O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Milliy Xavfsizlik xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining
Qarori
Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 3-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2222-3]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respubliksi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulotda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2019-yil 31-iyuldagi 87, 62, 24, 21-qq, 15 va 01-02/5-49-sonli “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga o‘zgartirish va qo‘shimchalarni o‘z kuchini yo‘qotgan deb topish to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2222-5, 06.08.2019-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 28-dekabrdagi PF-4906-son “O‘zbekiston faxriylarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, 2017-yil 3-fevraldagi PF-4944-son “Mahalla institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi va 2017-yil 17-fevraldagi PF-4960-son “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari pensionerlarini ijtimoiy himoya qilishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasi qaror qiladilar:
1. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2011-yil 30-martdagi 27, 26, 2, 84, 126, 01-02/5-31-son qarori (ro‘yxat raqami 2222, 2011-yil 30-aprel) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-yil, 18-son, 183-modda) bilan tasdiqlangan Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Moliya vaziri B. XODJAYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
27-son
Ichki ishlar vaziri A. AZIZOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
7-son
Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
8-son
Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari K. ARIPOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
2-son
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
37-son
Davlat bojxona qo‘mitasi raisi M. TOXIRIY
Toshkent sh.,
2017-yil 13-mart,
01-02/5-13-son
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining 2017-yil 13-martdagi 27, 7, 8, 2, 37 va 01-02/5-13-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomga kiritilayotgan
o‘zgartirish va qo‘shimchalar
1. 2-bandda:
“d” kichik band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“d) Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha respublika kengashi va uning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar va shaharlar hududiy kengashlari raislarining birinchi o‘rinbosarlari va o‘rinbosarlari hamda fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga;”;
quyidagi mazmundagi “j” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“j) O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasining barcha xodimlariga.”.
2. I bob quyidagi mazmundagi 22-band bilan to‘ldirilsin:
“22. 2017-yil 1-apreldan boshlab quyidagi pensionerlarga pensiyalar to‘liq miqdorda to‘lanadi:
a) O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining:
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;
harbiy-akademik litseylar rahbarlari, ularning o‘rinbosarlari va o‘qituvchilari, shuningdek respublika akademik litseylar va kasb-hunar kollejlarining boshlang‘ich harbiy tayyorgarlik bo‘yicha rahbarlari;
harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilariga;
b) O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Davlat bojxona qo‘mitasining:
Milliy xavfsizlik xizmati instituti, O‘zbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabi, Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi, Radioelektron tizimlar va axborot texnologiyalari markazi, shuningdek Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti, aholi va rahbar xodimlarni tayyorlash hududiy markazlari va O‘zbekiston Respublikasining boshqa oliy harbiy ta’lim muassasalarining o‘qituvchilari va ilmiy xodimlari;
respublika akademik litseylari va kasb-hunar kollejlari ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari va tarbiyachilari;
harbiy-sanoat kompleksining tarkibiga kiruvchi korxonalarning boshqaruv va ishlab chiqarish xodimlari jumlasiga kiradigan mutaxassislari sifatida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan harbiy xizmatchilari va xodimlariga.
Pensiyalarni to‘lash to‘liq miqdorda, agar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan faoliyat harbiy pensionerning yagona ish joyi bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi.”.
3. 18-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 14-son, 234-modda)