Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
UMUMIY OʻRTA TAʼLIMNING DAVLAT TAʼLIM STANDARTLARINI TASDIQLASh TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 6-apreldagi 187-sonli “Umumiy oʻrta va oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimining davlat taʼlim standartlarini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2020-yilning 1-sentabridan oʻz kuchini yoʻqotadi.
“Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi qonunlari hamda Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasida umumiy oʻrta taʼlimni tashkil etish toʻgʻrisida” 1998-yil 13-maydagi 203-son qarori bajarilishini taʼminlash, taʼlim mazmuniga islohotlarning bosh maqsadidan kelib chiqqan holda zarur tuzatishlar kiritish, uning sifati va samaradorligini oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan va 1998-1999 oʻquv yilida taʼlim muassasalarida tajriba-sinovdan oʻtgan umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
1998-1999 oʻquv yilida taʼlim muassasalarida tajriba-sinovdan oʻtgan umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv dasturlari va rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlasin;
1999-2000 oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlarini umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida oʻquv dasturlari bilan birgalikda quyidagicha bosqichma-bosqich joriy etsin:
1999-2000 oʻquv yili 5-6 sinflar;
2000-2001 oʻquv yili 7-sinf;
2001-2002 oʻquv yili 8-sinf;
2002-2003 oʻquv yili 9-sinf;
umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini nashr etsin va 1999-yil 1-sentabrgacha taʼlim muassasalariga yetkazsin;
yangi davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlariga asosan original darsliklarni yaratib, belgilangan tartib va muddatlarda nashriyotga topshirsin;
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida 1999-2000 oʻquv yilidan boshlab pedagog kadrlarni yangi davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari bilan faoliyat koʻrsatishlarini taʼminlasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat matbuot qoʻmitasi, “Sharq” nashriyot-matbaa konserni yangi davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari asosida yaratilgan original darsliklarni buyurtma va ehtiyoj asosida oʻz vaqtida chop etish hamda joylarga yetkazishni taʼminlasinlar.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi taqdim etgan smeta asosida davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarni nashr etish uchun sarflanadigan mablagʻlarni belgilangan tartibda ajratsin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi hamda Xalq taʼlimi vazirligi akademik litseylar, kasb-hunar kollejlari va oliy oʻquv yurtlari uchun davlat taʼlim standartlari va oʻquv dasturlarini ishlab chiqishda taʼlim turlari va bosqichlari oʻrtasidagi uzviylikni, taʼlim mazmuni uzluksizligini taʼminlasin.
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari H. S. Karomatov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1999-yil 16-avgust,
390-son
UMUMIY OʻRTA TAʼLIMNING DAVLAT TAʼLIM STANDARTI
ASOSIY QOIDALAR
Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti oʻquvchilar umumtaʼlim tayyorgarligiga, saviyasiga qoʻyiladigan majburiy minimal darajani belgilab beradi.
Davlat taʼlim standarti taʼlim mazmuni, shakllari, vositalari, usullarini, uning sifatini baholash tartibini belgilaydi. Taʼlim mazmunining oʻzagi hisoblangan standart vositasida mamlakat hududida faoliyat koʻrsatayotgan turli muassasalarda (davlat va nodavlat) taʼlimning barqaror darajasini taʼminlash sharti amalga oshiriladi. Davlat taʼlim standarti oʻz mohiyatiga koʻra oʻquv dasturlari, darsliklar, qoʻllanmalar, nizomlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarni yaratish uchun asos boʻlib xizmat qiladi.
Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti oʻzining tuzilishi va mazmuniga koʻra davlat, hudud, maktab manfaatlari va vositalari muvozanatini aks ettiradi hamda eng asosiysi oʻquvchi shaxsi, uning intilishlari, qobiliyati va qiziqishlari ustuvorligidan kelib chiqadi.
Davlat taʼlim standartini bajarish Oʻzbekiston Respublikasi hududida faoliyat koʻrsatayotgan mulkchilik shakli va idoraviy boʻysunishidan qatʼi nazar, barcha taʼlim muassasalari uchun majburiydir.
UMUMIY OʻRTA TAʼLIMNING DAVLAT TAʼLIM STANDARTINI IShLAB ChIQISh VA JORIY ETISh ASOSLARI
Umumiy oʻrta taʼlim davlat taʼlim standartini ishlab chiqishda quyidagi meʼyoriy hujjatlar asos qilib olindi:
“Taʼlim toʻgʻrisida”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari;
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining taʼlim-tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini isloh qilish bilan bogʻliq farmonlari, farmoyishlari va asarlari;
OʻzRST 1.0 — 92. Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi;
OʻzRST 1.1 — 92. Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. Oʻzbekiston Respublikasi standartini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi;
GOST 1.5 — 93. Davlatlararo standartlash ishlarini olib borish qoidalari. Standartlarning tuzilishi, bayoni, rasmiylashtirilishi va mazmuniga boʻlgan talablar;
OʻzRST 1.9 — 95. Oʻzbekiston Respublikasining davlat standartlashtirish tizimi. Tarmoqlar standartlarini ishlab chiqish, kelishish, tasdiqlash va roʻyxatdan oʻtkazish tartibi.
UMUMIY OʻRTA TAʼLIMNING DAVLAT TAʼLIM STANDARTINI IShLAB ChIQISh PRINSIPLARI
Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti quyidagi prinsiplarga tayangan holda ishlab chiqildi:
— davlat taʼlim standartining davlat va jamiyat talablariga, shaxs ehtiyojiga mosligi;
— oʻquv dasturlari mazmunining jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti hamda fan-texnika rivojlanishi bilan bogʻliqligi;
— umumiy oʻrta taʼlimning boshqa taʼlim turlari va bosqichlari bilan uzluksizligi va taʼlim mazmunining uzviyligi;
— umumiy oʻrta taʼlim mazmunining insonparvarligi;
— taʼlim mazmunining respublikadagi barcha hududlarda birligi va yaxlitligi;
— umumiy oʻrta taʼlimning mazmuni, shakli, vositalari va usullarini tanlashda innovatsiya texnologiyalarga tayanish;
— pedagogik tafakkurda qaror topgan anʼanaviy qarashlar bilan “Taʼlim toʻgʻrisida” va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qonunlarida ifodalangan zamonaviy talablarning uzviyligi;
— ilgʻor demokratik xorijiy mamlakatlarning taʼlim sohasida meʼyorlarni belgilash tajribalaridan milliy xususiyatlarni hisobga olgan holda foydalanish.
Oldingi tahrirga qarang.
UMUMIY OʻRTA TAʼLIM DAVLAT TAʼLIM STANDARTINING TAYANCh OʻQUV REJASI
Umumiy oʻrta taʼlim muassasalari uchun tayanch oʻquv rejasi davlat taʼlim standartining tarkibiy qismi boʻlib, taʼlim sohalarini meʼyorlashga asos boʻladigan davlat hujjatidir (jadval). Tayanch oʻquv rejasi oʻquv fani boʻyicha beriladigan taʼlim mazmunini oʻquvchiga yetkazish uchun ajratilgan oʻquv soatlarining eng kam hajmdagi miqdorini ifodalaydi. U har bir sinfda muayyan oʻquv fani boʻyicha davlat taʼlim standartlariga muvofiq beriladigan taʼlim mazmunini aniqlashga asos boʻladi:
| T/r |
Oʻquv fanlari |
Sinflar |
Haftalik | ||||||||
| 1 |
2 |
3 | 4 | 5 | 6 | 7 | 8 | 9 | |||
| Davlat ixtiyoridagi soatlar | 22 | 24 | 26 | 26 | 30 | 32 | 33 | 34 | 35 | 262 | |
| 1. |
Ona tili va adabiyot |
8 | 8 | 10 | 10 | 9 | 7 | 5 | 5 | 5 | 67 |
| 2. |
Oʻzbek tili/rus tili |
| 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 16 |
| 3. |
Chyettili* |
2 | 2 | 2 | 2 | 3 | 3 | 3 | 3 | 3 | 23 |
| 4. |
Tarix |
| | | | 2 | 2 | 3 | 3 | 3 | 13 |
| 5. |
Davlat va huquq asoslari |
| | | | | | | 1 | 1 | 2 |
| 6. |
Iqtisodiy bilim asoslari |
| | | | | | | 1 | 2 | 3 |
| 7. |
Matematika |
5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 5 | 45 |
| 8. |
Informatika |
| | | | | | | 1 | 2 | 3 |
| 9. |
Fizika |
| | | | | 2 | 2 | 2 | 2 | 8 |
| 10. |
Kimyo |
| | | | | | 2 | 2 | 2 | 6 |
| 11. |
Bi�logiya |
| | | | 1 | 2 | 2 | 2 | 2 | 9 |
| 12. |
Tabiiyot va geografiya |
1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 2 | 2 | 2 | 13 |
|
13. |
Odobnoma |
1 | 1 | 1 | 1 | | | | | | 4 |
|
Vatan tuygʻusi |
| | | | 1 | 1 | | | | 2 | |
|
Milliy istiqlol gʻoyasi va maʼnaviyat asoslari |
| | | | | | 1 | 1 | 1 | 3 | |
| 14. |
Musiqa madaniyati |
1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | | | 7 |
| 15. |
Tasviriy sanʼat |
1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | 1 | | | 7 |
| 16. |
Chizmachilik |
| | | | | | | 1 | 1 | 2 |
| 17. |
Mehnat |
1 | 1 | 1 | 1 | 2 | 2 | 2 | 1 | 1 | 12 |
| 18. |
Jismoniy tarbiya |
2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 2 | 18 |
| |
Maktab ixtiyoridagi soatlar |
0,5 | | | | 0,5 | 0,5 | 1 | 0,5 | 2 | 5 |
| |
Umumiy soatlar |
22,5 | 24 | 26 | 26 | 30,5 | 32,5 | 34 | 34,5 | 37 | 267 |
| |
Amaliy mehnat mashgʻuloti (kun hisobida) |
| | | | 6 | 6 | 10 | 16 | | |
* “Chet tili” oʻquv fani bosqichma-bosqich 2013-2014 oʻquv yilidan 1-sinfda, 2014-2015 oʻquv yilidan 2-sinfda, 2015-2016 oʻquv yilidan 3-sinfda va 2016-2017 oʻquv yilidan 4-sinfda joriy etiladi.
(boʻlim Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
OʻQUVChILARNING TAYYORGARLIK DARAJASIGA QOʻYILADIGAN MAJBURIY MINIMAL TALABLAR
Umumiy oʻrta taʼlim ikki bosqichdan iborat boʻlib, boshlangʻich (1 — 4-sinflar) va umumiy oʻrta taʼlim (1 — 9-sinflar)ni qamrab oladi.
Umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standarti boshlangʻich hamda umumiy oʻrta taʼlim nihoyasida oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalarning minimal darajasini belgilab beradi.
Har bir sinf yakunida oʻquvchilar egallashi lozim boʻlgan bilim, koʻnikma va malakalar taʼlim predmetlari boʻyicha ishlab chiqilgan oʻquv dasturlarida oʻz aksini topgan.
1 — 4-SINFLAR
1. Ona tili va oʻqish
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar ona tili va oʻqish boʻyicha quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
a) Oʻqish texnikasi boʻyicha:
Miqdoriy koʻrsatkich: bir daqiqada 80 — 90 soʻzni oʻqiy olish.
Talablar:
— harflarni toʻgʻri talaffuz etish;
— soʻzlarni toʻgʻri oʻqish;
— gap ohangiga rioya qilgan holda ravon va ifodali oʻqish;
— gapdagi tinish belgilarini talaffuzda aks ettirish;
— sanash va ajratish ohanglaridan toʻgʻri foydalanish;
— soʻz urgʻulariga rioya qilish;
— ohangga rioya qilish;
— ilmiy atama va ramzlarni toʻgʻri talaffuz etish.
b) Matn mazmunini va oʻzgalar fikrini anglash malakasi boʻyicha:
Miqdoriy koʻrsatkich: 10 daqiqada 4-5 sahifali matnni oʻqib, qayta soʻzlab bera olish.
Talablar:
— ogʻzaki nutqning toʻgʻri, ravon, aniq, tushunarli va taʼsirchan boʻlishi;
— monologik nutqning ravon boʻlishi;
— dialogik nutqda taʼsirchan, izchil, mantiqiy jihatning aniq boʻlishi.
v) Diktant yozish malakasi:
Miqdoriy koʻrsatkich: 75 — 80 soʻzdan iborat diktant yoza olish.
Talablar:
— imlo xatolarga yoʻl qoʻymaslik;
— ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;
— berilgan izohlarning aniqligi;
— lugʻatlarning toʻgʻri va aniq berilishi.
g) Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi boʻyicha:
Miqdoriy koʻrsatkich: 5-6 gapdan iborat boʻlgan matnni (fikr ehtiyoji bilan bogʻliq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:
— matndagi gaplarning mazmunan oʻzaro bogʻliqligi va aloqadorligi koʻrsatilgan mavzu doirasida birlashishi;
— harf va tinish belgilarini toʻgʻri yozish;
— husnixatda qatorlarni toʻgʻri joylashtirish;
— soʻzlar orasidagi oraliqni toʻgʻri belgilash;
— tasvirda tilning ifoda vositalaridan foydalanish;
— matnda soʻzlarni takrorlashdan saqlanish va sinonimlarni qoʻllay olish;
— matnda xat boshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini taʼminlash;
— uyadosh soʻzlardan foydalana olish.
Boshlangʻich taʼlim yakunida oʻquvchilar kamida 20 ta kichik hajmdagi sheʼrni yoddan aytib bera olishlari shart.
2. Oʻzbek tili
(Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)
Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarning 1 — 4-sinflarida davlat tili taʼlimidan oʻquvchilar quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— oʻzbek tilidagi 700 ta soʻzni nutqlarida qoʻllay olish;
— yozma va ogʻzaki nutq malakalariga ega boʻlish;
— fikr bayon qilish uchun zarur boʻlgan ayrim grammatik vositalarni oʻz oʻrnida qoʻllay olish;
— bogʻlanishli nutq elementlaridan toʻgʻri foydalangan holda sodda matn tuza olish;
— xalq ogʻzaki ijodi hamda bolalar adabiyoti namunalaridan olingan parchalarni oʻqib tushuna olish;
— mamlakatimiz mustaqilligi, ramzlari va bayramlari haqida soʻzlab berish.
3. Matematika
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar matematikadan quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
a) Sonlar va hisoblashlarga oid:
— sonlarni oʻqish va yozish, ularni xona qoʻshiluvchilarining yigʻindisi koʻrinishidagi yozuvini tushunish;
— sanoq texnikasini egallash (toʻgʻri va teskari tartibda sanash, juftliklar va oʻnliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish kabi);
— natural sonlarni oʻzaro taqqoslash “>”, “<” va “=” belgilarini toʻgʻri qoʻllash;
— sonlarni yozma qoʻshish, uch xonali va toʻrt xonali sonlarni ayirish, bir xonali va ikki xonali songa koʻpaytirish va boʻlish;
— qoʻshish, ayirish, koʻpaytirish va boʻlishning jadvalli hollari natijalarini bilish, murakkab boʻlmagan hollarda 100 ichida ogʻzaki hisoblashlarni bajara olish;
— “yigʻindi”, “ayirma”, “koʻpaytma” va “boʻlinma” atamalari maʼnosini tushunish va sonli ifodalarni oʻqishda ularni qoʻllay olish;
— 2-3 amalli sonli (shu jumladan, qavsli) ifodaning qiymatini topish;
— “...ta ortiq”, “...ta kam”, “... marta ortiq”, “... marta kam” munosabatlarining, “hammasi”, “qoldi”, “teng” munosabatlarining maʼnosini tushunish va ularga tayangan holda sodda masalalarni echa olish;
— miqdorlar (mahsulot narxi, miqdori va qiymati, toʻgʻri chiziqli harakatda yoʻl, tezlik va vaqt) orasidagi bogʻlanishlarni qoʻllab, amaliy mazmundagi masalalarni echish;
— “yarmi”, “uchdan biri”, “toʻrtdan biri” atamalari maʼnosini tushunish va ularni qoʻllash, kasrlar yordamida ulushlarni yozish, doira va boshqa geometrik figuralar modelida 1/2 , 1/3 larni koʻrsatish, amaliy mazmundagi masalalarni echishda sonning ulushini va ulushiga koʻra sonni topa olish.
b) Geometrik figuralarga oid:
— rasmlarda kesma, uchburchak, toʻrtburchaklar (jumladan, toʻgʻri toʻrtburchak va kvadratlar), beshburchak va aylanani tanish;
— tevarak atrofdagi geometrik shakllarni tanish va topa olish;
— kesma uzunligini oʻlchash, berilgan uzunlikdagi kesmani yasash, kesma uzunligini koʻz bilan chamalab oʻlchay olish;
— chizgʻich va sirkuldan foydalanib toʻgʻri toʻrtburchak, kvadrat, uchburchak va aylanalar yasay olish;
— koʻpburchak perimetrini, toʻgʻri toʻrtburchak yuzini va kvadrat birliklardan tuzilgan figuralarning yuzini hisoblay olish;
— uzunlik (mm, sm, dm, m, km) va yuza (sm, kv, dm, kv, m, kv) oʻlchovi birliklarini, ular orasidagi asosiy nisbatlarni bilish, ularni oʻz oʻrnida qoʻllay olish.
4. Tabiiyot
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar tabiiyot oʻquv faniga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
a) Tasavvur qilish va bilish:
— jonli va jonsiz tabiatni, jism va moddalarni;
— tabiat hodisalari: harakat, issiqlik, tovush, elektr, yorugʻlik hodisalarini;
— Yer, Quyosh, Oy va yulduzlarning qiyosiy kattaliklarini hamda bir-biridan qanchalik uzoqligini;
— Yerning oʻz oʻqi atrofida va Quyosh atrofida aylanishini, kecha va kunduz almashinishini;
— suvning cuyuq, qattiq va gaz holatlarini;
— tabiatda suvning aylanishini;
— suvni tejash va asrash zarurligini;
— havoning ahamiyati va uni muhofaza qilish zarurligini;
— atmosferadagi tabiat hodisalari (shamol, tuman, bulut, yomgʻir va qorning paydo boʻlishi)ni;
— kundalik turmushda qoʻllaniladigan elektr asboblari va ulardan foydalanishni;
— kompyuter va uning imkoniyatlarini;
— hozirgi zamon fan-texnikasining taraqqiyotini;
— Yer yuzining asosiy shakllari (togʻ, tekislik va okean)ni;
— tuproq va togʻ jinslarini, foydali qazilmalarni;
— ufqning asosiy tomonlarini;
— madaniy va yovvoyi oʻsimliklarni;
— daraxt, buta va oʻtlarni;
— uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlarni;
— hasharotlar, qushlar, suvda yashaydigan hayvonlar, suvda ham, quruqlikda ham yashaydigan hayvonlar, yirtqich hayvonlarni;
— oʻsimlik va hayvonlarning inson hayotidagi oʻrnini;
— Oʻzbekiston tabiatini;
— Oʻzbekiston Respublikasining poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasini;
— oʻzi yashaydigan qishloq (shahar) tabiatini;
— Oʻzbekistondagi yirik qoʻriqxonalarni.
b) Amalda qoʻllay olish:
— termometr yordamida suv va havo haroratini oʻlchay olish;
— tarozi yordamida jism massasini oʻlchay olish;
— Quyoshga, kompasga, mahalliy belgilarga qarab ufqning asosiy tomonlarini topa olish;
— Dunyo xaritasidan Oʻzbekiston hududini topa olish;
— Oʻzbekiston xaritasidan mamlakatimiz poytaxti, har bir viloyati va Qoraqalpogʻiston Respublikasini koʻrsata olish;
— kundalik turmushda qoʻllaniladigan elektr asboblaridan va tabiiy gazdan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish;
— xona oʻsimliklarini va uy hayvonlarini parvarish qila olish.
5. Inson va jamiyat
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar inson va jamiyat, taʼlim sohasi boʻyicha quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
a) Jismoniy kamolotga oid:
— inson salomatligi va jismoniy kamolotiga oid tushunchalarni bilish;
— chiniqishning mohiyatini anglash;
— gimnastika mashqlarini bajara olish;
— shaxsiy gigiyena meʼyorlarini bilish va ularga amal qilish;
— jismoniy mashqlarning inson kamolotini taʼminlashdagi ahamiyatini anglash;
— jismoniy tarbiya mashqlarini xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda bajara olish;
— milliy oʻyinlar qoidalarini bilish;
— turli sport oʻyinlarining elementlarini qoʻllay olish;
— jarohatlanishning oldini olish, jarohat olgan taqdirda birinchi yordam koʻrsata olish;
b) Musiqaga oid:
— musiqa badiiy sanʼat ekanligini bilishlari, kuyga tavsif bera olish;
— xalq musiqa merosi haqida tushunchaga ega boʻlish;
— cholgʻu asboblarini bilish va tovush tembrlaridan ularni farqlay olish;
— musiqaga oid oddiy atamalarni bilish;
— nota yozuvlarini bilish va amalda qoʻllay olish;
— birgalikda va yakka holda kuylay olish;
— musiqaning ifoda vositalarini bilish;
— ijrochilik turlarini ijro sadolaridan farqlay olish;
v) Tasviriy sanʼatga oid:
— tasviriy sanʼat va unga oid ayrim iboralarni bilish;
— asosiy ranglarni farqlay olish;
— badiiy materiallar, asboblar va jihozlarni farqlay olish;
— rasm ishlash bosqichlarini bilish;
— naqshlar va ularning xususiyatini bilish;
— boʻyoqni oʻz oʻrnida ishlata olish;
— tabiat manzaralarini kuzatish va tasvirlay olish;
— buyumlar yasash, ularni bezata olish;
— turli ranglarni hosil qila olish;
— badiiy tasvirning jamiyat hayotida tutgan oʻrnini bilish;
g) Insonning moddiy va maʼnaviy ehtiyojiga oid:
— Vatan tushunchasiga ega boʻlish;
— davlat tushunchasini, davlatning ramziy belgilarini, ona-Vatan tuygʻusini anglash;
— Oʻzbekiston aholisi va milliy tarkibini bilish;
— mamlakat hayotidagi buyuk sanalarni bilish;
— axloq va kiyinish meʼyorlarini bilish;
— uy tutishni bilish;
— mehmonlarga, atrofdagilarga mulozamat koʻrsata olish;
— dasturxon tuzatishni bilish;
— orastalik meʼyorlarini bilish;
— oʻz tugʻilgan joyi va oʻlkasi haqida tushunchaga ega boʻlish;
— texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish;
— uy-roʻzgʻor ishlarini bajara olish;
— sodda konstruktorlik ishlarini bajara olish;
— duradgorlikka oid sodda va yengil ishlarni bajara olish (oʻgʻil bolalar uchun);
— oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar uchun);
— inson mehnatini, faoliyat turlarini anglash;
— huquq va huquqbuzarlik haqida tasavvurga ega boʻlish;
— qishloq va shahar aholisi hayotini bilish;
— uy xoʻjaligi haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— oila va uning qanday tashkil topishini bilish;
— oilada farzandning burchini bilish;
— bozor, sotuvchi, xaridor kabi tushunchalarni bilish;
— insonning pulga boʻlgan ehtiyojini anglash;
— pul toʻlov, savdo-sotiq vositasi ekanligini bilish;
— pul birliklarini bilish;
— narx va uning oʻzgaruvchangligini bilish.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Chet tillar
Boshlangʻich sinf oʻquvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan majburiy minimal talablar
Lingvistik kompetensiya
a) Nutqiy kompetensiya (A1)
Tinglab tushunish:
Sodda yoʻriqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
sodda savollar va gaplarni tushuna oladi;
sodda sheʼrlar, hikoyalar, qoʻshiqlarni tushuna oladi;
tanish kontekstlarda sodda autentik nutqni tushuna oladi.
Gapirish:
Dialog: maʼlumot soʻray oladi va maʼlumot bera oladi;
yordam soʻrab murojaat qila oladi;
sodda savol-javob qila oladi.
Monolog: yashash joyi, oila, doʻstlari va tanishlari haqida gapira oladi;
oʻzini tanishtira oladi, yoqtirgan va yoqtirmagan narsalari haqida gapira oladi;
tanish mavzuda juda qisqa taqdimotlar qila oladi.
Oʻqish:
tanish mavzulardagi maʼlumot beruvchi matnlarning asosiy mazmunini tushuna oladi;
joy yoki insonlar tasvirlangan qisqacha matnni (zarur hollarda koʻrgazmalardan foydalangan holda) tushuna oladi;
sodda xabarlarni (masalan, oddiy xatlar, elektron xatlar) tushuna oladi;
sodda yozma yoʻriqnoma yoki koʻrsatmalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi.
Yozish:
shaxsiy sodda xabarlarni yoza oladi (tabriklar, qaydlar, elektron xatlar);
shaxsiy maʼlumotlar (ism-sharif, yashash manzili va hokazo) bilan sodda anketani toʻldira oladi;
sodda sheʼr va hikoyalar yoza oladi.
b) Til kompetensiyasi (A1)
Fonetik kompetensiya:
chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz eta oladi;
soʻz va gap urgʻusini toʻgʻri qoʻya oladi;
kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellarini farqlay biladi va ulardan foydalana oladi;
Leksik kompetensiya:
oʻzlashtirilgan leksik vositalarni kontekst (matn)da qoʻllay oladi;
mavzuga oid sodda soʻzlarni kommunikativ vaziyatlarda qoʻllay oladi;
baʼzi baynalminal soʻzlar va turdosh soʻzlarni farqlay oladi hamda ularni qoʻllay oladi.
Grammatik kompetensiya:
kommunikativ vaziyatlarda sodda grammatik va sintaktik tuzilmalarni qoʻllay oladi;
soʻz va soʻz birikmalarini “va” bogʻlovchisi bilan bogʻlay oladi;
feʼl shakllari va sodda payt ravishdoshlaridan foydalangan holda gaplarni toʻgʻri bayon qila oladi, hikoyalar hamda voqealarni toʻgʻri ketma-ketlikda gapira oladi.
(6-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qaroriga asosan kiritilgan — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
5 — 9-SINFLAR
1. Ona tili
Oʻquvchilar ona tilidan quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
a) grammatikaga oid oʻzlashtiriladigan meʼyorlar:
— fonetika, leksikologiya, soʻzning tarkibi, soʻz yasalishi, morfologiya, sintaksis, yozuv va imlo, tinish belgilari, bogʻlanishli nutq, nutq uslublari, stilistikaga oid tushunchalar, ularning muhim belgilarini bilib olishlari, izohlay bilishlari va shu tushunchalar bilan bogʻliq grammatik atamalarni oʻzlashtirish;
— oʻzbek adabiy tili grammatikasining meʼyor va imkoniyatlarini bilish;
— nutq uslublarining chegara va imkoniyalarini bilish;
— ogʻzaki va yozma nutqda soʻz oʻzgartiruvchi va shakl hosil qiluvchi qoʻshimchalar, grammatik maʼno ifodalovchi vositalarni tanlay olish;
— sinonimik va uslubiy imkoniyatlardan toʻgʻri foydalana olish;
— gapda soʻz tartibiga rioya qilish, gap boʻlaklarini turli turkumga oid soʻzlar, otlashgan soʻzlar, soʻz birikmalari va iboralar vositasida ifodalay olish;
— gap turlaridan, undalmali, kirish soʻzli va birikmali, uyushiq boʻlakli, ajratilgan izoh boʻlakli gaplardan, qoʻshma gap turlaridan, koʻchirma va oʻzlashtirma gaplardan toʻgʻri va oʻrinli foydalana olish;
b) amaliy koʻnikma va malakalar:
— oʻqish texnikasi boʻyicha: miqdoriy koʻrsatkich — 1 minutda 120 — 130 soʻz. Sifat koʻrsatkichlar — murakkab tipdagi ilmiy atamalarni, ramzlarni, mumtoz adabiyot namunalarini, soʻz va iboralarni toʻgʻri talaffuz qila olish, maʼnosini anglagan holda toʻgʻri va ravon oʻqish;
— oʻzgalar fikri va matn mazmunini anglash malakasi boʻyicha: Miqdoriy koʻrsatkich — 10 daqiqada 5-6 sahifa. Sifat koʻrsatkichlar — ogʻzaki nutqning aniqligi, matn mazmunining mos boʻlishi, toʻgʻri, ravon va taʼsirchan boʻlishi.
— fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi boʻyicha: Miqdoriy koʻrsatkich — 12 — 14 gapdan iborat boʻlgan tugal matn yaratish. Sifat koʻrsatkichlar — matndagi gaplarning mazmunan oʻzaro bogʻliqligi va aloqadorligi koʻrsatilgan mavzu doirasida birlashishi, tinish belgilarini toʻgʻri qoʻyish, matndagi xat boshilarning yaxlitligi va fikr izchilligini taʼminlash, oʻrganilgan ifoda vositalarini oʻrinli qoʻllay olish va ularning uslubiy imkoniyatlaridan foydalana olish, ish qogʻozlarini yoza olish.
2. Adabiyot
Oʻquvchilar adabiy taʼlimga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— matnni toʻgʻri, tez va ifodali oʻqiy olish;
— 4-5 ta badiiy matnni yoddan aytib bera olish;
— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan gʻoyalar asosida mushohada yurita olish;
— mamlakatimiz mustaqilligi va bayramlari haqidagi, ona-Vatanga muhabbat uygʻotuvchi adabiy asarlar mazmunini anglagan holda soʻzlab berish;
— mumtoz adabiyot janrlari bilan zamonaviy adabiyot janrlarini farqlay olish;
— berilgan har qanday mavzuda ogʻzaki va yozma ravishda mustaqil fikr yurita olish;
— badiiy tasvir vositalari haqida matnga tayanilgan holda mustaqil fikr yuritish va tahlil qila olish;
— oʻqigan asaridan olgan taassurotlarini yorqin ifodalab bera olish;
— oʻzga insonning tuygʻulari va hissiy kechinmalar xususida fikr yurita olish;
— turli mavzularda insho yoza bilish;
— oʻrganilgan adiblar tabiatiga xos boʻlgan xislatlarni baholay bilish;
— adabiy qahramonlarning xatti-harakatlariga munosabat bildira olish va uni asoslay bilish;
— yuksak didli va aqlan barkamol adabiy qahramonlarning xislatlarini ochib bera olish;
— musiqa yoki rang tasvir asari zamiridagi badiiy jozibani his qilish va uni soʻz bilan ifodalab berish;
— oʻrganilgan asarlarda tasvirlangan badiiy timsollar xususiyatiga xos boʻlgan xislatlarni anglab, ularga munosabat bildira olish;
— oʻrganilgan asarlardagi adabiy qahramonlar xususiyatiga xos boʻlgan fazilatlarga mustaqil fikr bildira olish;
— oʻrganilgan badiiy asarlar timsollarining tabiatidagi milliy xususiyatlarni anglay bilish;
— adabiyot nazariyasiga doir bilimlarni kitobxonlik amaliyotida mustaqil qoʻllay olish;
— adabiy-tarixiy davrlarga va adiblar ijodiga toʻgʻri baho bera olish.
3. Oʻzbek tili
(Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)
Taʼlim oʻzbek tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablarda davlat tili taʼlimidan oʻquvchilar quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— morfologiya va sintaksisga doir asosiy tushunchalarni hamda shu tushunchalar bilan bogʻliq ravishda grammatik atamalarni bilish;
— soʻzlarning yozilishi, grammatik vositalarning soʻzlarga qoʻshilishi bilan bogʻliq imlo qoidalarini bilish va bu qoidalarga amal qilish;
— mustaqil gaplarni, murakkab sintaktik butunliklarni oʻzaro toʻgʻri bogʻlay olish;
— oʻzbek mumtoz adabiyotining hamda XX asr zamonaviy oʻzbek adabiyoti namoyandalarini bilish, ularning asarlaridan namunalar ayta olish;
— badiiy asar timsollariga ogʻzaki va yozma tavsif bera olish;
— oʻrganilgan mavzu doirasida va rasmlarga qarab mustaqil fikrni 15 — 20 gap bilan izchil va bogʻlanishli monologik nutq shaklida bayon qila olish;
— ayrim matnlar mazmunini oʻz soʻzi bilan (asosiy mazmunni qamrab olgan holda) qayta hikoya qila olish;
— matnni (badiiy asar, hikoya, ilmiy maqola, xabar) toʻgʻri, ravon, tushunib, bir daqiqada 130 soʻz tezligida oʻqiy olish;
— badiiy asar (yoki undan olingan parcha)ni, sheʼrni ifodali oʻqiy olish;
— oʻzbek xalq ogʻzaki ijodi namunalaridan (maqol, topishmoq, qoʻshiq, matal) ayta olish;
— 80 — 90 soʻzdan iborat matn asosida diktant yozish;
— 120 — 130 soʻzli matn asosida bayon yoza bilish;
— 6 — 8 gapdan iborat boʻlgan matn tuza olish;
— ish qogʻozlari (ariza, tarjimai hol, xat, eʼlon, maqola, tushuntirish xati, ishonch qogʻozi)ni yoza olish.
4. Rus tili
(Taʼlim rus tilidan boshqa tillarda olib boriladigan maktablar uchun)
Po okonchanii devyatogo klassa uchaщiyesya doljni:
a) po russkomu yaziku:
— ovladet bazovimi fonetiko-orfoepicheskimi, leksiko-frazeologicheskimi, grammaticheskimi, orfograficheskimi, kommunikativno-rechevimi, etnokulturovedcheskimi znaniyami, navikami i umeniyami;
— aktivno usvoit 2500 leksicheskix edinits i opredelenniy potensialniy slovar; ovladet kommunikativno-rechevimi deystviyami v sootvetstvii s osnovnimi sferami obщeniya (obixodno-bitovaya, uchebnaya, obщestvenno-politicheskaya, sotsialno-kulturnaya) i tipovimi situatsiyami;
— osvoit sredstva virajeniya obobщennix tipov semantiki viskazivaniya, a takje formuli rechevogo etiketa;
b) po literature:
— znat osnovnie vexi jiznennogo i tvorcheskogo puti vidayuщixsya russkix pisateley;
— samostoyatelno formulirovat osnovnuyu temu prochitannix proizvedeniy; umet davat razvernutie otveti s elementami opisaniya, rassujdeniya, otsenki sobitiy i geroyev proizvedeniy s pozitsiy nravstvenno-esteticheskix tsennostey;
— umet viyavlyat sredstva xudojestvennoy izobrazitelnosti s tselyu uglubleniya vospriyatiya ideyno-xudojestvennogo soderjaniya i aktivizatsii ix v sobstvennoy rechi.
V tselom obrazovatelnaya oblast “Russkiy yazik” doljna zalojit kommunikativno-yazikovuyu bazu dlya dalneyshego mejlichnostnogo obщeniya, sformirovat i uglubit polojitelnoye otnosheniye k russkomu yaziku, virabotat potrebnost polzovatsya russkim yazikom kak sredstvom obщeniya.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Chet tillar
Umumiy oʻrta taʼlimning 5 — 9-sinf oʻquvchilarining tayyorgarlik darajasiga qoʻyiladigan majburiy minimal talablar:
Lingvistik kompetensiya
a) Nutqiy kompetensiya (A2 va A2+)
Tinglab tushunish:
(A2) oʻz ehtiyojlari va qiziqishlariga bevosita bogʻliq boʻlgan gap va iboralarni tushuna oladi;
biror yerga borish boʻyicha sodda yoʻriqnomalarni tushuna oladi;
sodda xabarlar va eʼlonlardagi asosiy maʼnolarni tushuna oladi;
(A2+) kundalik mavzulardagi tasmaga yozilgan parchalardan muhim maʼlumotlarni tushuna oladi;
muhokama etilayotgan masalaning asosiy mavzusini aniqlay oladi.
Gapirish:
Dialog:
(A2) toʻgʻri maʼlumot ola biladi va bera oladi;
salomlasha oladi va murojaat qila oladi, taklif, tavsiya qila oladi va taklifga javob bera oladi, uzr soʻrashning sodda kundalik shakllarini ishlata oladi;
qisqa muloqotda ishtirok eta oladi;
sodda iboralardan foydalanib tanish mavzuda oʻz fikrini ifoda eta oladi;
sodda yumushlar (chiptalar sotib olish, xarid qilish, oshxonada taom buyura olish)ni amalga oshira oladi;
tushunmaganligini bildira oladi.
(A2+) ommaviy vaziyatlarda odamlar bilan muloqotga kirisha oladi;
qisqa suhbatlarda oʻz rejalari haqida muammosiz ishtirok eta oladi (masalan, kechqurun yoki dam olish kunlari rejalari boʻyicha);
kundalik hayotga oid oʻzi qiziqqan yoki oʻziga bevosita aloqador mavzularda qisqa suhbatlarda ishtirok eta oladi;
oldindan rejalashtirilgan kundalik suhbatlarda maʼlum mavzularda savol-javob qila oladi, fikr va maʼlumot almasha oladi;
boshqalar fikriga qoʻshilish yoki qoʻshilmaslikni ifodalay oladi;
chet tilida maʼlumot, yoʻriqnomalar va boshqalar yuzasidan tegishli javoblarni qaytara oladi (masalan, koʻchada oʻrganilayotgan til sohibi boʻlgan soʻzlashuvchi murojaat qilganda);
maʼlumotni aniqlashtirish yoki takrorlashni iltimos qila oladi.
Monolog:
(A2) odamlar, yashash yoki ish joyi sharoitlari, kundalik ishlar, yoqtirgan/yoqtirmagan narsalar va boshqalarni sodda qilib tasvirlay oladi yoki taqdimot qila oladi;
sodda iboralar bilan odamlar, joylar va buyumlarni tasvirlay oladi.
(A2+) Tanish mavzuda qisqa taqdimot qila oladi;
nimani yoqtirishi yoki yoqtirmasligini tushuntira oladi;
tadbir yoki voqea-hodisa haqida qisqa maʼlumot bera oladi;
rejalar, tadbirlar, odatlar va tajribalarni tasvirlay oladi;
sodda iboralar bilan predmetlar va oʻziga tegishli narsalarni qiyoslay oladi.
Oʻqish:
(A2) juda qisqa sodda autentik va yarim-autentik matnlarni tushuna oladi;
qisqa shaxsiy sodda xabarlar va xatlarni tushuna oladi;
jamoat joylaridagi umumiy belgilar va eʼlonlarni tushuna oladi;
sodda yozma koʻrsatmalarni tushuna oladi;
roʻyxatlar, veb saytlar, qoʻllanmalar va boshqalardagi maxsus maʼlumotlarni qidirib topa oladi.
(A2+) rasmiy xatlarning asosiy turlarini tushuna oladi (masalan, tasdiqlash xati kabi);
ommaviy axborot vositalarida chop etilgan qisqa xabar va kichik maqolalarini tushuna oladi;
tovarlar va asbob-uskunalarni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalarni tushuna oladi va ularga amal qila oladi;
faktlarga asoslangan matnlarda, masalan broshyuralar, reklamalar, gazeta eʼlonlaridan maxsus maʼlumotlarni topa oladi;
baʼzi notanish soʻzlarning maʼnosini kontekstga qarab aniqlay oladi;
Yozish:
(A2) sodda qisqa xat va xabarlar yoza oladi (masalan, minnatdorchilik bildirish xatlari, uzr soʻrash xatlari);
anketani turli shaxsiy maʼlumotlar bilan toʻldira oladi (ism-sharifi, manzili, telefon raqami, millati, ota-onasi bilan ulanish haqida maʼlumotlar va hokazo);
kundalik turmush haqida yoza oladi;
sodda biografiya yoza oladi;
sodda sheʼrlar yoza oladi.
(A2+) Tadbirlar va shaxsiy tajribalarni tasvirlab yoza oladi;
ogʻzaki xabarni tushunarli qilib yoza oladi.
b) Til kompetensiyasi (A2 va A2+)
Fonetik kompetensiya:
chet tilining barcha tovushlarini aniq talaffuz qila oladi;
soʻz va gap urgʻusidan toʻgʻri foydalana oladi;
kommunikativ vaziyatlarda intonatsiya modellaridan toʻgʻri foydalana oladi va ularni farqlay oladi;
Leksik kompetensiya:
oʻzlashtirilgan leksik birliklarni kontekstda qoʻllay oladi;
mavzuga oid sodda soʻzlarni kommunikativ vaziyatlarda qoʻllay oladi;
baʼzi baynalminal va oʻzlashgan soʻzlarni taniy oladi va ularni qoʻllay oladi;
soʻz yasashning turli yoʻllarini farqlay oladi (qoʻshma soʻzlar, prefikslar va suffikslar).
Grammatik kompetensiya:
kommunikativ vaziyatlarda asosiy grammatik va sintaktik tuzilmalarni qoʻllay oladi;
soʻz birikmalari va qoʻshma gaplarni “ammo”, “va”, “chunki” kabi sodda bogʻlovchilar bilan bogʻlay oladi;
feʼl shakllari va sodda payt ravishlaridan foydalangan holda bayon qila oladi va hikoyalarni gapirib berishda voqealarni toʻgʻri ketma-ketlikda ifodalay oladi.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 8-maydagi 124-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2013-y., 20-son, 251-modda)
6. Tarix
Oʻquvchilar tarix taʼlimi jarayonida quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— jahon va Oʻzbekiston tarixining davrlari, ijtimoiy tuzumlar, ularning atalishi va ularga xos xususiyatlar haqida tasavvurga ega boʻlish;
— asr va yil hisobini bilish, tarixiy voqea va hodisalarning davomiyligini, ularning qaysi davrga mansubligini ayta olish, eramizdan oldingi asrlarni hisoblay olish;
— insoniyat doimo oldinga intilganligi, bu esa tarixiy taraqqiyotning asosi boʻlganligini anglash;
— jamiyatda va dunyoda kechayotgan jarayonlarga oʻzining mustaqil munosabatini bildira olish;
— tarixiy manbalarni mustaqil oʻrganish asosida xulosalar chiqara olish;
— tarixiy jarayonlar haqida maʼlumotga ega boʻlish va qiyosiy tahlil qila olish;
— bobomiz Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni haqida bilimga ega boʻlish;
— Oʻrta Osiyodagi xonliklarning ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayoti haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— Oʻrta Osiyo xonliklaridagi feodal munosabatlarning shakllanishi va rivojlanishi haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— Rossiya bosqini, uning beshafqat generallari va ularga qarshi kurashgan vatanparvar sarkardalar, qahramonlar, milliy ozodlik harakatlari toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish;
— Shoʻro hukumati va bolsheviklarning xalqimizga qilgan adolatsiz qatagʻonlik siyosati, mulkiy va maʼnaviy huquqlari paymol etilgani haqidagi maʼlumotlarni bilish;
— Oʻzbekistonning Ikkinchi jahon urushidagi ishtiroki, xalqimizning front va mehnat sohasidagi jasorati haqida tushunchalarga ega boʻlish;
— milliy mustaqillik va uning dastlabki yutuqlari, mamlakatimiz bayrogʻi, gerbi, madhiyasi, davlat ramzlari, Prezidenti, tashqi aloqalariga doir tushunchalarga ega boʻlish;
— jahon va Oʻzbekiston tarixining yangi davri haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan gʻoyalar asosida mushohada yurita olish;
— Oʻzbekistonning mustaqil, suveren, demokratik davlat sifatidagi tarixiy rivojlanishi haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— mustaqil Oʻzbekiston Respublikasining bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlanishining umumiy xususiyati toʻgʻrisida tasavvurga ega boʻlish;
— dunyo xalqlari oldida turgan jahonshumul muammolar, ularni bartaraf etish vazifalari, Oʻzbekiston Respublikasining bu muammolarni hal etish yoʻlida amalga oshirayotgan ishlari haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— xarita ustida ishlay olish, tarixiy voqealar yuzasidan mustaqil mulohaza yurita olish, bayon qila olish, munozara va bahslarda faol ishtirok eta olish;
— darslik, qoʻllanma, xarita, tarixiy hujjat matni ustida hamda koʻrgazmali qurollar bilan mustaqil ishlay olish;
— tarix taʼlimi jarayonida egallagan bilimlarini erkin bayon eta olish, oʻz sinfdoshlarining fikrlariga munosabat bildira olish;
— oʻz maktabi, koʻchasi, tumani, qishlogʻi, shahrining oʻtmishi, buguni toʻgʻrisida maʼlumotga ega boʻlish.
7. Davlat va huquq asoslari
Oʻquvchilar davlat va huquq asoslariga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— huquqiy taʼlimga oid asosiy tushuncha, qonuniyat va gʻoyalarni bilish;
— davlat tuzilishi, boshqaruv shakllari, boshqaruvni amalga oshirishning demokratik va antidemokratik usullarini, ularning oʻziga xos xususiyatlarini tushuntira olish;
— davlat organlarining tuzilish asoslarini tavsiflab berish;
— axloq va huquqning oʻzaro bogʻliqligi va tafovutlarni bilish;
— huquq meʼyorlarini bilish hamda hayotda oʻzlarining xatti-harakatini ana shu meʼyorlarga monand boshqara olish malakasiga ega boʻlish;
— huquq tizimlarini, uning sohalarga boʻlinishini, bu sohalarning huquqiy munosabatlarni tartibga solishdagi ahamiyatini tushunish;
— huquqni qoʻllashning tashkiliy va huquqni muhofaza qiluvchi funksiyalarini hamda oʻz huquqlaridan foydalanish koʻnikmasiga ega boʻlish;
— huquqiy davlatning belgilarini, uni shakllantirish yoʻllari va muammolarini, Oʻzbekistonda insonparvar, demokratik, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish asoslarini tushuntira olish;
— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan gʻoyalar asosida mushohada yurita olish;
— oʻzbek milliy davlatchiligi va uning taraqqiyoti haqida tasavvurga ega boʻlish;
— Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qabul qilinishi, uning tuzilishi va mazmunini tavsiflay olish;
— inson va fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklari tizimlarini va ulardan foydalanish kafolatlarini bilish;
— Konstitutsiya va qonunlarga rioya qilish, ularni hurmat qilish malakalariga ega boʻlish;
— Oʻzbekiston Respublikasining milliy davlat va maʼmuriy-hududiy tuzilishini va ularning huquqiy asoslarini bilish;
— Oʻzbekiston Respublikasining davlat hokimiyat tizimi: qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyatiga boʻlinishini, ularning tuzilishi va vazifalarini tushuntira olish;
— Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti — davlat va ijro etuvchi hukumat boshligʻi sifatida fuqarolarning huquq va erkinliklariga, Respublika Konstitutsiyasi va qonunlariga rioya etilishiga kafil boʻlishini, Respublika suvereniteti, xavfsizligi va hududiy yaxlitligini muhofaza qilish, milliy davlat tuzilishi masalalariga oid qarorlarni roʻyobga chiqarish borasida zarur chora-tadbirlar belgilanishini, xalqaro munosabatlarda Respublika nomidan ish koʻrishini bilish;
— iqtisodiy, siyosiy, maʼnaviy, maʼrifiy sohalarga oid qonunlarning mazmunini bilish va ulardan hayotda foydalana olish;
— taʼlim sohasi va yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy tamoyillari, yoshlarning maʼnaviy, maʼrifiy, jismoniy kamoloti uchun barcha huquqiy asoslar mavjudligini bilish, oʻzini kelajagi buyuk davlat bunyodkori sifatida his etib, mamlakat taraqqiyotiga munosib ulush qoʻshishga astoydil intilish.
8. Iqtisodiy bilim asoslari
Oʻquvchilar iqtisodiy bilim asoslariga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— asosiy iqtisodiy qonuniyatlar, tushuncha va atamalarni bilish, ularning mohiyatini tushunish;
— marketing, talab va taklif haqida bilimga ega boʻlish;
— tadbirkorlik va raqobat haqida fikr yurita olish;
— mehnat munosabatlari va ish haqi haqida tushunchaga ega boʻlish;
— soliq tizimi haqida tasavvurga ega boʻlish;
— mulk va mulkiy munosabatlarni bilish;
— pul, narx, moliya, davlat budjeti va bank faoliyati haqida maʼlumotga ega boʻlish;
— marketing va menejment faoliyatini bilish;
— oila xoʻjaligini yuritishning umumiy qoidalarini, oila budjetini shakllantirishda foyda, chiqim va ularning manbalarini bilish;
— bozor sharoitida (shahar va qishloq sharoitidagi) oilalarning iqtisodiy aloqalarini taqqoslay olish;
— isteʼmol tovarlari reklamasi tahlilini bilish;
— maktab xoʻjaligini yuritish mexanizmini tushuntira olish;
— tadbirkorlik turlarini (ishlab chiqarish, tijorat, moliyaviy) bilish;
— Prezident asarlarini bilish, ularda ilgari surilgan gʻoyalar asosida mushohada yurita olish;
— Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtish tamoyillarini bilish;
— Oʻzbekistonda bozor iqtisodiyotiga oʻtishning dastlabki tushunchalarini bilish;
— bozor va uning turlarini bilish;
— ijtimoiy foydali va unumli mehnat koʻnikmalariga ega boʻlish.
9. Matematika
Oʻquvchilar matematikaga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— natural, butun, ratsional va haqiqiy sonlar haqida tushunchaga ega boʻlish va ularga oid hisoblashlarni bajara olish;
— sonlarning oʻrta arifmetigi, nisbat, proporsiya va foizlarni bilish, ularni qoʻllay olish;
— sonli va harfiy ifodalar haqida tasavvurga ega boʻlish;
— buyuk allomalarimiz va ularning matematika rivojiga qoʻshgan hissalari haqida tasavvurga ega boʻlish;
— formulalar yordamida hisoblashlarni bajara olish;
— tenglama, uning ildizi tushunchalarining maʼnosini bilish;
— chiziqli va kvadrat tenglamalar, ikki nomaʼlumli tenglamalar sistemasini echa olish;
— son oʻqida va koordinata tekisligida nuqtani ifodalay olish;
— ikki nuqta orasidagi masofani topa olish;
— grafik va diagrammalar chiza olish;
— algebraik ifodalarning son qiymatini topa olish;
— koʻphadlar ustida arifmetik amallarni bajara olish va ularni standart koʻrinishga keltira olish;
— qisqa koʻpaytirish ayniyatlarini bilish va qoʻllay olish;
— daraja qatnashgan kasr va ifodalar ustida amallarni bajara olish;
— bir nomaʼlumli tengsizliklarni echa olish;
— arifmetik va geometrik progressiyalarni bilish, ularning istalgan hadini va hadlar yigʻindisini hisoblay olish;
— asosiy trigonometrik funksiyalarning grafigi va xossalarini, asosiy trigonometrik ayniyatlarni bilish va qoʻllay olish;
— algebraik formulalar va hisoblashlarga oid masalalarni echa olish;
— asosiy geometrik figuralar va sodda geometrik jismlarga oid tushuncha va atamalarni bilish;
— chizmachilik asboblari yordamida geometrik figuralarni tekislikda tasvirlay olish;
— yassi geometrik figuralar va geometrik munosabatlar haqidagi tartibga solingan maʼlumotga ega boʻlish;
— geometrik masalalarni echa olish;
— geometriya kursidan olingan bilimlarni ijtimoiy hayotda qoʻllay olish.
10. Informatika
Oʻquvchilar informatikaga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— informatika va hisoblash texnikasi asoslariga oid tushunchalarni bilish;
— zamonaviy kompyuter texnikasi, asosiy qurilmalari va ularning ish prinsiplarini bilish;
— axborotni tasvirlash, kodlash, oʻlchash va qayta ishlash usullarini bilish;
— algoritmlashning asosiy koʻnikmalariga ega boʻlish;
— kompyuterda masalalar echish bosqichlari haqida tasavvurga ega boʻlish;
— zamonaviy axborot texnologiyasining jamiyatimizdagi istiqboli haqida tasavvurga ega boʻlish;
— dasturlash tillarining xillari, tuzilishi va qoʻllanilishini bilish;
— kompyuter savodxonligini minimal darajada namoyish qila olish;
— inson faoliyatining turli sohalariga kirgan zamonaviy axborot texnologiyasini namoyish qila olish.
11. Fizika
Oʻquvchilar fizika asoslariga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— fizik hodisalar haqida tasavvurga ega boʻlish va ularni tahlil qila olish;
— mexanika, molekulyar fizika va termodinamika asoslari, elektr, yorugʻlik, atom va yadro fizikasi asoslariga oid asosiy tushunchalar, atamalar, kattaliklar va ularning birliklari, qonuniyatlar, formulalarni bilish va ularni qoʻllay olish;
— fizik hodisalarni kuzatishni rejalashtirish va oʻtkazish, kuzatish natijalarini umumlashtirish ishlarini bajara olish;
— oʻlchov asboblari (sekundomer, shtangensirkul, tarozi, menzurka, dinamometr, manometr, barometr, termometr, elektrometr, ampermetr, voltmetr, ommetr)dan foydalana bilish, asboblarning oʻlchash xatoligini baholay olish;
— mustaqil ravishda tajriba oʻtkaza olish, tajriba natijalarini sxema, jadval, grafik koʻrinishda tasvirlay olish, ularni tahlil qila olish va xulosalar chiqarish;
— buyuk allomalarimiz va ularning fizika rivojiga qoʻshgan hissalari haqida tasavvurga ega boʻlish;
— darsliklar, oʻquv qoʻllanmalar va qoʻshimcha adabiyotlardan foydalanib mustaqil bilim olish va ularni amaliyotda qoʻllay bilish;
— masalalar echish boʻyicha koʻnikma va malakaga ega boʻlish;
— fizik asboblar bilan ishlash jarayonida texnik xavfsizlik qoidalariga rioya qila olish;
— fizikaga oid olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllay olish.
12. Kimyo
Oʻquvchilar kimyo asoslariga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— modda, uning tarkibi, tuzilishi, xossalari, tarkibini bilish;
— kimyoviy element va ularning birikmadagi valentligini hamda kimyoviy formulani tuza bilish;
— kimyoviy qonunlar va nazariyalarni, atom-molekulyar taʼlimotni bilish;
— anorganik birikmalarning eng muhim birikmalari tarkibi, xossalari va qoʻllanilishini bilish;
— kimyoviy elementlar davriy qonuni va davriy sistemasini bilish;
— kimyoviy bogʻlanish turlarini bilish;
— kimyoviy reaksiyadagi asosiy qonuniyatlarni anglash;
— kichik davrda joylashgan kimyoviy elementlar tavsifini bilish;
— kislota, ishqor, tuzlarning dissotsiatsiyalanishini yoza olish;
— ion almashinish tenglamalarini yoza olish;
— metall va metallmaslarning ayrim vakillari xossalari va qoʻllanishini bilish;
— buyuk allomalarimiz va ularning kimyo rivojiga qoʻshgan hissalari haqida tasavvurga ega boʻlish;
— Oʻzbekistonda olinadigan kimyoviy xomashyolar va ularning mohiyatini anglash;
— organik moddalarning tuzilish nazariyasini tushuntira olish;
— organik birikmalarning xossalari va qoʻllanilishini tushuntira olish;
— anorganik va organik kimyoga oid masalalar echa olish;
— polimyerlarning xossalari va qoʻllanilishini tushuntira olish;
— kimyoviy reaktivlar va jihozlardan foydalana olish;
— kimyoviy ishlab chiqarish jarayoni, kimyoviy moddalardan foydalanishni ekologik nuqtai nazardan tushuntira olish.
13. Biologiya
Oʻquvchilar biologiya asoslariga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— botanika, zoologiya, odam va uning salomatligi, umumiy biologiya kurslari mazmunida beriladigan asosiy biologik qonunlar va nazariyalarni bilish;
— tirik organizmlar turli-tumanligini bilish;
— oʻsimlikning ildizi, poyasi, bargi, vegetativ koʻpayishi, guli, meva va urugʻlari, oʻsimlik organlarining atrof muhit bilan bogʻliqligi, oʻsimliklar sistemasi, oʻsimliklarning asosiy boʻlimlari, oʻsimliklar olamining rivojlanishi, oʻsimliklar qoplami, manzarali oʻsimliklar haqida bilimga ega boʻlish;
— tur, urugʻ, oila, turkum, sinf, tip toʻgʻrisidagi asosiy taksonomik tushunchalarni bilish;
— hayvonlarning hujayraviy tuzilishini bilish;
— hayvonlarning asosiy organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
— asosiy sistematik guruhlarni bilish;
— organizmlarning hayot va faoliyat jarayonlari (oziqlanishi, nafas olishi, modda va energiya almashinuvi, oʻsishi, rivojlanishi, koʻpayishi)ni bilish va idrok etish;
— tirik organizmlarning umumiy belgilari, tuzilishidagi oʻziga xosliklarni tushuntira olish;
— organizmlar, turlar, tabiiy sistemalarga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda boʻlishning zarurligini bilish va unga amal qila olish;
— odam organlari va ularning vazifalarini tushuntira olish;
— odamning paydo boʻlishi, koʻpayishi va rivojlanishini tavsiflay olish;
— tsitologiya va genetika asoslari boʻyicha umumiy maʼlumotga ega boʻlish;
— Oʻzbekistonda biologiya fanining rivojlanish tarixini bilish;
— biologiyaga oid bilimlardan qishloq xoʻjaligi ishlarida foydalana olish.
14. Geografiya
Oʻquvchilar geografiyaga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— Yer sharining shakli va kattaligi haqida tasavvurga ega boʻlish, oʻlchamini bilish;
— plan ola bilish;
— globus, xarita, atlas va yozuvsiz xarita bilan mustaqil ishlay olish;
— Yer shari qobiqlari tabiatini bilish, har bir qobiq tabiatini tushuntira olish;
— Yer yuzining asosiy shakllarini bilish va ularni xaritadan koʻrsata olish;
— tabiat kompleksi va tabiat zonalarini tavsiflay olish;
— dunyo aholisi va siyosiy xaritasini bilish;
— har bir qitʼalar va okeanlar tabiatini bilish;
— umumiy geografik qonuniyatlarni bilish;
— Turkiston tabiiy-geografik oʻlkasi va Oʻzbekiston hududining tabiatini bilish;
— iqtisodiy geografik tushuncha, qonuniyat va jarayonlarni bilish;
— geografik oʻrin, tabiiy sharoit va tabiiy resurslar iqtisodiyotiga va umuman mamlakat rivojidagi ahamiyatini yangi iqtisodiy munosabatlar qaror topayotgan sharoitda mehnatning geografik taqsimlanishini, sotsial muammolar yechimini tushuntira olish;
— mamlakat aholisi va mehnat resurslari oʻziga xosligining sabab va oqibatlarini bilish;
— iqtisodiyotning eng muhim tarmoqlararo majmualarini bilish;
— iqtisodiyotning hududiy tashkil etilishi va iqtisodiy rayonlashtirish tamoyillarini bilish;
— Oʻzbekistonning har bir iqtisodiy geografik rayonidagi ixtisoslik tarmoqlarining joylashish va rivojlanishiga xos xususiyatlarni tushuntira olish;
— oʻzi yashaydigan qishloq (shahar) geografiyasini bilish;
— jahonning umumiy iqtisodiy geografik tavsifini bilish;
— jahonshumul tabiiy boyliklarni hamda ekologik muammolarni bilish;
— jahon xoʻjaligi haqida tasavvurga ega boʻlish;
— mamlakatlarning taraqqiyotiga koʻra guruhlash mezonlarini bilish;
— jahon davlatlarining mintaqaviy tavsifini bilish;
— insoniyatning jahonshumul (global) muammolarini idrok eta olishlari kerak.
15. Musiqa madaniyati
Oʻquvchilar musiqa madaniyatiga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— har bir mahalliy uslubda oʻziga xos ijrochilik uslublari va cholgʻu asboblarini bilish;
— Fargʻona-Toshkent, Samarqand-Buxoro, Surxondaryo-Qashqadaryo, Xorazm ijrochilik uslublari xususiyatlari, mashhur musiqa janrlari (doston, katta ashula, yallachilik)ni bilish, ularning mashhur ijrochilarini bilish;
— maqom haqida tushuncha, oʻzbek maqomlari va ularni asosiy turkumlari, shashmaqom, uning cholgʻu ashula yoʻllari, Fargʻona-Toshkent maqomlari, Xorazm maqomlari, cholgʻu va aytish yoʻllarini bilish;
— Oʻzbekiston hududida mumtoz musiqaning koʻp tarmoqli va mahalliy anʼanalarga ega ekanligi, ularning oʻxshashligi va oʻziga xosligi, mahalliy musiqiy anʼanalarning zamonaviy musiqa, bastakorlik va kompozitorlik ijodi sohasida namoyon boʻlishini bilish;
— ikki ovozli qoʻshiqlarni sof ohangda kuylash, major uch tovushligidan minor uch tovushligiga mustaqil kuylab oʻta olish;
— kuylashda forte va piano dinamik tuslarini bajarish, oʻzi va oʻrtoqlari ijro etgan qoʻshiqlarning ijrochilik saviyasi va badiiy sifatini baholay bilish;
— mashhur qoʻshiq va ashulalar, yor-yorlar hamda ushshoqlarning mahalliy uslub variantlarini tinglab ajrata olish;
— kuylash va tinglash madaniyatiga ega boʻlish;
— musiqa naqadar qadimiy sanʼat ekanligi, oʻzbek xalq musiqasining ildizlari uzoq davrlarga taqalib, asrlar, yillar davomida sayqal topib, rivojlanib kelganligi, shu bois xalqimizning boy madaniyatini, milliy qadriyatlarimizni oʻzida aks ettirishini va nihoyat, oʻzbek milliy musiqamiz umumbashariy jahon musiqa madaniyatining ajralmas bir boʻlagi ekanligini tasavvur qila olish.
16. Tasviriy sanʼat
Oʻquvchilar tasviriy sanʼatga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— tasviriy sanʼatning kishilar hayotidagi ahamiyatini tasavvur qilish;
— tasviriy, dekorativ-amaliy, meʼmorchilik sanʼatida ishlatiladigan asosiy atama va tushunchalarni hamda ularning maʼnosini bilish;
— miniatyura sanʼati haqida umumiy maʼlumotga ega boʻlish;
— tasviriy sanʼatning nazariy asoslarini bilish va ularga amalda rioya qila olish;
— tasviriy sanʼat asarlarining ifodalilik vositalari (chiziq, siluet, rang, ritm, simmetriya, assimmetriya, kompozitsiya)ni bilish va ularni amalda qoʻllay olish;
— tasviriy sanʼatning asosiy tur va janrlarini bilish;
— oʻzbek xalq amaliy sanʼatining turlari va uning mashhur ustalarini bilish;
— tasviriy sanʼatda ijod qiluvchi eng mashhur oʻzbek va chet el rassomlarining hayoti va ijodini, ularning ayrim asarlarini bilish;
— Oʻzbekiston va chet el mamlakatlarining eng mashhur meʼmorchilik asarlarini bilish;
— 15 — 20 rang nomlarini ayta olish;
— tasviriy va amaliy sanʼat asarlarini erkin oʻqiy olish;
— naqshlar bilan bogʻliq badiiy bezak ishlarini erkin bajara olish;
— qush, hayvon, odamni asliga oʻxshatib rasmi va haykalini tasvirlay olish;
— rasm, naqsh, haykal, qurish-yasash ishlarini bajarganda turli material va uslublardan foydalana olish;
— afsonaviy mavzularda rasm va haykallar ishlaganda ularni fantaziya asosida tasvirlay olish;
— tasvirlar ishlaganda oʻzbek sanʼatining milliy badiiy anʼanalaridan maqsadga muvofiq foydalana olish;
— tasviriy ishlarni bajarganda texnika xavfsizligi va gigiyena qoidalariga rioya qila olish.
17. Chizmachilik
Oʻquvchilar chizmachilikka oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— toʻgʻri burchakli proyeksiyalash asoslarini va sodda aksanometrik tasvirlarni yasash usullari toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlish;
— chizmalarni bajarishning oʻrganilgan usullarini va asosiy tutashmalarni yasash usullarini bilish;
— chizmachilik asboblaridan ratsional foydalana olish;
— buyumlarning shaklini asl koʻrinishiga hamda ularning chizmalariga qarab tahlil qila olish;
— tasvirlarning grafik tarkibini tahlil qila olish;
— sodda buyumlarning chizmasi, eskizi va yaqqol tasvirlarini oʻqiy olish va bajarish;
— chizmalarda kesimlar va qirqimlarni bajarish hamda belgilashning asosiy qoidalarini bilish;
— oʻyma naqsh solishning shartli tasvirlari va belgilanishini bilish;
— yigʻish va qurilish chizmalarini bajarish xususiyatlari toʻgʻrisida tushunchaga ega boʻlish;
— detallarning asosiy birikmalari, chizmalarini chiza olish;
— oddiy qurilish chizmalarini oʻqiy olish.
18. Mehnat taʼlimi
Oʻquvchilar mehnat taʼlimiga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— politexnik dunyoqarashga ega boʻlish;
— umummehnat bilim, koʻnikma va malakalarini egallagan boʻlish;
— kasblar haqida umumiy tasavvurga ega boʻlish;
— qishloq xoʻjaligi va maishiy sohalardagi ishlab chiqarish asoslari haqida bilim va dastlabki koʻnikmalarga ega boʻlish;
— materiallarga badiiy ishlov berish koʻnikmalariga ega boʻlish;
— muayyan mexanizm, moslama va mashinalarning chizmalarini tayyorlash koʻnikmasiga ega boʻlish;
— uy-roʻzgʻor elektr asboblaridan va gazdan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda foydalana olish;
— elektrotexnik mehnat (uy-roʻzgʻor asboblarini tuzatish) koʻnikmalariga ega boʻlish;
— sodda duradgorlik ishlarini bajara olish (oʻgʻil bolalar uchun);
— kundalik turmushda zarur boʻladigan bichish-tikish ishlarini bajara olish (qiz bolalar);
— pazandalik mahoratini egallash;
— uy-tutish madaniyati (uyni did bilan bezatish, roʻzgʻor tutish, kiyim-kechaklarni saranjom-sarishta tutish, madaniyatli kiyinish) koʻnikmasiga ega boʻlish;
— oila iqtisodiyoti (oila budjeti — kirim-chiqimi, oilada mehnat taqsimoti, oilaviy ishlab chiqarishni tashkil etish) koʻnikmalariga ega boʻlish;
— Oʻzbekiston Respublikasidagi kasb-hunarlar haqida bilimga ega boʻlish;
— ayrim kasblar boʻyicha dastlabki mehnat koʻnikmalarini egallash.
19. Jismoniy tarbiya
Oʻquvchilar sogʻlomlashtirish va jismoniy tarbiyaga oid quyidagi bilim, koʻnikma va malakalarni egallashlari shart:
— ovqatlanish gigiyenasini bilish va unga rioya qilish;
— oʻzini oʻzi tibbiy nazorat qila olish;
— jismoniy mashqlarni bajarish qoidalarini bilish;
— asosiy turkum harakatlar koʻnikmalariga ega boʻlish;
— gimnastika mashqlarini bajara olish;
— saflanish, yugurish, uzunlikka va balandlikka sakrash, muvozanat saqlash, osilish va tayanish mashqlarini bajara olish;
— harakatli oʻyinlarni va sport oʻyinlaridan biror turini oʻynay olish;
— jismoniy tarbiya boʻyicha mustaqil mashgʻulotlar oʻtkazish uchun zaruriy bilimga ega boʻlish;
— oʻzini oʻzi jismoniy jihatdan nazorat qilishning asosiy koʻnikmalariga ega boʻlish;
— organizmning asosiy sistemalariga jismoniy mashgʻulotlarni taʼsirini bilish;
— uzoq davom etadigan yugurishda oʻzini oʻzi nazorat qilish usullaridan foydalana olish;
— chidamlilikni oshirishga qaratilgan mashqlarni mustaqil bajarish qoidalarini bilish va ularga amal qilish;
— saflanish mashqlarini bajara olish;
— 100 m gacha boʻlgan masofaga yugurish, 60 — 100 m masofaga bosqich bilan estafetali yugurish, 2 km masofaga notekis joylar boʻylab bir meʼyorda sekin yugurish mashqlarini bajara olish;
— yugurib kelib uzunlikka “oyoq bukish” usulida sakrash mashqini bajara olish;
— gimnastika, umumrivojlantiruvchi mashqlar va sodda akrobatika mashqlarini bajara olish.