06.05.2017 yildagi PQ-2960-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib borilayotgan ishlar natijadorligi va samaradorligini oshirishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi ish oʻrinlarini tashkil etish, iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlari faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishda ularga amaliy yordam koʻrsatish boʻyicha aniq yoʻnaltirilgan va tizimli ishlar olib borishda mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish, shu asosda band boʻlmagan aholini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-yilning 1-iyulidan boshlab mahalliy ijro hokimiyati rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tizimini joriy etish, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan har chorak prognoz koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — prognoz koʻrsatkichlari) bajarilishini taʼminlagan taqdirda, ularga lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyat, shahar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlariga, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlangan taqdirda, lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishini taʼminlash hududiy prognoz koʻrsatkichlarini tuman va shaharlar kesimida tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, 2018-yildan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari respublikamiz hududlari kesimida har chorak boʻyicha taqsimlangan holda, tasdiqlangan hududiy va tarmoq rivojlanish dasturlariga muvofiq tashkil qilinadigan doimiy ish oʻrinlari koʻrsatkichlarini inobatga olib, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi Aholi bandligi dasturiga kiritiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari shahar va tumanlar kesimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi aholi bandligi manzilli hududiy dasturlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning birinchi oʻrinbosarlariga hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofot yoki jarima hajmini belgilash uchun asos boʻladigan aholi bandligi oʻsishi koʻrsatkichlarini aniqlashda band aholi sonining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlariga nisbatan oʻzgarishi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band aholi soni Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallari toʻlayotgan fuqarolar umumiy soni asosida aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va ularning birinchi oʻrinbosarlari hamda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofot berish va ularning oylik maoshidan jarima undirish hisobot chorakda prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi natijalariga koʻra, kelgusi chorak davomida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) tarkibi 3-ilovaga muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (A.N. Aripov):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan prognoz koʻrsatkichlarining hududlar kesimida bajarilishi toʻgʻrisida kiritilgan maʼlumotlari asosida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlariga nisbatan ularni moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish choralarini qoʻllash haqidagi masalani har chorak yakunlari boʻyicha koʻrib chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi prognoz koʻrsatkichlarini bajarish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga, zarur hollarda, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Mehnat vazirligi, mahalliy ijro hokimiyati organlarining prognoz koʻrsatkichlari amalda bajarilishi dinamikasidan kelib chiqqan holda ishlab chiqqan asoslangan takliflari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida tasdiqlangan 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsish prognoz koʻrsatkichlariga oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilansinki, prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mukofotlar toʻlash va lavozim maoshlaridan jarimalar undirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Komissiyaning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tuman hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari qarorlari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga — iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, shuningdek iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofotlar toʻlash manbai budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari oʻz ish faoliyatida iqtisodiyot tarmoqlari korxonalari hamda tadbirkorlik subyektlariga ular faoliyatini rivojlantirish va kengaytirishga toʻsqinlik qilayotgan muammolarni, jumladan, joylarga chiqqan holda, tizimli hal qilishda amaliy yordam koʻrsatish, shu asosda band boʻlmagan aholini, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini ishga joylashtirish masalalarini hal qilishga qatʼiy va soʻzsiz rioya etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyat, shahar va tumanlar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari, uzluksiz ikki chorak davomida, yoki yil davomida uch chorakda prognoz koʻrsatkichlari bajarilmaganligi taqdirda, ular tomonidan aholi bandligini taʼminlash borasidagi ishlari qoniqarsiz, deb topilishi va egallab turgan lavozimlariga noloyiqligi masalasi koʻrib chiqilishi haqida ogohlantirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki bir oy muddatda iqtisodiy kompleks hududiy organlari rahbarlarining aholi bandligi oshishini taʼminlashda moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini oshirish tartibini, jumladan tegishli prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va uning bajarilishini nazorat qilishni hisobga olgan holda, ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 6-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2960-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga

1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Ushbu Nizom aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish (keyingi oʻrinlarda — moddiy ragʻbatlantirish tartibi) tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Moddiy ragʻbatlantirish tartibiga muvofiq aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining lavozim maoshlaridan mukofotlar berish va jarimalar undirish tizimi joriy etilib, u quyidagi miqdorda boʻladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlari tomonidan aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan har chorak hududiy prognoz koʻrsatkichlari (keyingi oʻrinlarda — prognoz koʻrsatkichlari) bajarilishi taʼminlangan taqdirda, ularga lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida mukofot toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlanmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 15 foizi miqdorida jarima shaklida intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimlarining birinchi oʻrinbosarlari, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari tomonidan prognoz koʻrsatkichlari bajarilishi taʼminlangan taqdirda, ularga lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida mukofot puli toʻlanadi, prognoz koʻrsatkichlariga erishilmagan taqdirda — lavozim maoshlarining 20 foizi miqdorida jarima solinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ushbu Nizomda iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlari sifatida Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining viloyat (Qoraqalpogʻiston Respublikasida — respublika), shahar va tuman boʻlinmalari, shuningdek, tijorat banklari filiallari rahbarlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Moddiy ragʻbatlantirish tartibi 2017-yil 1-iyuldan amalda joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini belgilash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ushbu Nizomga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
band aholi soni Oʻzbekiston Respublikasi Soliq Kodeksida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (keyingi oʻrinlarda — budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi) sugʻurta badallarini toʻlovchi fuqarolarning umumiy sonining koʻrsatkichi sifatida belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi oʻsishi oʻtgan yilning huddi shu choragiga (keyingi oʻrinlarda — bazaviy davr) nisbatan budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlovchi aholi bandligi soni hisobot choragida (keyingi oʻrinlarda — hisobot davri) koʻpayishi sifatida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2018-yildan boshlab prognoz koʻrsatkichlar quyidagicha belgilanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikamiz hududlari kesimida har chorak boʻyicha taqsimlangan holda — Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi Aholi bandligi dasturida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tumanlar kesimida — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari tomonidan tasdiqlanadigan har yilgi aholi bandligi manzilli hududiy dasturlarida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prognoz koʻrsatkichlari hududiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlari, modernizatsiya qilishning tarmoq dasturlari, investitsiya dasturlari, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturlari, xususiylashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan taqdim etiladigan boshqa tegishli dasturiy hujjatlarga muvofiq tashkil qilinadigan doimiy ish oʻrinlari koʻrsatikichlarini inobatga olib ishlab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, prognoz koʻrsatkichlari koʻrsatilgan hudud, shahar va tumanda aholi bandligi oʻsish surʼatlarining oʻtgan yildagi chorakning oʻrtacha koʻrsatkichlardan past boʻlishi mumkin emas, respublika Hukumati qarorlari bilan belgilangan holatlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. 2017-yilning III va IV choragiga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari respublika hududlari kesimida mazkur qaror bilan tasdiqlangan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilning III va IV choragiga moʻljallangan prognoz koʻrsatkichlari respublikaning shahar va tumanlari kesimida aholi bandligining tasdiqlangan hududiy dasturlarida doimiy yaratiladigan ish oʻrinlari koʻrsatkichlarini inobatga olib, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari qarorlari bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Aholi bandligi oʻsishini taʼminlash uchun iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi, shu jumladan prognoz koʻrsatkichlarini ishlab chiqish, tasdiqlash va bajarishni nazorat qilish mexanizmlari iqtisodiy kompleksining tegishli respublika organlari qarorlari bilan ushbu Nizomning 1-ilovasida keltirilgan koʻrsatkichlar va mezonlarga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Aholi bandligi oʻsish prognoz koʻrsatkichlarini bajarishni baholash tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Hududiy mehnat boshqarmalari, davlat soliq boshqarmalari, budjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi boshqarmalari shahar va tumanlar kesimida band aholining soni toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni bazaviy davr oxiri va hisobot davrida, keyingi hisobot choragidan keyingi oyning 28-sanasidan kechiktirmay, band aholining oʻsish soni toʻgʻrisida hisobot davrida, shuningdek, shahar va tumanlar kesimida tegishli hududlarda tasdiqlangan bajarilgan (bajarilmagan) prognoz koʻrsatkichlarini shakllantiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Band aholining soni toʻgʻrisida bazaviy davr oxiri va hisobot davrida, shuningdek, hisobot davrida band aholining soni oʻsishi toʻgʻrisidagi maʼlumot soliq xizmati organlari va budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining soliq toʻlovchining identifikatsiya raqami (STIR) asosida budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilari boʻlgan jismoniy shaxslar toʻgʻrisida axborot-kompyuter maʼlumotlar bazasi asosida shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallar toʻlovini bazaviy davr yoki hisobot davrida hech boʻlmaganda bir marta amalga oshirgan fuqarolar budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarining faol toʻlovchilari hisoblanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarini bajarganlik (bajarmaganlik) toʻgʻrisida maʼlumot aholi bandligi oʻsishi sonini tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga taqqoslash asosida moʻljalga olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Hududiy mehnat boshqarmalari, davlat soliq boshqarmalari, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi boshqarmalari har chorakdan keyingi oyning 30-sanasidan kechiktirmasdan shaharlar va tumanlar kesimida hududlar boʻyicha aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi (bajarilmaganligi) toʻgʻrisidagi hisobot maʼlumotlarni ushbu Nizomning 2-ilovasiga muvofiq shaklda (keyingi oʻrinlarda — Hisobot maʼlumotlari):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholi bandligi oʻsishining prognoz parametrlarini bajarganligi uchun — shahar va tuman hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlarini mukofotlash yoki ulardan jarima ushlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisiga, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga keyinchalik tegishli maʼlumotlarni Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiyaga kiritish uchun (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) yuboradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari Hisobot maʼlumotlarini olganidan keyin uch ish kun davomida shahar va tuman hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlarining lavozim maoshlaridan mukofot berish yoki jarima ushlab qolish toʻgʻrisida qaror qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi va Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi Hisobot maʼlumotlarini olganidan soʻng uch ish kuni davomida har bir hudud boʻyicha aholi bandligining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi (bajarilmaganligi) toʻgʻrisida Hisobot maʼlumotnomasini ushbu Nizomning 3-ilovasiga muvofiq shaklda shakllantiradi va Komissiyaga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiya Hisobot maʼlumotnomasini olganidan soʻng oʻn kun muddatda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari va ularning birinchi oʻrinbosarlariga nisbatan ularni moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish choralarini qoʻllash haqidagi masalani koʻrib chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya aholi bandligi prognoz koʻrsatkichlarini bajarish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatni kuchaytirish tizimini takomillashtirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga nisbatan ragʻbatlantirish va intizomiy jazo qoʻllash boʻyicha tegishli choralar koʻrish toʻgʻrisida takliflar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mukofotlar toʻlash va lavozim maoshlaridan jarimalar undirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Komissiyaning taqdimnomasi boʻyicha Vazirlar Mahkamasining qarori asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar va tuman hokimlari hamda ularning birinchi oʻrinbosarlariga — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari qarorlari asosida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga — iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari qarorlari asosida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Prognoz koʻrsatkichlari hududda, shaharda yoki tumanda bajarilmagan va mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlariga nisbatan jarima shaklida intizomiy chora qoʻllanilgan taqdirda, iqtisodiy kompleksning tegishli hududiy organlar rahbarlari ularga belgilangan prognoz parametrlari bajarilishidan qatʼiy nazar mukofotlanmaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga prognoz koʻrsatkichlarini bajarmaganliklari uchun Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 181 — 184-moddalarida nazarda tutilgan tartibda jarima solinadi. Bunda jarima shaklidagi intizomiy jazoning amal qilish muddati hisobot choragidan keyingi chorak hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladigan mahalliy ijro hokimiyati organlarining rahbarlari, ularning birinchi oʻrinbosarlari, shuningdek, iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlariga mukofotlar toʻlash manbai boʻlib budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus fondi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtirilmaydigan iqtisodiy kompleks organlari uchun mukofotlarni toʻlash manbai boʻlib oʻzlarining mablagʻlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Prognoz koʻrsatkichlari ketma-ket ikki chorak yoki yil davomida uch chorak bajarilmagan taqdirda, mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va hududiy iqtisodiy kompleks rahbarlari tomonidan aholi bandligini taʼminlash boʻyicha olib boriladigan ishlar qoniqarsiz deb topiladi, bunda ularning egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisidagi masala quyidagi tartibda koʻrib chiqiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shahar yoki tuman hududida prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda — Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, shahar va tuman hokimlari ularning birinchi oʻrinbosarlarining egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisidagi masalani qonunchilikda belgilangan tartibda kiritadilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hududda prognoz koʻrsatkichlari bajarilmagan taqdirda — Komissiya Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari, ularning birinchi oʻrinbosarlarining egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisidagi masalani qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar koʻrilishi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
prognoz koʻrsatkichlari iqtisodiy kompleksning hududiy organlari tomonidan bajarilmagan taqdirda — iqtisodiy kompleksning respublika organlari rahbarlari iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarining egallab turgan lavozimlariga noloyiq ekanligi toʻgʻrisida tegishli qaror qabul qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakunlovchi qoidalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ushbu Nizomning bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Komissiya tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonunchilikka muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

1-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Iqtisodiy idoralarning hududiy boʻlinmalari rahbarlari faoliyatini baholash uchun aholi bandligi oʻsishi prognoz parametrlarining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KOʻRSATKIChLARI VA MEZONLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Iqtisodiy idora nomi

Koʻrsatkichlari va mezonlar*

1.

Iqtisodiyot vazirligining hududiy organlari

Hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarining amalga oshirilgan loyihalari doirasida ishga joylashgan fuqarolar soni

2.

Mehnat boʻyicha hududiy organlar

Me�nat organlari koʻmagida ishga joylashgan, shu jumladan kasbiy qayta taʼlim olgan hamda jamoat ishlariga jalb qilingan fuqarolar soni

3.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari

Davlat mulki obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga topshirish, xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritasi”ni amalga oshirish natijasida ishga joylashgan fuqarolar soni

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasining hududiy organlari

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar ishtirokida investitsiya loyihalarini amalga oshirish natijasida ishga joylashgan fuqarolar soni

5.

Davlat soliq qoʻmitasining hududiy organlari

Yakka tartibdagi yangi tadbirkorlar roʻyxatdan oʻtkazilgani va ular tomonidan yollangan ishchilar sonining oshishi natijasida ishga joylashgan fuqarolar soni

6.

Tijorat banklarining hududiy filiallari

Kichik va xususiy tadbirkorlik subyektlariga ajratilgan kreditlar, shu jumladan mikrokreditlar hisobiga ishga joylashgan kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari, ayollar, shaxsiy yordamchi va dehqon xoʻjaliklari aʼzolari soni

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Izoh. Aholi bandligi oʻsishi koʻrsatkichlari va mezonlari Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurdagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini toʻlovchi band fuqarolar sonini hisobga olgan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

2-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aholi bandligining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarini shahar va tumanlar kesimida (hududlar nomi) bajarganligi (bajarilmaganligi) toʻgʻrisida

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
HISOBOT MAʼLUMOTLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Shahar va tumanlar nomi

Bazaviy chorak oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilar soni)

Hisobot choragi oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilar soni)

Ban� aholi sonining oʻsishi

Aholi bandligi oʻsishi, foizda

Aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari, foizda

Aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari bajarilganligi (+)/ bajarilmaganligi
(-), foizda

1

2

3

4 (3-2)

5 (4/2*100)

6

7 (5-6)

Hududlar boʻyicha jami

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlarini bajarganligi uchun mahalliy ijro hokimiyati organlari rahbarlari va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga

3-ILOVA

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Aholi bandligining tasdiqlangan hududiy prognoz koʻrsatkichlari bajarganligi (bajarilmasligi) toʻgʻrisida

HISOBOT MAʼLUMOTNOMASI

_______________________________________________________boʻyicha
(hudud nomi)

A. Bazaviy chorak (oʻtgan yilning xuddi shu choragi) oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlovchilar soni) — ____________ nafar.

V. Hisobot choragi oxiri boʻyicha band aholi soni (budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga sugʻurta badallarini faol toʻlov�ilar soni)
— ____________ nafar.

S. Band aholi sonining oʻsishi (V-A) — ____________ nafar.

D. Aholi bandligi oʻsishi, foizda da (S/A * 100) — ________ foizda.

E. Aholi bandligi sonining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlari — ______ foizda.

F. Aholi bandligi oʻsishining tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarini bajarilganligi (+)/ bajarilmaganligi (-)

(D-E) — _______ p. p.

______________________________

______________________________

______________________________

(F.I.O.)

M.Oʻ.

(F.I.O.)

M.Oʻ.

(F.I.O.)

M.Oʻ.

Oʻzbekiston Respublikasi mehnat vaziri

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi hududlari kesimida 2017-yilning III va IV choragida aholi bandligi oʻsishining

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PROGNOZ KOʻRSATKIChLARI*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

foizda

T/r

Hududlar nomi

Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari

2017-yil III chorak

2017-yil IV chorak

1.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi

104,1

105,1

2.

Andijon viloyati

104,4

105,5

3.

Buxoro viloyati

103,4

104,4

4.

Jizzax viloyati

104,3

105,3

5.

Qashqadaryo viloyati

103,4

104,4

6.

Navoiy viloyati

102,3

103,3

7.

Namangan viloyati

104,1

105,1

8.

Samarqand viloyati

103,7

104,7

9.

Surxondaryo viloyati

103,1

104,2

10.

Sirdaryo viloyati

103,9

104,9

11.

Toshkent viloyati

102,4

103,4

12.

Fargʻona viloyati

102,4

103,4

13.

Xorazm viloyati

103,9

104,9

14.

Toshkent shahri

101,5

102,6

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Aholi bandligi oʻsishining prognoz koʻrsatkichlari budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasining sugʻurta badallari toʻlovchilari boʻlgan band fuqarolar sonining foizi oʻtgan yilning xuddi shu choragidagi koʻrsatkich bilan solishtirganda prognozda koʻrsatilgan davrda (chorak) oʻsishini bildiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 6-maydagi PQ-2960-son qaroriga

3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mahalliy ijro hokimiyati va iqtisodiy kompleksning hududiy organlari rahbarlarini aholi bandligini oshirish uchun moddiy ragʻbatlantirish va shaxsiy masʼuliyatini kuchaytirish chora-tadbirlarini muvofiqlashtirish boʻyicha Komissiya

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Komissiya raisi

A.J. Ramatov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

R.S. Azimov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari, Komissiya raisi oʻrinbosari

G.K. Saidova

iqtisodiyot vaziri

B.A. Xodjayev

moliya vaziri

A.A. Abduxakimov

mehnat vaziri

B.R. Parpiyev

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi

R.A. Gʻulomov

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisi

A.I. Axmedxodjayev

Oʻzbekiston Respublikasi Investitsiyalar boʻyicha davlat qoʻmitasi raisi

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari Yigʻma axborot-tahlil departamenti mudiri

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Kommunal soha, ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish, transport, kapital qurilish va qurilish industriyasi masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri

D.Sh. Sultanov

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasi ijrochi direktori

lavozimi boʻyicha

Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari Yigʻma axborot-tahlil departamenti shuʼba mudiri, Komissiya kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Komissiya aʼzolari boshqa ishga oʻtganda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoki zimmasiga tegishli funksiyalarni bajarish yuklatilgan shaxslar kiritiladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 19-son, 338-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)