Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017 13.02.2015 yildagi 27-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 05.06.2017
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 329-sonli “O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya instituti huzuridagi Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik ta’minlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kamol topayotgan avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning eng muhim omillaridan biri sifatida ommaviy bolalar sporti rivojlantirilishini ta’minlash, yosh avlodning sog‘lom turmush tarziga va sportni sevishga intilishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning tashkiliy asoslarini tubdan qayta ko‘rib chiqish hamda takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligining Iqtisodiyot vazirligi va Moliya vazirligi bilan kelishilgan Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qo‘yilsinki, Markaz yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan, idoraviy mansubligidan qat’i nazar, respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlaydigan va ularning malakasini oshiradigan davlat ta’lim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlashni va ularning malakasini oshirishni zamonaviy darajada, o‘qitishning xalqaro e’tirof etilgan metodlaridan foydalangan holda amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha normativlar hamda o‘quv-metodik materiallarni ilg‘or xalqaro tajribadan va zamonaviy ta’lim dasturlaridan foydalangan holda ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bolalar-o‘smirlar sport maktablari trener-o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayoniga sportchilar tayyorlash sohasidagi mutaxassislarning kasbiy bilimlarini takomillashtirishga, shuningdek ularda iqtidorli yosh sportchilarni aniqlash mahorati va ko‘nikmalarini rivojlantirishga hamda ulardan xalqaro sport arenalarida respublika sharafini munosib himoya qilishga qodir bo‘lgan professional sportchilarni tayyorlashga yo‘naltirilgan zamonaviy va samarali dasturlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilari tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha ta’lim jarayoni sifati va natijalarini tizimli tahlil qilishni, monitoringini, ularning zamonaviy talablarga muvofiq yuqori sifatli o‘quv-trenirovka jarayonini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kasbiy ko‘nikmalari va layoqatini rivojlantirish dinamikasini baholashni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz xodimlarining lavozim maoshlari respublika oliy ta’lim muassasalari tegishli lavozimlarining mehnatga haq to‘lash bo‘yicha lavozim maoshlari miqdorlariga tenglashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda Markaz ustavining belgilangan tartibda ishlab chiqilishini va tasdiqlanishini, shuningdek uning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni yuqori malakali va tashabbuskor xodimlar hamda mutaxassislar bilan ta’minlash chora-tadbirlarini amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazda respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini va trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish parametrlarini har yili sport turlari bo‘yicha qayta tayyorlash yo‘nalishlari bo‘yicha belgilangan tartibda aniqlasin va tasdiqlasin, bunda tinglovchilarning malaka oshirish kurslaridan har 5 yilda kamida bir marta o‘tishi davriyligiga rioya etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markaz faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning joriy ta’minotiga hamda respublika bolalar-o‘smirlar sport maktablarining rahbar kadrlarini, instruktor-metodistlarini hamda trener-o‘qituvchilar tarkibini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga, malaka oshirishning belgilangan davriyligini hisobga olgan holda ajratiladigan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xo‘jalik faoliyatidan va shartnoma asosida xizmatlar ko‘rsatishdan tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning xayriya ehsonlari va maqsadli badallari, xalqaro moliya institutlari, xorijiy hukumat va donor tashkilotlari grantlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yildan boshlab O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida Markaz faoliyatini moliyalashtirish va unga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq xarajatlar uchun zarur budjet mablag‘larini “Ta’lim” sohasiga ajratiladigan mablag‘lar doirasida nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni 2 ta, shu jumladan 1 ta xizmat va 1 ta maxsus avtotransport vositasi bilan ta’minlashga limit ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga qayta tayyorlash va malaka oshirishga yuboriladigan tinglovchilarning asosiy ish joyi bo‘yicha o‘rtacha ish haqi ularning ishdan ajralgan holdagi butun o‘qish davrida saqlanib qoladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga ishdan ajralgan holda qayta tayyorlash va malaka oshirishga boshqa hududlardan yuboriladigan tinglovchilar o‘qish davrida yotoqxonada yashash joylari bilan ta’minlanadi, shuningdek ularning o‘qish joyiga borishi va u yerdan qaytishi uchun bir martalik yo‘lkira xarajatlari ularni yuborayotgan tomon hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 27-uy manzilidagi binolar va inshootlarga joylashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi 2015/2016 o‘quv yili boshlangungacha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi bilan birgalikda Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Ko‘kcha darvozasi ko‘chasi, 27-uy manzilida joylashgan sobiq 98-son maktab-internat binolari va inshootlarini tezkor boshqaruv huquqi bilan Markazga tekin bersin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning binolari va inshootlarining bosqichma-bosqich rekonstruksiya qilinishini hamda zarur o‘quv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va boshqa inventarlar bilan jihozlanishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati” injiniring kompaniyasi Markazga ajratilgan binoni rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari Markazning binolari va inshootlarni rekonstruksiya qilish hamda uni zarur o‘quv-laboratoriya va sport anjomlari, kompyuter texnikasi, mebellar, sport inventarlari va boshqa inventarlar bilan jihozlash bo‘yicha xarajatlarni qoplash manbai etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi Markaz binosini rekonstruksiya qilish bo‘yicha loyiha-smeta hujjatlarining ekspertizadan o‘tkazilishini ta’minlasin hamda bajariladigan qurilish-montaj ishlari sifatiga rioya etilishi yuzasidan davlat arxitektura-qurilish nazoratini o‘rnatsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.I. Ikramov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2015-yil 13-fevral,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 13-fevraldagi 27-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi Bolalar-o‘smirlar sport maktablari xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

Xodimlarning cheklangan umumiy soni (texnik, xizmat ko‘rsatuvchi, o‘quv-yordamchi xodimlar va professor-o‘qituvchilar tarkibidan tashqari) — 16 shtat birligi, shu jumladan boshqaruv xodimlari — 9 shtat birligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Markaz xo‘jalik bo‘limining texnik va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlari hamda kafedralarining o‘quv-yordamchi xodimlari soni qonun hujjatlarida oliy ta’lim muassasalari uchun belgilangan normativlarga muvofiq belgilanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 27-iyundagi 214-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2016-y., 26-son, 316-modda)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2015-y., 7-son, 80-modda; 2016-y., 26-son, 316-modda)