Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018 17.01.2001 yildagi 32-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 10.12.2018
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QIShLOQ VA SUV XO‘JALIGI VAZIRLIGI FAOLIYATINI TAKOMILLAShTIRISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 7-dekabrdagi 995-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq va suv xo‘jaligi davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PF-5418-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3671-son qarori, “O‘zbekiston Respublikasi Suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 17-apreldagi PQ-3672-son qarori)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligida bozor islohotlarini chuqurlashtirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni hamda yer va suvdan foydalanishning yangi tizimlarini joriy etish, qishloq va suv xo‘jaligi viloyat va tuman boshqaruv organlarining rolini va mas’uliyatini oshirish, shuningdek Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 15-noyabrdagi 443-son qarorini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1—3-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tugatilayotgan yoki boshqa idoralarga berilayotgan hamda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi tarkibidan chiqarilayotgan tashkilotlar va korxonalar ro‘yxatiga 9-ilovaga muvofiq rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 9-ilova berilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Veterinariya sanitariyasi va akaralogiya ilmiy-tadqiqot institutini Markaz ixtiyoriga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy-tadqiqot muassasalarining hududiy bo‘linmalarini (filiallar, tajriba stansiyalari, tayanch punktlar, tajriba xo‘jaliklari va boshqalar) Markazning Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar bo‘limlari ixtiyoriga berish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilinsin. Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalar seleksiya, texnologiya va agrotexnika tadqiqotlarini o‘tkazish uchun tajriba maydoni bo‘lib xizmat qiladi, yuridik jihatdan mustaqil hisoblanadi hamda ilmiy-metodik ishlar yuzasidan bo‘limlarga hisobot beradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga vazirning uch nafar o‘rinbosari, shu jumladan ikki nafar birinchi o‘rinbosari bo‘lishiga ruxsat etilsin, ulardan biri Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasining boshlig‘i hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazining bosh direktori lavozimiga ko‘ra vazir o‘rinbosari hisoblanadi, Suv xo‘jaligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari esa ijtimoiy va maishiy xizmat ko‘rsatilishi darajasi bo‘yicha vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 19-iyuldagi 530-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 30-son, 734-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’atining tarkibi 15 kishidan iborat etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vaziriga zarurat bo‘lganda markaziy apparat tuzilmasiga xodimlarning shtatdagi soni va ish haqi fondi doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Viloyatlar va tumanlar hokimlarining birinchi o‘rinbosarlari viloyatlar va tumanlar qishloq va suv xo‘jaligi boshqarmalari boshliqlari hisoblanishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
(7-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 24-sentabrdagi 411-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2003-y., 17-18-son, 156-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi, O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi, O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi va Suv xo‘jaligi departamenti to‘g‘risidagi nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq va suv xo‘jaligi viloyat va tuman boshqarmalari to‘g‘risidagi namunaviy nizomlarni ishlab chiqsin va tasdiqlasin, ularni joylarga yetkazsin va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hamda tumanlar hokimliklari bilan birgalikda ularning tuzilmalarini mazkur qarorga muvofiqlashtirishga doir tashkiliy chora-tadbirlarni amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 10-ilovaga muvofiq qarorlari o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I. H. Jo‘rabekov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari T. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 17-yanvar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32-son
Oldingi tahrirga qarang.
(1-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(6-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 28-iyundagi 290-sonli qaroriga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2003-y., 12-son, 98-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining
2001-yil 17-yanvardagi 32-son qaroriga
10-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining o‘z kuchini yo‘qotgan qarorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
RO‘YXATI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1996-y., 11-son, 33-modda) 2-bandining uchinchi xatboshi, 8 va 18-bandlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqida 1997-yil 12-martdagi 136-son qarori 1-bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1996-yil 26-noyabrdagi 419-son va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi faoliyatini tashkil etish masalalari” haqida 1997-yil 12-martdagi 136-son qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida” 1997-yil 4-noyabrdagi 502-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi hay’ati a’zolarini tasdiqlash to‘g‘risida” 1999-yil 4-maydagi 215-son qarori.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2000-y., 3-son, 13-modda) 2-bandining ikkinchi xatboshi, shuningdek mazkur qarorga 3-ilova.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi O‘rmon xo‘jaligi bosh boshqarmasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 2000-yil 20-martdagi 98-son qaroriga 1-ilovaga qo‘shimchalar kiritish haqida” 2000-yil 16-maydagi 191-son qarori.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2001-y., 1-2-son, 4-modda; 6-son, 35-modda; 2003-y., 12-son, 98-modda; 17-18-son, 156-modda; 2004-y., 15-son, 179-modda; 2017-y., 30-son, 734-modda)