25.04.2017 yildagi F-4917-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoyishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjirining” Respublika loyiha instituti (keyingi oʻrinlarda — “OʻzInjiniring” RLI) faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti toʻgʻrisidagi Nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qarori, shuningdek Institut va uning Ilmiy-texnik kengashi haqidagi nizomlarning talablariga qatʼiy rioya etilishi uchun — “OʻzInjiniring” RLI direktori;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashabbus koʻrsatib ishlab chiqilayotgan loyihalarning oʻz vaqtida kiritilishi, shuningdek loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish hamda loyihalarni (qurilish bosqichida) texnik kuzatish uchun “OʻzInjiniring” RLIga taqdim etiladigan axborotning toʻliqligi. sifati va ishonchliligi uchun — iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari, shu jumladan geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, “Oʻzbekenergo” AJ, “Oʻzbekkoʻmir” AJ, “Oʻzkimyosanoat” AJ, “Oʻzmetkombinat” AJ, “Olmaliq KMK” AJ, “Navoiy KMK” DK loyihalarining tashabbuskorlari — davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlarining rahbarlari shaxsan javob berishi belgilab qoʻyilsin.
(2-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5447-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini va ishlab chiqarish quvvatlarini qurish hamda modernizatsiyalash boʻyicha ishlab chiqilgan investitsiya loyihalari (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi “Neft-gaz tarmogʻidagi loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PQ-2901-sonli qarori talablariga muvofiq neft-gaz tarmoqlari bundan mustasno) “OʻzInjiniring” RLI Ilmiy-texnik kengashining ijobiy xulosasi mavjud boʻlgan taqdirdagina vakolatli organlarga ekspertizadan oʻtkazish uchun kiritiladi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi “OʻzInjiniring” RLI bilan birgalikda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari hamda ishlab chiqarish quvvatlarini qurish va modernizatsiyalash boʻyicha investitsiya loyihalarini keyinchalik vakolatli organlarga ekspertizadan oʻtkazish uchun taqdim etish va belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturlariga kiritish uchun ularni sinchiklab, puxta ishlab chiqish boʻyicha harakatlarning birga muvofiqlashtirilishini taʼminlaydilar.
(3-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” RLI direktori Vazirlar Mahkamasining investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi;
(4-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” RLI direktorining oʻrinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va lavozimdan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “OʻzInjiniring” RLI Vazirlar Mahkamasining hududlarni kompleks rivojlantirish va kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi masalalari kompleksi rahbari bilan kelishilgan holda ikki hafta muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning yangilangan ustavini ishlab chiqsin va tasdiqlasin, uning davlat roʻyxatidan Oʻtkazilishini taʼminlasin xamda Institutning shtatlar jadvalini tuzsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov, “OʻzInjiniring” RLI Ilmiy-texnik kengashi toʻgʻrisidagi tasdiqlangan Nizom talablarini hisobga olgan holda uning shaxsiy tarkibi boʻyicha taklif kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi oʻn kun muddatda Institut zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish uchun zarur boʻlgan litsenziya bitimlarini “OʻzInjiniring” RLI bilan belgilangan tartibda tuzilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “OʻzInjiniring” RLI Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, vazirliklar hamda idoralarning normativ-huquqiy hujjatlari va statistika axborotlari tarqatilishi majburiy boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari — “Oʻzbekiston temir yoʻllari” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvi raisi A.J. Ramatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 25-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
F-4917-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 25-apreldagi F-4917-son farmoyishiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha instituti toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “OʻzInjiniring” Respublika loyiha institutining (keyingi oʻrinlarda — Institut) asosiy vazifalari, funksiyalari, huquq va javobgarligi, faoliyatining tashkiliy asoslarini belgilab beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Institut investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalarning dastlabki va uzil-kesil texnik-iqtisodiy asoslanishi va hisob-kitoblarini (DTIA/DTIH va TIA/TIH)larni ishlab chiqish va moslashtirishni, shuningdek loyiha (ish hujjatlarini) hamda geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati sohasida iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalarini (qurilish bosqichida) texnik kuzatishni amalga oshiradi (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2901-sonli “Neft-gaz tarmogʻida loyiha ishlarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori talablariga muvofiq neft-gaz tarmogʻi bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Institut oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlariga, mazkur Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Institut davlat muassasasi shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasvirlangan va davlat tilida oʻz nomi yozilgan muhrga ega boʻlib, oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisob beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Institut faoliyatiga mutasaddilik qilish Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari boʻyicha kompleks zimmasiga yuklanadi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Institut mustaqil balansga, bank hisobvaraqlari, shu jumladan valyuta hisobvaraqlariga, toʻliq operativ boshqarish huquqi bilan alohida mol-mulkka ega boʻlib, oʻz majburiyatlari boʻyicha mol-mulki bilan javob beradi, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarni qoʻlga kiritishi va amalga oshirishi, zimmasiga majburiyatlar olishi, sudlarda daʼvogar va javobgar boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Institutning asosiy vazifa va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-martdagi “Iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyiha ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-2831-sonli qaroriga muvofiq Institutning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish, xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihaoldi hujjatlarini Oʻzbekiston Respublikasining texnik tartibga solish va standartlar sohasidagi normativ hujjatlariga moslashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni texnik kuzatish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlari loyihalarining tender savdolari (loyihalashtirishga taalluqli qismida) tashabbuskorlari bilan birgalikda ularni oʻtkazish va kuzatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy oʻzgartirish, geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruksiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarini koʻrib chiqish va kelishish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etish;
(7-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlarini jalb etgan holda, ilgʻor xorijiy tajribaga asoslangan loyiha ishlarini tashkil etishning progressiv usullarini loyihalash jarayonlariga tatbiq etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yoʻnalishlarni rivojlantirish, keyinchalik iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari loyihalari boʻyicha loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda oʻz zimmasiga bosh pudratchi funksiyalarini qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻgʻridan toʻgʻri fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida investitsiya loyihalarining loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun yordamchi pudratchilar sifatida mahalliy va xorijiy ixtisoslashtirilgan loyiha institutlarini, shuningdek yetakchi mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifati va unumdorligiga nisbatan zamonaviy talablarga, energiya va resurslarni tejash hamda ekologik standartlarga javob beradigan ilgʻor texnologiyalar va uskunalarning jahon bozorini chuqur tahlil qilish, bunda istiqbolsiz, maʼnan va jismonan eskirgan uskuna va texnologiyalarni respublikaga olib kirish, istisno etiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalashtirishda yuqori texnologiyali, energiya samarali ilgʻor uskunalar va texnologiyalarni tanlab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning ilmiy-texnik kengashida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyihaoldi hujjatlarini koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha, loyihaoldi ishchi hujjatlarini ishlab chiqish va tasdiqlash qismida iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining ilmiy-texnik va ekspert kengashlari bilan mustahkam hamkorlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet ellarda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy uskunalar va texnologiyalar, ularning texnik va ishlab chiqarish-iqtisodiy tasniflari, samaradorligi va amalda sinalganlik darajasi toʻgʻrisida, shuningdek, yuqori texnologiyali ishlab chiqaruvchi va yetkazib beruvchi, faoliyat sohasi boʻyicha texnologiyalarni ishlab chiquvchi va litsenziya beruvchi chet ellardagi asosiy sheriklar toʻgʻrisida axborot-tahliliy maʼlumotlar bazasini shakllantirish va doimo yangilab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflar toʻgʻrisidagi axborotni yigʻish va umumlashtirish hamda mahalliy xomashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy texnologik uskunalarning cheklangan narx parametrlari boʻyicha, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyaga muvofiq “tayyor holda topshirish” loyihalarining qiymati boʻyicha tavsiyalar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xoʻjalik boshqaruvi organlari, vazirliklar va idoralarning buyurtmasiga binoan investitsiya loyihalarining mustaqil texnik–iqtisodiy ekspertizasini oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida loyihalashni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilash, shuningdek, yuqori malakali muhandis-loyihachilarni tayyorlash masalalari boʻyicha ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim muassasalari, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining korxonalari va loyiha institutlari oʻrtasida oʻzaro hamkorlikni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Institut oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh pudratchi sifatida — iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi investitsiya loyihalari boʻyicha loyihaoldi hujjatlarini, shu jumladan DTIA/DTIH va TIA/TIHlarni ishlab chiqish va moslashtirishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning normativ hujjatlariga muvofiq Ilmiy-texnik kengash ishini tashkillashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi hujjatlari tayyorlanishi, shuningdek, tarmoq idoralari, shu jumladan geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati — loyihalarning tashabbuskorlaridan olinadigan axborot asosida Hukumatning tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadigan iqtisodiyot bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning amalga oshirilishini monitoring qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat korxonalarini qurish, rekonstruksiya va modernizatsiya qilish boʻyicha xorijiy investorlar va kompaniyalardan kelib tushayotgan takliflarga oid axborotni (shu jumladan iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlaridagi loyihalarning tashabbuskorlari — tarmoq idoralarining axboroti asosida) yigʻadi va umumlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy xomashyoni qayta ishlash orqali jahon va ichki bozorlarda talab etiladigan raqobatdosh tayyor mahsulot va sanoat yarimfabrikatlari ishlab chiqarishga yoʻnaltirilgan yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish takliflarini ishlab chiqishda qatnashadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini tarkibiy oʻzgartirish, geologiya, yoqilgʻi-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati obyektlarini modernizatsiyalash va texnik rekonstruksiya qilishning tarmoq idoralari tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalarini koʻrib chiqish va kelishishda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalarini qurish va modernizatsiya qilish boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining rivojlanish davlat dasturiga kiritish uchun taqdim etilgan investitsiya loyihalarini koʻrib chiqishda ishtirok etadi;
(8-bandning yettinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida ham chet ellarda ham oʻz mutaxassislari va muhandislarini oʻqitish va malakasini oshirishni tashkillashtiradi, buning uchun mahalliy va xorijiy loyiha va injiniring kompaniyalarining yetakchi mutaxassislarini jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
investitsiya loyihalarining loyiha (ishchi) hujjatlarini mustaqil ishlab chiqish, shuningdek, xorijiy loyiha tashkilotlar tomonidan ishlab chiqilgan loyiha (ishchi) hujjatlarini moslashtirish kabi yoʻnalishlarni rivojlantirishga qaratilgan ilgʻor xorijiy tajriba asosidagi loyihalashtirishning progressiv metodologiyasini loyiha faoliyatiga joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obuna boʻlingan muntazam xorijiy va mahalliy nashrlar va kataloglar asosida axborot yigʻadi va energiya tejaydigan zamonaviy uskunalar, texnologiyalarni ishlab chiqaruvchilar va litsenziya beruvchilar toʻgʻrisida maʼlumotlar bazasini shakllantiradi, ilgʻor texnologiyalar bozorini tahlil qiladi, keyinchalik ularni iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalashtirishda qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining xoʻjalik boshqaruvi organlari buyurtmasiga koʻra investitsiya loyihalarining mustaqil texnik-iqtisodiy ekspertizasini amalga oshiradi, shuningdek, taklif etilayotgan texnologiyalarga muvofiq asosiy texnologik uskunalar narxi hamda tayyor holda topshiriladigan loyihalar qiymatining cheklangan parametrlari boʻyicha tavsiyalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilikka muvofiq boshqa funksiyalarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Institutning huquq va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Institut quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlardan zarur hujjatlar, statistik, tahliliy hamda boshqa maʼlumotlarni belgilangan tartibda begʻaraz asosda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishda, shuningdek xorijiy loyiha tashkilotlari tomonidan ishlab chiqilgan loyihalarni moslashtirishda, istisno tariqasida, ayrim turdagi ishlarga mahalliy ixtisoslashtirilgan loyiha tashkilotlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri subpudrat shartnomalari tuzish, shuningdek, institut zimmasiga yuklangan vazifalar bilan bogʻliq ishlarni bajarish uchun xorijiy loyiha va injiniring tashkilotlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri kontraktlar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrnatilgan tartibda tasdiqlangan texnik topshiriqlarning energiya samaradorligi, loyihalarda foydalanilgan texnologiyalar va uskunalarning zamonaviylik talablariga, ishlab chiqish uchun taqdim etilgan loyihaoldi hujjatlarning parametrlari mos kelmagan taqdirda — ularni buyurtmachilarga puxta ishlab chiqish uchun qaytarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amalga oshirilayotgan faoliyat doirasida loyiha tashkilotlari, vazirliklar, idoralar hamda boshqa tashkilotlarning, jumladan xorijning yuqori malakali mutaxassislarini maslahatchi va ekspertlar sifatida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xodimlarini yetakchi mahalliy loyiha institutlariga va xorijiy injiniring kompaniyalarining oʻquv markazlariga, shuningdek, ularning malakasini oshirish uchun ishlab chiqarish korxonalariga yuborish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut negizida oʻz xodimlarini oʻqitish va malakasini oshirish uchun, shuningdek, shartnoma asosida boshqa tashkilotlarning mutaxassislari uchun kurslar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining investitsiyaviy infratuzilmaviy loyihalarini oʻz vaqtida va sifatli ishlab chiqish, moslashtirishni taʼminlash, shuningdek, loyihaoldi hujjatlarini oʻz vaqtida ilgari surish masalalari boʻyicha loyiha tashkilotlarining ishtirokida yigʻilishlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnoma asosida marketing tadqiqotlarini oʻtkazish, institut zimmasiga yuklangan vazifalarni bajarish bilan bogʻliq konsalting xizmati va boshqa xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
strategik muhim loyihalar boʻyicha loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish uchun vazirliklar, idoralar va tashkilotlarning yuqori malakali mutaxassislarini jalb etgan holda muvaqqat ishchi guruhlarni, shu jumladan shartnoma asosida tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, axborot materiallari, davriy nashrlar va boshqa bosma mahsulotlar chop etish va tarqatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining har yilgi rivojlanish davlat dasturlarini, shuningdek, iqtisodiyot tarmoqlarini eng yaqin va uzoq muddatli istiqbolda rivojlantirish dasturlarini shakllantirishda loyihalarning texnik iqtisodiy parametrlarini koʻrib chiqishda ishtirok etish va ularni kelishib olishda takliflar kiritish;
(9-bandning oʻn ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 6-martdagi PF-5370-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
konsorsiumlar tashkil etish yoki konsorsiumlarda qatnashish, shuningdek, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirishda birgalikda ishtirok etish uchun yetakchi mahalliy va xorijiy injiniring kompaniyalari bilan qoʻshma korxonalar hamda oʻziga qarashli shuʼba korxonalar va filiallarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalash va qurish sohasida mavjud normativ bazani takomillashtirish yuzasidan taklif va tavsiyalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur hollarda, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarining obyektlarini loyihalashda, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining texnik tartibga solish sohasidagi qurilish normalari va standartlariga muvofiqlashtirmagan holda loyihalarni xorijiy buyurtmachilar va investorlarning soʻrovnomalari asosida moslashtirish hamda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kelishuvida xorijiy va xalqaro standartlar va normativlarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari (keyingi oʻrinlarda — XMI) tomonidan moliyalashtiriladigan investitsiya loyihalarini amalga oshirish uchun maslahatchilar sifatida jalb etiladigan kompaniyalar va mutaxassislar monitoringini amalga oshirish, iqtisodiyot bazaviy tarmoqlarida investitsiya loyihalarini amalga oshirish qismida texnik iqtisodiy asoslarni (keyingi oʻrinlarda — TIA) ishlab chiqish va hisobotlarni tayyorlash, boshqarish va nazorat qilish qoidalari va talablari doirasida xalqaro maslahatchilarni tanlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIAni ishlab chiqish va bosh pudratchi, konsorsium ishtirokchisi yoki subpudratchi sifatida hisobotlarni tayyorlash boʻyicha xizmatlar koʻrsatish uchun xalqaro maslahatchini aniqlashga tender savdolarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender savdolarini tashkil etish va oʻtkazishda tender tarkibi va loyiha hujjatlari boʻyicha maslahatlar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning sifat menejmenti tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, sertifikatlashtiruvchi organlar tomonidan sertifikatsiya auditlarini oʻtkazishga zarur mablagʻlar ajratish, maslahat yordami koʻrsatish uchun maslahatchilarni jalb etish, shuningdek, Institut sifat menejmenti tizimining faoliyat yuritishi va takomillashtirilishi uchun masʼul boʻlgan xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har qanday murakkablik darajasidagi loyiha ishlarini amalga oshirish uchun zarur litsenzion dasturlar va tizimlarni, shuningdek, istisno tariqasida, zarur uskunalarni ularning tayyorlovchilari yoki rasmiy dilerlari bilan toʻgʻridan toʻgʻri shartnomalar boʻyicha xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning rivojlanishini taʼminlash uchun xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlarini jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vakolatli organlar va tashkilotlar bilan birgalikda mehnat xavfsizligi va uni muhofaza qilish boʻyicha xalqaro standartlar tizimini va boshqa standartlarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan tashkilotlar bilan hamkorlikda anjumanlar, shu jumladan xalqaro anjumanlarni tashkillashtirish, shuningdek, Oʻzbekiston bozorida va chet ellarda oʻz xizmatlarini ilgari surish maqsadida xalqaro anjumanlar, koʻrgazmalar va konferensiyalarda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xonalarini belgilangan tartibda ijaraga berish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Institut oʻz zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarning samarali bajarilishi yuzasidan javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Institutning tuzilmasi va uning faoliyatini moliyalashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Institutning ishlab chiqarish jarayonlari bilan band boʻlgan asosiy tarkibiy boʻlinmalari quyidagilardan iborat:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha bosh muhandislari rahbarlik qiladigan tarmoq byurolari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyiha bosh arxitektori byurosi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish istiqbollari boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy texnikaviy va axborot-tahliliy ishlanmalar boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TIAni baholash boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
axborot kommunikatsiya texnologiyalari boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni tayyorlash va loyiha hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazish monitoringi va ularni muvofiqlashtirish guruhi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor texnologiyalar va uskunalarning maʼlumotlar bazasini shakllantirish boʻyicha axborot-tahlil boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tanlov savdolarini tayyorlash va oʻtkazish boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
smeta ishlari boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarni chiqarish boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
moliya-shartnoma boʻlimi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalarning moliyaviy-iqtisodiy tahlili boʻlimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut ishlab chiqarish boʻlinmalari (boʻlimlari) soni va nomlanishi mazkur Nizom 20-bandining beshinchi xatboshiga muvofiq oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Loyiha bosh muhandislari va loyiha bosh arxitektorlari maqomiga koʻra yetakchi boʻlim boshligʻiga tenglashtiriladi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Institut faoliyati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqishga, loyiha qidiruv ishlarini amalga oshirishga va loyihalar amalga oshirilishini texnik kuzatishga shartnoma asosida ajratilgan investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar buyurtmachilarining mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tomonidan qonunchilikka muvofiq oʻz faoliyat bilan olingan daromadlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro moliya institutlari va donor tashkilotlarning grantlari hisobidan moliyalashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 12-apreldagi “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, sud organlari va notarial kontoralar xodimlari mehnatiga haq toʻlash boʻyicha tarif setkasini joriy etish toʻgʻrisida”gi 147-son qarorining 4-ilovasiga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlari Institut xodimlariga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Soliqlar va boshqa majburiy toʻlovlar toʻlangandan keyin qolgan foyda Institut ixtiyorida qoladi va u quyidagi maqsadlarga mutanosib ravishda yoʻnaltiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40 foizi — Institutning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50 foizi — Institutning ijtimoiy rivojlanish va xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10 foizi — zaxira jamgʻarmasini shakllantirishga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Institut faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Institutga direktor rahbarlik qiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktori Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbarining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadi va undan ozod qilinadi.
(19-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktorining oʻrinbosarlari Institut direktorining taqdimnomasiga binoan Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadilar va undan ozod qilinadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut direktori maqomiga koʻra vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Institut direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Institut zimmasiga yuklangan vazifa va funksiyalarining bajarilishi yuzasidan shaxsan javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi, shu jumladan uning manfaatlarini himoya qiladi va Oʻzbekiston Respublikasining barcha tashkilotlarida va undan tashqarida bitimlar tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut nomidan uchinchi shaxslar bilan bitim va shartnomalar tuzadi;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda, zarurat boʻlganda, Institut xodimlari soni va tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
(20-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Investitsiyalar, innovatsion rivojlanish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari kompleksi rahbari bilan kelishgan holda soʻnggi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotining maʼlumotlari asosida aniqlashtiriladigan Institut jami mulki qiymatining 25 va undan koʻproq foizi miqdoriga teng summada bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
(20-bandning oltinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 28-avgustdagi PF-5526-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻnggi hisobot davridagi buxgalteriya hisobotining maʼlumotlari asosida aniqlashtiriladigan Institut jami mulki qiymatining 25 foizdan kamroq miqdoriga teng summada bitimlar tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut asosiy vositalari va tovar-moddiy boyliklari qiymatini balansdan chiqarish toʻgʻrisida qaror qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“OʻzInjiniring” RLIning shtat jadvalini mustaqil ravishda tasdiqlaydi va belgilangan xodimlar umumiy soni doirasida unga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institutning xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut tarkibiy boʻlinmalari toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarining lavozim majburiyatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlariga yuksak malaka, professionalizm va ish sifati uchun har oylik va har choraklik ustamalar, biryoʻla beriladigan, shu jumladan loyihaoldi va loyiha ishlari yuqori sifat bilan oʻtkazilganligi uchun mukofotlar belgilaydi, shuningdek, amaldagi qonunchilikka muvofiq Institut qayta tashkil etilgan paytda ilgari amal qilib kelgan ustamalar (ragʻbatlantirish koeffitsenti)ni saqlab qoladi, bu ustamalar Institut daromadlari doirasida toʻlab boriladi, shuningdek, xodimlar tomonidan oʻzlariga topshirilgan vazifalarni bajarish natijadorligini hisobga olgan holda ularni qayta koʻrib chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihaoldi va loyiha hujjatlarini ishlab chiqish boʻyicha tuzilgan shartnomalarga muvofiq zarur mutaxassislar kesimida ishlab chiqarish xodimlarini shartnoma asosida talab etiladigan miqdorda qoʻshimcha jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va undan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida Institut xodimlari tomonidan bajarilish majburiy boʻlgan buyruq va farmoyishlar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
direktor qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Institutni qayta tashkil etish va tugatish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 17-son, 293-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2018-y., 07/18/3557/0803-son, 06.03.2018-y., 06/20/5370/0975-son, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son, 28.08.2018-y., 06/20/5526/0983-son)