1-ILOVA
|
T/r |
Tadbirlar nomi |
Amalga oshirish mexanizmi |
Bajarish muddatlari |
Masʼul ijrochilar |
|
I. Ilm-fan yutuqlari va innovatsiyalar asosida mamlakatni rivojlantirishning strategik yoʻnalishlarini ishlab chiqish va global reytinglardagi pozitsiyalarini yaxshilash | ||||
|
1. |
Jahon bankining “Fargʻona vodiysida qishloq tadbirkorligini rivojlantirish loyihasi” doirasida loyihalarni amalga oshirish. |
1. Jahon banki vakillari bilan loyihada nazarda tutilgan mablagʻlarni oʻzlashtirish boʻyicha 2021-yilga moʻljallangan chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Fargʻona, Andijon va Namangan viloyatlari hokimliklari |
|
2. Dasturga oid tegishli innovatsion loyihalarni saralab olish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Loyihalarni amalga oshirish boʻyicha Jahon banki mablagʻlarini oʻzlashtirish. |
2021 — 2024-yillar | |||
|
2. |
Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining rahbar oʻrinbosariga innovatsiyalarni joriy qilish masalalarini muvofiqlashtirish vazifasini yuklash va innovatsion faoliyat boʻyicha tuzilmalarini tashkil etish. |
1. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarining amaldagi rahbar oʻrinbosarlaridan biriga innovatsiyalarni joriy etish (Chief Innovation Officer) vazifasini yuklash boʻyicha tegishli Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil may |
Vazirlar Mahkamasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalari |
|
2. Davlat boshqaruvi organlari va xoʻjalik birlashmalarida innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarni belgilash. |
2021-yil iyun | |||
|
3. Innovatsion faoliyat bilan shugʻullanishga masʼul boʻlinmalarning maqsad va vazifalarini nazarda tutuvchi nizomlarni tasdiqlash hamda shtat birligi doirasida mutaxassislar bilan toʻldirish. |
2021-yil sentabr | |||
|
4. Innovatsion faoliyat bilan shugʻulanishga masʼul boʻlinmalarning yil yakunlari boʻyicha amalga oshirgan ishlari toʻgʻrisidagi hisobotini Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etish. |
har yili hisobot yili yakunidan soʻng | |||
|
3. |
Oʻzbekiston Respublikasini 2022 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. |
1. Oʻzbekiston Respublikasini 2022 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish strategiyasi va uni amalga oshirish boʻyicha chora-tadbirlarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjati loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil iyun |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Hujjat loyihasini manfaatdor vazirlik va idoralar bilan kelishish. |
2021-yil avgust | |||
|
3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil sentabr | |||
|
II. Hududlarning intellektual va texnologik salohiyatini oshirish hamda zamonaviy infratuzilmasini shakllantirish | ||||
|
4. |
Hududiy ilmiy dasturlarni ishlab chiqish va ilmiy loyihalarni moliyalashtirish tizimini joriy qilish. |
1. Hududlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohalarida mavjud tashkiliy va texnologik muammolarini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzish. |
2021-yil sentabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
2. Oʻrganish natijalari asosida mavjud muammolarning ilmiy yechimiga qaratilgan ilmiy-texnik mavzularni shakllantirish va hududiy ilmiy va maqsadli dasturlarni ishlab chiqish. |
Doimiy | |||
|
3. Dasturlar doirasida ilmiy-texnik loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish va tanlov gʻoliblarini moliyalashtirish. |
Doimiy | |||
|
5. |
Surxondaryo viloyatining 2021 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish dasturini ishlab chiqish. |
1. Surxondaryo viloyatini 2021 — 2030-yillarda innovatsion rivojlantirish konsepsiyasi va dasturini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini ishlab chiqish. |
2021-yil oktabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Fanlar akademiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Surxondaryo viloyati hokimligi |
|
2. Hujjat loyihasini tegishli vazirlik va idoralar bilan belgilangan tartibda kelishish. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. Hujjat loyihasini belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil dekabr | |||
|
6. |
Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz shahrida “Quyonchilik klasterini tashkil qilish” investitsiya loyihasini amalga oshirish. |
1. Loyihaning investitsion pasportini ishlab chiqish va Investitsiya portaliga joylashtirish. |
2021-yil dekabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oʻzbekiston quyonchilik xoʻjaliklari assotsiatsiyasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi |
|
2. Mahalliy investor bilan hamkorlikda quyonchilik klasterining quyonlarni iqlimga genetik moslashtirish xoʻjaligini tashkil etish. |
2022-yil fevral | |||
|
3. Yevropadan zotli quyonlar keltirish va ularni koʻpaytirish uchun zarur sharoitlarni hamda seleksiya tartibotini tashkil qilish. |
2022-yil avgust | |||
|
4. Xorijiy hamkor bilan Oʻzbekistonda quyonchilikni rivojlantirishning uslubiy va texnik dasturini ishlab chiqish. |
2022-yil noyabr | |||
|
5. Quyonchilik klasteri doirasida quyonchilik xoʻjaliklari (shu jumladan kasanachilik asosida), quyon goʻshti va moʻynasini qayta ishlash tashkilotini tashkil etish. |
2022-yil dekabr | |||
|
6. Quyonchilik klasterining ozuqa bazasini tashkil etish. |
2022-yil dekabr | |||
|
7. |
Toshkent viloyati Qibray tumani va Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumani hududlarida Toshkent shahri hokimligi boʻysunuvidagi “Olimlar shaharchasi”ni tashkil etish. |
1. Toshkent viloyati Qibray tumani va Toshkent shahri Mirzo Ulugʻbek tumani hududlarida zarur yer maydonlari chegaralirini belgilash. |
2021-yil may |
Toshkent shahar hokimligi Toshkent viloyati hokimligi Qurilish vazirligi Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. “Olimlar shaharchasi”ni tashkil etishga qaratilgan zarur chora-tadbirlar boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil avgust | |||
|
8. |
Texnologiyalarni transfer qilish milliy va hududiy ofislarini muvofiqlashtirish. |
1. Mavjud texnologiyalar transferi ofislari faoliyatini koʻrib chiqish va monitoringini oʻtkazish. |
2021-yil oktabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Fanlar akademiyasi |
|
2. Texnologiyalar transferi ofislarida ilmiy ishlanmalar va texnologiyalar transferi loyihalarini baholash va ularning samradorligini oshirish. |
2021-yil dekabr | |||
|
III. Ilm-fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash | ||||
|
9. |
Xorijiy davlatlarning nufuzli ilmiy markazlari va universitetlarida faoliyat koʻrsatayotgan yuqori salohiyatli vatandosh olimlar hamda iqtidorli mahalliy yosh olimlarni ilm-fan sohasiga jalb etish maqsadida Milliy laboratoriyani tashkil etish. |
1. Milliy laboratoriyani tashkil etish boʻyicha takliflarni qabul qilish, tanlov asosida saralab olish tartibini ishlab chiqish. |
2021-yil aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimida oliy taʼlim muassasalari boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Xalqaro tadqiqot laboratoriyalarini tashkil qilishda ishtirok etishga arizalar tanlovini eʼlon qilish. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. Tanlov va saralash natijalariga asosan Milliy laboratoriyani tashkil etish boʻyicha gʻolib loyihalarni budjetdan tashqari mablagʻlar hisobidan moliyalashtirish. |
2021-yil dekabr | |||
|
10. |
Rossiya Federatsiyasi Innovatsiyalarni ragʻbatlantirish jamgʻarmasi bilan hamkorlik doirasida “startap” loyihalar tanlovini amalga oshirish. |
1. “Startap” loyihalar tanlovini eʼlon qilish. |
2021-yil aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Loyihalar tanlovining saralash bosqichini oʻtkazish. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. Saralab olingan loyihalarni moliyalashtirish. |
2021-yil dekabr | |||
|
IV. Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan ilmiy loyihalar natijadorligini oshirish, ilmiy tashkilotlarning laboratoriya bazasini yangilash | ||||
|
11. |
Innovatsion rivojlanish vazirligi huzuridagi ilmiy-texnik kengashlar faoliyati shaffofligini oshirish. |
1. Ilmiy-tadqiqot loyihalarini saralash jarayoniga IT-texnologiyalar va raqamlashtirishni joriy etish. 2. Ilmiy-texnik kengashlar aʼzoligiga “Xirsh” indeksida (h-index) optimal koʻrsatkichlarga ega boʻlgan olimlarni jalb qilish. |
2021-yil may |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
12. |
Ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida xalqaro hamkorlikdagi qoʻshma ilmiy loyihalar sonini oshirish. |
1. Xalqaro ilmiy va innovatsiya sohasida hamkor davlatlar bilan qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini oʻtkazish boʻyicha kelishuvga erishish. |
2021-yil sentabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlari mexanizmlarini ishlab chiqish. |
2021-yil oktabr | |||
|
3. Xalqaro hamkorlikdagi qoʻshma ilmiy loyihalar tanlovlarini eʼlon qilish. |
2021-yil noyabr | |||
|
4. Tanlov natijalariga koʻra qoʻshma ilmiy loyihalarni moliyalashtirish. |
tanlov natijalariga koʻra | |||
|
13. |
Ilmiy faoliyatning nufuzini oshirishga oid targʻibot ishlarini tashkil etish. |
1. Ommaviy axborot vositalarida targʻibot qilishga oid dastur va reja-jadval ishlab chiqish. |
2021-yil aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi vazirlik va idoralar |
|
2. Ishlab chiqilgan dastur va reja-jadvalni televideniye, radio, gazeta va Internet tarmogʻidagi saytlar bilan ishlab kelishish. |
2021-yil may | |||
|
3. Ommaviy axborot vositalarida mavzuga doir koʻrsatuv, eshittirish va maqolalar eʼlon qilinishini taʼminlash. |
2021-yil iyundan boshlab | |||
|
14. |
Ishlab chiqarish tarmoqlarida ilmiy-innovatsion tadqiqotlar sifati va natijadorligini oshirish maqsadida qoʻshimcha laboratoriya, shu jumladan noyob uskuna va jihozlar xarid qilish. |
1. Ehtiyojga koʻra zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari roʻyxatini shakllantirish hamda loyihaoldi va loyiha hujjatlarini tayyorlash. |
Doimiy |
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi “Oʻzstandart” agentligi |
|
2. Belgilangan tartibda zamonaviy ilmiy laboratoriya asbob-uskunalari xarid qilishda amaliy yordam koʻrsatish. |
Doimiy | |||
|
3. Laboratoriya jihozlaridan foydalanish faoliyatiga xalqaro akkreditatsiya olish. |
2021-yil aprel | |||
|
15. |
Noyob qoʻlyozma, toshbosma kitoblar va tarixiy hujjatlarni oʻrganish, tahlil qilish hamda natijalaridan tegishli sohalarda keng foydalanish boʻyicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga tasdiqlash uchun kiritish. Dasturda quyidagilar nazarda tutiladi: mamlakatimizdagi turli ilmiy va taʼlim muassasalarida, muzey hamda fondlarda saqlanayotgan noyob qoʻlyozma va toshbosma asarlarni tizimli oʻqib-oʻrganish, ularni tahlil qilish va ilmiy muomalaga kiritish; yosh tadqiqotchilarni jalb etish, ularning kasbiy malakasini oshirish, manbashunos va matnshunos kadrlar tayyorlash; Fanlar akademiyasi huzuridagi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutining faoliyatini tubdan takomillashtirish. |
2021-yil may |
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Madaniyat vazirligi Moliya vazirligi |
|
V. Ilmiy kadrlarni tayyorlash tizimining samaradorligini oshirish va boshqaruv tizimining shaffofligini taʼminlash | ||||
|
16. |
Mamlakatdagi yoshlarni aniq fanlar, raqamli texnologiyalar hamda robototexnika sohasidagi intellektual salohiyatini rivojlantirish, ularni qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirishga yoʻnaltirilgan tadbirlar tashkil etish. |
1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda aniq fanlar, raqamli texnologiyalar hamda robototexnika sohasini rivojlantirish boʻyicha tanlov shartlari va nizomini ishlab chiqish hamda oʻtkazish. |
2021-yil noyabrdan |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi |
|
2. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda aniq fanlar, raqamli texnologiyalar hamda robototexnika sohasini rivojlantirish boʻyicha mahorat darslari, seminarlar tashkil etish. |
2021-2022-yillar | |||
|
17. |
Olimlarning nashr etish faolligi yakunlari boʻyicha har yilgi “Ilm-fan yetakchisi” respublika tanlovini oʻtkazish. |
1. Tanlovni oʻtkazish tartibini ishlab chiqish. |
2021-yil sentabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi (A. Toshqulov), tizimida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Gʻoliblarni Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining faxriy yorliqlari, tegishli vazirlik va idoralarning qimmatbaho sovgʻalari bilan taqdirlash boʻyicha takliflarni ishlab chiqish. |
2021-yil sentabr | |||
|
3. “Ilm-fan yetakchisi” tanlovi gʻoliblarini tegishli sohalardagi vazifalarni hal etishga jalb qilish boʻyicha tadbirlar rejasini ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr | |||
|
VI. Yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etishning samarali mexanizmlarini joriy qilish | ||||
|
18. |
Maktablarda va oliy taʼlim muassasalarida, innovatsiya va “startap” madaniyatini amaliy seminarlar orqali yoshlar ongida shakllantirish va keng targʻib etish. |
1. “Startap” madaniyati tizimi, tadbirkorlik koʻnikmalarini va innovatsiyalarni rivojlantirish hamda uni yoshlar orasida targʻib qilish maqsadida maktablarda va oliy taʼlim muassasalarida master-klass treninglar oʻtkazish. 2. Treninglarda oʻquvchilar, bakalavr va magistratura bosqichi talabalari hamda professor-pedagoglarning faol ishtirokini taʼminlash. |
Doimiy |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi |
|
19. |
Yoshlar akademiyasi aʼzolari faoliyat yuritishi uchun qulay sharoitlar yaratish va ularning ilmiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash. |
1. Yoshlar akademiyasi aʼzolari uchun har yili “startap” va tashabbuskor loyihalar tanlovini tashkil qilish. 2. Yoshlar akademiyasi aʼzolarini nufuzli xorijiy ilmiy markaz va tashkilotlarga maqsadli hamda tizimli ravishda ilmiy stajirovkalarga yuborishni tashkil etish. |
Muntazam ravishda |
Innovatsion rivojlanish vazirligi tizimida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
20. |
Xorijiy yetakchi kompaniyalarning malakali mutaxassislari yordamida olimlar va mustaqil izlanuvchilarga yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi koʻnikmalarini shakllantirish va oshirishga qaratilgan ilgʻor texnologiyalarni qoʻllash boʻyicha Milliy onlayn-tanlov tashkil etish. |
1. Manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yangi qurilish materiallarini yaratish, loyihalash va qurilish sohasidagi koʻnikmalarini shakllantirish va oshirishga qaratilgan tanlov tashkil etish boʻyicha nizom loyihasini ishlab chiqish va tasdiqlash. |
2021-yil may |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Qurilish vazirligi “Oʻzsa?oatqurilish-materiallari” uyushmasi Oliy va oʻrta maxsus vazirligi (A. Toshqulov), Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tizimida oliy taʼlim muassasalari va ilmiy tashkilotlar mavjud boʻlgan vazirlik va idoralar |
|
2. Tanlov shartlarini ishlab chiqish va manfaatdor vazirlik va idoralar mutaxassislaridan iborat hayʼat tarkibini shakllantirish. |
2021-yil iyun | |||
|
3. Milliy onlayn-tanlovni eʼlon qilish. |
2021-yil avgust | |||
|
4. Ishtirokchilardan arizalarini elektron tarzda qabul qilish va tanlovni oʻtkazish. |
2021-yil noyabr | |||
|
VII. Tarmoq ilmiy-tadqiqotlarini rivojlantirish, ilm-fanni ishlab chiqarish bilan integratsiyasini mustahkamlash | ||||
|
21. |
Respublikada R&D (tadqiqot va rivojlanish) dasturlari asosida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini hamda tarmoqlarda tadqiqot va rivojlantirish faoliyatini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
1. Tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislarini keng jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etish. |
2021-yil oktabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Fanlar akademiyasi |
|
2. Tarmoqlarda R&D tadqiqotlarini tashkil etish va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash mexanizmlari boʻyicha xorijiy tajribani tahlil qilish. |
2021-yil oktabr | |||
|
3. Respublikada R&D (tadqiqot va rivojlanish) dasturlari asosida tadqiqotlarni rivojlantirish strategiyasini hamda tarmoqlarda tadqiqot va rivojlantirish faoliyatini tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish. |
2021-yil dekabr | |||
|
4. Chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil aprel | |||
|
22. |
Zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan, import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarishga va xizmatlar koʻrsatishga yoʻnaltirilgan texnologiyalar transferini amalga oshirish |
1. Zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan, import oʻrnini bosuvchi yangi mahsulotlar ehtiyojni oʻrganish. 2. Texnol?giyalar transferi faoliyatini tashkil etish. |
Doimiy |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi tarmoq tashkilotlari |
|
23. |
2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish |
1. Tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislarini keng jalb etgan holda ishchi guruh tashkil etish. |
2021-yil oktabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi |
|
2. Mamlakatda sunʼiy intellektning rivojlantirish imkoniyatlari va xorijiy tajribalarni tahlil qilish. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. Sunʼiy intellektni rivojlantirishga qaratilgan asosiy yoʻnalishlarni belgilashda tegishli iqtisodiy va ijtimoiy sohalar tarmoqlari mutaxassislari ishtirokida “Forsayt” tadbirlarini oʻtkazish. |
2021-yil dekabr | |||
|
4. 2021-2022-yillarda Oʻzbekiston Respublikasida sunʼiy intellektni rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish. |
2022-yil fevral | |||
|
5. Strategiyani tasdiqlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli hujjat loyihasini vazirlik va idoralar bilan kelishish va belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2022-yil dekabr | |||
|
24. |
Iqtisodiyot tarmoqlarida mavjud muammolarning ilmiy-texnik va innovatsion yechimlariga qaratilgan loyiha mavzularini shakllantirish va ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilish uchun kiritish. |
1. Iqtisodiyot tarmoqlaridagi muammolarni oʻrganish. 2. Ilmiy yechimga ega muammolardan ilmiy-texnik loyihalar mavzularini shakllantirish. 3. Shakllantirilgan loyihalar mavzularini ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida eʼlon qilinadigan tanlovlarga kiritish. |
Doimiy |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
VIII. Yangi ishlanmalarni tijoratlashtirish va ishlab chiqarishga joriy etish | ||||
|
25. |
Jahon banki bilan hamkorlikdagi “Ilm-fanni tijoratlashtirish” loyihasini amalga oshirish. |
1. Jahon bankining 50 mln AQSH dollari miqdoridagi mablagʻlarini oʻzlashtirish maqsadida tashkil etilgan loyihalarni amalga oshirish guruhini yuqori malakali kadrlar bilan butlash. |
2021-yil aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Loyihalarni boshqarish guruhi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va loyihalar tanlovi boʻyicha xalqaro ekspertlar kengashi va texnologiyalar transfer ofisini tashkil etish. |
2021-yil aprel — iyun | |||
|
3. Jahon banki tomonidan belgilangan imtiyozli kredit mablagʻlarini jalb qilish. |
2021 — 2025-yillar | |||
|
26. |
Bolalarda ilm-fan sohasiga boʻlgan qiziqishni uygʻotish maqsadida “Science for kids” platformasini keng miqyosda joriy etish. |
1. Bolalar uchun ilm-fan sohasiga qiziqish oʻygʻotish va aniq fanlarning amaliy ahamiyati targʻibotini interaktiv mashgʻulotlar orqali amalga oshirish. 2. Maktab oʻquvchilarini platforma doirasida oʻtkaziladigan tadbirlarga keng jalb qilish. 3. Taʼlim muassasalarida onlayn va sayyor mashgʻulotlarni tashkil etish. |
Doimiy |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi Maktabgacha taʼlim vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari |
|
27. |
Milliy Wi-Fi tarmoqlarni boshqarish tizimi Hotspot dasturi doirasida Navoiy shaxrining markaziy koʻchalarida, jamoat va koʻngilochar maskanlarida Wi-Fi tarmogʻini joriy etish. |
1. Dastur yaratish va bepul internetni xavfsiz tarqatish modulini ishga tushirish. |
2021-yil sentabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Navoiy viloyati hokimligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi |
|
2. Android va iOS dasturiy taʼminotlari uchun ilovalar ishlab chiqish. |
2021-yil noyabr | |||
|
3. Dasturning hotspot.uz rasmiy veb-saytini ishga tushirish. |
||||
|
4. Loyiha doirasida Wi-Fi qurilmalarini oʻrnatish. |
2021-yil dekabr | |||
|
28. |
Ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni tijoratlashtirish ishlarini amalga oshirish. |
Tijoratlashtirilayotgan innovatsion ishlanmalarni 150 taga yetkazish, olib borilgan ishlar natijasida ishlab chiqarilgan mahsulot umumiy qiymatini 40 mlrd soʻmga yetkazish |
2021-yil may |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi tarmoq vazirlik va idoralari |
|
29. |
Yangi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha “startap” hamda olimlarning tashabbuskor ilmiy loyihalari tanlovini amalga oshirish. |
1. Tashabbus doirasida “startap” loyihalar tanlovini eʼlon qilish. |
2021-yil oktabr |
Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Loyihalar tanlovining saralash bosqichini oʻtkazish. |
2021-yil dekabr | |||
|
3. Saralab olingan loyihalarni moliyalashtirish. |
2022-yil fevral | |||
|
IX. Yangi innovatsion infratuzilmalarni rivojlantirish va innovatsion faoliyat subyektlarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash | ||||
|
30. |
Andijon viloyatidagi “Innovatsion poligon”ni zamonaviy asbob-uskunalar bilan taʼminlash va innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish. |
1. Qishloq xoʻjaligi innovatsion poligoni uchun xalqaro moliya institutlari mablagʻlarini jalb qilish. |
2021-yil aprel |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat taʼminoti sohasidagi loyihalarni amalga oshirish agentligi, Andijon viloyati hokimligi |
|
2. Innovatsion poligon uchun zarur zamonaviy asbob-uskunalarni sotib olish va ishga tushirish. |
2021-yil avgust | |||
|
3. Ilmiy-texnik va qishloq xoʻjaligi boʻyicha yetarli bilim va koʻnikmalarga ega boʻlgan kadrlar bilan poligon shtatlarini toʻldirish va kadrlarning malakasini oshirish ishlarini tashkil etish. |
2021-yil dekabr | |||
|
31. |
Kimyo yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi mavjud laboratoriyalarni xalqaro standartlarga (GLP va GMP) mos ravishda modernizatsiya qilish va Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida GLP klinikoldi tadqiqotlar markazini tashkil etish. |
1. Kimyo yoʻnalishida faoliyat yurituvchi ilmiy-tadqiqot muassasalaridagi mavjud laboratoriyalarni xalqaro standartlarga (GLP va GMP) mos ravishda modernizatsiya qilish uchun xorijiy grantlarni jalb qilish boʻyicha ishlarni tashkil etish. |
2021-yil aprel |
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida GLP klinikoldi tadqiqotlar markazi faoliyatini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may | |||
|
32. |
Ilmiy loyihalarni moliyalashtirish va hisobini yuritishning normativ-huquqiy bazasini takomillashtirish. |
Quyidagilarni nazarda tutuvchi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish: Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan bajariladigan davlat ilmiy-texnikaviy dasturlari doirasida loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirish, moliyalashtirish va xarajatlarni hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi nizom; Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan davlat ilmiy tashkilotlarini bazaviy moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom. |
2021-yil may |
Innovatsion rivojlanish vazirligi Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi |
|
33. |
Milliy gʻoʻza genofondi kolleksiyasi markazi, Mikroorganizmlarning milliy kolleksiyasi markazi va Milliy biologik faol moddalar bankini tashkil etish. |
1. Milliy gʻoʻza genofondi kolleksiyasi markazi, Mikroorganizmlarning milliy kolleksiyasi markazining va Milliy biologik faol moddalar banki tashkil etiladigan Fanlar akademiyasi tizimidagi ilmiy tashkilotlarni aniqlash. |
2021-yil aprel |
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may | |||
|
34. |
Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida zamonaviy Tibbiyot kimyo va nozik organik sintez laboratoriyasini tashkil etish |
Oʻsimlik moddalari kimyosi instituti hududida zamonaviy Tibbiyot kimyo va nozik organik sintez laboratoriyasini tashkil etish yuzasidan chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may |
Fanlar akademiyasi Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
35. |
Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida “Bioorganik kimyo” va “Organik moddalar fizik-kimyo analizi” ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish va Janubiy Orolboʻyi zoologiya muzeyi va gerbariysini zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash |
1. Qoraqalpoq tabiiy fanlar ilmiy-tadqiqot institutida “Bioorganik kimyo” va “Organik moddalar fizik-kimyo analizi” ilmiy laboratoriyalarini tashkil etish yuzasidan takliflarni tayyorlash va Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil aprel |
Fanlar akademiyasi Moliya vazirligi Innovatsion rivojlanish vazirligi |
|
2. Janubiy Orolboʻyi zoologiya muzeyi va gerbariysini zarur asbob-uskunalar bilan taʼminlash boʻyicha chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish. |
2021-yil may | |||
6-ILOVA
|
1. |
I.Yu. Abdurahmonov |
— |
oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri, Kuzatuv kengashi raisi |
|
2. |
B.S. Yuldashev |
— |
Fanlar akademiyasi prezidenti |
|
3. |
A.R. Karimov |
— |
iqtisodiyot va moliya vazirining oʻrinbosari |
|
4. |
O.A. Toʻychiyev |
— |
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori |
|
5. |
S.M. Turabdjanov |
— |
Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti rektori |
|
6. |
K.N. Ishanxodjayev |
— |
Oʻzbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi raisi |
|
7. |
J.T. Tavakalov |
— |
Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasi ijro etuvchi direktori v.b. |
7-ILOVA