16.03.2017 yildagi PQ-2838-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch tibbiy yordam xizmatining faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 16-martdagi PF-4985-son Farmonini ijro etish yuzasidan, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam tizimi muassasalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va ularning faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish maqsadida:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2017-yil 1-apreldan boshlab hududiy sog‘liqni saqlash boshqarmasi apparati tuzilmasida boshqarma rahbarining o‘rinbosari — Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi filialining direktori lavozimi joriy etilsin.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining tashkiliy tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining tuzilmasi 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mintaqaviy filialining namunaviy tuzilmasi 3-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi to‘g‘risidagi nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari dasturi (keyingi o‘rinlarda Chora-tadbirlar dasturi deb ataladi) 5-ilovaga muvofiq ma’qullansin. Chora-tadbirlar dasturi quyidagi ustuvor vazifalarni amalga oshirishga yo‘naltirilgan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning malakali tibbiy xizmat ko‘rsatishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tez tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordamning tezkorligini, sifati va undan foydalanish darajasini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy va ilg‘or xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga joriy etish, shoshilinch tibbiyot tizimini tashkil etish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uning amaliyotiga zamonaviy ilmiy-texnik vositalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda Chora-tadbirlar dasturidan kelib chiquvchi tadbirlar to‘liq darajada va belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini ta’minlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti parametrlarini shakllantirishda har yili Chora-tadbirlar dasturida nazarda tutilgan tadbirlarni bajarishga zarur mablag‘lar ajratilishini nazarda tutsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. 2017-yildan aprel oyidan boshlab sog‘liqni saqlash muassasalarining eskirgan va foydalanilmayotgan avtotransport vositalarini kimoshdi savdolarida sotishdan tushgan mablag‘lar mahalliy budjet daromadiga taqsimlanmasdan, tez tibbiy yordam xizmati uchun respublikada ishlab chiqarilgan ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalarini sotib olishga maqsadli yo‘naltirilgan holda to‘liq hajmda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining budjetdan tashqari hisob raqamida jamlanishi mexanizmi joriy etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2017-yil 1-apreldan boshlab:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tez tibbiy yordam xizmatining ixtisoslashtirilgan avtotransport vositalariga texnik va servis xizmati ko‘rsatish ularni tegishli hududiy ixtisoslashtirilgan avtobazaga berish yo‘li bilan hududiy darajada markazlashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va tibbiyot buyumlari Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining filiallari orqali sotib olinishi va tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining tez tibbiy yordam ko‘chma brigadalarini ta’minlash markazlashtirilsin, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bir oy muddatda Moliya vazirligi bilan birgalikda Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini markazlashtirilgan tartibda sotib olish va tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalarini ta’minlash to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda ular tomonidan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi A.N. Yunusxodjayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2017-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-2838-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TASHKILIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI

* Toshkent shahar tez tibbiy yordam stansiyasi yuridik shaxs maqomiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlari, shu jumladan boshqaruv xodimlari umumiy cheklangan soni tegishli shtat me’yorlariga muvofiq belgilanadi.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-oktabrdagi PQ-4847-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi mintaqaviy filialining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NAMUNAVIY TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizomi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi (keyingi o‘rinlarda Markaz deb ataladi) shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish bo‘yicha davolash va ilmiy-metodik muassasa, shuningdek shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida ixtisoslashish turlari bo‘yicha tibbiyot kadrlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv baza hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining palatalari qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, boshqa qonun hujjatlariga va ushbu Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz davlat muassasasi shaklida yuridik shaxs hisoblanadi, mustaqil balansga, banklarda hisob raqamlariga, Markazning to‘liq nomi ko‘rsatilgan muhrga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markazning to‘liq nomi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat tilida — O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
rus tilida — Respublikanskiy nauchniy sentr ekstrennoy meditsinskoy pomoshi Ministerstva zdravooxraneniya Respubliki Uzbekistan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Farhod ko‘chasi, 2-uy manzilida joylashgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Markazning asosiy vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aholiga bepul asosda yuqori malakali ixtisoslashtirilgan, yuqori texnologik shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tezkorlikning zamonaviy jahon talablariga, yuqori texnologik va samaradorlikka muvofiq bo‘lgan shoshilinch tibbiy yordam tizimi faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish va takomillashtirish, aholining nogironligi va o‘limini pasaytirish bo‘yicha dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida ilm-fanni va ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar profilaktikasi, tashxis qo‘yish va davolashning yangi, samarali texnologiyalarini yaratish va ularni sog‘liqni saqlash amaliyotiga joriy etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarini tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiyot sohasida yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan yaqin hamkorlikni o‘rnatish, qo‘shma tadqiqotlar olib borish va ikki tomonlama munosabatlarni tashkil etish yo‘li bilan tajriba almashishni yo‘lga qo‘yish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Markaz yuklangan vazifalarni bajarish uchun quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisining shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatishning eng samarali va yuqori malakali usullariga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligining bo‘linmalari bilan mustahkam o‘zaro hamkorlikda tabiiy va texnogen halokatlarning tibbiy oqibatlarini bartaraf etishda ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlar bilan birgalikda shoshilinch holatlar profilaktikasi va birlamchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalari bo‘yicha aholi orasida sanitariya-ma’rifiy ish olib borishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi filiallari faoliyatiga rahbarlik qiladi va ular bilan maslahat berish yuzasidan o‘zaro hamkorlik qiladi, shuningdek ular monitoringini olib boradi va nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimiga kiradigan tibbiyot muassasalari faoliyatiga tashkiliy-metodik rahbarlik qilishni ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlari ishlab chiqilishi va tibbiyot muassasalari amaliyotiga joriy etilishida ishtirok etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilg‘or xorijiy tajriba hisobga olingan holda shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordamning ilg‘or samarali usullari va texnologiyalarini joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida respublika maqsadli dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiyot sohasida ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining ko‘rib chiqishi uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalarining tegishli bo‘linmalari tomonidan bajariladigan shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan tibbiy yordam muammolari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi (Dissertatsiyalar himoyasi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan kengash);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tarkibiy va mintaqaviy bo‘linmalarining ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etadi va muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dori vositalari va tibbiyot buyumlarini, shuningdek shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan va tez tibbiy yordam ko‘rsatish usullarini klinik sinovlardan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘zining ilmiy va texnologik yutuqlarini chet elda tibbiyot hamjamiyati oldida namoyish qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch va tez tibbiy yordam bo‘yicha o‘zining ilmiy, o‘quv-metodik va axborot-ma’lumotnoma materiallarini tayyorlaydi va nashr etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini, shu jumladan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatishning zamonaviy usullari va texnologiyalarini tibbiy faoliyatga keng joriy etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z ixtisosligi bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar maktabini shakllantiradi va rivojlantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiyot sohasida tibbiyot kadrlari tayyorlash, ularni ixtisoslashtirish va ularning malakasini oshirish uchun o‘z klinik bazasini taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shu jumladan klinik ordinatura, katta ilmiy xodimlar instituti (stajerlar-izlanuvchilar) orqali tibbiyot kadrlarini tayyorlaydi, qayta tayyorlaydi va malakasini oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazariy bilimlarni o‘zlashtirib olishning amaliy ko‘nikmalarni mustahkamlash bilan mustahkam aloqasi asosida “shoshilinch tibbiy yordam” mutaxassisligi bo‘yicha tibbiyot ta’lim muassasalarida ta’lim sifatining oshishiga faol ko‘maklashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Markazning huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Markaz o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, dori vositalari va boshqa moddiy-texnik vositalarni mavjud moliyaviy resurslar doirasida, mustaqil ravishda, belgilangan tartibda xarid qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan statistik va tahliliy axborotni tegishli vazirliklar va idoralardan O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi orqali so‘rash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam tizimini takomillashtirishga, shoshilinch va kechiktirib bo‘lmaydigan ommaviy holatlariga olib keluvchi favqulodda vaziyatlar paydo bo‘lishining oldini olish va xavfini kamaytirishga yo‘naltirilgan takliflarni Sog‘liqni saqlash vazirligiga kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan grantlar olish uchun tanlovlarda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z faoliyatini amalga oshirish jarayonida tashkil etilgan intellektual mulk obyektlariga mualliflik huquqini olish va undan foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga va xalqaro shartnomalariga muvofiq yetakchi xorijiy ixtisoslashgan tashkilotlar bilan ilmiy va ilmiy-texnik hamkorlikni va tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy, metodik va amaliy konferensiyalar, seminarlar o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etish sohasida masalalarni hal etish uchun xorijiy mutaxassislarni shartnoma asosida jalb etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda noshirlik faoliyatini amalga oshirish, professional tibbiy ta’lim sohasidagi ilmiy-metodik, o‘quv va axborot materiallarini chop etish va tarqatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida belgilangan tartibda budjetdan tashqari mablag‘lar jamg‘armalarini shakllantirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z xodimlarini ijtimoiy muhofaza qilish choralarini ko‘rish huquqiga egadir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Markaz:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tez tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida diagnostika va davolashning zamonaviy xalqaro standartlari darajasida davolash-diagnostika ishlarining tezkorligi va yuqori sifati ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi filiallariga, shuningdek Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam stansiyasiga maslahat, metodik va texnik yordam ko‘rsatilishi tashkil etilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kechiktirib bo‘lmaydigan holatlar profilaktikasi, diagnostikasi va davolashning yangi texnologiyalarini tashkil etish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarning yuqori darajasi ta’minlanishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish tizimining shifokorlarini va o‘rta tibbiyot xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlanishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Markaz faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markazga belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan bosh direktor boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazni joriy boshqarishni bosh direktorning taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Bosh direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Markazga yuklangan vazifalar va funksiyalar bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-metodik kengash tarkibini shakllantiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz direktorining o‘rinbosarlarini va Toshkent shahridagi Tez tibbiy yordam stansiyasi bosh shifokorini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tarkibiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xodimlarining lavozim majburiyatlarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Direktor:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz nomidan o‘z faoliyatini amalga oshiradi, Markazning moliya-xo‘jalik faoliyatiga rahbarlik qiladi, Markaz nomidan shartnomalar tuzadi, Markazning joriy faoliyati bilan bog‘liq boshqa masalalarni hal etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz ishini tashkil etadi va boshqaradi, o‘z vakolatlari doirasida Markaz xodimlari bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ularni lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika aholisiga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish sohasida o‘z bo‘linmalari va filiallarining faoliyatini tizimli ravishda tibbiy-statistik tahlil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Quyidagilar Markazning mol-mulkini moliyalashtirish manbalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat mulkini tashkil etadigan asosiy vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet mablag‘lari va o‘z faoliyatini amalga oshirish uchun jalb etiladigan boshqa mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muruvvat, xayriya, homiylik, metsenatlik, texnik va boshqa yordam yo‘nalishida tushadigan mablag‘lar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha tushadigan mablag‘lar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markazning mol-mulki asosiy va aylanma mablag‘lardan, shuningdek qiymati uning mustaqil balansida aks ettiriladigan boshqa boyliklardan iborat bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Asosiy vositalar foydalanish va tezkor boshqarish huquqi Markazga birkitiladigan binolar, inshootlar, asbob-uskunalar, transport vositalari va boshqa mol-mulkdan hosil bo‘ladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz qonun hujjatlarida belgilangan tartibda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritadi, ularni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi va Milliy statistika qo‘mitasiga taqdim etadi, hujjatlar saqlashi va ularning kelishilgan ro‘yxat bo‘yicha davlat tomonidan saqlanishga berilishi uchun javob beradi.
(16-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 24-fevraldagi PF-27-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markazni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 16-martdagi PQ-2838-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini yanada takomillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
CHORA-TADBIRLARI DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish shakli

Bajarish muddatlari

Summasi

Moliyalashtirish manbalari

Bajaruvchilar

I. Fuqarolarning malakali tibbiy xizmatdan foydalanishga bo‘lgan huquqlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan normativ-huquqiy bazani takomillashtirish, tez tibbiy yordamning sifatini oshirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy shart-sharoitlar yaratish

1.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Tez tibbiy yordam xizmati to‘g‘risida nizom;

jihozlash tabellari hamda dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlash normativlari;

tez tibbiy yordam xizmatini ixtisoslashtirilgan avtotransport bilan ta’minlash normativlari, undan foydalanish va hisobdan chiqarishning cheklangan muddatlari.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

manfaatdor vazirliklar va idoralar

2.

Quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati qarori loyihasini ishlab chiqish va kiritish:

Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha tadbirlarning kompleks rejasi, shu jumladan yagona axborot bazasi va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini tashkil etish, Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining hududlarning davlat kadastri resurslarini o‘z ichiga oladigan milliy geomakon ma’lumotlardan foydalanishini ta’minlash;

Muvofiqlashtirish-dispetcherlik xizmatlarining O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” AKning shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorligi tartibi to‘g‘risidagi nizom.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kom-munikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV,

FVV,

“O‘ztransgaz” AK, “Yergeodezkadastr” davlat qo‘mitasi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

3.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari va tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun statistika hisobotining yagona elektron shaklini yaratish.

Kompleks chora- tadbirlar

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, manfaatdor vazirliklar va idoralar

4.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlarini tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

5.

Ixtisoslashtirilgan va umumiy tarmoqli ko‘chma brigadalar hamda favqulodda vaziyatlarda harakat qiluvchi brigadalar uchun tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlaridan kelib chiqib klinik protokollarni tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil IV chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

II. Tez tibbiy yordam xizmatining tezkorligini, sifatini va undan foydalanish darajasini oshirish

6.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi muassasalari va tez tibbiy yordam ko‘rsatuvchi boshqa tashkilotlar uchun tez tibbiy yordam ko‘rsatishning yagona standartlarini joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

7.

Tez tibbiy yordam xizmatining dispetcherlari uchun chaqiriqlarni qabul qilish protokollarini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

8.

Tez tibbiy yordam xizmatining birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari bilan samarali o‘zaro hamkorligi mexanizmlarini joriy etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

9.

Shu jumladan ommaviy axborot vositalari orqali axborot-ma’rifiy ishlarni tashkil etish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati faoliyatini keng yoritish.

Kompleks chora-tadbirlar

Doimo

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi,
MTRK

III. Tez tibbiy yordam xizmatining kadrlar salohiyatini mustahkamlash hamda mahalliy va ilg‘or xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini milliy amaliyotga joriy etish, shoshilinch tibbiyot tizimini tashkil etish sohasida xalqaro hamkorlikni kengaytirish

10.

Xalqaro tajribani hisobga olgan holda “tez tibbiy yordam” fani bo‘yicha oliy tibbiyot ta’lim muassasalarining o‘quv dasturlarini qayta ko‘rib chiqish.

O‘quv dasturlari

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

11.

“Tez tibbiy yordam” yo‘nalishini ishlab chiqish va klinik ordinaturaning o‘quv dasturlariga joriy etish.

Klinik ordinaturada yo‘nalish tashkil etish

2017-yil II chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

12.

Jahon standartlari asosida tez tibbiy yordam vrachlarini professional tayyorlash darajasini yaxshilashni nazarda tutuvchi ularning malakasini oshirish tizimining o‘quv dasturlarini takomillashtirish.

Yangilangan o‘quv dasturlari

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

13.

Ilg‘or xorijiy tajribani hisobga olgan holda Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmati dispetcherlari malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil I chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

14.

Xalqaro tajriba va zamonaviy texnologiyalar asosida shoshilinch tibbiy yordam xizmati xodimlarining uzluksiz tibbiy ta’limi tizimini takomillashtirish.

Sog‘liqni saqlash vazirining buyrug‘i

2017-yil III chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

15.

Tez tibbiy yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha aniq takliflarni ishlab chiqqan holda “Shoshilinch tibbiy yordamni tashkil etishning dolzarb masalalari” mavzusida har yilgi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazish.

Tadbirlar rejasi

Har yili

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

16.

Mahalliy va ilg‘or xorijiy ilmiy ishlanmalar natijalarini o‘rganish va profilaktika, diagnostika va davolash usullari va texnologiyalari samaradorligini kuchaytirish va oshirish maqsadida shoshilinch tibbiyot sohasiga keng joriy etish.

Tadbirlar rejasi

2017-yil IV chorak

-

-

Sog‘liqni saqlash vazirligi

IV. Tez tibbiy yordam xizmatining moddiy-texnika bazasini yaxshilash, uning amaliyotiga zamonaviy ilmiy-texnik vositalarni va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish

17.

Tasdiqlangan normativlarga muvofiq tez tibbiy yordamning ko‘chma brigadalarini dori vositalari, tibbiyot buyumlari va sarflash materiallari bilan bosqichma-bosqich ta’minlash, shu jumladan ushbu maqsadlar uchun ularning hajmini 2017-yilda 2016-yildagiga qaraganda kamida 2 baravar ko‘paytirish.

Har yili tasdiqlanadigan smeta xarajatlari

2017 — 2020-yillar

Shu jumladan

2017-yil

49 393,0 mln so‘m

8 516,2 mln so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi

18.

2017-2020-yillarda:

240 ta obyektni mukammal ta’mirlash;

369 ta obyektni joriy ta’mirlash yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmati binolari va xonalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash.

Manzilli ro‘yxatlar

2017 — 2019-yillar

12 000,0 mln so‘m

7 380,0 mln so‘m

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari

19.

1200 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport, shu jumladan:

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida Jahon banki mablag‘lari hisobiga 231 ta;

Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari jamg‘armalar mablag‘lari hisobiga 619 ta;

Davlat budjeti mablag‘lari hisobiga 50 ta;

150 ta (eskirgan avtomashinalarni sotishdan);

grant va donorlik mablag‘lari hisobiga 150 ta ixtisoslashtirilgan avtotransport sotib olish yo‘li bilan tez tibbiy yordam xizmatining (shu jumladan tuman (shahar) tibbiyot birlashmalarining) avtoparkini yangilash.

Ixtisoslashtirilgan avtotransportning texnik tavsifini tasdiqlash

2017-yil

6 525,8 ming AQSH dollari

21 479,3 mln so‘m

1 735,0 mln so‘m

5 205,0 mln so‘m

4 237,5 ming AQSH dollari

Jahon banki

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Davlat budjeti mablag‘lari

Budjetdan tashqari mablag‘lar

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,
“O‘zavtosanoat” AK

20.

Tez tibbiy yordam xizmatining 420 ta ixtisoslashtirilgan avtotransportini mukammal ta’mirlash.

Ixtisoslashtirilgan avtotransportni mukammal ta’mirlash

2018 — 2020-yillar

4 200,0 mln so‘m

Davlat budjeti mablag‘lari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

21.

Tez tibbiy yordam xizmatining 465 ta ixtisoslashtirilgan avtotransportini tibbiy uskunalar komplektlari bilan jihozlash (to‘liq jihozlash).

Tibbiyot asbob-uskunalarining texnik tavsifini tasdiqlash

2017 — 2020-yillar

16 871,4 mln so‘m

4 848,5 ming AQSH dollari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Jahon banki

“Salomatlik 3” loyihasi doirasida

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi

22.

Tezkor boshqarishni, ko‘chma brigadalar faoliyatini muvofiqlashtirishni, axborotni qabul qilish va uni qayta ishlashni, shuningdek Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va “O‘ztransgaz” AKning shoshilinch xizmatlari bilan o‘zaro hamkorlikni nazarda tutuvchi tez tibbiy yordam xizmati uchun axborot tizimini va ma’lumotlar uzatish tarmog‘ini yaratish.

Tadbirlar rejasi

2018-yil I chorak

12 000,0 mln so‘m

3 000,0 mln so‘m

1 500,0 ming AQSH dollari

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

Har yili ajratiladigan budjet mablag‘lari doirasida

Xalqaro moliyaviy institutlar va xalqaro donorlar kreditlari va grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi,

IIV
FVV,

“O‘ztransgaz” AK

23.

Muvofiqlashtiruvchi-dispetcherlik xizmatlari ishi samaradorligini ta’minlash maqsadida tez tibbiy yordam stansiyalari va kichik stansiyalarini, shuningdek tez tibbiy yordamning ixtisoslashtirilgan avtotransporti va brigadalarini kompyuter va telekommunikatsiya uskunalari, aloqa vositalari va GPS-kuzatish bilan jihozlash, shuningdek respublikaning butun hududi bo‘yicha tez tibbiy yordamni shoshilinch chaqirishning yagona telefon raqami uzluksiz ishlashini ta’minlash.

Tadbirlar rejasi

2017 — 2021-yillar

15 510,0 ming AQSH dollari

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlar kreditlari va grantlari

Sog‘liqni saqlash vazirligi, Moliya vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish predmeti va sohasiga bog‘liq ravishda qayta ko‘rib chiqilishi yoki yagona hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Chora-tadbirlar dasturini amalga oshirishga xarajatlarning jami: 133 263,7 mln so‘m va ekvivalentda 32 621,8 ming AQSH dollari, undan:

Davlat budjeti mablag‘lari

77 708,0

mln so‘m

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Ta’lim va tibbiyot muassasalarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari

50 350,7

mln so‘m

Bajaruvchilarning budjetdan tashqari mablag‘lari

5 205,0

mln so‘m

Xalqaro moliyaviy institutlar va donorlarning mablag‘lari

32 621,8

ming AQSH dollari

(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 28-iyuldagi PQ-5199-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017-y., 11-son, 159-modda, 35-son, 923-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2020-y., 07/20/4847/1347-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.07.2021-y., 07/21/5199/0721-son; 01.03.2025-y., 06/25/27/0196-son)