Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018 25.05.2017 yildagi 315-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 25.05.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek, baʼzilarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyot sohasidagi loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qarori hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida” 2017-yil 25-apreldagi F-4917-son farmoyishiga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi tarkibi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti direktoriga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi nizom talablariga qatʼiy rioya etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi aʼzolariga — Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi nizom talablaridan kelib chiqqan holda investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqish va ekspertiza natijalariga koʻra xulosa berish ishlarining sifatli, puxta va toʻliq amalga oshirilishini taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi A.J.Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 25-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315-son

Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 25-maydagi 315-son qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2017-yil 14-martdagi PQ-2831-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti Ilmiy-texnik kengashining tuzilmasi, vazifalari, huquqlari va majburiyatlari, shuningdek Ilmiy-texnik kengash (keyingi oʻrinlarda ITK deb ataladi) faoliyati reglamentini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi hujjatlari — loyihani amalga oshirish boʻyicha qabul qilingan parametrlarning imkoniyatlarini va maqsadga muvofiqligini asoslab beruvchi, shuningdek uning davomiyligini baholovchi hujjatlar toʻplami hisoblanadi. Loyihaoldi hujjatlari quyidagilarni oʻz ichiga oladi: loyihaning dastlabki texnik-iqtisodiy asoslari (texnik-iqtisodiy hisoblash); materiallar va jihozlar bilan taʼminlash, qurilish-montaj ishlarini olib borish va boshqa ishlarni amalga oshirish boʻyicha tender savdolari oʻtkazish yuzasidan tender hujjatlari; loyihaning yakuniy texnik-iqtisodiy asoslari yoki texnik-iqtisodiy hisoblari, shuningdek moliyaviy taklif va/yoki kredit va investitsiya shartnomalari (pul mablagʻlari jalb etilgan holatlarda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki texnikaviy iqtisodiy asos yoki dastlabki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda DTIA yoki DTIH deb ataladi) — loyihaning oqilona tanlanganligi hamda qabul qilingan qarorlarning texnikaviy, tashkiliy va iqtisodiy samaradorligini, shuningdek texnologik jihozlarining bahosini qoʻshgan holda, loyihani amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarga ehtiyojlarni va uning manbalarini barcha yoʻnalishlar boʻyicha oʻrgangan holda shakllantirilgan oxirgi toʻliq bahosini asoslab beruvchi loyihaoldi hujjati hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnik-iqtisodiy asos yoki texnik-iqtisodiy hisoblash (keyingi oʻrinlarda TIA yoki TIH deb ataladi) –loyihaning moliyalashtirish shartlarini hisobga olgan holda va tender savdolari natijalari asosida aniqlangan texnikaviy, tashkiliy va moliyaviy-iqtisodiy qarorlarning eng samaradorligini aniqlab beruvchi loyihaoldi hujjati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari — geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Neft-gaz tarmogʻidagi loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2017-yil 19-apreldagi PQ–2901-son qarori talablariga asosan Neft-gaz tarmogʻini hisobga olmagan holda) sohasiga mansub korxonalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-texnik kengash xulosasi — belgilangan tartibda oʻtkazilgan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini ekspertiza natijalari asosida ishlab chiqilgan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK kotibiyati — ITK yigʻilishida koʻriladigan masalalar boʻyicha materiallar tayyorlab beradigan organ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. ITK ishlari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi F-4917-son farmoyishi bilan tasdiqlangan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti Nizomi asosida tashkil qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. ITK Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti (keyingi oʻrinlarda institut deb ataladi) va shuningdek iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi loyiha institutlari tomonidan ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqadigan kollegial organ hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida ishlab chiqilgan investitsiya loyihalarining DTIA/DTIH, va TIA/TIH, hujjatlari, neft-gaz tarmogʻidan tashqari, belgilangan tartibda faqat institut ITK ning ijobiy xulosasidan keyin vakolatli organlarga ekspertiza qilish uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. ITKning vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut Nizomiga muvofiq ITK asosiy vazifasi — Institut, shuningdek bazaviy tarmoqning loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan (DTIL/DTIH va TIA/TIH) loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqib xulosa berish hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. ITK quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining DTIA/DTIH, TIA/TIH texnik-iqtisodiy parametrlarini institut va seksiya mutaxassislarining ekspertizasi natijalarini koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
umuman iqtisodiyot va tarmoq isteʼmolidan kelib chiqib, institut bajargan ekspertiza natijasi asosida investitsiya loyihasini amalga oshirish imkoniyatini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi vakolatli organlarida bazaviy tarmoqda belgilangan tartibda koʻrib chiqish va tasdiqlash uchun tayyorlangan (ushbu Nizom ilovasidagi shakl boʻyicha) Institut xulosasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda investitsiya loyihasini kelgusida amalga oshirish boʻyicha tavsiyalar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. ITK tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. ITK tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. ITK tarkibiga iqtisodiyotning tegishli sohalari boʻyicha seksiyalar va kotibiyat kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. ITKning huquqlari va majburiyatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. ITK quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqish natijalariga koʻra xulosalar, takliflar va tavsiyalar berish, loyihalarni qayta ishlash uchun tashabbuskorlarga (buyurtmachilarga) qaytarish yoki keyingi bosqichda koʻrib chiqish (ekspertizadan oʻtkazish) uchun Oʻzbekiston Respublikasining vakolatli organlariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash majlisiga masalalarni tayyorlash, materiallarni tanlash va tizimga solish maqsadida soha idoralari tarkibida, loyiha institutlarida, shuningdek boshqa tashkilotlarda ishlayotgan yuqori malakali konsultant va mutaxassislarni (shuningdek mustaqil konsalting va injiniring kompaniyalari, shu jumladan xorijiy kompaniyalarning tajribaga ega boʻlgan mutaxassis/ekspertlarini) shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK raisi yoki uning oʻrinbosari imzosi bilan davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, loyiha institutlari va boshqa tashkilotlardan koʻrilayotgan masalalar yuzasidan kerakli maʼlumot yoki xulosalarni soʻrab olish. Bunda soʻrov yuborilgan davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, loyiha institutlari va boshqa tashkilotlar 5 ish kuni mobaynida institutga tegishli javobni yuborishlari shart;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK vakolati va javobgarligi doirasidagi masalalarni echish uchun institut, davlat organlari va xoʻjalik birlashmalari, loyiha institutlari va boshqa tashkilotlar (tashkilot rahbarlari bilan kelishgan holda) mutaxassislaridan iborat vaqtinchalik ishchi guruhlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni koʻrib chiqish va xulosa berish maqsadida shartnoma asosida mustaqil ekspertlar, shu jumladan xorijiy ekspertlarni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK vakolati doirasidagi masalalarni koʻrib chiqish boʻyicha belgilangan tartibda majlislar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda mutaxassislarni va mustaqil ekspertlarni jalb etish bilan bogʻliq xarajatlar Institutning loyihalarni ishlab chiqish va ekspertizadan oʻtkazish boʻyicha koʻrsatadigan xizmatlaridan olingan mablagʻlar hisobidan qoplanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. ITK raisi quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat boʻlganda mustaqil ekspertlarni jalb etish va ular bilan aniq investitsiya loyihasiga konsultatsiya xizmati koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK majlislari protokollarini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK aʼzolari tomonidan qabul qilinadigan qarorlar boʻyicha tavsiyalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomga asosan ITKga tegishli masalalar boʻyicha qarorlar qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. ITK aʼzolari kuyidagi huquq va vakolatlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK qarorlarini tayyorlashda qatnashish va oʻz xulosasini berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK ishlarida ularning vakolatiga kiradigan masalalarni muhokama qilishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK majlislarida muhokama qilish uchun savollar tavsiya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK majlisida koʻrib chiqish uchun tayyorlangan materiallar bilan oldindan tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. ITK aʼzolari quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kun tartibidagi masalalarni puxta va har tomonlama koʻrib chiqish asosida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITKning bevosita majlislariga kelishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taqdim etilgan maʼlumotlarni koʻrib chiqishda maxfiylik shartlariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. ITK aʼzolarining masʼuliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. ITK va uning seksiyalari aʼzolari ITK majlisida koʻrib chiqiladigan masalalar boʻyicha qabul qilinadigan qarorlarning qonunchilikka muvofiqligi uchun masʼuldir, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihasining koʻrib chiqilayotgan natijalarining ilmiy-texnik va texnik-iqtisodiy darajasini baholashning xolisligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy talablarga muvofiq, xomashyo resurslari va texnologik jarayonlarning samaradorligi bilan bogʻliq holda loyihani amalga oshirish strategiyasining toʻgʻri tanlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologiyalar, texnologik uskunalar va texnik yechimlarning optimal tanlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarning oʻz vaqtida koʻrib chiqilishi va qaror chiqarilishi uchun javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. ITKning ish reglamenti
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. ITK va uning seksiyalari ITK majlislarida tarkibidagi aʼzolarining kamida 75 foizi qatnashgan taqdirda masalalarni koʻrib chiqishga va qarorlar qabul qilishga haqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. ITK raisi yoxud uning oʻrinbosari ITK ishlarini tashkil qiladi, majlis kun tartibini shakllantiradi va majlisni olib boradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. ITK aʼzosi — mutaxassisi ITK seksiyasi majlisida uzrli sabab boʻyicha qatnasha olmagan taqdirda mazkur mutaxassis boʻysunadigan vazirlik, idora, tashkilot rahbari ITK raisi nomiga yozma murojaat qiladi va boshqa vakolatli vakilni yuboradi, vakilga kun tartibidagi masalalarni muhokama qilishda ovoz berish huquqini beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Seksiyalar majlislarida koʻrib chiqish uchun materiallar toʻplami, shuningdek ITK qarorlari loyihalari loyihaning tegishli masʼul bosh muhandisi tomonidan Institutning koʻrib chiqilayotgan masalalar yoʻnalishlari boʻyicha funksional boʻlimlari boshliqlari bilan birgalikda tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Institutning loyihaning tegishli masʼul bosh muhandisi ITK majlisigacha 3 kundan kechikmay ITK raisiga, uning oʻrinbosariga, ITK kotibiyati rahbariyatiga, shuningdek ITKning har bir aʼzosiga majlisning kun tartibini va ITKning tayyorlangan xulosasi loyihasini, zarurat boʻlganda, majlisga tayyorgarlik koʻrish uchun unga qoʻshimcha materiallarni ilova qilgan holda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Loyihaning masʼul bosh muhandisi ITKning har bir aʼzosi soʻrovi boʻyicha unga zarur materiallarni oʻrganish uchun beradi, davlat siri yoki boshqacha sir boʻlgan materiallar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Zarurat boʻlganda, ITK muhokamasiga kiritiladigan materiallarni yanada puxta ishlab chiqish va ekspert xulosasini shakllantirish uchun Institut ITK tarkibiga kirmaydigan vakolatli mutaxassislarni, shu jumladan xorijiy ekspert mutaxassislarni jalb etishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha tayyorlangan qarorlar loyihalari ITK majlisida Institutning loyihaning masʼul bosh muhandisi tomonidan maʼlum qilinadi. Zarurat boʻlganda, koʻrib chiqilayotgan loyiha yoki masala xususiyatidan kelib chiqqan holda, loyihaning tashabbuskori, buyurtmachisi, shuningdek loyiha tashkiloti vakillarining maʼruzalari eshitilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. ITK majlislarida qarorlar oddiy ochiq ovoz berish orqali koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi. Ovozlar teng boʻlgan taqdirda ITK raisining ovozi hal qiluvchi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Majlis natijalari protokol bilan rasmiylashtiriladi, u tegishli loyihaning masʼul bosh muhandisi tomonidan tayyorlanadi va bevosita imzolanadi. ITK aʼzolari kelishish varagʻini imzolashadi. Protokol ITK raisi tomonidan, u boʻlmagan taqdirda — ITK raisining oʻrinbosari tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK xulosasining loyihasi ITK majlisidan keyin, majlis oʻtkazilgan sanadan boshlab ikki ish kunidan oshmaydigan muddatda rasmiylashtiriladi va zarurat boʻlganda puxtalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK xulosasining loyihasi ikki nusxada rasmiylashtiriladi, bunda xulosa birinchi nusxasining oxirgi sahifasiga ekspertiza oʻtkazishda qatnashgan Institut boʻlinmalarining boshliqlari, shuningdek rais oʻrinbosarlari va ITK kotibiyati rahbariyati viza qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa loyihasi ikki nusxasining oxirgi varagʻiga seksiya rahbari (koʻrib chiqilayotgan masala yoʻnalishi boʻyicha) va loyihaning masʼul bosh muhandisi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xulosa ITK seksiyalarining majlisda qatnashgan barcha aʼzolari bilan kelishiladi, kelishish varagʻi ular tomonidan toʻldiriladi va imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu tartibotlar tugallagandan keyin ITK xulosasi ikki nusxada ITK raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. ITK tasdiqlangan xulosasining bir nusxasi belgilangan tartibda loyihaning tashabbuskoriga (buyurtmachisiga) — vakolatli organlarda loyihani ekspertizadan oʻtkazish uchun beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK tasdiqlagan loyihasining ikkinchi nusxasi saqlash uchun Institutning ilmiy-texnika va axborot-tahlil ishlanmalari boʻlimiga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. ITK majlisini tayyorlash va oʻtkazish muddati ITK xulosasi koʻrib chiqish uchun kiritilgan sanadan boshlab bir haftadan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Alohida holatlarda (ITK raisi qaroriga koʻra) ITK xulosasi Institut mutaxassislari tomonidan tayyorlanadi, loyihaning tegishli masʼul bosh muhandisi tomonidan uzil-kesil rasmiylashtiriladi va majlis oʻtkazmasdan, soʻrov metodi bilan ITK aʼzolari bilan kelishiladi, yakka tartibdagi ish natijalari boʻyicha esa — ITKning har bir aʼzosi bilan — ITK aʼzolarining ish joyi boʻyicha Institutning loyihaning masʼul bosh muhandisi (uning oʻrinbosari, byuro mutaxassisi) bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning ITK aʼzolari koʻrib chiqishda ularning shaxsiy ishtirokini tasdiqlovchi hujjat sifatidagi xulosaning kelishish varagʻini imzolaydilar, koʻrib chiqilayotgan masalalar boʻyicha alohida mulohazasi mavjud boʻlgan taqdirda ITK aʼzosi uni ITK raisi nomiga axborotnoma tarzida rasmiylashtirishi va ITK kotibiyatiga taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kelishish varagʻi ITK ushbu seksiyasi aʼzolarining 75 foiz va undan koʻp imzosiga ega boʻlgan taqdirda haqiqiy hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITKning zarur tarzda rasmiylashtirilgan xulosasi imzolangandan keyin toʻldirilgan kelishish varagʻi bilan birga ITK raisiga tasdiqlash uchun kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. ITK kotibiyatining ish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. ITK kotibiyati kotibiyat rahbari va seksiyalar kotiblaridan iborat boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK kotibiyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK seksiyasi majlislari kun tartibi loyihasini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK majlisini oʻtkazishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻriladigan masalalar boʻyicha majlis protokollari va ITK xulosalari loyihalarini tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda kun tartibi loyihasi, majlislar protokollarining, ITK xulosalarining loyihalari ITK seksiyalari kotiblari tomonidan tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK kotibiyati ITK seksiya aʼzolarining majlisga kelishini va ularni materiallar bilan taʼminlashni tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK seksiyalari majlislarining protokollari belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi. Protokol seksiya kotibi tomonidan imzolanadi va ITK raisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi
“OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining
Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi nizomga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Investitsiya loyihalarining DTIA/DTIH va TIA/TIHni koʻrib chiqish boʻyicha ITK (ilmiy-texnik kengash) xulosasi mazmuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Loyihaning nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tashabbuskor.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Buyurtmachi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Loyiha tashkiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ishlab chiqish uchun asoslar, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi hujjatlarining tasdiqlangan loyihalash topshirigʻi koʻrsatkichlariga muvofiqligi haqidagi xulosalar, shuningdek tarmoq kengashlarining loyihani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi toʻgʻrisidagi xulosaning mavjudligini tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishning zarurligini tasdiqlovchi asosiy hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Loyihaning maqsadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qurilish maydonining tavsifi, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektning joylashuv variantlari, taqqoslash tahlilining natijalari va tanlab olingan joy, maydonlar, trassalar afzalliklari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qurilish uchun tavsiya etilayotgan maydonning, joyning qisqacha taʼrifi, tabiiy iqlim, muhandis-geologik, ekologik va boshqa sharoitlar haqidagi maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Loyihaning asosiy koʻrsatkichlari, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqariladigan mahsulot hajmi (quvvati) ;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy mahsulot turi va uning taʼrifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
materiallar, xomashyo va boshqa turdagi (asosiy xomashyo turlari, materiallar, butlovchi buyumlar) resurslarning mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Loyihada qabul qilingan asosiy texnologik yechimlar, shu jumladan texnologik jarayonlarning umumiy tavsifi, asosiy texnologik asbob-anjomlar, mashina va mexanizmlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Qatʼiy arxitektura-qurilish, hajm-rejalashtirish yechimlari va ularning asosiy koʻrsatkichlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Obyektning qatʼiy muhandislik taʼminoti boʻyicha yechimlari va asbob-anjomlar bilan taʼminlanishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Qurish va foydalanish davridagi zararli tashlamalar va oqova suvlar, atrof-muhit ifloslanishining oldini olish chora-tadbirlarining mavjudligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sanoat xavfsizligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Loyihani moliyaviy-iqtisodiy baholash, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish budjeti va moliyalashtirish rejasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xarajatlar, realizatsiya qilingan mahsulot tannarxi, soliqlar va boshqa davlat maqsadli fondlariga majburiy toʻlovlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini baholash va xarajatlarni qoplay olishi, shuningdek taklif etilayotgan moliyalashtirish sxemasining maqbulligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha asosiy koʻrsatkichlari mosligining tahlili.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tavakkalchilik va noaniqlik aspektlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Loyihani oldinga surish boʻyicha xulosa va kamchiliklar, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaning tasdiqlangan loyihani ishlab chiqish topshirigʻiga muvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani xomashyo resurslari bilan bogʻlagan holda amalga oshirish strategiyasining toʻgʻri tanlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng maqbul texnologiya va texnologik qurilmalar (yuqori texnologik, energiya samaradorligi va h.k.) tanlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishning moliyaviy-iqtisodiy jihatdan maqsadga muvofiqligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2017-yil 25-maydagi 315-son qaroriga
2 -ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining Ilmiy-texnik kengashi tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK raisi — “OʻzInjiniring” RLI direktorining birinchi oʻrinbosari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK raisining oʻrinbosari — “OʻzInjiniring” RLI bosh muhandisi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ITK kotibiyati rahbari — “OʻzInjiniring” RLI ilmiy-texnik va axborot-tahlil ishlanmalari boʻlimi boshligʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kon qazish va ogʻir sanoat seksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya rahbari — Oʻzbekiston Respublikasi Geologiya va mineral resurslar davlat qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya kotibi — “OʻzInjiniring” RLI ogʻir sanoat boʻyicha byurosi LBM yoki LBM oʻrinbosari (koʻrib chiqilayotgan loyiha yoki masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya aʼzolari:

Iqtisodiyot vazirligining Investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi;

“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi;

Moliya vazirligining Sanoatning bazaviy tarmoqlarini, yoqilgʻi-energetika majmuasini va geologiyani rivojlantirishni moliyalashtirish va tariflarni tartibga solish Bosh boshqarmasi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzGEORANGMETLITI” davlat unitar korxonasi direktorining oʻrinbosari yoki “Oʻzogʻirsanoatloyiha” AJ bosh muhandisi (koʻrib chiqilayotgan loyiha yoki masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda);
(oʻn birinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-oktabrdagi 851-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vakolatli vakili;

Toshkent texnika universiteti muhandislik geologiyasi va Kon ishi fakultetining “Kon ishi” kafedrasi mudiri yoki “Metallurgiya” kafedrasi mudiri (koʻrilayotgan loyiha yoki masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzinjiniring” RLI ogʻir sanoat boʻyicha LBM yoki LBM oʻrinbosari (koʻrib chiqilayotgan loyiha yoki masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” RLI loyihalarning TIAlarini baholash boʻlimi boshligʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kimyo sanoati seksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya rahbari — “Oʻzkimyosanoat” AJ raisining birinchi oʻrinbosari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya kotibi — “OʻzInjiniring” RLI kimyo sanoati boʻyicha LBM.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligining Investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlarini, yoqilgʻi-energetikasi majmuasini va geologiyani rivojlantirishni moliyalashtirish va tariflarni tartibga solish Bosh boshqarmasining Mashinasozlik, avtomobil va elektrotexnika sanoati, kimyo va qishloq xoʻjaligi mashinasozligini moliyalashtirish boʻlimi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoatloyiha” AJ texnik direktori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent kimyo-texnologiya institutining “Noorganik moddalarni ishlab chiqarish texnologiyasi” fakultetining “Noorganik moddalarni ishlab chiqarish” kafedrasi mudiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” RLI elektroenergetika boʻyicha LBM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzinjiniring” RLI loyihalarning TIAsini baholash boʻlimi boshligʻi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektroenergetika seksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya rahbari — “Oʻzbekenergo” AJ raisining oʻrinbosari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya kotibi — “OʻzInjiniring” RLI elektroenergetika boʻyicha LBM.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Seksiya aʼzolari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vazirligining Investitsiya dasturlarini shakllantirish va amalga oshirilishini nazorat qilish Bosh boshqarmasi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davarxitektqurilish” qoʻmitasining shaharsozlik hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish boshqarmasi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirligi Sanoatning bazaviy tarmoqlarini, yoqilgʻi-energetikasi majmuasini va geologiyani rivojlantirishni moliyalashtirish va tariflarni tartibga solish bosh boshqarmasining Yoqilgʻi-energetikasi majmuini moliyaviy balanslashtirishni tartibga solish va energiya tejamkorligi boʻyicha investitsiya dasturlarining samaradorligini monitoring qilish boʻlimi boshligʻi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Teploelektroproyekt” AJ bosh muhandisi yoki “Gidroproyekt” AJ direktori oʻrinbosari (koʻrib chiqilayotgan loyiha yoki masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sredazenergosetproyekt” AJ bosh muhandisi yoki “Selenergoproyekt” AJning sanoat boʻyicha direktori (koʻrib chiqilayotgan loyiha yoki masalaning mohiyatidan kelib chiqqan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining vakolatli vakili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent davlat texnika universiteti “Energetika” fakultetining “Elektrtaʼminoti” kafedrasi mudiri;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” RLI loyihalarning TIAsini baholash boʻlimi boshligʻi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 21-son, 400-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.10.2017-y., 09/17/851/0146)