanoat” uyushmasi
34. “O‘zavtoyo‘l” davlat konserni
Oldingi tahrirga qarang.
(35-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(36-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 29-maydagi 99-son qarori bilan chiqarib tashlangan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2006-y., 22-son, 195-modda)
37. “O‘zulgurjisavdo” aksiyadorlik kompaniyasi
38. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi
(38-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 12-sentabrdagi 712-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 996-modda)
39. “Sog‘lom avlod uchun” jamg‘armasi
40. O‘zbekiston bolalar jamg‘armasi
41. “Vatanparvar” tashkiloti
42. O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi
43. “Mahalla” jamg‘armasi
44. “Kurash” xalqaro uyushmasi
45. “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi
46. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari
Xorijiy firmalar, banklar va kompaniyalarning vakillari
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 29-avgustdagi 410-son qarori bilan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari to‘plami, 2004-y., 34-35-son, 394-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2002-y., 20-son, 160-modda; 2003-y., 15-16-son, 123-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda, 20-son, 236-modda, 34-35-son, 394-modda; 2005-y., 22-son, 159-modda, 27-son, 191-modda; 2006-y., 22-son, 195-modda; 2009-y., 21-son, 252-modda; 2010-y., 18-19-son, 141-modda; 2013-y., 37-son, 485-modda; 2015-y., 52-son, 647-modda; 2016-y., 14-son, 132-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.02.2018-y., 09/18/121/0711-son)