10.10.2016 yildagi 921-son
“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 9-son, 320-modda) 25-moddasi, “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi Qonunining (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2010-y., 52-son, 508-modda) 15-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 101-son (“O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami”, 2011-y., 14-son, 138-modda) qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Toshkent shahar hokimligi Obodonlashtirish bosh boshqarmasi tizimidagi Fuqarolarga xizmat ko‘rsatish boshqarmasining murojaatini inobatga olib, qaror qilaman:
1. Toshkent shahriga tegishli dafn etish joylarini saqlash qoidalari (keyingi o‘rinlarda qoidalar deb ataladi) “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2010-y., 52-son, 508-modda) 15-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 4-apreldagi “Dafn etish va dafn ishi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida”gi 101-sonli qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 14-son, 138-modda) muvofiq, Toshkent shahriga tegishli dafn etish joylarini (keyingi o‘rinlarda qabriston deb ataladi) va qabr usti yodgorliklari inshootlarini saqlash, ulardan foydalanish tartibini belgilaydi.