15.04.2017 yildagi 220-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ustavi 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston banklar uyushmasi, shuningdek uning muassislari tomonidan, ilgari Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki tomonidan Oʻzbekiston banklar uyushmasi ustav fondiga ulush sifatida kiritilgan, Toshkent shahri, Movarounnahr koʻchasi, 16-uy manzilida joylashgan binoni va inshootlarni (keyingi oʻrinlarda bino deb ataladi) yondosh hududi bilan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga bepul berish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining binoni Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga operativ boshqarish huquqi bilan davlat mulki sifatida bepul berish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi bir oy muddatda ushbu qarorning 2-bandida koʻrsatilgan binoning belgilangan tartibda berilishini-qabul qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Toshkent shahri hokimligi ilgari Oʻzbekiston banklar uyushmasiga birkitilgan binoga yondosh hududdagi maydoni 0,75 gektar boʻlgan yer uchastkasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasiga doimiy foydalanish huquqini belgilangan tartibda bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining ushbu qarorning 5-bandida koʻrsatilgan yer uchastkasiga boʻlgan huquqlarini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni belgilangan tartibda amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining 3-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 15-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
USTAVI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Bank-moliya akademiyasini tashkil etish toʻgʻrisida” 1996-yil 2-maydagi PF–1460-son Farmoniga muvofiq tashkil etilgan hamda oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 17-maydagi 180-son, “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 2013-yil 16-sentabrdagi 255-son qarorlari va ushbu Ustav asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Akademiya bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash boʻyicha, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Akademiya oʻz oldida turgan vazifalarni bajarish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Ustavga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi va boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Akademiya oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Markaziy banki, Davlat soliq qoʻmitasi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston banklar uyushmasi, davlat va xoʻjalik boshqaruvi boshqa organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Akademiya yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Gʻaznachiligida shaxsiy hisob raqamlariga, milliy va xorijiy valyutalardagi bank hisob raqamlariga, oʻz nomi davlat tilida koʻrsatilgan, Oʻzbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhrga, muhrlarga, shtamp va boshqa atributlarga, shuningdek oʻz faoliyati uchun zarur boʻlgan boshqa rekvizitlarga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning toʻliq rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilida — “Oʼzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ingliz tilida — “Banking and Finance Academy of the Republic of Uzbekistan”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rus tilida — “Bankovsko-finansovaya akademiya Respubliki Uzbekistan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning pochta manzili (joylashgan joyi): Toshkent shahri, Movarounnahr koʻchasi, 16-uy.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Akademiya faoliyatning quyidagi yoʻnalishlarini amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“magistr” darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom topshirgan holda magistraturaning ikki yillik oʻquv rejalari boʻyicha oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi diplom bergan holda toʻrt oygacha davrga moʻljallangan va kadrlarning buyurtmachilari bilan kelishilgan taʼlim dasturlariga muvofiq bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini, shu jumladan yuqori lavozimlarga koʻtarish uchun zaxiradagi xodimlarni qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan namunadagi sertifikat bergan holda bir oygacha boʻlgan davrga moʻljallangan va kadrlarning buyurtmachilari bilan kelishilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar boʻyicha, oliy taʼlimdan keyingi ikki darajali tizimga muvofiq ilmiy darajali oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ustavdagi vazifalarni bajarish doirasida oʻquv, metodik, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqotning barcha turlari, shuningdek axborot-tahliliy faoliyat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohasida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish sohasida xalqaro va xorijiy moliya institutlari, xalqaro va xorijiy taʼlim, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va dasturlar bilan hamkorlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahririyat-noshirlik faoliyati.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatning boshqa turlarini ham amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Akademiya magistraturasiga tinglovchilarni qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi magistraturasiga qabul qilish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomga muvofiq, davlat granti va pulli-kontrakt asosida bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining kamida ikki yil mehnat stajiga ega boʻlgan boshqaruv kadrlari va mutaxassislari jumlasidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish Akademiya taʼminoti uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari hisobiga hamda vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Akademiyaning asosiy maqsadlari va vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Bank, moliya, soliq tizimi hamda iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari uchun boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishning samarali tizimini tashkil etish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash, shuningdek koʻrsatilgan sohalarda ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish Akademiyaning asosiy maqsadlari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar Akademiyaning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy menejment, moliyaviy-iqtisodiy jarayonlarni strategik rejalashtirish va prognozlashtirish metodlarini egallagan, bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohasida xoʻjalik yuritishning bozor sharoitlarida boshqaruv qarorlari qabul qilish nazariyasi va amaliyotiga asoslangan tegishli bilimlar va amaliy koʻnikmalarga ega boʻlgan boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarda davlatning iqtisodiy siyosati va uning amalga oshirilishini taʼminlash, xalqaro moliya bozorlari institutlari rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari, davlat va korporativ moliyalarni boshqarish, xalqaro va milliy bank, soliq, investitsiya, sugʻurta va pensiya ishi va monetar fiskal va valyuta siyosati, strategik menejment va marketing, korporativ boshqaruv sohalarida tinglovchilarda mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek ularning tanlangan mutaxassislik boʻyicha boshqaruv koʻnikmalarini egallashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
professor-oʻqituvchi kadrlar, ilmiy xodimlar va tinglovchilarning tahliliy va kreativ salohiyatini mustahkamlash, muhim ilmiy va ilmiy-innovatsion yoʻnalishlar boʻyicha ularning ilmiy-amaliy faoliyatni yuritishga boʻlgan ehtiyojlari va manfaatlarini rivojlantirish va ragʻbatlantirish, davlat hamda xalqaro ilmiy va ilmiy-tadqiqot dasturlariga muvofiq ilmiy ishlarni izchil rivojlantirish, ularning natijalarini amaliyotga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlarning bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohalarida dolzarb fundanmental, amaliy va innovatsion loyihalarga yoʻnaltirilganligini taʼminlash, ular natijalarining iqtisodiyot fani va amaliyotiga chuqur integratsiya qilinishini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohalarida islohotlarning natijalarini, Oʻzbekiston bank-moliya tizimining xalqaro moliya bozorida egallayotgan mustahkam oʻrni va nufuzi toʻgʻrisida qiziqqan auditoriyani xabardor qilish, vazirliklar, idoralar va tashkilotlarda, aholining keng qatlamlari oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha tushuntirish ishlarini oʻtkazishda faol ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Akademiya oʻziga yuklangan vazifalarni bajarish maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari va talablarini, shuningdek ularni oʻqitishning zamonaviy shakllari va usullarini, amaliyotda muvaffaqiyatli sinab koʻrilgan pedagogik, axborot-kommunikatsiya va innovatsiya texnologiyalaridan foydalanishni hisobga olgan holda zamonaviy taʼlim va tadqiqot shakllari va usullarini qoʻllash vositasida oʻquv, oʻquv-metodik, maʼnaviy-maʼrifiy va ilmiy-tadqiqot jarayonlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼlim va tadqiqotlar ixtisosligi boʻyicha oʻquv jarayonini zarur oʻquv, ilmiy va qoʻshimcha adabiyotlar, mahalliy va xorijiy davriy nashrlar, oʻqitishning zamonaviy vositalari, kompyuter va oʻquv-prezentatsiya texnikasi bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv va ilmiy-metodik ishlar, maslahatlashuvlar va mahorat darslari oʻtkazish uchun xorijiy mamlakatlardan yuqori malakali olimlar va mutaxassislarni kontrakt asosida jalb etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv rejalariga va ilmiy tadqiqotlarning dasturlariga muvofiq bank, moliya va soliq tizimi tashkilotlarida, iqtisodiyot real sektori tarmoqlari tuzilmasida, oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida, shu jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bilan kelishuv boʻyicha Akademiya rektori tomonidan tasdiqlangan tartibga muvofiq xorijiy mamlakatlarda amaliyot va stajirovkadan oʻtishi uchun ilmiy xodimlar va tinglovchilarni tashkil qiladi va yuboradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning yetakchi taʼlim va ilmiy muassasalari negizida, bank, moliya va soliq tizimlari tashkilotlarida, iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari tuzilmasida, shu jumladan xorijiy mamlakatlarda professor-oʻqituvchilar tarkibini, ilmiy kadrlar, boshqa xodimlarni qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
real amaliyot, bajarilgan magistrlik va doktorlik dissertatsiyalarining asosiy mazmuni va xulosalarini amaliyotda qoʻllash bilan oʻzaro bogʻliq holda nazariy va ilmiy-metodik tayyorlashni integratsiyalashni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zamonaviy shakllarni, metodlarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qoʻllagan holda tinglovchilarning mustaqil taʼlim olishini tashkil etadi, magistrlik va doktorlik dissertatsiyalari yoki oʻrganilayotgan predmet mavzulari boʻyicha ilmiy tadqiqotlar oʻtkazish uchun zarur oʻquv, ilmiy-tadqiqot va axborot resurslarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat taʼlim standartlari talablari bajarilishini hisobga olgan holda manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan oʻzaro aloqalarni yoʻlga qoʻyadi, taʼlimni rivojlantirish, kadrlar tayyorlashning oʻquv rejalari va dasturlari mazmunini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish, tinglovchilarning amaliyot va stajirovkani oʻtashini tashkil etish, shuningdek magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash masalalari boʻyicha ularning takliflari va tavsiyalarini oʻrganadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank ishi, moliya, soliq ishi va investitsiyalar sohasida boshqaruvning dolzarb muammolari boʻyicha kompleks ilmiy va ilmiy-innovatsiya tadqiqotlarini oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank, moliya, soliq tizimlarida va iqtisodiyotning real sektoridagi investitsiyalar sohasida innovatsiya va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish boʻyicha ilgʻor xalqaro tajribani oʻrganadi hamda takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashning samarali metodlarini ishlab chiqadi, tinglovchilarda huquqiy, siyosiy madaniyat va oʻz huquqlarini bilishni rivojlantiradi, vatanparvarlik, ijtimoiy-maʼnaviy va axloqiy sifatlarni, yuklangan vazifalar va majburiyatlarni bajarish yuzasidan masʼuliyat hissini, mamlakat taqdiri, uning mustaqilligini mustahkamlash uchun daxldorlik va masʼuliyatni shakllantiradi va rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistratura bitiruvchilari mehnat faoliyati va kasbiy oʻsishining doimiy monitoringini amalga oshiradi, bank, moliya, soliq tizimlari va investitsiyalar sohasi boshqaruv kadrlarini tayyorlash, tanlash, tarbiyalash va ishga joylashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Akademiyani boshqarish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Akademiya faoliyatini boshqarish qonun hujjatlariga va ushbu Ustavga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Akademiya faoliyatining asosiy masalalarini koʻrib chiqish uchun rektor (Kengash raisi) boshqaradigan Akademiya kengashi (keyingi oʻrinlarda Kengash deb ataladi) tashkil etiladi. Kengash tarkibi rektor tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash oʻz faoliyatini Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadigan Nizomga muvofiq amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengash tarkibiga prorektorlar, dekanlar, ilmiy kotib, kafedralar mudirlari, alohida tarkibiy boʻlinmalar tarkiblari, yetakchi professor-oʻqituvchi kadrlar va ilmiy xodimlar, mahalliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining, shuningdek yetakchi moliya va bank tashkilotlarining vakillari kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning vakolatlariga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va tahririyat-noshirlik ishlarining muhim masalalarini, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash, shuningdek Akademiya boʻlinmalari faoliyati muhim masalalarini hal etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyani boshqarish tuzilmasini takomillashtirish, uning faoliyatini rivojlantirishning kompleks dasturlarini qabul qilish, yuqori malakali boshqaruv kadrlari va mutaxassislar, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning yangi mutaxassisliklarini ochish bilan bogʻliq boʻlgan masalalarni koʻrib chiqish va tegishli qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha oʻquv rejalari va dasturlarini belgilangan tartibda koʻrib chiqish va tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning fakultetlari, kafedralari, oʻquv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy va boshqa boʻlinmalarini tashkil etish va tugatish toʻgʻrisida qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibiy boʻlinmalar rahbarlarining hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faxriy doktori” darajasi berish toʻgʻrisida qaror qabul qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Rektor, prorektorlar va dekanlar Akademiyaning rahbarlar tarkibi lavozimlariga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Akademiya faoliyatiga umumiy rahbarlikni Akademiya rektori amalga oshiradi. Akademiya rektori boʻlmagan vaqtda uning vazifalarini Oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor vaqtincha bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Akademiya rektori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha davlat organlarida va boshqa tashkilotlarda Akademiya nomidan vakillik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kengashning tuzilmasi va nizomini, tarkibiy boʻlinmalarning, shuningdek Akademiyaning ustavidagi vazifalarning bajarilishini taʼminlash uchun tashkil etiladigan boshqa organlarning nizomlari va ish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fakultetlar dekanlarini, oʻquv, metodik, ilmiy-tadqiqot, axborot-tahliliy boʻlinmalar va Akademiyaning boshqa tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning tashkiliy va moliyaviy faoliyati masalalarini hal qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning mol-mulki va mablagʻlarini boshqarish va tasarruf etish boʻyicha belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi, moliyaviy, toʻlov, hisob-kitob hujjatlari va boshqa hujjatlarni imzolaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning barcha xodimlari va tinglovchilari uchun bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va farmoyishlar chiqaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya xodimlari bilan mehnat shartnomalarini tuzadi va toʻxtatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq Akademiya xodimlarini moddiy ragʻbatlantiradi, shu jumladan har oylik ustamalar va mukofotlarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning shtat jadvallarini va taʼminoti xarajatlari smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning professor-oʻqituvchi kadrlarining oʻquv yuklamasini, shuningdek oʻquv va ilmiy faoliyatining normativ-metodik hujjatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida oʻqish uchun toʻlov miqdorlarini, shuningdek Akademiya tomonidan koʻrsatiladigan ishlar va xizmatlarga narxlar hamda tariflarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzining ayrim vakolatlarini Akademiya prorektorlari oʻrtasida taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya rektori qonun hujjatlariga, shuningdek ushbu Ustavga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Akademiya rektori xodimlarning cheklangan belgilangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi miqdori doirasida Akademiya tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Akademiyada Homiylik kengashi tashkil etiladi, uning tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. Homiylik kengashi toʻgʻrisidagi Nizomni Homiylik kengashining oʻzi tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Taʼlim jarayonini va Akademiyaning ilmiy-metodik faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Akademiyada taʼlim jarayoni mamlakatni modernizatsiyalash va iqtisodiyotni erkinlashtirishning ustuvor vazifalarini, ilgʻor xalqaro taʼlim standartlari va talablarini hisobga olgan holda zamonaviy pedagogika texnologiyalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan faol foydalanish negizida, magistratura mutaxassisliklari boʻyicha davlat taʼlim standartlariga hamda malaka talablariga muvofiq ishlab chiqilgan oʻquv rejalari va dasturlari asosida tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistratura mutaxassisliklari boʻyicha malaka talablari Akademiya tomonidan, respublika iqtisodiyotining bank-moliya sektori uchun boshqaruv kadrlari tayyorlashning maqsadli xususiyatini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat taʼlim standartlariga muvofiq va buyurtmachilarning ehtiyojlari hisobga olingan holda ishlab chiqilgan magistratura oʻquv rejalari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, shuningdek boshqa manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan kelishgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish boʻyicha taʼlim jarayoni davlat taʼlim talablariga va qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
(20-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 3-iyundagi 345-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Akademiya davlat taʼlim standartlariga, shuningdek buyurtmachilar talablariga muvofiq oʻquv rejalari va dasturlar talablaridan kelib chiqib magistraturaning tegishli mutaxassisliklari boʻyicha boshqaruv kadrlarini mustaqil tayyorlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Magistratura mutaxassisliklari, boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari boʻyicha oʻquv rejalari fanlarining oʻquv dasturlari Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Magistraturada boshqaruv kadrlarini tayyorlash, shuningdek qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida boshqaruv kadrlari va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlab chiqarishdan ajralgan holda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Akademiyada magistratura mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim dasturlarini oʻzlashtirish davlat yakuniy attestatsiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq bitiruvchilar tomonidan magistrlik dissertatsiyalari himoya qilinishi bilan tugallanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Akademiya magistraturasi mutaxassisliklari boʻyicha taʼlim dasturlarini davlat tomonidan akkreditatsiya qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga belgilagan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Ilmiy-tadqiqot va innovatsion ishlar davlat ilmiy dasturlari doirasida tanlov asosida ajratiladigan grantlar, Akademiyaning ilmiy grantlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar bilan shartnomalar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari va ular bilan tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshiriladi.
(25-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishdan olingan mablagʻlardan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Akademiyada oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash qonun hujjatlarida belgilangan oliy taʼlimdan keyingi ikki darajali tizimga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Akademiyaning tinglovchilari
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Akademiya magistraturasiga, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslariga qabul qilish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
(27-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-iyuldagi 599-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 01.08.2018-y., 09/18/599/1601-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Tinglovchilar oʻquv rejasida nazarda tutilgan topshiriqlarni belgilangan muddatlarda bajarishga, Akademiyaning Ustaviga va ichki tartib-qoidalariga rioya qilishga majbur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Oʻqish davrida oʻquv va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan tinglovchilar Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari, Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari, shuningdek xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya muassasalariga stajirovkaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilariga ularning oʻqish davrida ularning lavozimi va asosiy ish joyi boʻyicha oʻrtacha ish haqi saqlanadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi boʻyicha oʻqish joyiga kelishgacha va undan ketishgacha yoʻlkira (bir yilda koʻpi bilan bir marta) toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Magistratura tinglovchilari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq akademik taʼtil olish huquqiga egadirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Akademiyaning ichki tartib-qoidalarini buzganligi uchun tinglovchilarga hayfsan va Akademiyadan chetlatish shaklida belgilangan tartibda jazo choralari qoʻllanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-bob. Akademiyaning professor-oʻqituvchi kadrlari va boshqa xodimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Akademiyada professor-oʻqituvchilar tarkibi, boshqaruv, ilmiy, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlar lavozimlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Professor-oʻqituvchilar tarkibiga kafedra mudiri, professorlar, dotsentlar, katta oʻqituvchi, oʻqituvchi (assistent), oʻqituvchi-stajyor lavozimi kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Professor-oʻqituvchi kadrlarni Akademiyaga ishga qabul qilish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, vazirliklar, idoralar va respublika boshqa tashkilotlarining yetakchi mutaxassislari oʻrindoshlik boʻyicha yoki qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soatbay ish haqi toʻlash shartlarida oʻqituvchilik va ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xorijiy mamlakatlarning olimlari va mutaxassislari Akademiyaga oʻquv va ilmiy-metodik ishlarni olib borish uchun shartnoma asosida, Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga haq toʻlagan holda jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Professor-oʻqituvchi kadrlar quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ilmiy, oʻquv, ijodiy va ishlab chiqarish faoliyati bilan bogʻliq muhim masalalari muhokamasida qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning oʻquv zallari, auditoriyalari, kabinetlari, shuningdek axborot va resurs markazlari xizmatlaridan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarning oʻziga xos individual xususiyatlariga javob beradigan va oʻquv jarayonining yuqori sifatini taʼminlaydigan oʻqitish metodlari va vositalarini tanlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Professor-oʻqituvchi kadrlar quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻquv jarayonining yuqori samarali boʻlishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarda tashabbuskorlikni, ijodiy qobiliyatni, ilmiy izlanishga intilishni rivojlantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tinglovchilarda yuksak maʼnaviyat va madaniyatni, Vatanga muhabbatni, vatanparvarlik va fuqarolik nuqtai nazarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jumladan taʼlim mazmunining yuqori saviyada boʻlishini taʼminlash maqsadida ilmiy tadqiqotlarni olib borish, ilmiy faoliyat bilan shugʻullanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning ustavi va ichki tartib-qoidalariga rioya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Boshqaruv, ilmiy, oʻquv-yordamchi, xizmat koʻrsatuvchi va texnik xodimlarning huquq va majburiyatlari Akademiyaning ichki tartib-qoidalarida va lavozim yoʻriqnomalarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-bob. Akademiyaning xalqaro faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Akademiya bank, moliya va soliq tizimlari tashkilotlarida, shuningdek xorijiy mamlakatlarning oliy taʼlim va ilmiy muassasalarida professor-oʻqituvchi kadrlar, ilmiy va boshqa xodimlar hamda tinglovchilarning stajirovkasini belgilangan tartibda tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Akademiya professor-oʻqituvchilar, kadrlar, ilmiy va boshqa xodimlar hamda tinglovchilarning oʻquv-metodik va ularning xalqaro grantlarda, loyihalarda va ayirboshlash dasturlarida, xalqaro ilmiy-metodik konferensiyalarda ishtirok etishini moddiy va tashkiliy jihatdan qoʻllab-quvvatlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Professor-oʻqituvchi kadrlar, xodimlar va tinglovchilarning xorijiy stajirovkasi, ularning turli xalqaro taʼlim va tadqiqot dasturlarida ishtirok etishi xalqaro shartnomalar, xalqaro va xorijiy tashkilotlarning grantlari, Akademiyaning xorijiy sheriklar bilan shartnomalari asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bob. Akademiyaning moliya-xoʻjalik faoliyati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning joriy taʼminotiga, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish boʻyicha tadbirlarni amalga oshirishga, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan davlat ilmiy dasturlari doirasida oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
(42-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
magistratura tinglovchilarini pulli-kontrakt asosida tayyorlashdan, boshqaruv kadrlari va mutaxassislar malakasini shartnomalar asosida qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan toʻgʻridan-toʻgʻri kontraktlar asosida bajarilgan oʻquv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini, axborot-tahliliy va tahririyat-noshirlik ishlarini, taʼlim xizmatlarini va xizmatlarning boshqa turlarini bajarishdan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy tashkilotlarning, loyihalar va dasturlarning xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Akademiya quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank, moliya, soliq tizimi va iqtisodiyotning real sektoridagi dolzarb masalalar boʻyicha davriy ilmiy jurnal (shu jumladan elektron formatda) chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga ajratilgan mablagʻlar yoki oʻzining fondlari hisobiga zarur asbob-uskunalar va boshqa moddiy resurslarni xarid qilish, ijaraga olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaga tegishli boʻlgan mol-mulkka, xoʻjalik yoki boshqa faoliyat natijasida olingan intellektual mulk obyektlariga, daromadlarga, shuningdek qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslarda sotib olingan mol-mulkka belgilangan tartibda egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni tasarruf etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiya tomonidan koʻrsatiladigan ishlarga, xizmatlarga tariflar, narxlar va baholarni qonun hujjatlariga muvofiq mustaqil ravishda belgilash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Magistratura tinglovchilarini pulli-kontrakt asosida oʻqitishning qiymati, miqdori va toʻlash tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Akademiya rektori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlarini shakllantirish va sarflash qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Rahbar va professor-oʻqituvchi kadrlarning lavozim maoshlari oliy taʼlim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshqa xodimlarga lavozim maoshlari davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash razryadlariga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Akademiyada, budjet muassasalari va tashkilotlari xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi bilan bir qatorda, budjet va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga Boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni ular mehnatiga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorida moddiy ragʻbatlantirish uchun maxsus jamgʻarma (keyingi oʻrinlarda Maxsus jamgʻarma deb ataladi) tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari shtatdagi boshqaruv, professor-oʻqituvchilar, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga oʻquv, oʻquv-metodik, maʼnaviy-maʼrifiy, ilmiy-tadqiqot va tashkiliy xoʻjalik faoliyati darajasini oshirishda, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashda erishgan yuqori muvaffaqiyatlari uchun tarif stavkasining 100 foizigacha miqdorida har oylik ustamalar belgilashga yoʻnaltiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi, shuningdek Akademiya xodimlariga har oylik ustamalar belgilash mezonlari Akademiya Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan nizomda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Maxsus jamgʻarma mablagʻlari budjet muassasalari va xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasini hisoblashda Akademiyaning mehnatga haq toʻlash jamgʻarmasiga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Akademiya oʻz faoliyati natijalarining buxgalteriya hisobini belgilangan tartibda amalga oshiradi, moliya va statistika hisobotlarini yuritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-bob. Yakunlovchi qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Akademiyani qayta tashkil etish yoki tugatish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-apreldagi 220-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasining faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 17-maydagi 180-son qarorida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) qarorning 1-bandi va 1, 1a, 1b va 2-ilovalar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2 va 3-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“2. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi (keyingi oʻrinlarda Akademiya deb ataladi):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank, moliya, soliq tizimlari va iqtisodiyotning real sektori tarmoqlarining boshqaruv kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash boʻyicha, shuningdek koʻrsatib oʻtilgan sohalarda ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshiruvchi davlat oliy taʼlim muassasasi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Magistr” darajasi bergan va davlat namunasidagi diplom berilgan holda magistraturaning ikki yillik oʻquv rejalari boʻyicha oliy taʼlim davlat taʼlim standartlariga muvofiq boshqaruv kadrlarini tayyorlashni maqsadli amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga boʻysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Akademiyada:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank, moliya va soliq tizimlari, shuningdek iqtisodiyotning real sektori tarmoqlari boshqaruv kadrlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash belgilangan namunadagi guvohnoma berilgan holda toʻrt oygacha boʻlgan davrga moʻljallangan taʼlim dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning boshqaruv kadrlari va mutaxassislari malakasini oshirish belgilangan namunadagi sertifikat berilgan holda bir oygacha boʻlgan davrga moʻljallangan oʻquv rejalari va dasturlar asosida amalga oshiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Akademiyaga biriktirilgan mutaxassisliklar boʻyicha oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 5-band oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) 7-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“7. Quyidagilarga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning rahbarlik qiluvchi va professor-oʻqituvchilar tarkibiga — oliy taʼlim muassasalari tegishli xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
akademiyaning qolgan xodimlariga — davlat boshqaruvi organlari xodimlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan mehnatga haq toʻlash razryadlariga muvofiq lavozim maoshlari belgilansin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Akademiyada budjet mablagʻlari va budjetdan tashqari mablagʻlar hisobiga mehnatga haq toʻlash fondining 50 foizigacha miqdorda Boshqaruv xodimlarini, professor-oʻqituvchilarni, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda moddiy ragʻbatlantirish maxsus jamgʻarmasi deb ataladi) tashkil etilishi nazarda tutilsin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchi xatboshidagi “yuqori malakali professor-oʻqituvchilarga, ilmiy-tadqiqotchi va maʼmuriyat xodimlariga” soʻzlari “boshqaruv xodimlariga, professor-oʻqituvchilarga, ilmiy, oʻquv-yordamchi, texnik va xizmat koʻrsatuvchi xodimlarga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) 9 va 10-bandlar quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“9. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning magistraturasi, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilari uchun ularning oʻqish davrida asosiy ish joyi boʻyicha lavozimi va oʻrtacha ish haqi saqlab qolinadi. Boshqa joylardan kelgan tinglovchilarga asosiy ish joyi boʻyicha oʻqish joyigacha va undan qaytib kelish joyigacha bir martalik yoʻl haqi (bir yilda bir martadan koʻp emas) toʻlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻqish va ilmiy-tadqiqot faoliyatida yuqori koʻrsatkichlarga ega boʻlgan tinglovchilar oʻqish davrida Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari va Akademiyaning budjetdan tashqari mablagʻlari hamda xalqaro va xorijiy tashkilotlar grantlari hisobiga xorijiy mamlakatlarning yetakchi taʼlim va ilmiy-tadqiqot, bank va moliya tashkilotlariga stajirovkaga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Quyidagilar Akademiya faoliyatini moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Akademiyaning joriy taʼminoti, unga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarishga doir tadbirlarni amalga oshirish, shuningdek Akademiyaning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi respublika budjeti mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat ilmiy-texnik dasturlari doirasida Fan va texnologiyalar agentligi tomonidan oʻtkaziladigan grant tanlovlari natijalari boʻyicha ajratiladigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pulli-kontrakt asosida magistratura tinglovchilarini tayyorlashdan, shartnomalar asosida boshqaruv kadrlarini va mutaxassislarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishdan tushadigan mablagʻlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining Soliq organlarini rivojlantirish jamgʻarmasidan ajratmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida oʻquv, metodik va ilmiy-tadqiqot loyihalarini, axborot-tahlil va tahririyat-noshirlik ishlarini bajarishdan, taʼlim va xizmatlarning boshqa turlarini bajarishdan tushumlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mahalliy va xorijiy tashkilotlarning, loyihalar va dasturlarning xayriya ehsonlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-dekabrdagi 791-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 277-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 15.02.2018-y., 09/18/109/0699-son, 01.08.2018-y., 09/18/599/1601-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 04.06.2021-y., 09/21/345/0522-son, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son; 16.12.2025-y., 09/25/791/1167-son)