28.12.2016 yildagi PF-4906-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining faoliyatini yanada takomillashtirish, shuningdek keksa yoshdagi fuqarolarni davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimi samaradorligini yanada oshirish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida toʻla huquqli ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, katta avlodning jamiyat, oilalar va mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, shuningdek yosh avlodni xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalash ishidagi rolini oshirish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi taʼsis majlisining Jamgʻarma nomini Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash jamoat birlashmasi shaklidagi “Nuroniy” jamgʻarmasi (keyingi oʻrinlarda “Nuroniy” jamgʻarmasi” deb ataladi) etib oʻzgartirish va unga quyidagi asosiy vazifalarni hal etishni yuklash haqidagi tashabbusi maʼqullansin:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faxriylarning Oʻzbekistonni yangilash va rivojlantirishning maʼnaviy-axloqiy negizlarini mustahkamlashda, mamlakatning ijtimoiy- siyosiy hayotida faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oqsoqollar, keksa yoshdagilar va faxriylarni yoshlarni Vatanga muhabbat, keksa avlod kishilarini hurmat qilish, ezgulik va rahmdillik singari xalqimizning koʻp asrlik anʼanalarini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan ijtimoiy faoliyatga jalb etish;
(1-bandining ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 29-noyabrdagi PF-26-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksalarning hayoti darajasini oshirish sohasida davlat siyosatining gʻoyat muhim ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirishda davlatga koʻmaklashish, pensiyaga chiqqandan keyin ularning yuqori ijtimoiy faolligini, shu jumladan ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi ishtirokini va davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishdagi ishtirokini qoʻllab-quvvatlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksalar uchun nazarda tutilgan pensiyalar va imtiyozlar boʻyicha qonun hujjatlari qoidalari ijrosi ustidan jamoatchilik nazoratini taʼminlash, ushbu masalada davlat boshqaruvi organlariga va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlariga koʻmaklashish, ehtiyojmand keksalarni va aholining boshqa qatlamlarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash va tibbiy yordam bilan taʼminlash, ushbu maqsadlarda ishlab chiqarish, tijorat, noshirlik, xayriya tadbirlarini va boshqa tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari bilan birgalikda oilalarda tinchlik va xotirjamlikni taʼminlash, yolgʻiz kishilar va ehtiyojmand keksalarni ijtimoiy va moddiy qoʻllab-quvvatlash, shuningdek ularning birinchi navbatdagi ehtiyojlari qondirilishida har tomonlama yordam berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda har xil ijtimoiy-madaniy tadbirlar, telemarafonlar, maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, artistlar, xonandalar, rassomlarni va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining markaziy apparati tuzilmasi 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi boʻlimlari tuzilmasi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasining tumanlar (shaharlar)dagi boʻlimlari tuzilmasi 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi zamonaviy talablarni va Jamgʻarmaga yuklangan yangi vazifalarni hisobga olgan holda “Nuroniy” jamgʻarmasining yangi tahrirdagi ustavini tayyorlash va davlat roʻyxatidan oʻtkazishda Oʻzbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qoʻllab- quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasiga koʻmaklashsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. 2017-yil 1-yanvardan boshlab “Nuroniy” jamgʻarmasi markaziy apparati va uning Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri, tumanlar (shaharlar) boʻlimlarining shtatdagi xodimlarini Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan taʼminlash va moddiy ragʻbatlantirish tartibi joriy qilinsin.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 12-dekabrdagi PF-5597-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari 2017-yil 1-sentabrgacha har bir tuman va shaharda, qoidaga koʻra madaniyat va dam olish istirohat bogʻlari hududida “Nuroniylar maskani” majmualari faoliyat koʻrsatishini, ularda “Nuroniy” jamgʻarmasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridagi, tumanlardagi (shaharlardagi) boʻlimlarini joylashtirish uchun binolar ajratilishi yoki qurilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Majmualarni qurishda boy kitob fondiga ega boʻlgan kitobxonlar zallari, shaxmat, shashka oʻynash uchun dam olish xonalari, keksalar uchun maxsus trenajyorlar bilan jihozlangan davolash jismoniy tarbiya zallari, shuningdek oshxona va tibbiy xona tashkil etilishi, ularni zarur mebel, kompyuter texnikasi va aloqa vositalari bilan jihozlash nazarda tutilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonun hujjatlariga muvofiq “Nuroniy” jamgʻarmasi va uning boʻlimlari soliqlar va davlatning maqsadli jamgʻarmalariga majburiy ajratmalar toʻlovchilar hisoblanmasligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi Kengashining mehnatkashlarni sogʻlomlashtirishga yoʻnaltiradigan mablagʻlarining 30 foizgachasini pensionerlarni, birinchi navbatda 1941 — 1945-yillardagi urush va mehnat fronti faxriylarini oʻz tizimidagi sanatoriylarda sogʻlomlashtirishga (shu jumladan dori vositalari olish uchun) har yili yoʻnaltirish, shuningdek mehnatkashlarga ularga ajratilgan yoʻllanmalarini oʻzlarining ota-onalarini sogʻlomlashtirishga yuborish huquqini berish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab-quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Iqtisodiyot va ishlab chiqarish, ilm-fan, madaniyat, taʼlim, sogʻliqni saqlash, yurisprudensiya va boshqa sohalardagi uzoq yillik halol mehnatlari uchun mehnatkashlarga, shuningdek ishlamaydigan, jamiyatda mustahkam oilani saqlab qolgan, farzandlarini kattalarga va kichik avlodga hurmat, jamiyat oldidagi masʼuliyat, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab hurmat qozongan onalarga taqdim etiladigan “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni (I, II, III darajali) taʼsis etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlash va uni topshirish davlat va nodavlat notijorat tashkilotlarining, ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, taklifi bilan amalga oshirilishi belgilab qoʻyilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamgʻarmasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan birgalikda har bir tumanda “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar toʻgʻrisidagi qisqacha biografik maʼlumotnomalar aks ettiriladigan “Bizning faxriylarimiz” kitob-fotoalbomini yuritish va uning har yil yangilab borilishini taʼminlasin.
(6-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va shaharlar hokimliklari “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan shaxslar yashaydigan xonadonlar va uy-joylar eshiklarida “Bu erda I, II, III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni bilan taqdirlangan fuqaro (F.I.O.) istiqomat qiladi” yozuvi boʻlgan belgisi oʻrnatilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi bir oy muddatda “Mahalla” telekanalida yoshi kattalarga bagʻishlangan va har kuni namoyish qilinadigan “Keksalar davrasida” doimiy rubrikasini tashkil etsin, shuningdek “Mahalla” telekanalida har oyda “Otalar soʻzi — aqlning koʻzi” telekoʻrsatuvining bittadan yangi seriyasini tayyorlasin va namoyish etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi:
(8-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-dekabrdagi PF-5892-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamgʻarmasining nashriyot boʻlimi faoliyatini tashkil etishga koʻmaklashsin hamda har haftalik “Nuroniy” gazetasi va har oyda bir chiqadigan “Keksalik gashti” jurnalining imtiyozli asosda nashr etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Nuroniy” jamgʻarmasining buyurtmanomasiga binoan “Nuroniy” jamgʻarmasining har bir boʻlimini respublikada nashr etiladigan kamida 10 nomdagi gazeta va jurnallar bilan, shuningdek “Nuroniylar maskani” komplekslari oʻquv zallarining kitoblar bilan muntazam ravishda toʻldirib borilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Jamgʻarmani qoʻllab-quvvatlash va uning faoliyatini amalga oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish davlat organlari rahbarlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari, boshqa tashkilotlar va fuqarolarning keksa avlod oldidagi fuqarolik burchi hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Vazirlar Mahkamasi, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar boshqa tashkilotlar rahbarlari zimmasiga, pensiyaga chiqadigan xodimlarga doimiy gʻamxoʻrlik va eʼtibor koʻrsatishni, ularga zarur moddiy va ijtimoiy koʻmak berish, mehnat jamoasining jamiyat hayotida faol qatnashishini, shuningdek har yili pensionerlardan, ayniqsa yakka-yolgʻizlardan xabar olish, tugʻilgan kunlarida va bayramlarda ularga esdalik sovgʻalari berishni, ularning uy- joy, maishiy muammolarini hal etishda koʻmaklashishni, sanatoriya-kurortda sogʻlomlashtirish va davolashni tashkil etishni, shuningdek muqaddas joylarga va ziyoratgohlarga ekskursiyalar tashkillashtirishni va boshqa ijtimoiy ahamiyatli tadbirlarni amalga oshirishni taʼminlash yuzasidan shaxsiy masʼuliyat yuklansin.
(10-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-oktabrdagi PF-186-sonli Farmoni tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Pensionerlar bilan ochiq muloqotni yoʻlga qoʻyish, ularning hayotiy muhim muammolarini muhokama qilish va hal etishga yordam berish maqsadida davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari zimmasiga pensiyaga chiqqan xodimlarini rahbariyat tomonidan qabul qilish jadvallarini har oyda tasdiqlash majburiyati yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimlari tomonidan har yil ikki marta “Mahalla” fondi, boshqa davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari vakillarini jalb etgan holda “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlari rahbarlari, ularning faollari ishtirokida keksalarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, yoshlarni tarbiyalash, mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni saqlash, shuningdek “Nuroniy” jamgʻarmasi boʻlimlari faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni koʻrib chiqish boʻyicha kelgusidagi qoʻshma chora-tadbirlarni muhokama qilishni oʻtkazish amaliyotga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Respublika “Mahalla” xayriya fondi rahbariyatining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoatchilik asosida fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlarida (ovullar, qishloqlar, mahallalar) fuqarolar yigʻini raisining oʻrinbosari — keksalar va faxriylar ishlari boʻyicha maslahatchi lavozimini joriy qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mahalla” fondiga “Navroʻz” va “Mustaqillik” umumxalq bayramlariga bagʻishlab oʻtkaziladigan hasharlardan tushadigan mablagʻlarning 10 foizini har yili “Nuroniy” jamgʻarmasiga oʻtkazish toʻgʻrisidagi tashabbusi qoʻllab- quvvatlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yilda Vazirlar Mahkamasining zaxira fondidan “Nuroniy” jamgʻarmasi markaziy apparati, uning boʻlinmalari va nashriyot boʻlimi moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga 1,5 mlrd soʻm ajratsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarida ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan mablagʻlarni nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ushbu Farmonda nazarda tutilgan tadbirlarni amalga oshirish va “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash boʻyicha bir oy muddatda chora- tadbirlar koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi, “Nuroniy” jamgʻarmasi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan qoʻshimcha va oʻzgartirishlar boʻyicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston faxriylarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash “Nuroniy” jamgʻarmasi toʻgʻrisida” 1996-yil 4-dekabrdagi PF-1655-son Farmoni oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 28-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4906-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2017-y., 1-son, 6-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 13.12.2018-y., 06/18/5597/2300-son; 11.12.2019-y., 06/19/5892/4134-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 06/21/26/1111-son)