Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019 18.04.2017 yildagi PF-5016-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 15.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 14-yanvardagi PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xususiylashtirilgan davlat mulki negizida xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida davlat siyosatini sifat jihatdan oʻzgartirishni taʼminlash, tadbirkorlik subyektlarini xususiylashtirilgandan keyin amaliy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, davlat mulkidan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi etib qayta tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xususiylashtirilgan korxonalarning ishlab chiqarish faoliyatini tiklash va samaradorligini oshirishni har tomonlama keng qoʻllab-quvvatlash, shu asosda aholi daromadlarining barqaror oʻsishini taʼminlaydigan yangi ish oʻrinlarini yaratish, ushbu maqsadlarda vakolatli davlat organlari, moliya hamda boshqa bozor tuzilmalarining Savdo-sanoat palatasi hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruv organlari bilan mustahkam hamkorlikdagi faoliyatini muvofiqlashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining gʻoyat muhim vazifasi deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatining ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari boʻyicha muttasil yangilanib turuvchi maʼlumotlar bazasini hamda xususiylashtirilgan obyektlar reyestrini, shuningdek, davlat aktivlari reyestrini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiylashtirilgan korxonalar faoliyati moliyaviy-iqtisodiy va ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini soliq, iqtisodiyot va statistika organlari bilan birgalikda doimiy asosda tahlil qilib borish, buning asosida faoliyat koʻrsatmayotgan, past rentabelli va zarar koʻrib ishlayotgan korxonalarni, boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan obyektlar hamda yer uchastkalarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgari xususiylashtirilgan korxonalar samaradorligining pastligi hamda ishlamayotganligi sabablari va omillarini, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlari, boʻsh yotgan va qurilishi tugallanmagan obyektlarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yangi ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini oshirish va modernizatsiyalash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish, ruxsat beruvchi hujjatlarni olishda, kommunikatsiyalarga ulanishda va tijorat banklaridan kreditlar ajratilishida ularga koʻmaklashish maqsadida aniq xususiylashtirilgan korxonalarni rivojlantirishning “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda xususiylashtirilgan obyektlar negizida investitsiya loyihalarini amalga oshirayotgan tadbirkorlarga biznes yuritish va biznes-rejalarni ishlab chiqish asoslari, tadbirkorlik faoliyati sohasidagi qonunchilik, menejment, moliyaviy boshqaruv va boshqa fanlarni kasb-hunar kollejlari bazasida oʻtkaziladigan kurslarda oʻqitishni tashkil qilish, bunda tajriba almashish uchun respublikamizda ishlayotgan katta muvaffaqiyatlarga erishgan tadbirkorlar va xorijiy mutaxassislarni jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankrotlik toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha davlat siyosatini amalga oshirish, iqtisodiy nochor korxonalarni moliyaviy sogʻlomlashtirish, ularning faoliyat samaradorligini oshirish va yangi investorlarni jalb etish dasturlarini ishlab chiqish va roʻyobga chiqarishda ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat aktivlarini boshqarish, davlat ulushiga ega boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari faoliyatini monitoring qilish va tahlil etish, ularda korporativ boshqaruvning zamonaviy xalqaro standartlari va metodlarini joriy etish, shuningdek, davlat aktivlarini xususiy mulkdorlarga, shu jumladan, “nol” xarid qiymati boʻyicha sotishning ochiq-oydinligi va shaffofligini taʼminlash, investorlar tomonidan qabul qilingan investitsiyaviy va ijtimoiy majburiyatlar bajarilishi ustidan monitoring olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish, raqobatni va qimmatli qogʻozlar bozorini rivojlantirish, isteʼmolchilar huquqlarini muhofaza qilish, baholash, rieltorlik va birja faoliyatini litsenziyalash, reklama bozorini tartibga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tizimli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil etish, rahbar va mutaxassislar, shu jumladan, idoraviy tuzilmalar rahbarlari hamda mutaxassislarining ish shakllari va uslublarini takomillashtirish, zimmasiga yuklangan vazifalarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi uchun ularning masʼuliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi 2018-yilning 1-yanvariga qadar Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda muttasil yangilanib turuvchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq, statistika va kadastr organlarining maʼlumotlar bazasi bilan oʻzaro elektron aloqani taʼminlaydigan tarmoqlar, hududlar va turli xususiylashtirish shakllari kesimida davlat mulkining xususiylashtirilgan obyektlari boʻyicha maʼlumotlar bazasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boʻsh yotgan va samarasiz foydalanilayotgan xususiylashtirilgan obyektlar, ishlab chiqarish maydonlari va qurilishi tugallanmagan obyektlardan xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun foydalanish maqsadida ularning hududiy reyestrlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xususiy biznesni tashkil etish uchun tadbirkorlarga taklif etilayotgan boʻsh yotgan davlat mulki obyektlarining hududiy reyestrlarini yaratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining huquq va majburiyatlari boʻyicha huquqiy vorisi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining oʻz vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiydir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi hamda viloyatlar va Toshkent shahrining xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish hududiy boshqarmalari Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasining hududiy organlari hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi hududiy organlarining rahbarlarini tayinlash, tegishli ravishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Kollegiyasining qarori bilan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilning 1-iyunidan boshlab har bir tumanda xususiylashtirilgan obyektlar negizida loyihalarni amalga oshirayotgan tadbirkorlar uchun kasb-hunar kollejlarining binolarida oʻquv mashgʻulotlaridan boʻsh vaqtda oʻquv kurslarini tashkil etsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uch oy muddatda yangi ish boshlayotgan tadbirkorlarga biznes-rejalar tayyorlashda, zarur axborotni olishda va tadbirkorlik faoliyatini yuritish bilan bogʻliq amaliy masalalarni hal etishda ularga ekspert, huquqiy va maslahat yordami koʻrsatish uchun biznes-inkubatorlar tashkil etish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi ikki hafta muddatda 2017-2018-yillarda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish boʻyicha “yoʻl xaritalari”ni ishlab chiqish va amalga oshirish chora-tadbirlari dasturini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi huzurida Davlat mulkini xususiylashtirishdan tushgan mablagʻlar jamgʻarmasi negizida Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi tashkil etilsin, uni shakllantirish manbalari saqlab qolingan holda, mablagʻlarni xususiylashtirilgan korxonalarni amaliy ravishda qoʻllab-quvvatlashga, investitsiya loyihalarini amalga oshirishga hamda tadbirkorlarning oʻqishini tashkil qilishga yoʻnaltirish uning ustuvor vazifasi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar xususiylashtirilgan korxonalarni Jamgʻarma mablagʻlari hisobiga qoʻllab-quvvatlashning qoʻshimcha manbalari etib belgilansin:
Oldingi tahrirga qarang.
(8-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil26-dekabrdagi PF-5607-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladigan davlat mulki ijarasidan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jamgʻarmaning respublika va mahalliy budjetlarga yoʻnaltirilishi lozim boʻlgan tushumlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-yanvardagi PF-4933-sonli Farmoniga muvofiq, Qoraqalpogʻiston Respublikasi budjetiga, viloyatlar va Toshkent shahri mahalliy budjetlariga yoʻnaltiriladigan davlat mulki obyektlarini sotishdan tushadigan mablagʻlar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish jamgʻarmasi mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Vazirlar Mahkamasi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisidagi qarori loyihasini belgilangan tartibda tasdiqlash uchun kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi va uning hududiy organlari qoʻmita zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq, sudlarning koʻrib chiqishi uchun kiritiladigan daʼvolar boʻyicha davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 13-noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasini tashkil etish toʻgʻrisida”gi PF-4483-sonli Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi V.A. Golishev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 18-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-5016-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 266-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 28.12.2018-y., 06/18/5607/2385-son)