O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-sonli Farmoniga muvofiq:
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
bir oy muddatda o‘rta va quyi bo‘g‘inlar o‘rtasidagi vazifa va funksiyalarni aniq chegaralanishini, shuningdek xodimlarning funksional majburiyatlarini nazarda tutgan holda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining tarkibiy va hududiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlasin;
2018-yilning 1-yanvariga qadar ichki ishlar organlarining yangidan tashkil etilayotgan bo‘linmalarini va kiritilayotgan lavozimlarini zarur bilimlarga, amaliy ko‘nikmalarga, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega, qo‘yilgan vazifalarni samarali bajarishga qodir bo‘lgan yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlasin;
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga yuklanayotgan yangi vazifalarning mazmun va mohiyatini ichki ishlar organlarining har bir xodimi e’tiboriga yetkazishni ta’minlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmalari hamda Metropolitenda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentiga bo‘ysunadi;
(5-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son)
Oldingi tahrirga qarang.
xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmalari Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyat ichki ishlar boshqarmalarining tarkibiy bo‘linmalari hisoblanadi va tegishincha ularning boshliqlariga — faoliyatni tartibga solish bo‘yicha kundalik masalalar yuzasidan, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamentiga — xizmat faoliyatini amalga oshirish masalalari yuzasidan bo‘ysunadi;
(5-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi 2022-yil 1-avgustdagi PQ-339-son qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.08.2022-y., 07/22/339/0703-son)
shahar (tuman, transport) ichki ishlar bo‘limlarining yong‘in xavfsizligi bo‘linmalari bosh buxgalterlari, katta inspektorlari (inspektorlari), katta muhandislari (muhandislari), shuningdek ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni ijro etishni nazorat qilish bo‘linmalari (guruhlari) katta inspektorlari (inspektorlari), pasport bo‘linmalari boshliqlari va doimiy ravishda ommaviy tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda faoliyat olib boruvchi jamoat tartibini saqlash guruhlari katta inspektorlari lavozimlari ofitserlar tarkibi tomonidan egallanadi;
shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) pasport bo‘linmalari xizmatchilari lavozimlari safdorlar tarkibi tomonidan egallanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi bir oy muddatda safdorlar tarkibiga o‘tkazilayotgan shahar (tuman) ichki ishlar boshqarmalarining (bo‘limlarining) pasport bo‘linmalari xizmatchilarini attestatsiyadan o‘tkazish, shuningdek ularni asosan yuridik kollejlar bitiruvchilari bilan to‘ldirish bo‘yicha choralarni ko‘rsin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Madaniy-ma’rifiy ishlar markazi, “JAR” sport-sog‘lomlashtirish majmuasi, shuningdek, davolash-profilaktika va tibbiyot muassasalari tomonidan ular faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan pullik xizmatlar ko‘rsatish huquqini berish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 4-apreldagi PQ-190-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 04.04.2022-y., 07/22/190/0268-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Tibbiyot boshqarmasi va hududiy ichki ishlar organlari tarkibidagi tibbiyot bo‘limlari, shu jumladan ambulatoriyalar, davlat tibbiyot muassasalari hisoblanadi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi PQ-10-sonli qaroriga asosan ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.01.2023-y., 07/23/10/0043-son)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ichki ishlar organlari xodimlarining ichki ishlar tizimida egallab turgan lavozimiga ko‘ra pul ta’minoti va ijtimoiy imtiyozlari tashkiliy-shtatlar o‘zgarishlariga muvofiq ular lavozimga qayta tayinlanguniga yoki pensiyaga chiqquniga qadar saqlab qolinsin.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
uch oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining takliflariga asosan Ichki ishlar organlarini bosqichma-bosqich moddiy-texnik jihozlash Dasturini tasdiqlasin;
ikki oy muddatda Ichki ishlar vazirligining budjetdan tashqari maxsus jamg‘armasiga ajratmalarni ichki ishlar organlarining moddiy-texnik bazasi doimiy yangilanib turilishi, eng zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari joriy qilinishi hamda xodimlarni rag‘batlantirish zaruriyatini inobatga olgan holda ko‘paytirish bo‘yicha takliflar kiritsin;
ikki oy muddatda ichki ishlar organlari xodimlari mehnatiga haq to‘lash, ularning ko‘p yillik xizmatini hisoblash va pensiya ta’minoti tizimini tanqidiy qayta ko‘rib chiqsin hamda mablag‘larning oqilona ishlatilishi, ustamalar va to‘lovlarni ishlarning amaldagi natijasini hisobga olgan holda tabaqalashtirilgan tarzda qo‘llanishini ta’minlaydigan tizimni joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin.
Moliya vazirligi bilan birgalikda uch oy muddatda ushbu qarorga muvofiq xarajatlar smetalariga o‘zgartishlar kiritsin, shuningdek Ichki ishlar vazirligi va uning bo‘linmalarining yangi shtat jadvalini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin;
10. O‘zbekiston Matbuot va axborot agentligi, O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston Milliy axborot agentligi ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsadi va mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirishni, shuningdek davlat hokimiyati vakillik organlari tomonidan ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining eshituvlarini yoritishni ta’minlasin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi O.B. Murodov zimmasiga yuklansin.
1. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) ichki ishlar organlari tizimi faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladigan va muvofiqlashtiradigan respublika davlat boshqaruv organi hisoblanadi.
Vazirlik bevosita O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga, qonunda ko‘zda tutilgan ayrim masalalar bo‘yicha esa O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi.
O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri o‘z maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarkibiga kiradi.
2. Vazirlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining buyruqlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga amal qiladi.
3. Vazirlik o‘z faoliyatini bevosita hamda ichki ishlar organlari orqali, shu jumladan davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolar, shuningdek ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda amalga oshiradi.
4. Vazirlikning faoliyati ochiq va oshkora hisoblanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Vazirlik davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va aholini mamlakatdagi kriminogen vaziyat, huquq-tartibotni muhofaza qilish va jamoat xavfsizligini ta’minlash holati, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, shuningdek Vazirlik va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan boshqa vazifalarning amalga oshirilishi to‘g‘risida tizimli ravishda xabardor qilib boradi.
5. Vazirlik yuridik shaxs hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘zining nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi, shuningdek Vazirlik faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettiradigan va belgilangan tartibda tasdiqlanadigan o‘z ramziga ega bo‘lishi mumkin.
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinishini, qonun ustuvorligini, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash;
xalq bilan tizimli manzilli muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish, aholining eng muhim muammolarini hal etishga har tomonlama ko‘maklashish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishga qaratilgan samarali ishlarni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
barcha darajadagi ichki ishlar organlari bo‘linmalarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi bo‘yicha, avvalambor, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, tezkor-qidiruv va ekspert-kriminalistika faoliyati, tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va samaradorligini ta’minlash;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini himoya qilishni ta’minlash, muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki qonun bilan cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish;
(6-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi migratsiyasi va pasport tizimi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
(6-bandning yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
jinoiy jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralari ijrosini, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash, shuningdek shaxslarni qidirish ishlarini tashkil etish;
huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va bunga imkon yaratadigan shart-sharoitlarni tizimli tahlil qilish, ularni, shu jumladan qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish;
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirish;
ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, shuningdek xodimlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan o‘n ikkinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
7. Zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun Vazirlik quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
a) fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari, jismoniy va yuridik shaxslarning mol-mulki, konstitutsiyaviy tuzum himoya qilinishini, qonun ustuvorligi, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash sohasida:
ichki ishlar organlarining inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularning buzilish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash hamda o‘z vaqtida bartaraf etish borasidagi faoliyati samarali tashkil etilishini ta’minlash;
inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qonuniylikni va qonun ustuvorligini ta’minlashga doir respublika va idoraviy dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish, ichki ishlar organlarining ushbu yo‘nalishdagi faoliyatini tizimli va kompleks tahlil qilish;
shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlashga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, mamlakat suvereniteti va hududiy yaxlitligini himoya qilish, jamiyatda fuqarolar totuvligi va ahilligini saqlashda ishtirok etish;
xalqaro tashkilotlar va xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan xavfsizlik, inson huquqlari va qonun ustuvorligini ta’minlashning dolzarb masalalari yuzasidan hamkorlikni amalga oshirish, shuningdek ushbu sohadagi xalqaro shartnomalarga rioya etish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-bandning “a” kichik bandi yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlariga rioya etmaslik, qonun buzilishi holatlari bo‘yicha xizmat tekshiruvlarini o‘tkazish va ichki ishlar organlari xodimlarini javobgarlikka tortish to‘g‘risida qarorlar qabul qilish;
b) xalq bilan tizimli manzilli muloqotni, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish, aholining eng muhim muammolarini hal etishga har tomonlama ko‘maklashish sohasida:
ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini ko‘rib chiqish, ularning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini amalga oshirish bo‘yicha ishini samarali tashkil etish, murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolarga yuzaki munosabatda bo‘lishga yo‘l qo‘ymaslik choralarini ko‘rish;
ichki ishlar organlarining jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ko‘rib chiqish sohasidagi faoliyatini, shu jumladan joylarga chiqib, murojaatlarda ko‘tarilayotgan muammolar bo‘yicha zudlik bilan tegishli choralarni ko‘rish orqali nazorat qilish hamda muvofiqlashtirishni amalga oshirish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaati uchun asos bo‘lgan qonun buzilishi holatlari va boshqa muammolarni kompleks va tizimli tahlil qilishni amalga oshirish, shuningdek qonun buzilishlarini bartaraf etish va muammolarni hal etishga doir takliflar ishlab chiqish;
jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlashni takomillashtirish, fuqarolarni tashvishga solayotgan muammolarni hal etish bo‘yicha aholi bilan tizimli manzilli muloqotni yo‘lga qo‘yish, shuningdek aholining ichki ishlar organlariga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
yuklatilgan vazifalarning lozim darajada bajarilishi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini kengaytirish va ichki ishlar organlari mansabdor shaxslarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga oid chora-tadbirlarni, xususan, jamoatchilikka o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobotlarni tizimli taqdim etib borishi orqali amalga oshirish;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan aholining kundalik muammolarini hal etishda to‘g‘ridan to‘g‘ri va yaqindan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
aholiga uning kundalik muammolarini hal etishga har tomonlama ko‘maklashish maqsadida ichki ishlar organlari faoliyatida ijtimoiy va davlat-xususiy sherikchilikni rivojlantirishni ta’minlash;
v) voyaga yetmaganlar va yoshlarni Vatanga muhabbat, vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, o‘sib kelayotgan avlodni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya qilishga qaratilgan samarali ishlarni tashkil etish sohasida:
ichki ishlar organlarining voyaga yetmaganlar va yoshlar, ayniqsa, ularning uyushmagan qismi o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi hamda boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarning oldini olish, o‘sib kelayotgan avlodni qonunga zid faoliyatga jalb etilishiga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi faoliyatini samarali tashkil etish;
voyaga yetmaganlar va yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini ta’minlash, ularning umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb-hunar ta’limini olishlariga, ishga joylashishlariga ko‘maklashish, shuningdek, mazmunli dam olishlarini tashkil etish;
o‘sib kelayotgan yosh avlodning ongida vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni, xalqning an’ana va urf-odatlarini hurmat qilish, shuningdek mustaqillik g‘oyalariga sadoqat tuyg‘usini chuqur singdirishga toptirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirish;
yoshlarni terrorizm, diniy ekstremizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan, “ommaviy madaniyat”ning buzg‘unchi ta’siri, shuningdek boshqa axborot va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilishni tashkil etish;
voyaga yetmaganlar tomonidan huquqbuzarliklar yoki boshqa g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishda davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
g) barcha darajadagi ichki ishlar organlari bo‘linmalarining zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarishi bo‘yicha, avvalambor, huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, tezkor-qidiruv va ekspert-kriminalistika faoliyati tergovga qadar tekshiruv, va dastlabki tergovni amalga oshirish sohasidagi faoliyatini nazorat qilish, muvofiqlashtirish va samaradorligini ta’minlash sohasida:
(7-bandning “g” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, shuningdek jinoyat ishlarini tergov qilish, kriminogen vaziyatni prognoz qilish amaliyotiga doir faoliyatining samaradorligini kompleks hamda tizimli tahlil qilishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari faoliyatida huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilik, terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish, ularni sodir etish sabablari va buning uchun imkon yaratadigan shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlarni rejalashtirish va amalga oshirish;
ichki ishlar organlarining jinoyatlar oldini olish, aniqlash, bartaraf etish va fosh qilish borasidagi faoliyatini tashkil etish va muvofiqlashtirish, terrorizm, ekstremizm va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish;
davlat, jamoat va boshqa tashkilotlar rahbarlariga huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va buning uchun imkon yaratadigan shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir taqdimnomalar, shuningdek huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflar kiritish;
jinoyatlar, ayniqsa, voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida uyushgan jinoiy guruhlar va hamjamiyatlar faoliyatining oldini olish, aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlarini tashkil etish;
qonunchilikka muvofiq ichki ishlar organlari tergoviga tegishli bo‘lgan jinoyatlarni o‘z vaqtida va to‘liq fosh etish hamda har tomonlama tergov qilishni ta’minlash;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarida tergovga kadar tekshiruv, surishtiruv va dastlabki tergovni amalga oshirish jarayonida qonuniylik, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish;
(7-bandning “g” kichik bandi sakkizinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-noyabrdagi PF-5269-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.12.2017-y., 06/17/5269/0340-son)
tezkor-qidiruv tadbirlari va tergov harakatlarini texnik-kriminilastik ta’minlash, axborot-ma’lumotnoma va kriminalistika hisobi, kartoteka hamda kolleksiyalar yuritilishini tashkil etish;
ma’muriy huquqbuzarliklarga oid ishlarni yuritish, qonunda nazarda tutilgan hollarda ma’muriy jazoni qo‘llash to‘g‘risidagi qarorlar bajarilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
d) jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini himoya qilishni ta’minlash, muomalada bo‘lishi taqiqlangan yoki qonun bilan cheklangan predmetlar va moddalarni sotib olish, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanish qoidalariga rioya etilishini nazorat qilishni tashkil etish sohasida:
(7-bandning “d” kichik bandi birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PQ–4229-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.03.2019-y., 07/19/4229/2710-son)
ko‘chalar va boshqa jamoat joylarida sodir bo‘ladigan voqea-hodisalar, huquqbuzarliklarni, jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini kompleks va tizimli tahlil qilishni tashkil etish;
jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash, shuningdek shartnomaviy-huquqiy asosda jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan o‘rnatilgan tartibda litsenziyalash va ruxsatnoma turidagi hujjatlarni berish, shuningdek litsenziya hamda ruxsat berish talablari va shartlariga rioya etilishini nazorat qilish;
ommaviy tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazishda, shuningdek aholi gavjum bo‘ladigan joylarda jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini himoya qilishga doir chora-tadbirlar amalga oshirilishini nazorat qilish, vazirlik va idoralarning bu boradagi faoliyatiga tashkiliy-uslubiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish;
fuqarolarga tegishli va xizmat qurollari hamda ularning o‘q-dorilari, sanoat uchun mo‘ljallangan portlovchi materiallar, shuningdek pirotexnika buyumlari, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va ular prekursorlarining muomalada bo‘lishi sohasidagi huquqbuzarliklarning oldini olish, aniqlash hamda bartaraf etish;
davlat organlari va tashkilotlari, fuqarolik jamiyati institutlari hamda aholi bilan jamoat tartibini saqlash va jamoat xavfsizligini ta’minlash masalalari bo‘yicha o‘zaro hamkorlikni tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
e) yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, aholi migratsiyasi va pasport tizimi sohasidagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish sohasida:
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek migratsiyani nazorat qilish va pasport tizimi talablariga rioya etilishi samaradorligini kompleks hamda tizimli tahlil qilish;
(7-band “e” kichik bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
yo‘l harakati xavfsizligini, shu jumladan yo‘l-transport hodisalari va yo‘l harakati qoidalari buzilishi profilaktikasi, shuningdek ularga qarshi kurashishni ta’minlash, huquqbuzarliklarni sodir etishga daxldor bo‘lganlarni va ularning shaxsini aniqlash;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “e” kichik bandining to‘rtinchi — yettinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
Oldingi tahrirga qarang.
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, joylardagi davlat hokimiyati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, tashkilotlar va fuqarolarga aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar kiritish;
(7-band “e” kichik bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-fevraldagi PF-6176-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.02.2021-y., 06/21/6176/0156-son)
pasport tizimi qoidalari va O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish tartibiga rioya etilishi ustidan nazoratni tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasiga kirish va chiqish uchun zarur hujjatlar, doimiy va vaqtinchalik yashash uchun ruxsatnomalarni berish va rasmiylashtirish ishlarini tashkil etish hamda amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligi masalasi bo‘yicha murojaatlari ko‘rib chiqilishini tashkil etish;
j) jinoiy jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralari ijrosini, mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash, shuningdek shaxslarni qidirish ishlarini tashkil etish sohasida:
belgilangan tartibda jinoiy jazolar va boshqa jinoiy-huquqiy ta’sir choralari ijrosini, shuningdek mahkumlarni tuzatish va qayta tarbiyalash ishlarini tashkil etish;
jazoni ijro etish muassasalari va tergov hibsxonalarida huquqbuzarliklar profilaktikasi va ularning oldini olish, jinoyatlarni bartaraf etish va fosh etish, huquq-tartibot hamda qonuniylikni ta’minlashga doir tadbirlarni amalga oshirish;
jazoni ijro etish muassasalarining ishlab chiqarish, moddiy-texnik bazasini rivojlantirish va takomillashtirish, mahkumlar bandligini ta’minlash uchun yangi ish o‘rinlari yaratishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
surishtiruv, tergov organlaridan va suddan yashirinib, jinoiy jazodan qochib yurgan shaxslarni, bedarak yo‘qolgan va qonunchilikda nazarda tutilgan holatlarda boshqa shaxslarni qidirishni, shuningdek shaxsi aniqlanmagan murdalar shaxsini aniqlashni tashkil etish;
xorijiy davlatlarning vakolatli organlari bilan belgilangan tartibda shaxslarni xalqaro qidirish, hisbga olinganlarni olib kelishni ta’minlashda hamkorlikni muvofiqlashtirish va amalga oshirish;
z) huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va bunga imkon yaratuvchi shart-sharoitlarni tizimli tahlil qilish, ularni, shu jumladan, qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirishga doir takliflar ishlab chiqish orqali bartaraf etish chora-tadbirlarini ko‘rish sohasida:
ichki ishlar organlari faoliyatini yuridik ta’minlash va ularning qonun ijodkorligi hamda huquqni qo‘llash amaliyotida qonuniylikka rioya etishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotida huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va shart-sharoitlari bo‘lgan omillarni aniqlashni ta’minlash, shuningdek ularning tizimli tahlilini amalga oshirish;
qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish, huquqbuzarliklarni sodir etish sabablari va shart-sharoitlarini bartaraf etishga doir takliflar ishlab chiqish hamda amalga oshirish, shuningdek ularni davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga belgilangan tartibda kiritish;
ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish, ular zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish;
Oldingi tahrirga qarang.
(7-band “z” kichik bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
i) jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirish sohasida:
jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish, fuqarolarda qonun buzilishiga murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularga qonunga itoatkorlik xulq-atvorini hamda inson huquq va erkinliklarini hurmat qilish hissini singdirish maqsadida aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha ichki ishlar organlarining muvofiqlashtirilgan ishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
davlat organlari va tashkilotlari, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi, “Nuroniy” jamg‘armasi va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini ichki ishlar organlarining aholi o‘rtasidagi huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlariga jalb qilish;
(7-bandning “i” kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-sentabrdagi PF-5191-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 982-modda)
aholi o‘rtasida huquqiy bilimni targ‘ib qilish va qonunchilik normalari mazmun-mohiyatini, shuningdek mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlarning maqsad va vazifalarini tushuntirishda ishtirok etish;
huquqbuzarliklardan jabrlangan shaxslar, g‘ayriijtimoiy xulqli, huquqbuzarliklarni sodir etishga moyil va sodir etgan shaxslarning ijtimoiy reabilitatsiya hamda ijtimoiy moslashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish;
jismoniy shaxslar va yuridik shaxslar vakillarini qabul qilishni amalga oshirish va tashkil etish, ularning murojaatlarini qonunchilikda belgilangan tartibda ko‘rib chiqish va hal etishni ta’minlash;
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va ma’rifat bo‘yicha axborot, tashkiliy va boshqa chora-tadbirlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirilishini ta’minlash;
aholi o‘rtasida huquqiy targ‘ibot va ma’rifat ishlarini amalga oshirishda ommaviy axborot vositalari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishni tashkil qilish;
k) ichki ishlar organlari kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish, tanlash va joy-joyiga qo‘yish, shuningdek xodimlarini huquqiy hamda ijtimoiy himoya qilishning samarali tizimini tashkil etish sohasida:
ichki ishlar organlari xodimlarini tanlash, o‘rganish va joy-joyiga qo‘yishni, rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish va ular bilan ishlashni tashkil etish;
kadrlar bilan ishlash holatini tahlil qilish va baholash, uni yanada takomillashtirish va ichki ishlar organlarining kadrlar salohiyatini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni belgilash;
ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, korrupsiya holatlari va qonunga zid boshqa xatti- harakatlar sodir etilishini o‘z vaqtida aniqlash, bartaraf etish va profilaktikasini amalga oshirish;
ichki ishlar organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish jarayonini tashkil etish;
ichki ishlar organlari ta’lim muassasalarida ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
ichki ishlar organlari xodimlari bilan ma’naviy-tarbiyaviy ishlarni, ularni rag‘batlantirish va intizomiy javobgarlikka tortishni tashkil etish;
ichki ishlar organlari xodimlarining qonuniy faoliyatiga aralashish holatlariga barham berish choralarini ko‘rish;
ichki ishlar organlari xodimlarining sog‘lig‘ini saqlash, mehnatiga haq to‘lash, ularni uy-joy bilan ta’minlash, xizmat majburiyatlarini bajarish munosabati bilan ichki ishlar xodimlari yoki ularning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash, davlat pensiya ta’minoti, davlat sug‘urtasini, shuningdek xodimlar va ularning oilasiga qonunga muvofiq ijtimoiy yordam ko‘rsatilishini tashkil etish;
Oldingi tahrirga qarang.
ichki ishlar organlarining davolash-profilaktika, sport, sog‘lomlashtirish muassasalari hamda akademik litseylari faoliyatini tashkil etish.
(7-bandning “k” kichik bandi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Oldingi tahrirga qarang.
turistik namoyish obyektlari va infratuzilmalari hududlarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashni ta’minlash;
turistlarni potensial tahdidlar to‘g‘risida o‘z vaqtida xabardor qilish, shuningdek huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda ularga tez yordam ko‘rsatish bo‘yicha vazifalarni bajarishni ta’minlash;
turizm yo‘nalishlaridan jinoiy maqsadlar uchun foydalanadigan jismoniy va yuridik shaxslarning qonunga xilof faoliyatini aniqlash va bartaraf etish;
turistlar vaqtini xavfsiz o‘tkazishlari uchun shart-sharoit yaratish, shu jumladan, umumiy ovqatlanish va dam olish joylarida, shuningdek ommaviy-madaniy va ko‘ngilochar tadbirlar o‘tkazishda jamoat tartibini saqlash bo‘yicha choralarni amalga oshirish.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan “l” kichik band bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
8. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va boshqa davlat organlariga ko‘rib chiqish uchun qonunchilik va huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish masalalari bo‘yicha o‘rnatilgan tartibda takliflar kiritish;
fuqarolarni ularning roziligi bilan hamkorlikka jalb etish, shuningdek ichki ishlar organlariga yordam bergan va jamoat tartibini saqlash, jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashishda o‘rnak ko‘rsatgan fuqarolarni rag‘batlantirish;
davlat organlari, boshqa tashkilotlar yoki manfaatdor shaxslarga huquqbuzarliklarni, shuningdek ularning sodir etilishiga imkon yaratgan sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan taqdimnomalarni kiritish;
boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralari bilan hamkorlikda qarorlar va boshqa hujjatlar chiqarish;
jinoyatlar tafsilotlari, ularni sodir etgan shaxslarni aniqlash hamda shaxslarni qidirish uchun davlat organlari tomonidan ta’sis etilgan ommaviy axborot vositalarining imkoniyatlaridan bepul foydalanish;
tashkilotlar va fuqarolardan ichki ishlar organlari faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan ma’lumotni bepul olish, qonunda boshqacha tartib o‘rnatilgan hollar bundan mustasno;
jinoyatlar, boshqa huquqbuzarliklarni oldini olish va fosh etish maqsadida texnika va maxsus vositalardan foydalangan holda axborot tizimlari hamda ma’lumotlar bazasini yaratish;
ichki ishlar organlari faoliyatini yoritish, normativ-huquqiy hujjatlar, rasmiy e’lonlarni chop etish, ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar bo‘yicha boshqa materiallarni joylashtirish uchun qonunga muvofiq bosma va elektron ommaviy axborot vositalarini ta’sis etish;
ikki tomonlama va ko‘p tomonlama kelishuvlar asosida xorijiy mamlakatlarning huquqni muhofaza qilish organlari, jamoat birlashmalari va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro hamkorlikni amalga oshirish;
huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish bilan bog‘liq tadbirlarni o‘tkazish uchun vazirlik va idoralarning mutaxassislarini jalb etish;
jismoniy va yuridik shaxslarga davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibini takomillashtirish uchun davlat unitar korxonalari tashkil etish to‘g‘risida takliflar kiritish;
ichki ishlar organlari bo‘linmalarining ramzlarini, shu jumladan farqlovchi ko‘krak nishonlarini ta’sis etish.
9. Vazirlik ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javobgardir.
10. Vazirlikka O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan tasdiqlanadigan va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimidan ozod etiladigan O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri (keyingi o‘rinlarda — vazir) boshchilik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ko‘rib chiqishi uchun tashkiliy-shtatlar, moliyaviy-iqtisodiy, moddiy-texnik va ichki ishlar organlari zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa masalalar yuzasidan takliflarni o‘rnatilgan tartibda kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
bir yilda ikki marotaba O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatiga huquqbuzarliklarning oldini olish va ularning profilaktikasi holati to‘g‘risida axborot beradi”;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan to‘rtinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Vazirlik va uning bo‘linmalari tuzilmasiga ularning jami cheklangan shtatlar soni doirasida belgilangan tartibda o‘zgartirishlar kiritadi;
Oldingi tahrirga qarang.
jamoat xavfsizligini ta’minlash va qonunda nazarda tutilgan boshqa faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatish to‘g‘risidagi shartnomalar asosida tushadigan mablag‘lar hisobidan Moliya vazirligi bilan kelishgan holda Vazirlikning tegishli bo‘linmalari xodimlarining qo‘shimcha shtat birliklarini kiritadi;
(11-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 25-iyuldagi PF-5773-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 26.07.2019-y., 06/20/5773/0248-son)
o‘z vakolati doirasida Vazirlik bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomlarni, shuningdek hududiy ichki ishlar organlari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni tasdiqlaydi;
davlat organlari, tashkilotlari va aholi, shuningdek xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarda Vazirlik nomidan ish ko‘radi;
Vazirlikka berilgan vakolatlar doirasida buyruqlar, farmoyishlar va boshqa hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishi nazoratini tashkil etadi;
o‘zining o‘rinbosarlari vakolatlarini belgilaydi, ular o‘rtasida majburiyatlarni taqsimlaydi, Vazirlik tizimining boshqa mansabdor shaxslari vakolatlarini, Vazirlikning ayrim uchastkalari faoliyati va ichki ishlar organlari ishiga rahbarlik qilish uchun o‘z o‘rinbosarlari hamda boshqa mansabdor shaxslarning javobgarlik darajalarini belgilaydi;
hududiy ichki ishlar organlari boshliqlarining qonunchilik talablarini buzgan holda qabul qilgan qarorlarini (yozma ko‘rsatmalarini) bekor qiladi;
ichki ishlar organlari xodimlariga o‘rnatilgan tartibda maxsus unvonlar beradi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga ichki ishlar organlari generallari tarkibiga unvonlar berish haqida taqdimnoma kiritadi;
Vazirlik stipendiyasini ta’sis etadi, Vazirlikning oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlariga bunday stipendiya miqdorini va to‘lash shartlarini belgilaydi;
ichki ishlar organlari xodimlari, Vazirlikning oliy ta’lim muassasalari tinglovchilari va kursantlarini rag‘batlantirish hamda ularga nisbatan intizomiy jazolar qo‘llash masalalarini hal etadi, O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlari va davlat mukofotlariga taqdim etadi;
Oldingi tahrirga qarang.
12. Vazir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod etiladigan sakkiz nafar o‘rinbosar, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
Majburiyatlar taqsimotiga muvofiq vazir o‘rinbosarlari Vazirlik faoliyatining aniq yo‘nalishlariga rahbarlik qiladi.
Vazirning topshirig‘i bo‘yicha uning o‘rinbosarlari o‘z vakolatlari doirasida farmoyishlar va ko‘rsatmalar chiqaradi.
Oldingi tahrirga qarang.
121. Vazir mehnatga haq to‘lash, tibbiy va transport ta’minoti bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosariga tenglashtirilgan maslahatchiga ega.
Vazir maslahatchisi belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi.
ichki ishlar organlari tizimida hurmat va obro‘-e’tiborga ega bo‘lgan xodimlarning ijobiy xizmat tajribasi, amaliy ko‘nikmasi va malakasini yosh xodimlarga yetkazish orqali ularda yuksak axloqiy va kasbiy mahoratni shakllantirish;
ichki ishlar organlarining yosh xodimlarida Vatanga hamda xizmat vazifalariga nisbatan sadoqat hissini shakllantirish uchun mas’uldir”;
(121-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 1-iyundagi PF-5454-son Farmoniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 01.06.2018-y., 06/18/5454/1290-son)
13. Vazirlikda vazir (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari (lavozimi bo‘yicha), shuningdek Vazirlikning asosiy faoliyat yo‘nalishlarini amalga oshiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’at a’zolarining soni va shaxsiy tarkibi Vazirning taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at ushbu Nizomda belgilangan asosiy vazifalarni amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi.
Hay’at majlislariga Vazirlik vakolatiga kiradigan masalalarni ko‘rib chiqish uchun boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, joylardagi davlat hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlarning rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisda tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Vazir va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchilik paydo bo‘lgan taqdirda vazir mustaqil ravishda qaror qabul qiladi, kelib chiqqan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot beradi.
14. Vazirlikda ichki ishlar organlari faoliyatini takomillashtirish masalalarini kompleks hal etish uchun kengashlar va komissiyalar tuzilishi mumkin. Kengashlar va komissiyalar tarkibi, shuningdek ularning nizomlari Vazir tomonidan tasdiqlanadi.
15. Hududiy ichki ishlar organlari yuridik shaxs hisoblanadi va o‘z faoliyatini Vazir tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga asosan amalga oshiradi.
Hududiy ichki ishlar organlariga Vazir tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan boshliqlar rahbarlik qiladi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi tomonidan vazir bilan kelishilgan holda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod etiladigan Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri bundan mustasno.
Hududiy ichki ishlar organlari joylardagi davlat hokimiyati organlaridan mustaqil va bevosita Vazirlikka bo‘ysunadi.