Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2001 07.11.1994 yildagi 538-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 06.04.2001
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
MEHNATNI MUHOFAZA QILIShNI DAVLAT TOMONIDAN BOShQARISh TOʻGʻRISIDA
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 6-apreldagi 162-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligi toʻgʻrisidagi Nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini bajarish yuzasidan hamda mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi zimmasiga mehnatni muhofaza qilish boʻyicha quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mulkchilik va xoʻjalik yuritish shakllaridan qatʼi nazar, barcha korxonalar uchun mehnatni muhofaza qilish boʻyicha normativ bazani ishlab chiqish va mehnatni muhofaza qilish sohasidagi yagona talablarni tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat kompleks va boshqa maqsadli dasturlarni ishlab chiqish va ularning bajarilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamoani va ishlovchilarni yakka tartibda himoyalash vositalari hamda ishlab chiqarish muhitini nazorat qilish asboblarini yaratish, ularni ishlab chiqarish va ular bilan taʼminlanganlik ustidan nazorat oʻrnatish;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha davlat nazoratni olib borish va hamma joyda qonunchilik va boshqa normativ hujjatlarga rioya qilinishini tekshirish, Sanoatda va konchilikda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish agentligi vakolatiga kiritilgan masalalar bundan mustasnodir.
(1-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 30-avgustdagi 338-sonli qarori tahririda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi mehnatni muhofaza qilishni davlat tomonidan boshqarish masalalarida bosh organ sifatida belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi oʻz vakolati doirasida mehnatni muhofaza qilish masalalari boʻyicha qabul qilgan qarorlar, faoliyat turlari va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, vazirliklar, idoralar, korporatsiyalar, uyushmalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlar va korxonalar, mahalliy boshqaruv organlari, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi shartdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mehnat vazirligi tarkibida Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi va Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat vazirligida, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat, ish bilan taʼminlash hamda aholini ijtimoiy himoya qilish boshqarmalarida belgilangan xodimlar soni doirasida tegishli boʻlinmalar tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda Toshkent mehnatni muhofaza qilish ilmiy-tadqiqot instituti Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi tizimiga kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi bir oy muddatda mehnatni muhofaza qilish muammolari boʻyicha tadqiqotlar dasturini, ularni mablagʻ bilan taʼminlash hajmlarini aniqlash uchun, fan va texnika davlat qoʻmitasi taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor organlar bilan kelishilgan holda Mehnatni muhofaza qilish boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom loyihasini ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazirning oʻrinbosari B. S. Hamidov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1994-yil 7-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
538-son