Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2018 31.05.2017 yildagi 329-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 14.08.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 14-avgustdagi 658-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi huzurida Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qarorida belgilangan vazifalarni ijro etish yuzasidan jismoniy tarbiya va sport sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 15-fevraldagi PQ-2779-son qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markaziga (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) birlashtirish yo‘li bilan qayta tashkil etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilab qo‘yilsinki, Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, sportchilarni tayyorlashning barcha darajalarida o‘quv-mashg‘ulot jarayonini ilmiy-metodik ta’minlashni, olimpiya zaxiralari kollejlarining, sport maktablarining (keyingi o‘rinlarda sport-ta’lim muassasalari deb ataladi) rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini, shuningdek jismoniy tarbiya va sport faoliyati yo‘nalishlari bo‘yicha oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlovchi va ularning malakasini oshiruvchi ixtisoslashtirilgan ilmiy-metodik va ta’lim muassasasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining shartnomalari va majburiyatlari bo‘yicha huquqiy vorisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sportchilarni o‘qitish va tayyorlashning barcha darajalarida sport mahoratidan saboq berishning innovatsion metodikalarini ishlab chiqish va joriy etishga yo‘naltirilgan chuqur ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro ilg‘or tajribadan foydalanish, shuningdek yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxassislari va trenyerlarini ta’lim jarayoniga shartnoma asosida jalb etgan holda sport-ta’lim muassasalarining rahbar kadrlari, instruktor-metodistlari hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
trener-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish, shu jumladan bolalar trenyerlarini tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash, xalqaro sport arenalarida munosib qatnashadigan professional sportchilar tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va metodlarini joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislar tayyorlovchi sport-ta’lim muassasalarining barcha turlari faoliyatiga metodik rahbarlikni ta’minlash, trener kadrlarning professional ko‘nikmasi va layoqatini tadrijiy rivojlantirish sifati va bahosini tizimli ravishda tahlil qilish, monitoringini olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan o‘tkaziladigan tanlovlarning natijalari bo‘yicha ajratiladigan grantlar, jumladan maqsadli grantlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar, jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy va donor tashkilotlarning grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markazning faoliyati va unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar uchun “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida zarur budjet mablag‘larini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasini saqlashga limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ustavini belgilangan tartibda tasdiqlasin va uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni yuqori malakali mutaxassis-amaliyotchilar, professor-o‘qituvchilar bilan ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo‘mitasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ikki oy muddatda Markaz xodimlari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari va shartlarini belgilangan tartibda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 27-uy manziliga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi 2018-yilda va keyingi yillarda Markaz moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, uning binolari va inshootlarini ta’mirlash-tiklash ishlarini yakunlash, zamonaviy uskunalar va mebellar, shu jumladan, ilmiy-tadqiqot va o‘quv-laboratoriya anjomlari bilan jihozlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturining kapital qo‘yilmalar limitlari doirasida mablag‘lar ajratilishini ta’minlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 347-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 51-son, 609-modda) bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Vazirliklar va idoralar bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari axborot-tahlil departamentiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 31-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) — 22 shtat birligi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 13 shtat birligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Markaz xo‘jalik bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining o‘quv-yordamchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga ilmiy jamoalar (guruhlar) tashkil etish uchun mamlakatimiz va chet el mutaxassis-amaliyotchilarini, trenyerlar va sportchilarni, ilmiy, ta’lim va sport muassasalarining olimlari va o‘qituvchilarini shartnoma asosida jalb etish huquqi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 18-dekabrdagi 347-son qarori bilan tasdiqlangan Jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 1-banddagi “oliy sport mahorati maktablari, olimpiya zaxiralari kollejlarining, olimpiya zaxiralari ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktablarining” so‘zlari “olimpiya zaxiralari kollejlarining, sport maktablarining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 15-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslaridagi o‘quv jarayoni oliy ta’lim muassasalaridan taqdim etilgan yillik buyurtmanomalar bo‘yicha guruhlarning to‘ldirilishiga bog‘liq holda tinglovchilar soni, qoidaga ko‘ra, kamida 15–20 kishini tashkil etgan akademik guruhlarda tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Istisno tariqasida, tinglovchilar kontingenti yetarli bo‘lmagan yo‘nalishlarda, jumladan rus tilida dars olib boriladigan guruhlarda, tinglovchilar kontingenti bir guruh me’yorida yig‘ilmaydigan kam sonli alohida ta’lim yo‘nalishlarida o‘quv jarayonini tashkillashtirishda bir guruhdagi tinglovchilar soni kamida 5 nafar etib belgilanishi mumkin”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanayotgan ayrim qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning zamonaviy tizimini yaratish to‘g‘risida” 2014-yil 2-dekabrdagi 327-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QHT, 2014-y., 49-son, 580-modda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2015-yil 13-fevraldagi 27-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 2-son, 9-modda).
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 22-son, 433-modda)