1-ILOVA
|
Qosimxonov B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, Ekspertlar guruhi raisi |
|
Bobojonov B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi, Ekspertlar guruhi raisi o‘rinbosari |
|
Lutfullayev H. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Aminov H. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Qoriyev O. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Muhammadaminov S. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti loyiha rahbari |
|
Jumanazarov A. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi |
|
Po‘latov Sh. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti bo‘lim boshlig‘i |
|
Umrzoqov B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi |
|
Rahimov K. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi |
|
Abdullayev B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi |
|
Ismoilov M. |
— |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti |
|
Buldakov I. |
— |
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i |
|
Isomov A. |
— |
Toshkent davlat Sharqshunoslik instituti “Mumtoz filologiya” kafedrasi o‘qituvchisi |
2-ILOVA
|
Abduhalimov B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi vitse-prezidenti, komissiya raisi |
|
— |
Innovatsion rivojlanish va novatorlik g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi ijrochi direktori v.b., komissiya raisi o‘rinbosari | |
|
Qosimxonov B. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti qo‘lyozmalar fondi mudiri, komissiya raisi o‘rinbosari |
|
Karimova S. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti ilmiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari |
|
Hasanov M. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi |
|
Yusupova D. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti yetakchi ilmiy xodimi |
|
Bo‘riyev O. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi |
|
G‘ulomov S. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti katta ilmiy xodimi |
|
Uvatov U. |
— |
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori |
|
Ziyodov Sh. |
— |
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy markazi direktori |
|
Nasrullayev N. |
— |
Toshkent islom universiteti qo‘lyozmalar xazinasi mudiri |
|
Hasanov S. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi direktori |
|
Mansurov A. |
— |
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari |
|
Salimov M. |
— |
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi bo‘limi mudiri |
|
Ismoilov M. |
— |
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti dotsenti |
|
Isakova M. |
— |
Markaziy davlat arxivi bo‘lim boshlig‘i |
|
Isanov U.X. |
— |
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi yuristi |
3-ILOVA
|
T/r |
Manbaning nomi |
Nashr shakli |
Izohlar |
|
|
I. TARIX | ||
|
1. |
“Insho” to‘plamlaridagi Amir Temurning xatlari |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Ushbu xatlarda Amir Temur davlatining diplomatik munosabatlari tarixi aks etgan |
|
2. |
Fosih Xavofiy. “Mujmal-i Fasixiy” (Fasihiy to‘plami) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar xronologik tartibda tuzilgan bo‘lib, Temuriylar davridagi muhim voqealarni va Markaziy Osiyodagi mashhur shaxslarning tarjimai hollarini qamrab oladi |
|
3. |
Noma’lum muallif. “Ta’rifi Xorazm” (Xorazm ta’rifi) |
Matnning ilmiy-izohli tarjimasi |
Ushbu asar Xorazm tarixining qadim zamonlardan buyon to mo‘g‘ullar istilosigacha bo‘lgan davridan iborat. U o‘z ichiga yirik shaharlar, madrasalar, masjidlar, olimlar, qorilar, bozorlar, savdo do‘konlari, o‘sha davrda Xorazmda amalda bo‘lgan hunarmandchilikning barcha turlari haqidagi ma’lumotni qamrab oladi |
|
4. |
Amir Abdulahad. “Ro‘znomayi safari Fitirburg” |
Ilmiy-izohli tarjima |
Buxoro amiri Abdulahadning 1893-1894-yillardagi Peterburg safari kundaligi |
|
5. |
Amir Abdulahad. “Ro‘znomayi safari chahorumi Fitirburg” |
Ilmiy-izohli tarjima |
Buxoro amiri Abdulahadning 1907-yildagi Peterburg safari kundaligi |
|
6. |
Istaxriy (X asr). “Masolik al-mamolik” (Yo‘llar va mamlakatlar) |
Arab tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Kitobda o‘sha davr musulmon olami 20 ta geografik iqlimga taqsimlangan holda tavsiflangan |
|
7. |
Muhammad Amin Buxoriy (XVII asrning oxiri — XVIII asrning boshi). “Muhit at-tavorix” |
Fors tilidan o‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Ushbu asar umumiy tarixga bag‘ishlangan bo‘lib, Ashtarxoniy Subxon Qulixon (1680 — 1702) hukmronligi davridagi Buxoro tarixi bilan tugallanadi. Kitobning oxiri shu davrning yetuk arboblari, yozuvchilar, shoirlar va rassomlarning hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan |
|
8. |
Abdullajon Nasimiy. “Majma al-havodis” (Hodisalar majmuasi) |
Eski o‘zbek tilida. Tabdil so‘zboshi, izohli ko‘rsatkich bilan nashrga tayyorlash. |
1918 — 1922-yillarda Farg‘ona vodiysida bo‘lib o‘tgan milliy ozodlik harakati voqealarini guvoh sifatida yoritgan |
|
|
II. TABIIY FANLAR | ||
|
|
ASTRONOMIYA | ||
|
9. |
Abu Rayhon Beruniy (973 — 1048). “Mamarr...” (Yoritqichlarning o‘tish manzillari) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Samoviy obyektlarning old yoki orqa tomonidan o‘tuvchi yoritqichlarning manzillari haqidagi risola |
|
10. |
Abu Rayhon Beruniy. “G‘urrat az-zidjat” (Zijlar yog‘dusi) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Beruniy tomonidan sanskrit tilidan arab tiliga o‘girilgan hind astronomiyasi haqidagi risola |
|
11. |
Abu Rayhon Beruniy. “Tastih as-suvar va tabtix al-kuvar” (Kartografiya) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Yer yuzidagi obyektlar va yoritqichlarning tasvirlari sathlarini tuzish haqidagi matematik risola |
|
12. |
Jamshid Koshiy (XIV asr). “Zij-i Xoqoniy” |
Tanqidiy matn va tarjima |
Ulug‘bek madrasasi kutubxonasi uchun maxsus tuzilgan astronomik jadvallar |
|
|
TIBBIYOT | ||
|
13. |
Abu Rayhon Beruniy. “Kitob as-Saydana fi-t-tibb” (Tabobatda dorishunoslik) |
Ilmiy-izohli tarjima |
Dorishunoslikka oid asar bo‘lib, unda mingdan ortiq o‘simlik, ma’dan va boshqa moddalarning tavsifi va turli tillardagi nomlanishi berilgan |
|
|
III. FALSAFA | ||
|
14. |
Abu Abdulloh al-Xorazmiy (X asr). “Mafotih al-ulum” (Ilmlar kaliti) |
Arab tilidan rus tiliga izohli tarjima |
O‘rta asr ilmlari tasnifiga bag‘ishlangan ensiklopedik asar |
|
|
IV. ISLOM ILMLARI | ||
|
15. |
Abu Hafs an-Nasafiy (1067 — 1142). “Mashori’ ash-sharoyi’” (Diniy hukmlarning namunalari) |
Matnning ilmiy-izohli nashri |
Hanafiylik mazhabi sohasidagi amaliy fiqhga oid klassik asar bo‘lib, uning mavjudligi shu paytgacha noma’lum edi. Asar hanafiy mazhabiga oid fiqhiy hukmlar to‘plamidan iborat |
|
16. |
Husayn Voiz Koshifiy. “Mavohibi Aliyya” (Oliymaqom tuhfalar) |
Faksimile ko‘rinishdagi nashr |
Hazrat Alisher Navoiyning topshirig‘iga binoan muallif tomonidan Qur’onning barcha suralariga yozilgan tafsir. Asarda tafsirdan tashqari XV asrdagi mashhur shaxslar va manbalarning nomlari keltirilgan |
|
17. |
Noma’lum muallif. “Dur al-ajoyib” (Ajoyibotlar gavhari) |
Matnning ilmiy-izohli tarjimasi |
Asar e’tiqodning axloqiy va etik me’yorlarini yoritishga bag‘ishlangan bo‘lib, muallif unda mahalliy olimlarning asarlariga asoslangan |
|
18. |
Hakim at-Termiziy (820 — 930). “Xatm al-avliya” (Valiylar muhri) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar tasavvuf tarixiga, so‘fiylar odobining asosiy qoidalariga, shuningdek tasavvuf ta’limoti g‘oyalarining yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy tarbiyasidagi o‘rnini yoritishga bag‘ishlangan |
|
19. |
Hakim at-Termiziy. “Masa’ili maknuna” (Pinhon masalalar, tushunchalar) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar tasavvuf tariqatlari ta’limotining asosini tashkil etuvchi axloqiy-tarbiyaviy, diniy-ma’naviy masalalarni yoritishga bag‘ishlangan |
|
20. |
Hakim at-Termiziy. “Manhiyat” (Ruxsat etilgan va man qilingan) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar shariatda ruxsat etilgan va man qilingan hukmlarga bag‘ishlangan |
|
21. |
Hakim at-Termiziy. “Tahsil naza’ir al-Qur’on” (Kur’on istilohlarining leksikologik talqini) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar qur’onshunoslikda istifoda etiladigan istilohlarning leksik-filologik talqiniga bag‘ishlangan |
|
22. |
Sobir Termiziy. “Devon” (Devon) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
O‘rta asr shoirining fors tilidagi she’r va g‘azallaridan tarkib topgan |
|
23. |
Abu Iso Termiziy (IX asr). “Sunan at-Termiziy” |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar musulmon fiqhining asosiy manbalaridan biri bo‘lib, u Payg‘ambarning aytganlari va o‘zlarini tutishlariga bag‘ishlangan. Axloqiy-etik va tarbiyaviy mazmundagi hadislardan iborat to‘plam |
|
24. |
Abu Iso Termiziy. “Tasmiyya as’hob ar-Rasul” (Payg‘ambar sahobalarining biografiyasi) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar Payg‘ambar sahobalarining tarjimai hollarini yoritishga bag‘ishlangan |
|
25. |
Abu Iso Termiziy. “Ilal at-Termiziy” (Hadislarning illatlarini aniqlash qoidasi) |
O‘zbek tiliga ilmiy-izohli tarjima |
Asar hadis roviylarining darajalari va ularning o‘zaro bog‘liqlik silsilasini hamda hadis matnini aniqlashga bag‘ishlangan |
|
26. |
Burhoniddin al-Marg‘inoniy (1118 — 1197). “Muxtarat an-navozil” (Nozil bo‘lganlardan tanlab olinganlari) |
Matn nashri |
Asar har bir insonning kundalik hayotida uchrab turadigan masalalarni hanafiylik mazhabi fiqhi nuqtai nazaridan yoritishga bag‘ishlangan |
|
27. |
Burhoniddin al-Marg‘inoniy. |
Matn nashri |
Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bag‘ishlangan |
|
28. |
Faxruddin Qozixon (vaf. 1196). “Fatavo-i Qozixon” (Qozixon fatvolari) |
Matn nashri |
Asar hanafiylik mazhabining amaliy fiqh sohasiga bag‘ishlangan |
SHARH
Mustaqillikning dastlabki yillaridan boshlab ko‘p asrlik madaniy va ilmiy yutuqlarimiz aks etgan yozma yodgorliklarni saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilishga katta e’tibor berilmoqda.
O‘zbekistonda asrlar davomida Markaziy Osiyo bo‘yicha eng boy qo‘lyozma meros jamlangan bo‘lib, uning salmoqli qismi O‘zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Har biri ulkan ma’naviy obida, madaniyat durdonasi bo‘lgan bu qo‘lyozmalar fondi jahon miqyosida beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan bebaho xazinadir. Mazkur fond 2000-yilda noyob ilmiy va madaniy obyektlardan biri sifatida YUNESKOning Butunjahon madaniy merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Institutning qo‘lyozmalar fondi oltita alohida bo‘limdan tashkil topgan bo‘lib, arab, fors, eski o‘zbek tili va boshqa sharq tillarida bitilgan 26 ming jild qo‘lyozma, 39 ming jild toshbosma kitoblar va 10 mingga yaqin tarixiy hujjatlardan tashkil topgan.
Mazkur ilm dargohida nafaqat ilmiy-tadqiqot ishlari, balki qo‘lyozmalarni saqlash, ta’mirlash, fondni boyitib borish, shuningdek, mahalliy va xorijiy tadqiqotchilarga manbalar bilan ishlashlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish kabi keng qamrovli ishlar olib boriladi.
Milliy o‘zlikni anglash, tarixiy xotira davomiyligini ta’minlash, ulkan yozma merosni asrab-avaylash, boyitib borish va tadqiq qilish hamda madaniy va ma’naviy qadriyatlarni ommalashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ‘ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Ushbu qaror yosh avlodni vatanparvarlik va boy tariximizga chuqur hurmat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekistonning jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga ulkan hissa qo‘shgan mamlakat sifatidagi xalqaro obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash, boy yozma merosimizni saqlash, o‘rganish va keng targ‘ib qilish ishlarini yangi sifat bosqichiga ko‘tarishga yo‘naltirilgan.
Mazkur qaror bilan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik instituti qadimiy qo‘lyozmalar, tarixiy-madaniy ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa yozma manbalarni saqlash, o‘rganish, ilmiy asosda tadqiq etish va targ‘ib qilish bo‘yicha mamlakatimizdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot muassasasi etib belgilangani uning dunyodagi yetakchi sharqshunoslik markazlaridan biri sifatidagi mavqeyini mustahkamlaydi. Shu bilan birga, qarorda Institutning ilmiy va tashkiliy faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan. Jumladan, zamonaviy talablar asosida Institutning asosiy vazifa va faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari belgilab berilgan. Ulardan biri institut fondlarini saqlash va aholi qo‘lida saqlanayotgan qo‘lyozma va boshqa yozma yodgorliklarni xarid qilish hisobidan boyitishni nazarda tutadi. Shu maqsadda yozma yodgorliklarni to‘plash, baholash va sotib olish bilan shug‘ullanadigan ekspertlar guruhi va maxsus komissiya tuzilmoqda.
Shuningdek, O‘rta asrlarda Markaziy Osiyo hududidan yetishib chiqqan alloma va mutafakkirlarning ilm-fanning aniq, tabiiy, gumanitar sohalari va islom ilmlari bo‘yicha yaratgan asarlari tadqiqini kengaytirish va chuqurlashtirish hamda ularni asl matn va ilmiy izohli tarjima shaklida nashr etib, ta’lim-tarbiya jarayoniga joriy etish va ilmiy muomalaga kiritish ishlariga alohida urg‘u berilgan.
Shu bilan birga, qarorda institutning turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘lyozma manbalar bilan ishlash malakasiga ega yosh kadrlarni tayyorlash ishiga alohida e’tibor qaratilgan.
Qarorda Institutning xorijiy Sharq mamlakatlari tarixi, rivojlanish bosqichlari, hozirgi kunda ushbu davlatlarda kechayotgan siyosiy, iqtisodiy va madaniy jarayonlarni ularning O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama munosabatlari nuqtai nazaridan o‘rganish borasidagi ilmiy tadqiqotlar ko‘lamini yanada kengaytirish borasidagi vazifalar aniq belgilab berilgan.
Dunyo miqyosida qo‘lyozmalarni saqlash va restavratsiya qilishga bo‘lgan e’tiborning tobora ortib borayotganini hisobga oladigan bo‘lsak, qarorda Institutning foto va restavratsiya laboratoriyalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash ko‘zda tutilgani alohida ahamiyat kasb etadi. Bu boradagi ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilishi qo‘lyozmalarning umrini uzaytirish va ushbu laboratoriyalarni O‘zbekistondagi boshqa mavjud fondlar uchun namunaviy peshqadam restavratsiya maydoniga aylantirish imkonini beradi. Bundan tashqari, qadimiy yozma manbalar bilan ishlashning o‘ziga xos murakkab xususiyatlarini, bu ish yuqori ilmiy malaka va ko‘nikmalarni talab qilishini inobatga olib, Institutning qadimiy qo‘lyozmalarni restavratsiya qilish va saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlarini moliyaviy rag‘batlantirish choralari ham belgilangan.
Qarorda o‘z yechimini topgan muhim masalalardan yana biri — bu boy va turfa yozma merosimizni namoyish etish maqsadida Institutning Sharq qo‘lyozmalari muzeyini yaratishdir. Muzeyda qo‘lyozmalar fondida mavjud kolleksiyalarning eng yorqin namunalari namoyish etiladi.
Ushbu qaror davlatimiz tomonidan ilm-fanning rolini kuchaytirish, mamlakatning intellektual salohiyatini mustahkamlash, akademik institutlarning moddiy-texnika bazasini yaxshilash hamda tarixiy va madaniy yodgorliklarni tizimli va ilmiy asosda saqlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlarning mantiqiy davomi bo‘lib, u barchamizni boy ma’naviy merosimizni ko‘z qorachig‘idek asrash, uni bugungi va kelajak avlodlar uchun xizmat qildirishga da’vat etadi.