Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2019 19.04.2017 yildagi PQ-2903-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 07.01.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi faoliyatini tashkil etish toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-yanvardagi PQ-4096-sonli “Sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlash, sudyalar va sudlar apparati xodimlarini qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi sud tizimi tuzilmasini tubdan takomillashtirish va faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 2017-yil 21-fevraldagi PF-4966-sonli Farmoniga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi (keyingi oʻrinlarda — Markaz) toʻgʻrisidagi Nizom va uning tuzilmasi 1-2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining cheklangan umumiy soni 24 kishidan iborat boʻlgan shtat jadvali, shuningdek, mehnatga haq toʻlash razryadlari 3-4-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisiga Markazning tasdiqlangan tuzilmasi va shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchidan — sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sud amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchidan — sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning odil sudlovga erishish, uni sifatli amalga oshirish, ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish sohasidagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha sud faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish va fuqarolarning sud tizimiga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchidan — yagona sud amaliyotini taʼminlash va sudlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari normalarini bir xilda qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻrtinchidan — fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini taʼminlash sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini oʻrganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil axborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi oʻrinbosari tomonidan boshqariladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi orqali ajratiladigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi;
(3-bandning toʻrtinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilab beradi, Markazning oʻrta va uzoq muddatli istiqbolga moʻljallangan tahliliy ishlar dasturlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlarini tasdiqlaydi, ularning samarali va sifatli bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi bir oylik muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bilan birgalikda Markazning joylashtirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatining ustuvor yoʻnalishlarini belgilasin, Markazning 2017-yilga moʻljallangan tahliliy ishlari, tashkiliy-huquqiy tadbirlari dasturini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ushbu qarorni amalga oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlarni moliyalashtirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni 2017-yilda ajratsin, 2018-yildan boshlab esa Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi Kuzatuvchi kengashi 2017-yildan boshlab, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashining asoslantirilgan hisob-kitoblari boʻyicha Markazning joriy taʼminoti, uni jihozlash, faoliyatini tashkil etish, shu jumladan, ikkita xizmat yengil avtomobili taʼminoti uchun mablagʻ ajratsin.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bir oy muddatda belgilangan tartibda Markazni zarur boʻlgan, jumladan, hukumat aloqa turlari va vositalari bilan taʼminlasin, shuningdek, keng qamrovli Internet tarmogʻidan foydalanish imkoniyatini yaratib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari, Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qaror va farmoyishlari, Oʻzbekiston Respublikasining vazirliklari va idoralarining meʼyoriy-huquqiy hujjatlari (1 nusxada) yuborilishi shart boʻlgan tashkilotlar roʻyxatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz kutubxonasini shakllantirish uchun bosma va kitob mahsulotlarining (huquqiy, ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy nashrlar) bepul nazorat nusxalarini (1 nusxada) oladigan tashkilotlar roʻyxatiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat statistika qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudining statistika axboroti yuborilishi shart boʻlgan reyestrga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud qonunchiligini demokratlashtirish va liberallashtirish hamda sud tizimi mustaqilligini taʼminlash boʻyicha tadqiqot markazini tashkil etish toʻgʻrisida”gi 2008-yil 23-iyundagi PQ-896-sonli qarori;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2013-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi 2012-yil 25-dekabrdagi PQ-1887-sonli qarori 35-ilovasining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Adliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi O. Murodov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 19-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2903-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli qaroriga
1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

Mazkur Nizom “Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonuniga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining (keyingi oʻrinlarda — Markaz) asosiy vazifalari, funksiyalari huquqlari va javobgarligini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi mustaqil axborot-tahlil muassasasi hisoblanadi va unga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlar, qarorlar va farmoyishlari, boshqa qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi qarorlari hamda mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, boshqa davlat organlari, ilmiy va taʼlim muassasalari, shuningdek fuqarolik jamiyati institutlari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradi.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz oʻz faoliyatini sudyalarning mustaqilligi va ularning faqat qonunga boʻysunishi tamoyiliga asosan amalga oshiradi. Sudlarning odil sudlovni amalga oshirish boʻyicha faoliyatiga Markazning aralashishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markazning rasmiy nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) davlat tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi, qisqartirilgan — OSMOʻTM;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) rus tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq — Issledovatelskiy tsentr izucheniya problem pravosudiya pri Visshem sudeyskom sovete Respubliki Uzbekistan, qisqartirilgan — ITSIPP;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ingliz tilida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
toʻliq — The research centre for the study of justice under the Supreme judicial Council of the Republic of Uzbekistan, qisqartirilgan — RCSJ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Markazning vazifa va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markazning asosiy vazifalari boʻlib quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud faoliyati sohasidagi qonunchilikni tahlil qilish, sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish maqsadida sud amaliyotini oʻrganish va umumlashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarning chinakam mustaqilligini taʼminlash, jismoniy va yuridik shaxslarning odil sudlovga erishish, uni sifatli amalga oshirish, ishlarni oʻz vaqtida koʻrib chiqish sohasidagi muammolarni aniqlash, aniqlangan muammolarni bartaraf etish boʻyicha sud faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish va fuqarolarning sud tizimiga ishonchini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlarini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yagona sud amaliyotini taʼminlash va sudlar tomonidan amaldagi qonun hujjatlari normalarini bir xilda qoʻllash boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy qonunchilik, sudlarning mustaqilligini taʼminlash sohasida xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va normalarini oʻrganish, ularni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifalarni quyidagi funksiyalarni bajarish orqali amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud statistikasi maʼlumotlarini oʻrganish, ularning tahlili natijalari boʻyicha sud-huquq sohasidagi qonunchilikni, sud amaliyoti va sud ish yurituvi tizimini takomillashtirishning dolzarb masalalarini aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlari qonuniy kuchga kirgan fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha materiallarni oʻrganish, qonun normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishi, yagona sud amaliyotini taʼminlashga toʻsqinlik qilayotgan muammo va kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf etish boʻyicha choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud qarorlarini qayta koʻrib chiqish muammolarini, sud hujjatlarini ijro etish ahvolini oʻrganish, sudlar faoliyatini samarali tashkil etish va sudyalarning ish hajmini maqbullashtirishga oid tadqiqotlar oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy qonunchilikni tahlil qilish, sud amaliyotini umumlashtirish, xorijiy tajribani oʻrganish natijalari boʻyicha sud-huquq sohasidagi qonunchilik va sud amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar faoliyati ochiqligi va shaffofligi holatini oʻrganish, jismoniy va yuridik shaxslarning sudlar faoliyati toʻgʻrisidagi axborotdan foydalanish erkinligi darajasini oshirish, ularning faoliyati toʻgʻrisida axborot olish huquqi kafolatlarini taʼminlash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-huquq sohasidagi qonunchilik rivojlanishining xalqaro tendensiyalarini oʻrganish, xalqaro-huquqiy normalar va milliy qonunchilikning qiyosiy tahlilini oʻtkazish, xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsiplari va standartlarini milliy qonunchilik va sud amaliyotiga implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining, xorijiy davlatlarning sud, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat organlari, taʼlim, ilmiy va axborot-tahlil muassasalari hamda xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish, sud-huquq sohasida qoʻshma tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalikka nomzodlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, amaldagi sudyalarning malakasini oshirishning zamonaviy usullari va yangi yondashuvlarini tadqiq qilish, sud kadrlarini oʻqitish va qayta tayyorlashning milliy tizimini takomillashtirish boʻyicha takliflar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqot ishlari oʻtkazish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan oʻtkaziladigan tanlovlar natijasi boʻyicha ajratiladigan grantlar, xalqaro tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan boshqa manbalarni jalb qilish;
(7-bandining oʻninchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi PF-5399-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-huquq sohasini isloh qilish, odil sudlov muammolarini oʻrganishning dolzarb masalalariga bagʻishlangan xalqaro konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, bunday tadbirlarda, shu jumladan xorijiy davlatlarda tashkil etiladigan tadbirlarda, ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-huquq sohasiga oid Oʻzbekiston Respublikasi va xorijiy davlatlar qonunchiligi, sud faoliyati masalalari boʻyicha xalqaro-huquqiy maʼlumotlar banki, shuningdek milliy va xorijiy yuridik adabiyotlar fondini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud amaliyotini oʻrganish natijalari asosida sud faoliyatining muammoli masalalari boʻyicha yigʻma maʼlumotlar bazasini yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qarorlari loyihalari, tayyorlangan tahliliy materiallar va tavsiyalarni Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi tomonidan tegishli choralar koʻrish uchun kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudyalar va sud apparati xodimlari uchun fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha sud amaliyoti umumlashtirilgan maʼlumotlarini, yangi qonunchilik obzorlari, shuningdek ilmiy-amaliy tadqiqot materiallari, milliy qonunchilik va xalqaro normalarni qiyosiy tahlili asosida tematik obzorlarni davriy asosda tayyorlash va chop etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan davriy yuridik nashrlarda sud amaliyotidagi, shu jumladan odil sudlovni amalga oshirish bilan bogʻliq boʻlgan dolzarb masalalar, ushbu sohadagi qonunlar normalarini toʻgʻri va bir xilda qoʻllash, qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish masalalari boʻyicha munozaralar yoritilishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar faoliyatining samaradorligini oshirishga qaratilgan ilgʻor ilmiy-texnik vositalar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Markazning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz oʻziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarini bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat hokimiyat organlari, davlat va xoʻjalik boshqaruv organlari, taʼlim va ilmiy muassasalar, boshqa tashkilotlardan Markaz vakolatiga taalluqli masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun materiallar va maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlar, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, surishtiruv va tergov organlaridan Markaz vakolatiga taalluqli masalalar boʻyicha qaror, farmoyish, yoʻriqnoma, buyruq va boshqa normativ va idoraviy hujjatlarni, tahliliy, statistik materiallarni, boshqa kerakli axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqni qoʻllash organlarining elektron maʼlumotlar bazasi (banki), axborot-kutubxona resurslaridan belgilangan tartibda foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bevosita sudlarda, shu jumladan joylarga chiqqan holda, sud amaliyotini oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorlari qonuniy kuchga kirgan fuqarolik, jinoyat, iqtisodiy va maʼmuriy ishlar boʻyicha materiallar, shuningdek Markaz oldiga qoʻyilgan vazifalarni amalga oshirish uchun boshqa hujjatlar va materiallar bilan belgilangan tartibda tanishish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar koʻrib chiqilayotganda Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi va Oliy sudi majlislarida ishtirok etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda tenglik asosida tegishli xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ilmiy axborot almashishni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga doir masalalar yuzasidan tadbirlar oʻtkazish, tahliliy materiallar tayyorlash uchun olimlar va mutaxassislarni, ilmiy va boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda, shuningdek shartnoma asosida jalb etish, ushbu maqsadlarda ekspert guruhlari tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, davriy nashrlar chop etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga yuklatilgan vazifalarni sifatli va samarali bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz vakolatiga kiradigan masalalar boʻyicha ishlab chiqilgan takliflarning uygʻunligi, ilmiy asoslanganligi va amaliy jihatdan muhimligi boʻyicha javobgardir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Markaz faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimiga tasdiqlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan direktor — Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisining oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markaz direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari va tashkilotlari, ilmiy va tadqiqot muassasalari, fuqarolik jamiyati institutlari bilan boʻladigan munosabatlarda Markaz nomidan ish yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning vakolatlarini va javobgarlik darajasini belgilaydi, ular oʻrtasida vazifalarni taqsimlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning ish rejalari, obzorlari, axborot-tahliliy va boshqa hujjatlarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan shartnomalar va kelishuvlarni, shu jumladan mehnat shartnomalarini tuzadi, direktor oʻrinbosaridan tashqari Markaz xodimlarini ishga qabul qiladi, boshqa lavozimga oʻtkazadi, ishdan boʻshatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklatilgan vazifalarni bajarilishi yuzasidan shaxsiy javobgar hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga muvofiq Markaz faoliyatiga oid boshqa masalalarni hal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Direktor Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi tomonidan belgilangan tartibda lavozimiga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan oʻrinbosarga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor oʻrinbosari oʻziga topshirilgan faoliyat sohasi uchun javobgar hisoblanadi, direktor joyida boʻlmagan taqdirda unga yuklatilgan vazifalarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markaz xodimlariga qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mansab darajalari beriladi, mansab darajasi va uzoq muddatli xizmati uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar toʻlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlari uchun oldingi ish joyida berilgan uzoq muddatli xizmati, maxsus unvon va mansab darajalari uchun qoʻshimcha toʻlov va ustamalar saqlab qolinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimi sifatidagi ishlagan davri boshqa davlat organlari, shu jumladan huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalariga oʻtganda navbatdagi tegishli unvonlar olish, shuningdek, mansab darajasi uchun qoʻshimcha toʻlovlar va uzoq muddat xizmat qilganligiga ustamalar toʻlash uchun zarur boʻlgan ish stajiga qoʻshiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi orqali ajratiladigan Sud hokimiyati organlarini rivojlantirish jamgʻarmasi hamda respublika budjeti mablagʻlari hisobidan moliyalashtiriladi.
(14-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 18-oktabrdagi PF-5209-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 2017-y.)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, faoliyat uchun zarur boʻlgan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Gʻaznachiligida shaxsiy gʻazna hisob raqamlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan muhr, shtamp va boshqa xizmat belgilari va rekvizitlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markazni tugatish va qayta tashkil etish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga binoan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli qaroriga
2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining

TUZILMASI

Izoh: xodimlarning cheklangan umumiy soni 24 ta, shu jumladan 21 ta boshqaruv xodimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Markazning tasdiqlangan tuzilmasiga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShTAT JADVALI

Lavozimlar nomlanishi

Soni

Direktor

1

Ish yurituvchi-kotib

1

Direktor oʻrinbosari

1

Yigʻma axborot-tahlil boʻlimi

5

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh konsultant

1

Etakchi konsultant

3

Fuqarolik ishlarini yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi

3

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh konsultant

1

Etakchi konsultant

1

Jinoyat ishlarini yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi

3

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh konsultant

1

Etakchi konsultant

1

Iqtisodiy ishlarni yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi

3

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh konsultant

1

Etakchi konsultant

1

Maʼmuriy ishlarni yuritish sohasida odil sudlov muammolarini oʻrganish boʻlimi

3

Boʻlim boshligʻi

1

Bosh konsultant

1

Etakchi konsultant

1

Umumiy boʻlim

4

Bosh hisobchi

1

Kadrlar boʻyicha katta inspektor

1

Haydovchi

2

Jami

24

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi raisi Markazning tasdiqlangan shtat jadvaliga xodimlarning belgilangan cheklangan soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida oʻzgartirishlar kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 19-apreldagi PQ-2903-sonli qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Odil sudlov muammolarini oʻrganish tadqiqot markazi boshqaruv xodimlarining mehnatga haq toʻlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RAZRYaDLARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Lavozimlar nomlanishi

Mehnatga haq toʻlash razryadlari

Direktor

19

Direktor oʻrinbosari *

Boʻlim boshligʻi

16

Bosh konsultant

15

Etakchi konsultant

14

Bosh hisobchi

14

Kadrlar boʻyicha katta inspektor

13

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Direktor lavozimiga mehnat haqi toʻlashdan 5% gacha kamroq.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 16-son, 273-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 06.04.2018-y., 06/18/5399/1018-son, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)