Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 30.03.2001 yildagi 160-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Hujjat 28.06.2003 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XOʻJALIGI VAZIRLIGI,OʻRMON XOʻJALIGI BOSh BOShQARMASI, SUV XOʻJALIGI DEPARTAMENTI, OʻZBEKISTON QIShLOQ XOʻJALIGI ILMIY-IShLAB ChIQARISh MARKAZI, ShARTNOMA MAJBURIYATLARI BAJARILIShINI NAZORAT QILISh BOSh DAVLAT INSPEKSIYASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMLARNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xoʻjaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 17-yanvardagi 32-son va 2001-yil 1-fevraldagi 63-son qarorlarini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisidagi Nizom 2-ilovaga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisidagi Nizom 3-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Suv xoʻjaligi departamenti toʻgʻrisidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq;
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning oltinchi xatboshi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi ikki oy muddatda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning xizmat koʻrsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalar tuzish va ularni bajarish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha bosh davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida” 1995-yil 16-avgustdagi 322-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1995y., 8-son, 28-modda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1996y., 11-son, 33-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” toʻgʻrisida 1997-yil 12-martdagi 136-son qaroriga 3-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar va qoʻshimchalar kiritish va ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” 1999-yil 30-apreldagi 202-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1999y., 4-son, 22-modda)ga 1-ilovaning 14-bandi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari toʻgʻrisida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda)ga 2-ilova;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 2001-yil, 1-son, 2-modda)ga 2-ilova 2-boʻlimining 8-bandi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 29-avgustdagi 438-son qarori (Oʻzbekiston Respublikasi QT, 1994y., 8-son, 41-modda) bilan tasdiqlangan “Qishloq xoʻjaligi mahsulotlari kontraktatsiya shartnomalarini tuzish va bajarish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bandning birinchi xatboshidagi “va Oʻzbekiston Respublikasida korxonalar toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga” soʻzlari chiqarib tashlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-bandning toʻrtinchi, beshinchi, sakkizinchi, toʻqqizinchi xatboshilaridagi, 19-bandning uchinchi xatboshidagi, 27-bandning birinchi xatboshidagi, 28-banddagi, 31-bandning birinchi xatboshidagi va 33-banddagi Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat bosh inspeksiyasiga, Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspeksiyasi, Mahsulot tayyorlash va uning sifati boʻyicha davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar Shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish bosh davlat inspeksiyasiga koʻrsatmalar bilan almashtirilsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nizom
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi (keyingi oʻrinlarda Markaz deb ataladi) Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tarkibiga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Markaz qishloq xoʻjaligi yoʻnalishidagi ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari hamda boshqa ilmiy va ilmiy-yordamchi tashkilotlarning birlashmasi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Markaz ularning idoraviy mansubligidan qatʼi nazar, respublika ilmiy muassasalari va oliy oʻquv yurtlari tomonidan agrosanoat kompleksi sohasida oʻtkaziladigan ilmiy tadqiqotlarni muvofiqlashtirib boruvchi organ vazifasini bajaradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Markaz oʻz ishlarini Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fanlar akademiyasi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi hamda boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot tashkilotlari va oliy oʻquv yurtlari bilan birgalikda olib boradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Markaz oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga va boshqa hujjatlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlari va qarorlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Markaz yuridik shaxs hisoblanadi, oʻz nomi yozilgan muhrga va shtampga, xos blankalarga, mustaqil balansga, Oʻzbekiston Respublikasi banklarida hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Markazning asosiy vazifalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar Markazning asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatanimiz va jahon ilm-fani va amaliyotining eng yaxshi yutuqlaridan toʻlaroq foydalanishni hisobga olgan holda respublika agrosanoat kompleksining eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish. Ularning natijalarini qishloq xoʻjaligi samaradorligini yanada oshirish maqsadida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan, lalmi yerlarning va oʻrmon yerlarining, togʻli, choʻl hududlari va yaylovlarning unumdorligini hamda ulardan foydalanish samaradorligini oshirish ilmiy-uslubiy asoslarini ishlab chiqish. Qishloq xoʻjaligi ekinlarini oʻstirish, hosilini saqlash va qayta ishlashning, yer va suv resurslaridan oqilona foydalanishning samarali texnologiyalarini asoslash va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻza, gʻalla va boshqa ekinlar seleksiyasi va urugʻchiligi sohasidagi tadqiqotlarni kengaytirish, seleksiya yutuqlarini sinab koʻrish va muhofaza qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chorvachilik va naslchilik ishlarining ilmiy muammolarini, veterinariya, veterinariya sanitariyasi va akarologiyaning nazariy asoslarini ishlab chiqish, davolash-profilaktika tadbirlarining ilmiy asoslangan tizimlarini yaratish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻsimliklarni himoya qilishning biologik va uygʻunlashtirilgan usullari sohasidagi tadqiqotlarni tashkil etish, kam zaharli gerbitsidlarni, pestitsidlarni, oʻstirish koʻmakchilarini hamda atrof muhit va ekologik jihatdan toza mahsulot olish uchun xavfsiz boʻlgan boshqa yuqori samarali birikmalarni qidirib topish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar sohasida shartnoma munosabatlarini tashkil etish, tugallangan ishlanmalarni qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishiga joriy qilish uchun ilmiy xodimlar va mutaxassislarning manfaatdorligini ragʻbatlantiruvchi hamda masʼuliyatini oshiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Markazning funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ilmiy tadqiqotlarni tashkil etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish muammolarini ishlab chiqish, yuqori samarali, ijtimoiy yoʻnaltirilgan koʻp ukladli iqtisodiyotni shakllantirish, tovar ishlab chiqaruvchilarning iqtisodiy mustaqilligini kengaytirish, xoʻjalik ichidagi munosabatlar mexanizmini takomillashtirish, qishloqda xususiy tadbirkorlikni va kichik biznesni tashkil qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilgʻor agrotexnologiyalarni, yuqori unum bilan ishlaydigan va mustahkam qishloq xoʻjaligi mashinalari va mexanizmlarining yangi turlarini yaratish va joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tuproqning, ayniqsa oʻrtacha va kuchli shoʻrlangan yerlarda tuproqning unumdorligini tiklash va oshirishni hisobga olgan holda almashlab ekish sxemalarini ishlab chiqishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eskidan sugʻorib kelinayotgan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va rekonstruksiya qilishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va joriy etish, yangi yerlarni oʻzlashtirish, sugʻorishning ilgʻor usullarini va suvni tejovchi texnologiyalarni joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligini tashkil etish va yuritishning jahon ilgʻor tajribasini oʻrganish va ijodiy qoʻllash, xalqaro va xorijdagi yetakchi ilmiy-tadqiqot markazlari bilan hamkorlikni rivojlantirish, tasarrufidagi tashkilotlar ilmiy xodimlarining chet el ilmiy muassasalarida malaka oshirishini tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori malakali ilmiy kadrlar (fan doktorlari va nomzodlari) tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada hamda xorijda qishloq va suv xoʻjaligi rahbarlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutlar va olimlarning ilmiy asarlarini nashr etish, ilmiy bilimlarni ommalashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada qishloq, suv va oʻrmon xoʻjaligi boʻyicha ilmiy tadqiqotlarni va innovatsiya loyihalarini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz muassasalari kuchi bilan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning muhim yoʻnalishlariga doir fundamental hamda amaliy tadqiqotlar loyihalari va dasturlarini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalarini, ularning filiallarini va tasarrufidagi boshqa tashkilotlarni belgilangan tartibda tashkil qiladi, qayta tashkil etadi va tugatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrosanoat kompleksining muhim dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy, ilmiy-amaliy konferensiyalar, yigʻilishlar, simpoziumlar uyushtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy tadqiqotlarning muhim yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy kengashlar, jamiyatlar va boshqa birlashmalar tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat kompleksini rivojlantirishning ilmiy-texnika potensialini rivojlantirish, ilm-fanning moddiy bazasini mustahkamlash boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining topshiriqlariga, vazirliklar va idoralar soʻrovlariga binoan agrosanoat kompleksini rivojlantirishning yirik ilmiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalari va dasturlarini ekspertizadan oʻtkazadi, oʻz vakolatlari doirasida manfaatdor tashkilotlar va muassasalar bilan birgalikda ularni muhokama qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy axborotlarning amaliy bankini tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz xar yili oʻz faoliyati toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga hisobot topshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Fan va texnika yutuqlarini joriy etish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda Oʻzbekiston Respublikasining boshqa idoralari bilan birgalikda dehqonchilik va chorvachilikning, tuproq unumdorligini, qishloq xoʻjaligi ekinlari hosildorligini va chorva mollari mahsuldorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarishi samaradorligini oshirish, qishloq xoʻjaligi ekinlarining yangi serhosil navlarini mintaqalashtirish boʻyicha resurslarni va energiyani tejovchi zamonaviy texnologiyalarning ilmiy asoslangan tizimi dasturini tuzadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tashkilotlari tomonidan bajarilgan ilmiy va texnik ishlanmalarning dehqonchilik, chorvachilik, irrigatsiya, melioratsiya va oʻrmon xoʻjaligiga joriy etilishi ustidan mualliflik nazoratini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligining fan yutuqlariga nisbatan taʼsirchanligini oshirish, joriy etish xizmatini yaxshilash, ilmiy muassasalar, qishloq xoʻjaligi hamda suv xoʻjaligi korxona va tashkilotlari oʻrtasidagi xoʻjalik hisobi munosabatlarini rivojlantirish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning urugʻchilik xoʻjaliklarini boshoqli don ekinlarining, gʻoʻza, sholi, sabzavot, yem-xashak va boshqa ekinlarning eng sara va sara urugʻlari bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mollarning yangi zotlarini yaratish boʻyicha naslchilik ishlarini yaxshilashga doir tadbirlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihalash va konstruktorlik tashkilotlarining qishloq xoʻjaligi mashinasozligi, yer tuzish, melioratsiya va suv xoʻjaligi sohasidagi hamkorligini mustahkamlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish uchun xoʻjalik hisobidagi boʻlinmalarni belgilangan tartibda tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Markaz faoliyatiga rahbarlik qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Markaz oʻziga qarashli boʻlinmalarning mustaqilligini har tomonlama taʼminlab oʻz ishini kollegiallik, yakkaboshchilik va markazlashtirilgan rahbarlikni uygʻunlashtirish asosida tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Markazga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan bosh direktor boshchilik qiladi. Markazning bosh direktori ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining qishloq xoʻjaligida ilmiy-texnika va texnologiya siyosati masalalariga mutasaddi boʻlgan oʻrinbosari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Markazda bosh direktorning Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bilan kelishilgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri tomonidan tayinlanadigan birinchi oʻrinbosari va oʻrinbosari lavozimlari joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Markazda ilmiy-texnik kengash va hayʼat tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Markaz hayʼatining qarorlari bosh direktorning buyruqlari bilan hayotga joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Markazning bosh ilmiy kotibi maqomiga koʻra bosh direktorning oʻrinbosariga tenglashtiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Markaz oʻz oldida turgan vazifalar doirasida vazirliklar, idoralar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, korxonalar, tashkilotlar, muassasalar va oliy oʻquv yurtlaridan Markazning faoliyati uchun zarur axborotni belgilangan tartibda soʻrash va olish huquqiga egadir. Zarurat boʻlganda Markaz boshqa vazirliklar, idoralar va muassasalar bilan birgalikda qarorlar, buyruqlar va yoʻriqnomalar qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Markazning bosh direktori:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, joriy masalalarni hal etadi, Markazdagi ishlarning ahvoli yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi oldida shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlari, ilmiy muassasalar va xorijiy tashkilotlarda Markaz nomidan vakillik qiladi, uning manfaatlarini himoya qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnik kengash, Markaz hayʼati va uning apparati ishlarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadqiqotlar dasturlarini tasdiqlaydi, eng muhim ilmiy-tadqiqot ishlari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy asarlar nashr etilishi rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish ishlariga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dolzarb ilmiy va ilmiy-texnik muammolarni hal etish, shuningdek tashkiliy masalalarni hal qilish uchun olimlar va mutaxassislarning doimiy va vaqtinchalik ilmiy va maslahat jamoalarini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz moliyaviy resurslarining bosh tasarrufchisi hisoblanadi hamda ulardan toʻgʻri foydalanilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning belgilangan soni doirasida Markaz markaziy apparati, budjetdan mablagʻ bilan taʼminlanadigan oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarning shtat jadvalini, oʻziga qarashli muassasalar va tashkilotlar toʻgʻrisidagi nizomlar (ustavlar)ni tasdiqlaydi, zarurat boʻlganda shtatdagi xodimlar soni va mehnatga haq toʻlash fondi doirasida markaziy apparat tuzilmasiga oʻzgartirishlar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklarining taqdimnomasiga koʻra Markazning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat boʻlinmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va egallab turgan lavozimidan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz apparati xodimlarini, oʻziga qarashli institutlar, korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning rahbar xodimlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz barcha tarkibiy boʻlinmalari rahbarlarining va apparati xodimlarining javobgarligi darajasini belgilaydi, belgilangan tartibda ragʻbatlantirish va jazo choralarini qoʻllaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻp yillik mehnati, oʻz vazifalariga vijdonan munosabatda boʻlganligi, alohida muhim vazifalarni bajarganligi uchun markaziy apparat xodimlarining ayrim toifalari, oʻziga qarashli institutlar va tashkilotlarning rahbarlari lavozim maoshlariga ustamalar belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markaziy apparat, hududiy boʻlinmalar va oʻziga qarashli institutlar, korxonalarning alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlarini davlat mukofotlari bilan mukofotlashga va faxriy unvonlar berishga belgilangan tartibda taqdim etadi, xodimlarni Markazning faxriy yorliqlari, qimmatli sovgʻalar yoki pul mukofotlari bilan taqdirlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Markazning tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Markaz tarkibiga Qoraqalpogʻiston respublika va viloyat boʻlimlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari, konstruktorlik byurolari, eksperimental zavodlar, xoʻjaliklar, kutubxonalar va boshqa ilmiy hamda ilmiy-yordamchi boʻlinmalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Markaz, uning Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari, mustaqil ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va ularga tenglashtirilgan tashkilotlar davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan vaqtdan boshlab yuridik shaxs hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari toʻgʻrisidagi nizomlar Markaz hayʼati tomonidan tasdiqlanadi. Qoraqalpogʻiston respublika va viloyatlar boʻlimlari ixtiyoriga berilgan ilmiy-tadqiqot muassasalarining filiallari va tajriba xoʻjaliklari oʻz ishlab chiqarish va moliyaviy mustaqilliklarini saqlab qoladilar, boʻlimlar oldida ilmiy-metodik jihatdan hisob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Markazning ilmiy-texnik kengashi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Markazda Ilmiy-texnik kengash tashkil etiladi, Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri uning raisi, Markaz bosh direktori rais oʻrinbosari hisoblanadi. Kengash tarkibiga lavozimiga koʻra bosh direktor oʻrinbosarlari va Markaz bosh ilmiy kotibi, Fan va texnika davlat qoʻmitasi raisi, Fanlar akademiyasi prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — Agrosanoat kompleksi rahbari kotibiyatining mudiri, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri, Gidrometeorologiya bosh boshqarmasi boshligʻi, shuningdek yetakchi olimlar va mutaxassislar kiradi. Ilmiy-texnik kengash aʼzolarining shaxsiy tarkibi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi (uning tarkibiga lavozimiga koʻra kiruvchi shaxslar bundan mustasno).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Ilmiy-texnik kengash:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekistonda agrar ilm-fan rivojlanishining muhim masalalarini koʻrib chiqadi va uni rivojlantirishning ustuvor yoʻnalishlarini belgilaydi. Fanlar akademiyasi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining agrosanoat kompleksini rivojlantirish muammolariga oid ilmiy-tematik rejalari Markazning ilmiy-texnik kengashi bilan kelishiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika agrosanoat kompleksidagi innovatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni eshitadi hamda fan va texnika yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etishni faollashtirishga doir tavsiyalarni ishlab chiqadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Markazning hayʼati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Markazda 11 aʼzodan iborat tarkibda hayʼat tashkil etiladi. Markazning bosh direktori, uning oʻrinbosarlari va bosh ilmiy kotib lavozimlariga koʻra hayʼat aʼzolari hisoblanadilar. Hayʼat aʼzolarining shaxsiy tarkibi Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bilan kelishiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Markaz hayʼati:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar rejalarini hamda fan va texnika yutuqlarini joriy etish rejalarini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning tegishli boʻlimlari orqali ilmiy-tadqiqot muassasalari faoliyatiga rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilm-fanning dolzarb yoʻnalishlari boʻyicha ilmiy maʼruzalarni va axborotlarni eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fundamental va amaliy tadqiqotlarni muvofiqlashtiradi va ularning ilmiy darajasini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agrar ilm-fanning eng muhim muammolari boʻyicha ilmiy kengashlar, qoʻmitalar, komissiyalar tarkibini tasdiqlaydi va ular faoliyatiga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda ilmiy-tadqiqot, ilmiy-yordamchi muassasalar va korxonalar tashkil etadi, ushbu muassasalar, korxonalar toʻgʻrisidagi nizomlarni va ularning ustavlarini tasdiqlaydi, shuningdek tashkil etiladigan ilmiy-tadqiqot muassasalarining ish yoʻnalishini va ixtisoslashuvini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy konferensiyalar va kengashlar chaqiradi, munozaralar oʻtkazadi, tadqiqot ekspeditsiyalari tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning fan va texnikani rivojlantirish yoʻnalishlari boʻyicha faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz tizimida malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha rejalarni muhokama qiladi va ushbu ishlarga rahbarlik qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaz boʻlimlari va ilmiy muassasalarning ilm-fanga ajratilgan mablagʻlardan samarali foydalanish toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy muassasalar va korxonalarning xalqaro aloqalar toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
institutlarning taqdimnomasi va Markaz boʻlimlarining tavsiyasi boʻyicha ilmiy muassasalar ilmiy kengashlari tarkibini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dissertatsiyalarni himoya qilish boʻyicha ixtisoslashtirilgan kengashlar tarkibini Oliy attestatsiya komissiyasi tasdiqlashi uchun taqdim etadi hamda ixtisoslashtirilgan kengashlar raislarining oʻz faoliyati toʻgʻrisidagi hisobotlarini eshitadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari natijalaridan amaliyotda foydalanilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markazning barcha muassasalari va mansabdor shaxslari tomonidan mazkur Nizomga rioya etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh direktorning respublika tashkilotlari va hududiy boʻlimlar rahbarlarini tayinlash toʻgʻrisidagi buyruqlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Markaz hayʼati uning majlisida oʻz aʼzolarining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda qaror qabul qilish huquqiga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Hayʼat qarorlari ochiq ovoz bergan holda koʻpchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Hayʼat qarorlari Markaz bosh direktori tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Markazning ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Markazning ilmiy-tadqiqot va ilmiy-ishlab chiqarish faoliyati uning ilmiy-tadqiqot muassasalarida (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari va boshqa muassasalarda) olib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari oʻz faoliyatini Markaz ijro etuvchi apparati boʻlimlarining uslubiy rahbarligida amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari, direktorlarning oʻrinbosarlari Markazning bosh direktori tomonidan yirik olimlar, odatda, fan doktorlari orasidan kontrakt asosida 5 yilgacha muddatga tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari direktorlari oʻzlari rahbarlik qilayotgan ilmiy muassasalar, ishlab chiqarish korxonalari faoliyati hamda fan yutuqlari ishlab chiqarishga joriy etilishi uchun shaxsan javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Institutning ilmiy kotibi, ilmiy-tadqiqot boʻlinmalari (institut, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi boʻlimi, shuʼbasi, laboratoriyasi) mudirlari direktor tomonidan kontrakt asosida, odatda, tanlovdan oʻtgan fan doktorlari yoki fan nomzodlari orasidan tayinlanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ilmiy-tadqiqot institutlari, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari huzurida belgilangan tartibda sanoat korxonalari, konstruktorlik, texnologiya va loyihalash byurolari, hisoblash markazlari, eksperimental xoʻjaliklar, shuningdek kooperativlar, kichik va qoʻshma korxonalar tashkil etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Ilmiy-tadqiqot muassasalari (institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari, konstruktorlik byurolari) va Markazning barcha ishlab chiqarish tuzilmalari mazkur Nizom va Markaz hayʼati tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy ustavlar asosida faoliyat koʻrsatadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Markazning mol-mulki va faoliyatining iqtisodiy asoslari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Markazning tasarrufidagi asosiy fondlar va boshqa mol-mulk davlat mulki hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Markaz faoliyatining iqtisodiy asosini ishlab chiqarish fondlari hamda tezkor boshqarish uchun unga davlat tomonidan berilgan boshqa mol-mulk, institutlar, ilmiy-ishlab chiqarish birlashmalari va boshqa ilmiy muassasalarning, shuningdek Markaz tizimiga qoʻshib olingan ishlab chiqarish korxonalarining ishlab chiqarish fondlari va mol-mulki tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Markaz va uning muassasalari amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tashqi iqtisodiy faoliyatda qatnashishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻzbekiston Respublikasi davlat budjeti mablagʻlari hamda tovarlar (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish va sotishdan olingan daromadlar Markazni va uning ilmiy muassasalarini mablagʻ bilan taʼminlash manbalari hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Markazning xoʻjalik hisobidagi muassasalari, birlashmalari va tashkilotlari oʻz xoʻjalik, tadbirkorlik, ilmiy va innovatsiya faoliyatini ushbu faoliyatdan olinadigan mablagʻlar va daromadlar hisobiga amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Markazning ilmiy-tadqiqot tashkilotlari joriy va boshqa ishlarni bajarish uchun asosiy fondlardan va uning ixtiyoridagi aylanma mablagʻlardan foydalanadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Markaz oʻz mablagʻlari (budjet mablagʻlaridan tashqari) va oʻz muassasalarining xoʻjalik va tadbirkorlik faoliyatidan olingan daromadlarning bir qismi, shuningdek boshqa jalb qilingan mablagʻlar hisobiga maxsus moliyaviy va innovatsiya jamgʻarmalari (budjet tashkilotlarini rivojlantirish, olimlarni ijtimoiy himoya qilish, innovatsiya va boshqa jamgʻarmalar) tashkil etishi mumkin. Mablagʻlarni shakllantirish va sarflash tartibi Markaz tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishgan holda ishlab chiqilgan maxsus nizomga muvofiq belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Markaz oʻziga ajratilgan budjet mablagʻlarini markaziy apparat, oʻziga qarashli ilmiy muassasalar va tashkilotlar oʻrtasida belgilangan tartibda taqsimlaydi, ularning xarajatlar smetasini, shtat jadvallarini, mehnatga haq toʻlash fondi va miqdorlarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Markaz faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM

1. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi respublika oʻrmon xoʻjaligini davlat tomonidan boshqarish organi funksiyalarini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon xoʻjaligining ahvoli va uni yanada rivojlantirish, tarmoqda fan-texnika taraqqiyoti, oʻrmonlardan oqilona foydalanish, ularni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish, oʻrmon fondi hududida ovchilik xoʻjaligi va qoʻriqxona ishlarini yuritishni tashkil etish, oʻrmonlarning ekologik va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish hamda xalq bogʻlarini boshqarish uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining buyruqlari hamda yoʻriqnomalariga, boshqa qonun hujjatlariga va mazkur Nizomga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon xoʻjaligiga Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari orqali rahbarlik qiladi hamda oʻziga bevosita boʻysunuvchi korxonalarni, tashkilotlarni boshqaradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Quyidagilar Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining asosiy vazifalari va faoliyati yoʻnalishlari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon qonunchiligiga va oʻrmon hamda ovchilik xoʻjaligini yuritish boʻyicha meʼyoriy-texnik hujjatlarga rioya etilishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlardan foydalanish, ularni koʻpaytirish, muhofaza va himoya qilish, oʻrmon fondi hududida qoʻriqxona ishlarini yuritish va milliy tabiiy hamda xalq bogʻlarini boshqarish sohasida davlat boshqaruvini amalga oshirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligida oʻrmon fondini har tomonlama kengaytirish va undan oqilona foydalanishga qaratilgan yagona texnika siyosatini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondini, hayvonot va oʻsimlik dunyosini davlat tomonidan hisobga olib borish hamda oʻrganish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligiga fan yutuqlari va ilgʻor tajribani joriy etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada oʻrmonlarni qayta tiklash va ihota daraxtzorlarini koʻpaytirishga doir chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish, togʻ yonbagʻirlarida, jarliklarda va tashlandiq yerlarda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etish ishlarining bajarilishini tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi yerlari choʻlga aylanishining oldini olishga doir tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni yongʻindan, oʻzboshimchalik bilan kesishdan va boshqa oʻrmon qoidalarini buzishdan himoya qilishni taʼminlash, oʻrmonlarni zararkunandalar va kasalliklardan asrash, oʻrmonlarni aviatsiya yordamida va erdan qoʻriqlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi hududlarda qoʻriqxona ishlarini va ovchilik xoʻjaligini yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ovchilik xoʻjaliklarini idoraviy boshqarish va nazorat qilish, oʻrmon fondi hududida ovchilik qoidalari, normalari va muddatlariga rioya qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shifobaxsh va ovqatbop oʻsimliklar, yordamchi qishloq xoʻjaligi, bogʻdorchilik mahsulotlarini tayyorlash va yetishtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish, ushbu maqsadlar uchun ixtisoslashtirilgan boʻlinmalar tuzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik yurituvchi subyektlar (oʻrmon xoʻjaliklari, shifobaxsh oʻtlar yetishtirishga ixtisoslashtirilgan oʻrmon xoʻjaliklari)ning erkinligini va iqtisodiy mustaqilligini oshirish, ularning moliyaviy ahvolini yaxshilash maqsadida ularni xoʻjalik yuritishning bozor shakllariga oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xorijiy investitsiyalarni jalb etish, oʻrmon xoʻjaligi sohasida qoʻshma korxonalar tashkil qilish, xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari uchun malakali kadrlar tayyorlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻrmon fondi hududida oʻziga berilgan huquqlar doirasida oʻrmon, ovchilik xoʻjaligi va qoʻriqxona, xalq bogʻlari ishlarini olib borish bilan bogʻliq barcha masalalarni hal qiladi, oʻz vakolatlarini bevosita va oʻzining hududiy boshqarmalari, shuningdek oʻziga qarashli korxonalar hamda tashkilotlar orqali amalga oshiradi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi orqali oʻrmon xoʻjaligi tarmogʻida qonun hujjatlarining qoʻllanish amaliyotini umumlashtiradi, uni takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi oʻz zimmasiga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi tasarrufidagi oʻrmon, oʻrmon-ovchilik xoʻjaligi, davlat qoʻriqxonalari, xalq bogʻlari, daxlsiz oʻrmon xoʻjaliklari (zakazniklar)ni rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda oʻrmon xoʻjaligi ishlarini prognozlashtiradi, Oʻzbekiston Respublikasining manfaatdor vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari ishtirokida respublika oʻrmon xoʻjaligini rivojlantirishning bosh reja (sxema)larini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligini toʻgʻri yuritishni, oʻrmon resurslaridan oqilona foydalanish, oʻrmonlarni qayta tiklash, parvarish qilish va ularning samaradorligini oshirish, ihota hamda eroziyaga qarshi daraxtzorlar barpo etishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonning suvlarni asrash, ihotalash, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish va boshqa foydali funksiyalarini kuchaytirish tadbirlarini ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi korxonalari va boshqa yerdan foydalanuvchilar hududida shartnoma shartlari asosida iqota daraxtzorlari barpo etish va togʻ yonbagʻirlarini pogʻona-pogʻona qilib ishlash, jarliklarda, qiyaliklarda, yaroqsiz qazilmalar boʻlgan joylarda, tashlandiq yerlarda daraxtzorlar barpo etish ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni yongʻindan, daraxtlarni oʻzboshimchalik bilan kesishdan hamda oʻrmonga zarar yetkazadigan boshqa xatti-harakatlardan muhofaza qilishni tashkil etadi, respublika oʻrmon fondi yerlarida oʻrmonlarni qoʻriqlashga rahbarlik qiladi, oʻrmon patologiyasini nazorat qilishni va oʻrmon zararkunandalari hamda kasalliklarini hisobga olish va ularga qarshi kurashishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvni asrovchi oʻrmonlarni, qimmatbaho daraxtzor yerlarni, aholi yashash joylari atrofidagi koʻkalamzor hududlarni hamda iqlimni tartibga solish, sanitariya-gigiyena, sogʻlomlashtirish va boshqa himoya funksiyalarini bajaruvchi boshqa daraxtzorlarni saqlash va ularning holatini yaxshilash chora-tadbirlarini koʻradi, oʻrmon fondi yerlarida joylashgan davlat tabiat yodgorliklarini muhofaza qilishni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
choʻl, togʻ va togʻ oldi yaylovlarining holatini yaxshilash, boyitish, mahsuldorligini oshirish, bu yerlarni daraxtzorlarga aylantirish, koʻchma qumlarni mustahkamlash va ularga daraxtlar ekish tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondining davlat hisobini va davlat oʻrmon kadastrini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xomashyosi va boshqa resurslarni oʻrganadi, ulardan samarali foydalanish choralarini koʻradi, belgilangan tartibda oʻrmon barpo etish tadbirlarini amalga oshiradi va uni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmonlarni ihota toifalariga kiritish, shuningdek oʻrmonlarni bir toifadan boshqasiga oʻtkazish haqidagi takliflarni belgilangan tartibda kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligini yuritish masalalari, daraxt kesish qoidalari boʻyicha asosiy qoidalarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari hamda oʻrmon fondiga ega boʻlgan boshqa korxonalar va tashkilotlar tomonidan oʻrmon xoʻjaligining toʻgʻri yuritilishini, oʻrmon resurslaridan foydalanilishini, oʻrmonni zararkunandalar va kasalliklardan himoya qilinishini tekshiradi, oʻrmon fondiga ega boʻlgan korxonalar va tashkilotlarga oʻrmon xoʻjaligini yuritishda uslubiy yordam koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi oʻrmonlarida oʻrmondan foydalanish (qancha yogʻoch kesilishi) hajmlarini ishlab chiqadi va belgilangan tartibda tasdiqlash uchun taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi hududida ov qilish qoidalari va muddatlariga rioya etilishini, hayvonot dunyosidan foydalanilishini idoraviy nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻriqxonalar, milliy, tabiiy, xalq bogʻlari tomonidan ularda oʻrnatilgan rejimga rioya etilishini idoraviy nazorat qiladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon urugʻchiligi va oʻrmon koʻchatzorlarini tashkil etadi va rivojlantiradi, daraxtlar va butasimon navlar urugʻlari tayyorlashni, oʻz ehtiyojlari va boshqa isteʼmolchilarning talablarini qondirish uchun koʻchatlar oʻstirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yogʻoch-taxta tayyorlashni, shuningdek yogʻochdan, yogʻoch chiqindilaridan xalq isteʼmol tovarlari va ishlab chiqarish maqsadlaridagi tovarlar ishlab chiqarishni, oʻrmonlarda qoʻshimcha ravishda foydalaniladigan mahsulotlar tayyorlashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon fondi hududida shifobaxsh, texnik va ovqatbop oʻsimliklarni yigʻish va tayyorlash borasidagi barcha ishlarni muvofiqlashtiradi, ilmiy-tadqiqot institutlari bilan birgalikda yovvoyi holda oʻsuvchi oʻsimliklarning tarqalish hududini va mavjud resurslarini oʻrganadi, ularni yigʻish va tayyorlashning maqbul miqdorini tavsiya etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mollarni oʻtlatish normasi, ularni yaylovlarda joylashtirish va oʻrmon fondi yerlaridan foydalanishning boshqa turlari, toʻlanadigan haq miqdori haqida belgilangan tartibda takliflar ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligi sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eksport-import operatsiyalarini amalga oshiradi va oʻrmon xoʻjaligi korxonalari tomonidan ularning oʻtkazilishiga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bogʻlar, tokzorlar, qishloq xoʻjaligi ekinlari, yongʻoq mevali oʻsimliklarning hosildorligi oshirilishini taʼminlaydi, mevalarni topshirish boʻyicha shartnomalarning oʻz vaqtida tuzilishi va bajarilishini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar zaxirasini yaratadi, oʻrmon xoʻjaligi sohasida rahbar xodimlar va mutaxassislarni tayyorlaydi hamda ularning malakasini oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻrmon xoʻjaligi ishlab chiqarishini kompleks mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, yuqori samarali texnologiyalarni joriy etish tadbirlari oʻtkazilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli davlat qoʻriqxonalari, xalq bogʻlari toʻgʻrisidagi nizomlarni belgilangan tartibda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga tasdiqlash uchun kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli korxonalar va tashkilotlarga belgilangan tartibda mablagʻ ajratadi, moliyaviy ahvolni yaxshilashga qaratilgan tadbirlarni ishlab chiqadi va amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning buxgalteriya hisobotlarini va balanslarini koʻrib chiqadi va tasdiqlaydi, yigʻma balanslar tuzadi va ularni tegishli organlarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻziga qarashli korxonalarda hisob va hisobot yuritilishini hamda mol-mulk saqlanishini tashkil etadi, yetkazilgan moddiy zararni undirish choralarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh boshqarmaning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati haqidagi hisobotlarni belgilangan muddatlarda, hisobga olish va hisobotning amaldagi shakllari boʻyicha tegishli organlarga taqdim etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning xatlari (arizalari, shikoyatlari) koʻrib chiqilishini tashkil etadi va xatlarda maʼlum qilingan kamchiliklarni bartaraf etish choralarini koʻradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining huquqlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga quyidagi huquqlar beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikaning tegishli vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari bilan kelishgan holda oliy oʻquv yurtlarini, ilmiy-tadqiqot, loyihalash va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarini, shuningdek ilmiy xodimlarni va mutaxassislarni oʻrmon xoʻjaligi, oʻrmon-ovchilik va qoʻriqxona ishlari, milliy tabiiy, xalq bogʻlari, daxlsiz oʻrmon xoʻjaliklari bilan bogʻliq boʻlgan alohida masalalarni ishlab chiqishga va ekspertizalar oʻtkazishga shartnoma asosida jalb etish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor shaxslarga oʻrmon xoʻjaligini yuritishga doir qonun hujjatlari buzilishini, oʻrmonlarni muhofaza qilish va himoya qilishdagi, oʻrmon resurslaridan foydalanishdagi nuqsonlarni bartaraf etish toʻgʻrisida yozma koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qoʻmitalari, idoralar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardan oʻrmon xoʻjaligini yuritish, oʻrmonlarni muhofaza va himoya qilish hamda oʻrmon resurslaridan toʻgʻri foydalanish masalalari boʻyicha maʼlumotlarni belgilangan tartibda soʻrab olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol oʻtlatishdan, oʻrmon qonunchiligi talablari buzilganligi uchun zararni undirishdan tushadigan mablagʻlarni oʻz hisob raqamlariga belgilangan tartibda oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tizim ichida tarmoq oʻrmon xoʻjaliklari boʻyicha xarajatlarning yillik budjet smetalarini va shtat jadvallarini belgilangan tartibda tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar, muassasalar, organlar, korxonalar, xorijiy mansabdor va xususiy shaxslar bilan aloqalarni amalga oshirish, oʻrmon xoʻjaligi yuritish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻrmon nazorati xodimlari belgilangan namunadagi kiyim-bosh kiyib yuradilar va tabel quroliga ega boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻrmon nazorati xodimlari taqdirlashni, maʼnaviy ragʻbatlantirish va ijtimoiy muhofaza qilish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan lavozimga tayinlanadigan boshliq Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari boshchilik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliqning Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tayinlanadigan ikki nafar oʻrinbosari boʻladi. Boshliq oʻrinbosarlari oʻrtasida vazifalarni Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlar oʻrmon xoʻjaligi boshqarmalari boshliqlari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan kelishgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi tomonidan tayinlanadilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi boshqarmaga yuklangan vazifalar va majburiyatlarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi, oʻz oʻrinbosarlarining, boʻlimlar boshliqlarining Bosh boshqarma faoliyatining ayrim sohalariga rahbarlik qilishi, shuningdek oʻrmon xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari ishi uchun javobgarligi darajasini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi boshligʻi oʻz vakolatlari doirasida Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida va ularni bajarish yuzasidan Bosh boshqarma tizimi korxonalari, tashkilotlari tomonidan bajarilishi majburiy boʻlgan buyruqlar va yoʻriqnomalar chiqaradi, koʻrsatmalar beradi, ularning ijrosini tekshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasi yuridik shaxs hisoblanadi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va oʻz nomi yozilgan muhrga, banklarda hisob raqamlariga ega boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Oʻrmon xoʻjaligi bosh boshqarmasining faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 30-martdagi 160-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi departamenti toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Suv xoʻjaligi departamenti Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida” 2001-yil 17-yanvardagi 32-son qarori bilan tashkil etilgan, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining tarkibiy boʻlinmasi hisoblanadi. Departamentga yuza suvlarni muhofaza qilish, ulardan foydalanishni tartibga solish hamda respublika qishloq xoʻjaligi tarmoqlarini va aholisini suv bilan taʼminlashga doir zarur tadbirlarni amalga oshirish yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Suv xoʻjaligi departamenti oʻz faoliyatida Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga, Oliy Majlis qarorlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼati qarorlariga va buyruqlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Suv xoʻjaligi departamenti amaldagi qonun hujjatlarining suv xoʻjaligi tizimidagi korxonalar, birlashmalar, muassasalar va tashkilotlarda bajarilishini taʼminlaydi, ularni takomillashtirishga doir takliflarni ishlab chiqadi va koʻrib chiqish uchun ularni belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligiga kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Suv xoʻjaligi departamenti budjetdan ajratmalar, tasarrufidagi birlashmalar, korxonalar va tashkilotlarning ajratmalari hamda boshqa manbalar hisobiga mablagʻ bilan taʼminlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Quyidagilar Suv xoʻjaligi departamentining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika xalq xoʻjaligi tarmoqlarini va aholisini suv bilan taʼminlash uchun zarur ishlarni ishlab chiqish va bajarish, suv xoʻjaligida yagona texnika siyosatini amalga oshirish, yerlarni melioratsiyalashni rivojlantirish va suv xoʻjaligi obyektlari kompleksini qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishni barqaror koʻpaytirish maqsadida ishga shay holatda tutish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini muhofaza qilish, hisobga olish va boshqarish, xalq xoʻjaligi tarmoqlari va suv isteʼmolchilari boʻyicha suvdan foydalanish limitlarini belgilash, fan-texnika taraqqiyotini joriy etish asosida suvdan oqilona foydalanish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Suvdan foydalanish”boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastrini ishlab chiqish va yuritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulkchilik va xoʻjalik yuritishning turli shakllarini rivojlantirishga doir ishlarni muvofiqlashtirish va ularni amalga oshirish monitoringini olib borish, davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatlariga va boshqa bozor tuzilmalariga aylantirish boʻyicha ishlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikani melioratsiya va suv xoʻjaligi sohasida ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik rivojlantirishni jadallashtirish, sugʻoriladigan yerlardan foydalanish samaradorligini oshirish, tarmoqni balansli va mutanosib rivojlantirish, ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish va kooperatsiyalash darajasini yanada oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-texnika va investitsiya siyosatini amalga oshirish, yangi texnika, texnologiyalar va materiallarni ishlab chiqish va qoʻllashni tashkil etish, mahsulotlar va ishlar sifatining jahon andozalari talablari darajasida boʻlishini taʼminlash, fan bilan ishlab chiqarishning aloqasini mustahkamlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manfaatdor vazirliklar va idoralar, shuningdek respublika hamda boshqa hududiy boshqaruv organlari bilan oʻzaro mustahkam hamkorlik asosida tarmoqlararo vazifalarni samarali hal qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Suv xoʻjaligi departamenti Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Moliya vazirligi hamda vazirlik rahbariyati bilan kelishilgan holda, mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, irrigatsiya, melioratsiya va suv xoʻjaligi ehtiyojlariga ajratiladigan kapital qoʻyilmalarni taqsimlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Suv xoʻjaligi departamenti oʻziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) suv resurslarini boshqarish, muhofaza qilish va ulardan kompleks foydalanish sohasida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarini muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni, respublika hududidagi barcha suv resurslarini boshqarishni, “Suvdan foydalanish” boʻlimi boʻyicha davlat suv kadastrini yuritishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuza manbalardan suv olish limitlarini va barcha isteʼmolchilar tomonidan suvdan foydalanish limitlarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda suv omborlari va boshqa suv havzalari, daryolar, magistral kanallar va kollektorlar, shuningdek ichimlik va maishiy, davolash hamda madaniy-sogʻlomlashtirish suvlari manbalarining suvni muhofaza qilish zonalarini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha suv isteʼmolchilari tomonidan suvdan limit boʻyicha foydalanishga rioya etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shu maqsadda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
limit boʻyicha suv olinishini, qishloq xoʻjaligi ekinlarini sugʻorishda suvdan oqilona foydalanishni nazorat qiladi, aybdorlarni qonunchilikka muvofiq javobgarlikka tortish uchun suv haqidagi qonunlar buzilishi hollari toʻgʻrisidagi materiallarni tayyorlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv (er)dan foydalanuvchilarga qishloq xoʻjaligi korxonalariga va boshqa korxona va tashkilotlarga suvdan foydalanish boʻyicha tasdiqlangan limitlar va rejalarga muvofiq oʻz vaqtida va uzluksiz suv berilishini, shuningdek suvni tejaydigan texnologiyalarni va sugʻorish texnikasini joriy etish asosida suvdan oqilona foydalanishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklararo tarmoqlarda suvni hisobga olishga, meliorativ tarmoqlar va inshootlarni suvni oʻlchash va hisobga olish vositalari bilan jihozlashga rahbarlik qiladi, suvni hisobga olish vositalarini metrologiya jihatidan taʼminlash ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi bilan birgalikda suv xoʻjaligi balanslarini hamda ayrim daryolar havzalari, sanoat tumanlari va umuman respublika uchun suv resurslaridan kompleks foydalanishning istiqbolli sxemalarini ishlab chiqishni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv resurslarining mavjudligi toʻgʻrisida xulosalar hamda suv resurslaridan foydalanish va drenaj-oqova suvlarini oqizib yuborish bilan bogʻliq yangi korxonalar qurish va ishlayotgan korxonalarni rekonstruksiya qilish loyihalari boʻyicha majburiy kuchga ega boʻlgan roziliklar beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suvdan foydalanishga ruxsatnomalar berishni va suv chiqarish inshootlarini roʻyxatga olishni hamda, idoraviy mansubligidan va mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan barcha suv manbalaridagi suv resurslaridan foydalanishni hisobga olishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv olish inshootlari qurish uchun maydonlarni loyihalash va tanlashni nazorat qiladi hamda suv obyektlaridan olinadigan va ularga qaytariladigan suvni hisobga olish chora-tadbirlarini nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli organlar bilan birgalikda suv obyektlarining texnik holatini yaxshilash va qurib qolishini bartaraf etish, suvlarning zararli taʼsiri oldini olish tadbirlarini amalga oshiradi, kichik daryolar va suv omborlarining suv rejimini yaxshilash ishlarini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligidan boshqa maqsadlardagi korxonalar, inshootlar va boshqa obyektlarni joylashtirish, loyihalash, qurishda tegishli organlar bilan birgalikda baliqlarni, boshqa suv hayvonlari va oʻsimliklarini muhofaza qilish boʻyicha zarur tadbirlarning bajarilishini talab qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi tashkilotlari va korxonalarida tabiatni muhofaza qilish tadbirlarining ahvoli va bajarilishini nazorat qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) foydalanish faoliyati sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyektlari suv omborlari, irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va inshootlari, nasos stansiyalari, quduqlar, elektr energiya uzatish, aloqa liniyalari va yordamchi transformator stansiyalaridan, suv xoʻjaligi korxonalari va tashkilotlari balansidagi boshqa obyektlardan foydalanishni, yangi avtomatika va telemexanika vositalarini takomillashtirish va joriy etishni, oʻrnatilgan jihozlardan samarali foydalanish tadbirlarini, shuningdek sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash chora-tadbirlarini amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyektlarini taʼminlashga va ulardan foydalanishga ajratiladigan davlat budjeti mablagʻlaridan maqsadli, oqilona va samarali foydalanishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi obyektlari kompleksini, xoʻjaliklararo irrigatsiya va melioratsiya tarmoqlari va gidrotexnika inshootlarini, ulardan foydalanish samaradorligini oshirish, suv resurslarining tashkiliy va texnologiya jihatidan isrof boʻlishini qisqartirish maqsadida, taʼmirlash va ishlaydigan holatda saqlashni, shuningdek xoʻjaliklar ichidagi melioratsiya tarmoqlari va inshootlariga qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilari hamda boshqa suvdan foydalanuvchilar bilan shartnomalar boʻyicha texnik xizmat koʻrsatishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoqilgʻi-energetika resurslarini tejash, ularni sarflash normalariga rioya etish ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini har yili hisobga olishni va monitoringini olib borishni, yangi yerlarni oʻzlashtirish va ilgaridan sugʻorib kelingan yerlarni rekonstruksiya qilish, kollektor-drenaj tarmoqlarini qurish va qayta barpo etish samaradorligini muntazam ravishda baholab berishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya tizimlarini pasportlashtirish, davlat suv kadastrini muntazam ravishda yuritish va shu asosda melioratsiya tizimlarining texnik darajasini oshirishga doir takliflarni ishlab chiqish ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
irrigatsiya-melioratsiya tarmoqlari va inshootlaridan foydalanishni takomillashtirish boʻyicha zarur tadbirlarni ishlab chiqish, qishloq xoʻjaligi yerlarining shoʻrlanishi va botqoqlanishining oldini olish tadbirlarini bajarishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidrotexnika inshootlari, nasos stansiyalari va vertikal drenaj quduqlaridagi ishlayotgan avtomatlashtirish va telemexanizatsiya vositalarini zamonaviylashtirish hamda ularning yangilarini joriy etish boʻyicha takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼminlash-foydalanish bazasini yanada rivojlantirishni, uni zamonaviy mexanizmlar, asbob-uskunalar va vositalar bilan jihozlashni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) kapital qurilish va loyihalash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
samarali investitsiya siyosatini oʻtkazadi hamda tarmoqni ishlab chiqarish jihatidan va ijtimoiy rivojlantirish uchun davlat markazlashtirilgan kapital qoʻyilmalarini hamda korxonalarning oʻz mablagʻlarini maqbul ravishda uygʻunlashtirishni taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gidromeliorativ tizimlarni rekonstruksiya qilish va texnika bilan qayta jihozlash, Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ilgaridan haydab kelingan yerlar sifatini yaxshilash hamda yangi yerlarni ichki kontur boʻyicha oʻzlashtirish, texnik jihatdan mukammal meliorativ tizimlarni va inshootlarni, ilgʻor qurilish texnologiyalarini, yangi qurilish materiallarini, asbob-anjomlarni, mexanizatsiyani joriy etish, atrof muhitni muhofaza qilish talablariga rioya etish ishlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi, sanoat-xoʻjalik maqsadidagi obyektlar qurilishi, ularni texnika bilan qayta jihozlash, rekonstruksiya qilish va ulardan foydalanish bilan bogʻliq loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi, bunda jahon standartlari darajasiga erishishni nazarda tutadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududidagi, mablagʻ bilan taʼminlash manbalaridan qatʼi nazar, barcha suv xoʻjaligi obyektlarining loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan oʻtkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shartnomalar asosida boshqa vazirliklar va idoralarga, korxonalar va tashkilotlarga loyiha-qidiruv va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament tizimiga kiruvchi pudrat, loyiha-qidiruv, sanoat, transport korxonalari hamda boshqa korxonalar va tashkilotlarga rahbarlik qiladi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektlar qurilishi normativ muddatlarda rejalashtirilishini va ularning tashkil etilishini, kapital qoʻyilmalardan oqilona foydalanilishini va ular samaradorligi oshirilishini, qurilish qiymati pasaytirilishini, ishlab chiqarish quvvatlari va asosiy fondlar oʻz vaqtida ishga tushirilishi va oʻzlashtirilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shuning negizida sanoat mahsulotlari va qurilishning yuksak sifatini taʼminlash uchun tarmoq qurilish bazasi rivojlantirilishi, mustahkamlanishi va zamonaviylashtirilishini hamda ilgʻor qurilish industriyasi barpo etilishini taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) prognozlashtirish, iqtisodiyot, moliya va boshqaruv tuzilmasi sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarmoqni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari loyihalarini, istiqbolli va yillik prognozlarni, melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirish sxemasini ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jamlash va ixtisoslashtirish, ichki va tarmoqlararo kooperatsiyalash asosida zamonaviy ishlab chiqarish tuzilmasini rivojlantirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish tadbirlarini mablagʻ bilan taʼminlash uchun ajratiladigan kapital qoʻyilmalar va budjet mablagʻlaridan maqsadli va oqilona foydalanilishi ustidan tasarrufidagi korxonalarning iqtisodiy ahvolini tahlil etishni, pul mablagʻlari va moddiy boyliklar saqlanishini, tejamkorlik rejimiga rioya qilinishini, tizimda hisob va hisobot toʻgʻri yuritilishi va ishonchliligini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasarrufidagi birlashmalar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning rentabelligini oshirish va foydasini eng koʻp darajada koʻpaytirish, asosiy fondlardan, aylanma mablagʻlardan va bank kreditlaridan samarali foydalanilishi, qoʻshimcha quvvatlar va rezervlar aniqlanishi va ulardan foydalanilishi, ilmiy-texnika taraqqiyoti asosida mehnat unumdorligini oshirish tadbirlari bajarilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Birlashmalar, korxonalar va tashkilotlar tashkil etish, qayta tashkil etish va ularni tugatish toʻgʻrisidagi takliflarni belgilangan tartibda koʻrib chiqish uchun Vazirlikka kiritadi, bevosita oʻziga boʻysunuvchi birlashmalar, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ustavlari va nizomlarini tasdiqlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xalqaro aloqalar samaradorligini oshirishga, qoʻshma korxonalar tashkil etishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi, olis va yaqin xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy integratsiyani chuqurlashtirishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirishga, melioratsiya, qurilish, yer qazish texnikasi va boshqa texnika, asbob-uskunalar, materiallar, buyumlar va xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish boʻyicha qoʻshma korxonalar tashkil etishga chet el investitsiyalari jalb etilishini tashkil etadi, Vazirlik mutaxassislarining chet elda ishlashini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada suv xoʻjaligi tarmogʻini rivojlantirishni jadallashtirish maqsadida xorijiy mamlakatlar bilan texnik-iqtisodiy, ishlab chiqarish va ilmiy-texnik aloqalarni takomillashtirish va yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshiradi, xorijiy hamkorlar orasida milliy meliorativ va suv xoʻjaligi fan va texnikasi yutuqlarini targʻib etish ishlarini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublikada suv xoʻjaligi va melioratsiya sohasida, xalqaro bitimlar, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik dasturlari doirasida Oʻzbekiston tomonining majburiyatlari bajarilishi bilan bogʻliq xalqaro tadbirlar (simpoziumlar, konferensiyalar, koʻrgazmalar, mutaxassislarning tanishuv safarlari) oʻtkazilishini tashkil etadi, tegishli qarorlar qabul qilish huquqi bilan suv xoʻjaligi muammolari boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan olib boriladigan barcha muzokaralarda qatnashadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vatanimiz va chet el fani va texnikasi yutuqlari, ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyatidan samarali foydalanish, yangi texnika va texnologiyalarni barpo etish va oʻzlashtirish muddatlarini qisqartirish, ilmiy-tadqiqot va konstruktorlik ishlanmalari dasturlarini bajarish asosida tarmoqni rivojlantirishning yuqori ilmiy-texnik darajasini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot, loyiha-konstruktorlik va texnologiya tashkilotlari faoliyati samaradorligini oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament korxonalari, birlashmalari, muassasalari va tashkilotlarida standartlashtirish va metrologiya, ixtirochilik va ratsionalizatsiyani, patent-litsenziya ishlarini rivojlantirishni tashkil etadi, yuqori samarali texnologiyalar joriy etilishini tashkil qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ham chet elda, ham respublika hududida litsenziyalar, materiallar, muhandislik xizmatlarini amalga oshirish va sotib olish boʻyicha Departament birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlariga metodologik va maslahat yordami koʻrsatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
belgilangan tartibda ilmiy va ilmiy-texnik axborot nashr etadi hamda Departament birlashmalari, korxonalari, muassasalari va tashkilotlarini, shuningdek vazirlikning tegishli boshqa boʻlinmalari va korxonalarini ular bilan taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) pudrat faoliyati, sanoat, transport va moddiy-texnika taʼminoti sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar va tashkilotlar moddiy-texnika taʼminoti va ishlab chiqarish faoliyati mutanosibligini, hududiy organlarning vositachiligini, yarmarkalar va kimoshdi savdolari oʻtkazilishini taʼminlaydi, ortiqcha va foydalanilmayotgan resurslarni sotish chora-tadbirlarini koʻradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida, shuningdek uning tashqarisida suv xoʻjaligi, sanoat-xoʻjalik obyektlari va boshqa obyektlar, shoxobchalar va inshootlarni tuzatish va qurish ishlarini bajaradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv xoʻjaligi tashkilotlari va korxonalari ehtiyojlari uchun, shuningdek boshqa vazirliklar va idoralarga sotish uchun qurilish industriyasi, metallni qayta ishlash, qurilish materiallari, buyumlar, xalq isteʼmol tovarlari ishlab chiqarilishini va aholiga xizmatlar koʻrsatilishini, nasos-kuch, elektr texnikasi asbob-uskunalari va buyumlari, qurilish, yer qazish texnikasi hamda boshqa texnika va mexanizmlar tuzatilishini taʼminlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
respublika hududida yuklarni avtomobil, temir yoʻl transportida va transportning boshqa turlarida tashishni, litsenziya mavjud boʻlgan taqdirda esa belgilangan tartibda avtomobil transportida xalqaro yuk tashishlarni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik korxonalari va tashkilotlariga mahsulotlar, tovarlar yetkazib berish hamda xizmatlar koʻrsatish yuzasidan shartnomalar tuzish ishlarini tashkil etishda, shuningdek ularni moddiy-texnika resurslari bilan taʼminlashga koʻmaklashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda Vazirlikning oʻz resurslaridan chet eldagi obyektlarni oʻz vaqtida butlash maqsadida texnika va “vaqtincha keltirish” tartibidagi boshqa mol-mulklarni yetkazib beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yonilgʻi-moylash materiallari, yoqilgʻini tejash, ishlab chiqarishda foydalanish uchun ikkilamchi resurslarni jalb etish ishlarini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Suv xoʻjaligi departamenti:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlikning tarkibiy boʻlinmalari va mahalliy hokimiyat organlari bilan birgalikda tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlarni yuqori malakali kadrlar bilan mustahkamlash chora-tadbirlarini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlar malakasini oshirish, ularni tayyorlash va qayta tayyorlashni tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish va texnika xavfsizligi qoidalariga, ishlab chiqarish sanitariyasiga va yoʻl harakati xavfsizligiga rioya qilinishi, tasarrufidagi korxonalarda mehnat sharoitlarini yaxshilash ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Suv xoʻjaligi departamenti nomidan ish koʻruvchi uning boshligʻi Markaziy Osiyo davlatlari Suv xoʻjaligi davlatlararo muvofiqlashtirish komissiyasining aʼzosi hisoblanadi hamda Irrigatsiya va drenaj boʻyicha xalqaro komissiyada va suv xoʻjaligi masalalari boʻyicha boshqa xalqaro tashkilotlarda respublika manfaatlarini ifodalaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Suv xoʻjaligi departamenti Vazirlik rahbariyati bilan kelishgan holda respublikada xorijiy investitsiyalar hisobiga amalga oshiriladigan barcha suv xoʻjaligi loyihalarini muvofiqlashtiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Fan va texnikani rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari boʻyicha takliflarni koʻrib chiqish, melioratsiya va suv xoʻjaligini rivojlantirishda ilmiy asoslangan yagona texnika siyosatini belgilash, qurilish va rekonstruksiyaning eng murakkab va muhim obyektlari boʻyicha loyihalarni tasdiqlash uchun Departament rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining Ilmiy-texnik kengashi tashkil etiladi. Ilmiy-texnik kengash tarkibi va uning toʻgʻrisidagi Nizom vazir tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Suv xoʻjaligi departamenti chet elda suv xoʻjaligi faoliyatini amalga oshirish uchun tegishli boʻlinmalar tashkil etish boʻyicha Vazirlikka takliflar kiritadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Suv xoʻjaligi departamentiga Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari hisoblanadigan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tayinlanadigan boshliq rahbarlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament boshligʻi ayni vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi Suv xoʻjaligi kengashining raisi hamda Irrigatsiya va drenaj boʻyicha milliy qoʻmita raisi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departament boshligʻining oʻrinbosari ijtimoiy va maishiy xizmat koʻrsatish darajasi boʻyicha vazir oʻrinbosariga tenglashtiriladi hamda Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining buyrugʻi bilan tayinlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Suv xoʻjaligi tizimlaridan foydalanish, yerlar melioratsiyasi, irrigatsiya-melioratsiya qurilishi masalalari, Departament faoliyatining boshqa muhim yoʻnalishlari Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hayʼatida muntazam ravishda koʻrib chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Departament faoliyati qonunda belgilangan tartibda toʻxtatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2001-y., 6-son, 35-modda;2003-y., 12-son, 98-modda;14-son, 116-modda; 17-18-son, 143-modda, 156-modda; 2004-y., 3-son, 31-modda; 2005-y., 14-son, 103-modda; 15-16-son, 114-modda; 32-33-son, 247-modda; 2006-y., 40-son, 396-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda, 32-son, 814-modda, 34-son, 889-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)