Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2026 19.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3154
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining qarori, 19.04.2019 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 3154
Kuchga kirish sanasi
19.04.2019
Hujjat kuchini yo‘qotgan 08.02.2026
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2019-yil 19-aprelda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 3154]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining 2025-yil 29-dekabrdagi 1-sonli ““Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3154-3, 09.01.2026-y.) asosan 2026-yil 8-fevraldan oʻz kuchini yoʻqotadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Rais M. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
01-02/12-7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2019-yil 20-fevraldagi 01-02/12-7-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining Bojxona kodeksi va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-noyabrdagi PF-5582-son “Bojxona maʼmuriyatchiligini takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyati samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Farmoniga muvofiq bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan tovarlarni koʻzdan kechiruvi, bojxona koʻrigini amalga oshirish hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Yoʻriqnoma jismoniy shaxslarning qoʻl yuki va kuzatib borilayotgan bagajiga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona koʻzdan kechiruvi — bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan transport vositalarining boʻlimlarini, tovarlarning oʻrov-idishini ochmagan, koʻzdan kechirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratmagan va boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzmagan holda tovarlarning va (yoki) transport vositalarining, xalqaro pochta va kuryerlik joʻnatmalarining hamda jismoniy shaxslar bagajining, shuningdek yuk ortilgan idishlarni, konteynerlarni, bojxona identifikatsiyalash vositalarining tashqi koʻrinishini koʻzdan kechirish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining turi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona koʻrigi — qoʻyilgan plombalarni, muhrlarni yoki bojxona identifikatsiyalashining boshqa vositalarini buzgan xolda, tekshirilayotgan obyektlarni va ularning qismlarini boʻlaklarga ajratib, demontaj qilib yoki boshqa yoʻllar bilan ularning butligini buzib, tovarlarning oʻramini yoki transport vositasining yuk joylanadigan boʻlimini yoxud idishlarini, konteynerlarni va tovarlar boʻlgan yoki boʻlishi ehtimoli boʻlgan boshqa joylarni ochish orqali amalga oshiriladigan bojxona nazoratining shakli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxs — tovarning va (yoki) transport vositasining egasi yoki tovarga va (yoki) transport vositasiga nisbatan bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq vakolatlarga ega boʻlgan yoxud tovarning va (yoki) transport vositasining egasi nomidan tegishli shartnoma yoki ishonchnoma asosida ish koʻruvchi shaxs;
(2-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
deklarant — tovarlarni va (yoki) transport vositalarini oʻz nomidan deklaratsiyalovchi shaxs yoxud uning nomidan tovarlar va (yoki) transport vositalari deklaratsiyalanayotgan shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar — bojxona chegarasi orqali olib oʻtiladigan har qanday koʻchar mol-mulk, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi milliy valyutasi, valyuta boyliklari va boshqa qimmatli qogʻozlar, elektr, issiqlik energiyasi va energiyaning boshqa turlari, intellektual mulk obyektlari, transport vositasi, bundan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 13-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan transport vositasi mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarni chiqarib yuborish — bojxona organlarining bojxona rasmiylashtiruvini yakunlovchi va maʼlum qilingan bojxona rejimi shartlaridan kelib chiqqan holda tovarlardan foydalanishga va (yoki) ularni tasarruf etishga ruxsat berilganligini ifodalovchi harakati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf — bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilmasligi ehtimolining darajasi;
(2-bandning sakkizinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi (bundan buyon matnda XBAT deb yuritiladi) — xavfni oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish maqsadida tovarlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tahlil qiluvchi, ularning aniqliligiga baho beruvchi hamda ushbu maʼlumotlarni qayta ishlovchi elektron axborot tizimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavf profili — xavf sohasi, xavf indikatorlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yigʻindisi, shuningdek xavfning oldini olish yoki uni imkon qadar kamaytirish boʻyicha zarur choralarni koʻrish toʻgʻrisidagi koʻrsatmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Bojxona koʻzdan kechiruvi bojxona nazorati ostidagi tovarlar va (yoki) transport vositalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, tovarlarda, yuk ortilgan idishlarda, transport vositalarida va transport vositalarining boʻlimlarida plombalar, muhrlar va boshqa bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligini tasdiqlash maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 195-moddasiga muvofiq bojxona koʻrigi, qoida tariqasida, tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinganidan keyin deklarant hozirligida oʻtkaziladi. Bunda tovarga bojxona deklaratsiyasi qabul qilinguniga qadar bojxona koʻrigi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona maqsadlarida tovarni identifikatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bayon etilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik toʻgʻrisidagi mavjud axborotni tekshirish;
(4-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlab tekshirish prinsipiga rioya etgan holda xavfni boshqarish tizimi asosida bojxona nazoratini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 275-moddasiga muvofiq deklarantning huquqlarini amalga oshirish zarur boʻlgan taqdirda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni tegishli bojxona rejimiga joylashtirilishida bojxona koʻrigi bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim qilinganidan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tirik hayvonlar va tez buziladigan tovarlar birinchi navbatda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 16-martdagi 12/05-22-00569-sonli qaroriga (roʻyxat raqami 3154-2, 25.03.2022-y.) asosan sakkizinchi xatboshi bilan toʻldirilgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 10/22/3154-2/0239-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tovar va transport vositalarini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish XBAT tomonidan belgilangan quyidagi yoʻlaklarni qoʻllash yoʻli bilan amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“sariq yoʻlak” — bojxona deklaratsiyasi, hujjatlar va maʼlumotlarni tekshirish boʻyicha bojxona nazorati shakllari xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“qizil yoʻlak” — bojxona nazorati shakllari xavf darajasi yuqori koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlovda aniqlangan tovar va transport vositalariga nisbatan amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“yashil yoʻlak” — xavf darajasi past boʻlgan tovar va transport vositalariga nisbatan qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“koʻk yoʻlak” — xavf darajasi oʻrta koʻrsatkichga ega yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlangan tovarlarga nisbatan qoʻllaniladi. Bunda, bojxona nazorati shakllari tovar va transport vositalari chiqarib yuborilgandan soʻng amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona koʻrigidan faqat “qizil yoʻlak” boʻyicha rasmiylashtirilgan tovar va transport vositalari oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xavf darajasi XBAT tomonidan tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarini toifalarga ajratish, xavf profillari yoki tasodifiy tanlov asosida aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Bojxona koʻrigi bojxona organi mansabdor shaxsining bildirgisi asosida bojxona posti boshligʻining yozma ruxsati bilan amalga oshiriladi, bundan mazkur Yoʻriqnomaning 7-bandi ikkinchi va beshinchi xatboshisi mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Bojxona koʻrigi quyidagi hollarda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona koʻrigini oʻtkazish XBAT tomonidan buyurilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlariga boshqa huquqni muhofaza qilish organlari yoki davlat boshqaruvi organlaridan tushgan materiallar, shuningdek xorijiy davlatlarning bojxona va boshqa davlat organlari va xalqaro tashkilotlardan olingan maʼlumotlar mavjud boʻlganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 188-moddasida koʻrsatilgan bojxona nazoratining boshqa shakllarini qoʻllash natijasida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzilganlik alomatlari mavjudligi maʼlum boʻlganida;
(7-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona nazorati ostidagi tovarlarni bitta transport vositasidan boshqa transport vositasiga yoki ushbu transport vositasiga qayta yuklanayotganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. XBATda bojxona koʻrigini amalga oshirish nazarda tutilmagan hollarda bojxona koʻrigi oʻtkazilsa, ushbu koʻrikni oʻtkazish uchun bojxona posti boshligʻining yozma ruxsati (asosini koʻrsatgan holda) XBATga kiritilishi hamda belgilangan yoʻlak oʻzgartirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigini oʻtkazishda ishtirok etuvchi shaxslarning tovar va transport vositalariga nisbatan vakolatliligini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Bojxona chegarasi orqali olib oʻtilayotgan barcha tovar va transport vositalari bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona koʻzdan kechiruvi vakolatli shaxslar ishtirokisiz oʻtkazilishi mumkin, bundan mazkur shaxslar bojxona koʻzdan kechiruvida hozir boʻlish istagini bildirgan hollar mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvidan oʻtkazishda zarur hollarda koʻzdan kechirilayotgan tovar va (yoki) transport vositasining ichki tarkibiy tuzilishi, oʻziga xos fizik va tarkibiy xususiyatlari haqida aniq maʼlumotga ega boʻlish maqsadida bojxona nazorati texnik vositalaridan (bundan buyon matnda texnik vositalar deb yuritiladi) foydalanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Bojxona koʻrigidan oʻtkazish hamda tovarlardan namuna va sinamalar olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Bojxona koʻrigi boshlanishidan oldin bojxona organining mansabdor shaxsi elektron yoki yozma ravishda bojxona koʻrigi oʻtkaziladigan joy va vaqt toʻgʻrisida deklarantga xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar bojxona koʻrigi uchun taqdim qilinayotgan tovarlar maxsus jihozlangan joylarda, bojxona omborlari yoki bojxona nazorati ostida boʻlsa, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini oʻtkazish vaqtini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bojxona organi mansabdor shaxslarining talabiga koʻra vakolatli shaxslar tovarlarning va transport vositalarining bojxona koʻrigi oʻtkazilayotganda hozir boʻlishi va ularga zarur koʻmak koʻrsatishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona koʻrigini Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 195-moddasi toʻrtinchi qismida koʻrsatilgan hollarda deklarant yoki vakolatli shaxslar ishtirokisiz, ikki nafar xolis hozirligida oʻtkazishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Olib kiriladigan tovarlarning bojxona koʻrigi uch oy davomida bojxona koʻrigi tartib-taomili videoyozuvi saqlanishini va Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boʻyicha boshqarmalari va “Toshkent-AERO” ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi ulanishini taʼminlovchi videokuzatuv tizimi bilan jihozlangan joylardagina amalga oshiriladi.
(14-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻziga xos xususiyatlarga ega, uning tashqi oʻlchamlari, fizik koʻrsatkichlari tufayli yoki kimyoviy xossalariga koʻra yoxud saqlanishiga doir alohida shartlar qoʻyilishi tufayli bojxona omboriga joylashtirilishi mumkin boʻlmagan tovarlar, shuningdek tovar yetkazib beriladigan joyda bojxona ombori mavjud boʻlmagan hollarda, bojxona koʻrigi tovarlar yetkazib berilgan joyda davlat bojxona xizmati organlari tomonidan koʻchma videoyozuv uskunalari yordamida tasvirga olingan holda amalga oshiriladi va videotasvirlar bojxona postida koʻrik oʻtkazilgan kundan boshlab uch oy davomida saqlanishi taʼminlanadi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 9-sentabrdagi 01-02/12-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 3154-1, 13.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/3154-1/1380-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarni bojxona koʻrigidan konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk boʻlinmasida oʻtkazishi mumkin, agar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XBAT tomonidan tovarlarni konteyner yoki transport vositasining maxsus yuk boʻlinmasidan toʻliq tushirish orqali bojxona koʻrigidan oʻtkazish belgilangan boʻlmasa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bunday bojxona koʻrigi tovarlarni yoʻqolishi yoki ularning holatini oʻzgarishiga olib kelmasa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻyiluvchan, toʻkiluvchan yoki quyiluvchan holda ortiladigan va tushiriladigan tovarlar maxsus jihozlangan joylarda bojxona koʻrigidan oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Bojxona koʻrigi boshlanish vaqti, bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlar oʻramini, transport vositalari yoki konteynerlarni, yuk joylari va yuk sigʻimlarini, tovarlar joylashtirilgan yoki joylashtiriladigan boshqa joylarini koʻzdan kechirish xatti-harakatlarini boshlagan vaqtidan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Bojxona koʻrigi oʻtkazayotganida bojxona organining mansabdor shaxsi quyidagilarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) bojxona koʻrigidan oʻtkazilayotgan barcha nomdagi tovarlar partiyasi transport vositasidan toʻliq tushirish nazarda tutilgan boʻlsa:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlarni oʻlchash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha yuk oʻrinlarini ochib koʻrish va sanab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha yuk oʻrinlaridagi tovarlar sonini sanab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) yangi xavf yoki shubha va gumon paydo boʻlgan hollarda bojxona koʻrigining hajmi oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tijorat hujjatlarida tovarlar yagona oʻlchovda (dona, juft va boshqa oʻlchovda) koʻrsatilgan va ularning umumiy ogʻirligi bojxona toʻlovi summasiga taʼsir etmagan hollarda hamda XBATda boshqa holatlar koʻrsatilmagan boʻlsa, bojxona koʻrigi davomida tovarlar oʻlchanmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) tovarlarning sonini yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar bilan taqqoslaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Bojxona koʻrigi jarayoni asosli sabablarga koʻra toʻxtatilganda (tanaffus, ish vaqtini tugashi va boshqa holatlarda), bojxona organining mansabdor shaxsi tovarlarni oʻzgartirilmagan holda saqlanishini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi, shu jumladan yuk joylariga, transport vositalariga yoki tovarlar turgan binoga identifikatsiyalash vositalarini qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Bojxona koʻrigi natijalari boʻyicha bojxona koʻrigi dalolatnomasi rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona koʻrigi davomida tovarlarning amaldagi soni, xususiyati va (yoki) tovarlar haqidagi maʼlumotlar, bojxona yuk deklaratsiyasi hamda yuk kuzatuv hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga mos kelmasa, ushbu maʼlumotlar bojxona koʻrigi dalolatnomasida aks ettiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Bojxona koʻrigi natijalariga koʻra tafovut aniqlangan taqdirda, bojxona organining mansabdor shaxsi tomonidan qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tegishli choralar qoʻllaniladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona kodeksining 189-moddasiga muvofiq bojxona koʻrigidan oʻtkazilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining va Oʻzbekiston Respublikasi sobiq Prezidentining shaxsiy bagaji;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati aʼzolarining va Qonunchilik palatasi deputatlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi aʼzolarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakilining (ombudsmanning) va Oʻzbekiston Respublikasi diplomatik pasportlari egalarining shaxsiy bagaji, agar mazkur shaxslar xizmat vazifalarini bajarishi bilan bogʻliq holda bojxona chegarasini kesib oʻtsalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik hujjatlariga muvofiq boshqa mansabdor shaxslarning shaxsiy bagaji;
(21-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet el harbiy kemalari, jangovar va harbiy-transport havo kemalari, shuningdek oʻzi yurib kelayotgan harbiy texnikasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tovarni xususiyatlari haqidagi maʼlumotlar yetarli boʻlmagan va tovarni identifikatsiyalash imkoniyati mavjud boʻlmagan hollarda, bojxona organining mansabdor shaxsi bojxona ekspertizasini tayinlab, tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-martdagi 145-son “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari tizimida tovarlarning namuna va sinamalarini tasarruf etish toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
(22-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2022-yil 16-martdagi 12/05-22-00569-sonli qarori (roʻyxat raqami 3154-2, 25.03.2022-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 25.03.2022-y., 10/22/3154-2/0239-son — 2022-yil 3-maydan kuchga kiradi)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Tovarlarni qayta, qoʻshimcha hamda tovarlar chiqarib yuborilganidan keyingi bojxona koʻrigidan oʻtkazish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Qayta bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun quyidagilardan biri asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar bojxona nazorati ostida boʻlganda deklarantning asoslantirilgan yozma talabiga asosan bojxona posti boshligʻining ruxsati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda xorijiy davlatlar yoki xalqaro tashkilotlardan olingan tezkor-qidiruv natijalari va maʼlumotlari. Bunda bojxona organi boshqarma boshligʻining ruxsati talab qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qayta bojxona koʻrigi mazkur Yoʻriqnomada belgilangan tartibda qisman yoki toʻliq oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Qoʻshimcha bojxona koʻrigini oʻtkazish uchun quyidagilardan biri asos boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli shaxs koʻrikdan oʻtkazish natijalari tovarning butun turkumiga tatbiq etilishi mumkin emas deb hisoblasa, tovar turkumining qolgan qismi uchun uning yozma talabiga asosan bojxona posti boshligʻining ruxsati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona koʻrigini amalga oshirish jarayonida bojxona organining mansabdor shaxsida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablarining buzilishi mumkinligi haqidagi asosli shubha va gumon paydo boʻlganda bojxona organi mansabdor shaxsining bildirgisiga asosan bojxona posti boshligʻining ruxsati.
(24-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Bojxona organlari tovarlar chiqarib yuborilganidan keyin, basharti bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari buzilgan deb taxmin qilish uchun yetarli va tasdiqlangan asoslar mavjud boʻlsa, bojxona koʻrigini amalga oshirishga haqli.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday maʼlumotlar bojxona organlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor-qidiruv faoliyati natijasida bojxona maqsadlari uchun statistik maʼlumotlar, bojxona yuk deklaratsiyasi va boshqa hujjatlar tahlili, shaxslarning xabarnoma va arizalari, chet el davlatlari, xalqaro tashkilotlarning tegishli organlari hamda ommaviy axborot vositalaridan olinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Bojxona koʻrigi jarayonida texnik xodimlar, xizmat itlari va texnik vositalardan foydalanish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Bojxona koʻrigi samaradorligini oshirish hamda tovarlar haqidagi maʼlumotlarni (ularning soni, tarkibi, fizik va kimyoviy xossalari, aslliligi, maxfiy joylarning borligi) aniqlash maqsadida texnik vositalaridan foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Bojxona organining mansabdor shaxsi texnik vositalarni qoʻllash jarayonida shaxsiy xavfsizlikka, insonlar hayoti va sogʻligʻiga, atrof muhit hamda tovar va transport vositalariga zarar yetkazmaslik choralarini koʻrishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Bojxona koʻrigi amalga oshirilishida yukni tushirish va ortish hamda bojxona koʻrigini amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan boshqa vazifalarni amalga oshiruvchi texnik xodimlar ishtirok etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi va Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqariga olib chiqilishi taqiqlangan tovarlarni aniqlash maqsadida bojxona koʻrigi zarur hollarda xizmat itlaridan foydalangan holda oʻtkazilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Deklarant tomonidan tovarlarni koʻzdan kechiruvi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Deklarant bojxona deklaratsiyasi va bojxona maqsadlari uchun zarur boshqa hujjatlar berilgunga qadar tovarlarni bojxona nazorati ostida koʻzdan kechirish hamda oʻlchash, ularning namunalari va nusxalarini olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Tovarlarning deklarant tomonidan koʻzdan kechiruvi, deklarantning bojxona organiga yozma yoki elektron murojaatnomasiga asosan faqat bojxona ombori hududida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Deklarantning yozma yoki elektron murojaatnomasi bojxona organining elektron maʼlumotlar tizimida roʻyxatga olinadi.
(31-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 9-sentabrdagi 01-02/12-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 3154-1, 13.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/3154-1/1380-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Deklarant tomonidan tovarlarning koʻzdan kechiruvi uchun murojaatnoma:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegara bojxona postida qisqa bojxona yuk deklaratsiyasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida bojxona yuk deklaratsiyasi bojxona organiga taqdim qilinguniga qadar berilishi mumkin, bundan bojxona organining qarori asosida tovarlarni oʻrganish holatlari mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda bojxona organining mansabdor shaxsi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzdan kechirishni amalga oshirayotgan shaxsning tovarlarga nisbatan vakolatga egaligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
transport vositalarini tashqi tarafdan koʻzdan kechirish orqali ziyon yetkazilmaganligini hamda bojxona identifikatsiyalash vositalarini buzilishi orqali tovarlarni yoʻqolish ehtimollari mavjudligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona identifikatsiyalash vositalari mavjudligi hamda ularga shikast yetkazilmaganligini aniqlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona identifikatsiyalash vositalarining olib tashlanishi va transport vositasi yukxonasining ochilishida ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻzdan kechiruvi jarayoni yakuni boʻyicha maʼlumotlarni murojaatnomaga kiritishi lozim.
(32-band Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining 2020-yil 9-sentabrdagi 01-02/12-44-sonli qarori (roʻyxat raqami 3154-1, 13.10.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.10.2020-y., 10/20/3154-1/1380-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Deklarant tovarlarni oʻlchash, ulardan namuna va (yoki) sinamalar olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Deklarant tomonidan tovarlardan namuna va (yoki) sinamalar olinganligi toʻgʻrisida maʼlumot bojxona yuk deklaratsiyasida koʻrsatiladi, shuningdek olinayotgan namuna va (yoki) sinamalar uchun alohida bojxona deklaratsiyasi berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Deklarant bojxona yuk deklaratsiyasi berilgunga qadar amalga oshirgan koʻzdan kechiruvi toʻgʻrisida tovarlarga ilova qilinadigan hujjatlarga belgi qoʻyadi (deklarantning F.I.O., koʻzdan kechirgan sanasi va vaqti, aniqlangan tafovut (mavjud boʻlsa)) va imzosi bilan tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining axborot tizimida, shu jumladan mobil ilovalar orqali mazkur Yoʻriqnomaning ilovasiga muvofiq shaklda elektron tarzda rasmiylashtiriladi.
(36-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona koʻrigini oʻtkazish jarayonida bojxona toʻgʻrisidagi qonunchilik hujjatlari talablari boʻzilganlik holatlari aniqlanganda bojxona koʻrigi dalolatnomasi A4 formatli oq qogʻozga chop etiladi hamda koʻrikda ishtirok etgan barcha shaxslar tomonidan imzolanadi.
(36-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Bojxona koʻrigi dalolatnomasining nusxasi deklarantning talabiga asosan A4 formatli oq qogʻozga chop etilib, bojxona koʻrigini amalga oshirgan bojxona organi mansabdor shaxsining imzosi hamda shaxsiy muhri bilan tasdiqlangan holda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona koʻrigi dalolatnomasiga quyidagilar ilova qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tovarlar oʻramida mavjud boʻlgan belgi namunalari, tamgʻalar, yorliqlar va boshqa tovarlarni identifikatsiyalash vositalari (mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona koʻrigida qatnashgan yoki ishtirok etgan mutaxassislarni vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarning nusxasi (ular koʻrikda ishtirok etishga jalb qilinsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bojxona organining mansabdor shaxsidan tashqari bojxona koʻrigida qatnashgan shaxslarning shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari nusxalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bojxona koʻrigi dalolatnomasiga ilova qilingan maʼlumotlar bojxona koʻrigi dalolatnomasining ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Bojxona koʻrigi dalolatnomasi uch yil mobaynida saqlanadi. Bojxona koʻrigi dalolatnomasini saqlash muddati rasmiylashtirilgan yildan keyingi yildan hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Tovarlarni koʻrikdan oʻtkazayotgan shaxslar uchun maʼlum boʻlgan maʼlumotlar tijorat siri hisoblanib, ushbu maʼlumotlar faqatgina belgilangan (aloqador) shaxslargagina oshkor etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Ushbu Yoʻriqnoma talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladi.
(40-band Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2019-yil 20-fevral
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tovarlarni bojxona koʻzdan kechiruvi va bojxona koʻrigidan oʻtkazishda hamda namuna va (yoki) sinamalar olishda bojxona tartib-taomillarini amalga oshirish toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‎Bojxona koʻrigi dalolatnomasi _______________/ _________________ / ___________________-son
Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Bojxona qoʻmitasining hududiy boshqarmasi ____________________________________________
‎‎Bojxona koʻrigi oʻtkazilishiga asoslar: ______________________________________________________

‎‎(xavf profili, boshqalar (koʻrsatilsin)

‎‎Koʻrik boshlangan vaqt: ___________soat, ___________daqiqa, “_______”_________________20____ yil
‎‎Mazkur dalolatnoma____________________________________________________ ishtirokida tuzildi.

‎‎(bojxona xodimi)

‎‎
‎‎Bojxona koʻrigi oʻtkazildi:
‎‎[ ] bojxona koʻrigi
‎‎[ ] tovarlar chiqarilgandan soʻng bojxona koʻrigi
[ ] qayta bojxona koʻrigi
‎‎[ ] qoʻshimcha bojxona koʻrigi
‎‎Yuk va (yoki) transport vositasiga ilova qilingan hujjat:________________________________________
Koʻrik oʻtkazilgan joy: ___________________________________________________________________
‎‎Bojxona identifikatsiyalash vositalari olib tashlandi:_________________________________________
‎‎Bojxona identifikatsiyalash vositalari: [ ] buzilgan [ ] buzilmagan.
‎‎Tovar taqdim etildi:________________________________________________ bir yoki bir necha turdagi

‎‎(sonini koʻrsating)

‎‎Tovar koʻrildi __________________________________________________________________________

‎‎(nomini koʻrsating)

‎‎Tovar toʻgʻrisidagi maʼlumot: ___________________________________________, __________________

‎‎(nomi)

‎‎(soni)

‎‎Taqdim qilingan hujjatlarga koʻra, brutto-vazni:_________kg.

‎‎netto-vazni:_________kg.

Koʻrik natijalariga koʻra quyidagilar aniqlandi:
‎‎Tovarning umumiy brutto-vazni:_________kg., netto-vazni:_________kg.
‎‎Tovarning vazni quyidagi yoʻllar bilan aniqlandi:
‎‎[ ] aslida oʻlchash
‎‎[ ] oʻramning (quti, qop va boshqalar) umumiy ogʻirligini aniqlash:
‎‎[ ] hisob-kitob
‎‎[ ] turli xilda
‎‎transport vositasining davlat raqami _______________________________________________________

‎‎(avtotransport, vagon, konteyner, aviareys)

‎‎Koʻrikdan oʻtkazilgan tovar deklaratsiyalangan tovarga mos keladi___________________________________

‎‎(ha yoki yoʻq)

‎‎Koʻrikdan oʻtkazilgan tovar deklaratsiya qilingan tovarning taʼrifiga mos kelmaydi:
‎‎______________________________________________________________________
‎‎Koʻrikda foydalanilgan bojxona nazoratining texnik vositalari
‎‎[ ] rentgen qurilmasi;
‎‎[ ] metall detektor (stansion, portativ)
‎‎[ ] hujjatlar, valyuta va qimmatli qogʻozlarni identifikatsiyalash vositasi
‎‎[ ] qimmatbaho metallar va qimmatbaho toshlarni identifikatsiyalash vositasi
‎‎[ ] narkotik vositalarni masofadan aniqlash va identifikatsiyalash vositasi
‎‎[ ] dozimetrik nazorat vositasi
‎‎[ ] foto-_____, audio-______ videotexnika-______ va boshqa apparatlar
‎‎[ ] turli asboblar yigʻimi
‎‎[ ] koʻrik bojxona nazoratining texnik vositalaridan foydalanilmasdan oʻtkazildi.
‎‎Namuna va (yoki) sinamalar olish amalga oshirildi:_____________________________________________
‎‎______________________________________________________________________
‎‎______________________________________________________________________

(bojxona indentifikatsiyalash uchun qoʻyilgan vositalardan olingan namunalar va ularning soni)‎‎

______________________________________________________________________
‎‎Quyidagi qonunbuzarliklar aniqlandi:_______________________________________________________
‎‎Koʻrikdan soʻng quyidagi bojxona identifikatsiyalash vositalari qoʻyildi:____________________________
‎‎Koʻrik tugatilgan vaqt: ____________soat, ____________daqiqa, “_______” _______________ 20___ yil
‎‎Bojxona organi xodimi___________________________________________________________________

‎‎(familiyasi, ismi, sharifi va shaxsiy muhri)

‎‎qoʻshimcha varaqlar soni ______
‎‎Koʻrikda ishtirok etgan shaxslar:
‎‎
___________________________‎‎ ___________________________‎‎

‎‎ismi, familiyasi

imzo‎‎

‎‎___________________________ ‎‎___________________________

‎‎‎‎ismi, familiyasi

imzo‎‎ ‎‎

‎‎___________________________ ‎‎___________________________

‎‎‎‎ismi, familiyasi ‎‎

‎‎imzo‎‎ ‎‎

(ilova Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirining 2023-yil 23-iyundagi 41-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 3447, 14.07.2023-y.) tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)
(Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.04.2019-y., 10/19/3154/2972-son; 13.10.2020-y., 10/20/3154-1/1380-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 25.03.2022-y., 10/22/3154-2/0239-son; 17.07.2023-y., 10/23/3447/0484-son)