21.10.2016 yildagi PF-4850-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq tizimini yanada demokratlashtirish va erkinlashtirish, sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyati samaradorligini oshirish, aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini oshirish, jamiyatda qonun ustuvorligini taʼminlash va qonuniylikni mustahkamlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini, fuqarolar huquq va erkinliklarining ishonchli himoyasini taʼminlash, shuningdek odil sudlovga erishish darajasini oshirish sud-huquq tizimini yanada isloh qilish sohasida davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlari etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat siyosatining asosiy ustuvor yoʻnalishlarini amalga oshirish boʻyicha sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari sifatida quyidagilar belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud hokimiyatining mustaqilligi toʻgʻrisidagi konstitutsiyaviy normalarga va odil sudlovni amalga oshirish faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni koʻrib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha barcha zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda eʼtiborni avvalo huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli qonunbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar oʻrtasida suiisteʼmolchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qoʻyish boʻyicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalar va amalga oshirilayotgan islohotlarning samarali bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilgʻor ilmiy-texnika vositalari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligining sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin oʻn yil muddatga, shundan soʻng muddatsiz davrga tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi taklifi maʼqullansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilansinki, 2017-yilning 1-aprelidan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan muqobil jazo turlarini qoʻllashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazo tugatiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyatni sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek dastlabki tergovning eng koʻp muddati 1 yildan 7 oyga qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqi sudlarga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qoʻllash huquqi beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish instituti bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddati 3 yildan 1 yilga qisqartiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
viloyat darajasidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrib chiqish instituti tugatilib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha vakolatlari bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash sohasidagi vazifa va vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻtkaziladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlari tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturi (keyingi oʻrinlarda — Dastur) 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan tadbirlarning oʻz vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan vazirlik va idoralar rahbarlari zimmasiga shaxsiy javobgarlik yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Komissiya (keyingi oʻrinlarda — Komissiya) 2-ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya (I.B. Abdullayev):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirlik va idoralar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari mutaxassislari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillarini jalb etgan holda qonun hujjatlari loyihalarini tayyorlash boʻyicha ekspert guruhlarini tashkil etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonunchilik va huquqni qoʻllash amaliyotini chuqur tanqidiy tahlil qilish, ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari loyihalarini jamoatchilik oʻrtasida, shu jumladan davra suhbatlari, seminarlar va konferensiyalar oʻtkazish orqali keng muhokama qilishni tashkil etish choralarini koʻrsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dasturda nazarda tutilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining sifatli tayyorlanishi va oʻz vaqtida belgilangan tartibda kiritilishi, shuningdek boshqa tadbirlarning bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi va Adliya vazirligi ilgʻor xorijiy tajribani chuqur oʻrganish asosida 2017-yil 1-iyulga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sud-prokuror xodimlari malakasini oshirish va rahbar kadrlarni tayyorlash tizimini takomillashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni amalga oshirishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tomonlarning yarashganligi munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan ayrim jinoyat tarkiblarini jinoyat toifasidan chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoyat ishini qoʻzgʻatish faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari roʻyxatini kengaytirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlarining vakolatlarini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan maʼmuriy sudlarni tashkil etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shuningdek odil sudlovga erishishning ilgʻor mexanizmlarini kengroq joriy etish orqali odil sudlovni amalga oshirish sifatini yaxshilashni nazarda tutuvchi takliflarni ishlab chiqsin va kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Moliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda ilgʻor xorijiy tajribani chuqur oʻrganish asosida uch oylik muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha tuzilmalar tashkil qilishni nazarda tutuvchi takliflarni kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur Farmon ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi O.B. Murodov va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari B.A. Kokanbayev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 21-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-4850-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF-4850-son Farmoniga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
DASTURI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

Tadbirlar nomi

Amalga oshirish mexanizmi

Ijro muddati

Masʼul ijrochilar

I. Sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash

1.

Sudya lavozimida boʻlishning birinchi marotaba besh yillik, keyin oʻn yillik muddatini va shundan soʻng muddatsiz davrini belgilash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Konstitutsiyaviy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

2.

Sudlarni yanada ixtisoslashtirish, shu jumladan ilgʻor xorijiy tajribani oʻrganish asosida fuqarolik, jinoyat ishlari boʻyicha sudlar va xoʻjalik sudlarining vakolatlarini qayta koʻrib chiqish yoʻli bilan maʼmuriy sudlarni tashkil etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

III chorak

Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

3.

Sudlar tizimida sudya yordamchisi lavozimini taʼsis etish boʻyicha takliflar tayyorlash (asosan umumiy shtat birligi doirasida).

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

III chorak

Oliy sud, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

4.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash sohasidagi vazifa va vakolatlarini, shuningdek tegishli shtat birligini oʻtkazish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

5.

Xoʻjalik sudlari tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

I chorak

Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi

6.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasiga sudyalarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha choralar koʻrish, sudyalarning intizomiy javobgarligi toʻgʻrisidagi ishlarni koʻrish hamda sudyalarni ragʻbatlantirish boʻyicha tashabbus koʻrsatish huquqlarini berish, shuningdek Komissiya ijro apparati xodimlariga sudya maqomini berish orqali uning maqomi va rolini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

7.

Sudyalarni intizomiy javobgarlikka tortish mexanizmini, uning asoslarini aniqlashtirish orqali takomillashtirish va sud raislarining sudyalarga nisbatan intizomiy ish qoʻzgʻatishga oid vakolatini tugatish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Oliy malaka komissiyasi, Adliya vazirligi

II. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini yanada kengaytirish

8.

Ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan muqobil jazo turlarini qoʻllashni kengaytirish orqali qamoq tariqasidagi jinoiy jazoni tugatish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi

9.

Jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddatini 72 soatdan 48 soatga qisqartirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi

10.

Qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek dastlabki tergovning eng koʻp muddatini 1 yildan 7 oyga qisqartirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Oliy sud, Adliya vazirligi

11.

Nazorat tartibida ish yuritishni quyidagilar orqali isloh qilish:

fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish muddatini 3 yildan 1 yilga qisqartirish;

viloyat miqyosidagi sudlar tomonidan jinoyat va fuqarolik ishlarini nazorat tartibida koʻrib chiqish institutini tugatib, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish boʻyicha vakolatlarini bekor qilish;

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida koʻrib chiqish boʻyicha bir-birini takrorlovchi vakolatlarini bekor qilish;

ishni nazorat tartibida koʻrib chiqadigan sudning ishni birinchi instansiya sudiga yoxud apellatsiya yoki kassatsiya instansiyasi sudiga yangidan koʻrib chiqish uchun yuborishga oid vakolatlarini aniqlashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

12.

Bir-birini takrorlovchi vakolat va instansiyalarni qisqartirish, shuningdek barcha sud instansiyalarida taraflarning tortishuvi prinsipini taʼminlash orqali jinoyat va fuqarolik ishlarini koʻrib chiqish tartibini takomillashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

13.

Fuqarolik ishlari boʻyicha sud tomonidan taraflar kelmaganda ishni koʻrib chiqish va sirtdan hal qiluv qarori chiqarish tartibini takomillashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

III. Fuqarolarning odil sudlovga erishish darajasini yanada oshirish

14.

Huquqni qoʻllash amaliyotini tanqidiy tahlil qilish, normativ-huquqiy va idoraviy hujjatlarni xatlovdan oʻtkazish asosida fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlariga tajovuz qilish holatlari yuzasidan zudlik bilan zarur choralar koʻrishni taʼminlashga qaratilgan takliflar tayyorlash.

Normativ-huquqiy hujjatlar va idoraviy hujjatlar loyihalari

2016-2017-yillar

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Milliy xavfsizlik xizmati

15.

Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini oʻz vaqtida hal etish, murojaatlarni qoʻrib chiqishda sansalorlik va befarq munosabatda boʻlish holatlariga yoʻl qoʻyganlik uchun jinoiy javobgarlikkacha boʻlgan javobgarlikning muqarrarligini taʼminlash, shuningdek buzilgan huquqlarni tiklash boʻyicha, jumladan quyidagilarni nazarda tutuvchi barcha zaruriy choralarni koʻrish:

idoralar rahbarlari tomonidan muntazam ravishda sayyor fuqarolar qabullarini oʻtkazish;

videokonferensaloqadan foydalangan holda fuqarolarni masofadan turib qabul qilishni tashkil etish;

mazkur sohada idoraviy nazoratni kuchaytirish.

Chora-tadbirlar rejasi

2017-yil

I chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, vazirlik va idoralar

16.

Faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va aholi bilan hamkorlik qilishning samarali mexanizmlarini keng qoʻllash, axborot xizmatlarining faoliyat toʻgʻrisidagi axborotni jamoatchilikka yetkazish boʻyicha faoliyatini takomillashtirish.

Idoraviy hujjatlar

2017-yil

I chorak

Vazirlik va idoralar

17.

Faoliyatni ish yakunlarining kompleks tahlili asosida rejalashtirish va tashkil etish, bunda eʼtiborni avvalo huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonun hujjatlarini takomillashtirish orqali tizimli huquqbuzarliklarning sabab va shart-sharoitlarini aniqlash hamda bartaraf etishga qaratish.

Idoraviy hujjatlar

2017-yil

I chorak

Vazirlik va idoralar

18.

Fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlariga soʻzsiz rioya etilishini taʼminlash, faoliyat samaradorligini oshirishga qaratilgan ilgʻor ilmiy-texnika vositalari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini, shuningdek ishni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullarini joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi

2017-yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi

19.

Jinoyatlarni oʻz vaqtida aniqlash va ularga chek qoʻyish samaradorligini taʼminlash maqsadida mamlakat mintaqalarida Toshkent shahar IIBBdagi kabi jinoyatlar haqida xabarlarni qabul qilishning avtomatlashtirilgan tizimini ishlab chiqish va joriy etish.

Chora-tadbirlar kompleksi, idoraviy hujjat

2017-yil mobaynida

Ichki ishlar vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

IV. Kadrlarni tanlash, malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish

20.

Yuksak axloqiy-irodaviy va kasbiy fazilatlarga ega, yuklatilgan vazifalarni va amalga oshirilayotgan islohotlarni samarali bajarilishini taʼminlashga qodir boʻlgan kadrlarni shaffof tanlov asosida ishga qabul qilish tizimini takomillashtirish.

Normativ-huquqiy hujjat loyihasi

2017-yil

II chorak

Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi

21.

Huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari xodimlari oʻrtasida suiisteʼmolchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika qilish va ularga chek qoʻyish boʻyicha idoraviy nazoratni kuchaytirish, odob-axloq qoidalariga ogʻishmay rioya etilishini taʼminlash.

Idoraviy hujjatlar va profilaktik chora-tadbirlar

2016-2017-yillar

Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Davlat bojxona qoʻmitasi, Davlat soliq qoʻmitasi

22.

Quyidagilar orqali sudyalik lavozimlariga nomzodlarni qayta tayyorlash, sudyalar malakasini oshirish tizimini yanada takomillashtirish:

xorijiy amaliyot va xalqaro standartlardan kelib chiqqan holda oʻqish va amaliyot oʻtash davrini uzaytirish orqali sudyalikka nomzodlarni tayyorlashga yangi talablarni qoʻyish;

sud amaliyotining dolzarb masalalarini muhokama qilish boʻyicha muntazam ravishda tadbirlar oʻtkazish shaklida sudyalarning malakasini oshirish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Moliya vazirligi

23.

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazi faoliyatini takomillashtirish, shu jumladan masofaviy taʼlimni amalga oshirish imkonini beruvchi zamonaviy videokonferensaloqa tizimi bilan jihozlangan uning hududiy filiallarini tashkil etish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni loyihasi

2017-yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

24.

Quyidagilarni:

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʻyicha davlat talablari;

Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom;

Adliya vazirligi huzuridagi Yuristlar malakasini oshirish markazining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash.

Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi

2017-yil

II chorak

Adliya vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oliy malaka komissiyasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Moliya vazirligi

25.

Bosh prokuratura Oliy oʻquv kurslari faoliyatini takomillashtirish maqsadida:

prokuror-tergov xodimlari malakasini uzluksiz oshirish va ularni qayta tayyorlashning samarali tizimini joriy qilish;

Oliy oʻquv kurslarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

III chorak

Bosh prokuratura, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

26.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda sud va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlarini idoralararo rotatsiya qilish tartibini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

sud va huquqni muhofaza qilish tizimi xodimlarining mazkur tizimdagi bir idoradan boshqasiga oʻtishda maxsus (harbiy) unvonlar nisbatini belgilash;

rotatsiya qilingan xodimlarning koʻp yillik xizmati, pul taʼminoti va pensiyasini hisoblashning optimal tartibini belgilash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi, qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

II chorak

Bo� prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Mehnat vazirligi

V. Odil sudlovning samaradorligi va sifatini oshirish

27.

Tergovning toʻliq emasligini sud muhokamasi jarayonida toʻldirish mexanizmlarini joriy etish orqali sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergov yuritishga qaytarish institutini bekor qilish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi

28.

Jinoyat protsessiga ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan jinoyatlar toʻgʻrisidagi ishlar boʻyicha sudgacha va sudda ish yuritishning soddalashtirilgan tartibini joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Ichki ishlar vazirligi

29.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini kengroq joriy etish boʻyicha takliflar tayyorlash:

xoʻjalik yurituvchi subyektlar oʻrtasidagi nizolar boʻyicha sudga murojaat qilishdan avval eʼtirozni majburiy taqdim etish tartibini oʻrnatish;

fuqarolik va xoʻjalik, shu jumladan shartnomaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini qoʻllashni kengaytirish;

Fuqarolik protsessual kodeksiga daʼvogar tomonidan javobgar bilan nizoni sudgacha hal qilish tartibiga rioya qilinmagan boʻlsa, agar qonun yoki shartnomada mazkur toifadagi nizolar uchun bunday tartib nazarda tutilgan boʻlsa, daʼvoni qabul qilishni rad etish tartibini kiritish;

hakamlik sudlari faoliyatini tashkil qilishning qonuniy asoslarini va ular tomonidan qonunchilikka rioya etilishi ustidan nazoratni takomillashtirish, hakamlik sudlariga qoʻyiladigan talablarni aniqlashtirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Savdo-sanoat palatasi

30.

Suddan tashqari fuqarolik va xoʻjalik nizolarini tartibga solishning asosiy tushunchalari, maqsadlari, vazifalari, mexanizmlarini belgilovchi “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2017-yil

III chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Savdo-sanoat palatasi

31.

Pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va eksgumatsiya qilish uchun sanksiya berish huquqini sudlarga oʻtkazish orqali “Xabeas korpus” institutini qoʻllash doirasini kengaytirish va tergov ishi yuritilishi ustidan sud nazoratini kuchaytirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

32.

Elektron tartibda sud va ijro ishini yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, shu jumladan protsess ishtirokchilari bilan oʻzaro elektron hamkorlikni amalga oshirish, videokonferensaloqadan foydalanishni, shuningdek protsessual harakatlarni video, audio qayd etishni, sud-tergov jarayonlarini stenogramma qilishning yangi turlarini kengroq joriy etish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshim�alar kiritish

2017-yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

33.

Ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan maʼmuriy ishlar va nizolarni koʻrib chiqish boʻyicha sud ish yurituvi amalga oshirilishini tartibga soluvchi “Maʼmuriy sud ishi yurituvi toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Bosh prokuratura

34.

Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini jismoniy va ijtimoiy himoya qilish boʻyicha davlat kafolatlarini taʼminlashni nazarda tutuvchi “Jabrlanuvchi, guvoh va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasini ishlab chiqish.

Qonun loyihasi

2017-yil

IV chorak

Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Bosh prokuratura

35.

Odil sudlovga erishish darajasini oshirishga qaratilgan fuqarolik daʼvolari boʻyicha davlat boji stavkalarini undirish tartibi va ularning miqdorlarini qayta koʻrib chiqish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

36.

Sudlarga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilganda muqobil ehtiyot choralarini qoʻllash huquqini berish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

I chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi

VI. Jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish

37.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda jinoyat va jinoyat-protsessual qonunchiligini yanada takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorla�:

yarashuv munosabati bilan jinoiy javobgarlikdan ozod qilish institutini kengaytirish;

alohida jinoyat tarkiblarini Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeks yurisdiksiyasiga oʻtkazish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

jinoyat ishini qoʻzgʻatish faqat jabrlanuvchining arizasiga koʻra amalga oshiriladigan jinoyat tarkiblari roʻyxatini kengaytirish;

sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini ularni qisqartirish nuqtai nazaridan qayta koʻrib chiqish;

voyaga yetmaganlar uchun nazarda tutilgan jinoiy jazolarni liberallashtirish, protsessual harakatlarni oʻtkazishda ularning huquqiy himoyasini kuchaytirish;

qilmishning jinoiyligini istisno etadigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonunni qoʻllash tartibini belgilash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

II chorak

Oliy sud, Bosh prokuratura, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

38.

Ijtimoiy foydali mehnatga jalb etish orqali axloq-tarbiyaviy taʼsir koʻrsatish choralarini kuchaytirishga qaratilgan “majburiy jamoat ishlari” tariqasidagi jinoiy jazoni kiritish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Bosh prokuratura, Oliy sud, Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati

VII. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish samaradorligini oshirish

39.

Oʻzbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual va Xoʻjalik protsessual kodekslariga:

davlat foydasiga mulkiy undiruvlar bilan bogʻliq ishlarni koʻrib chiqishda sudyalarning daʼvoni taʼminlash choralarini koʻrish majburiyatini;

sud hal qiluv qarorining ijro etish tartibi va usulini belgilash qismida sud hal qiluv qaroriga qoʻyiladigan, uning toʻgʻridan-toʻgʻri amal qilishini taʼminlaydigan talablarn�;

sudlar tomonidan ijro hujjatlarini yuborish muddatlarini;

davlat budjetiga undiruvlar boʻyicha ijro varaqalarini faqat sud ijrochilariga berishni nazarda tutadigan yagona tartibni;

sud hal qiluv qarorini ijro etish usuli va tartibini tushuntirish, oʻzgartirish toʻgʻrisidagi murojaatlarni koʻrib chiqish, ish yuritishni toʻxtatib turish, undiruvni qarzdorning boshqa shaxslarda turgan mol-mulkiga qaratish tartibini belgilash yoʻli bilan ijro ishini yuritish ustidan sud nazorati mexanizmlarini (koʻrib chiqish muddatlari, sud tarkibi, sud muhokamasi tartibi, chiqariladigan hal qiluv qarorining shakli);

sud hujjatlari ijrosini kechiktirish va boʻlib-boʻlib ijro etish asoslari va ularning eng koʻp muddatlarini;

kommunal qarzdorlik boʻyicha sud buyrugʻini chiqarish toʻgʻrisidagi arizaga ilova qilinadigan hujjatlarning kengaytirilgan roʻyxatini (qarzni uzish toʻgʻrisidagi talab, kommunal tarmoqdan uzib qoʻyish dalolatnomasi, isteʼmolchi bilan tuzilgan shartnoma, qarzdor tomonidan eʼtirof etilgan qarzdorlik hisob-kitobi, koʻchmas mulk egasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnoma va boshqalar);

xorijiy sudlar va arbitrajlarning qarorlarini eʼtirof etish va ijro etishning aniq protsessual tartibini (sudlovga tegishlilik, taqdim etiladigan hujjatlar roʻyxati, sud muhokamasi tartibi, qarorni eʼtirof etish va uning ijrosini rad etish asoslari) nazarda tutuvchi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Advokatlar palatasi

40.

Sud ijrochilarining shtat birligini koʻpaytirish va erishgan natijalarini hisobga olgan holda shaxsiy mukofotlash tartibini joriy qilish orqali ularning mehnatini moddiy ragʻbatlantirish darajasini oshirish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi

41.

Sud ijrochilari uchun xizmat kiyimi va transport namunalarini tasdiqlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining buyru�i

2017-yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi

VIII. Yuridik yordam va xizmat koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish

42.

Quyidagilarni nazarda tutgan holda advokatura institutini yanada takomillashtirish, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini samarali himoya qilishni taʼminlashda advokatning rolini kuchaytirish boʻyicha takliflar tayyorlash:

sud ishini yuritishda ishtirok etish uchun advokat orderini rasmiylashtirish va taqdim etish tartibini qayta koʻrib chiqish;

advokat soʻrovini koʻrib chiqish tartibi va muddatlarini aniqlashtirish;

fuqarolik va xoʻjalik nizolarini sudgacha hal qilish jarayonida advokat ishtirokining tartibi va asoslari;

advokatlik faoliyati uchun oʻrnatilgan soliq stavkalarini qayta koʻrib chiqish.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Advokatlar palatasi, Oliy sud, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi

43.

Notarial idoralar va FHDY organlari tomonidan yuridik xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish, shu jumladan:

notarial idoralarga elektron murojaat qilish;

koʻrsatilayotgan xizmatlar uchun davlat bojini toʻlash boʻyicha elektron toʻlovlar joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga va idoraviy hujjatlarga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

IV chorak

Adliya vazirligi, Markaziy bank, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Moliya vazirligi

44.

Kadrlarning barqaror zaxirasini shakllantirish va notarial harakatlar tezkorligini oshirish boʻyicha, shu jumladan:

lavozimida uch yillik stajga ega boʻlgan notarius yordamchisiga tegishli stajirovkani oʻtamasdan turib notarius lavozimini egallash uchun tanlovda ishtirok etish imkonini berish;

notarius yordamchisiga hujjat nusxalari toʻgʻriligini tasdiqlash vakolatini berish;

notariuslarni attestatsiyadan oʻtkazish va ularni davriy rotatsiya qilish tartibini joriy etishni nazarda tutadigan takliflar tayyorlash.

Qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish

2017-yil

III chorak

Adliya vazirligi

45.

Davlat organlarida yuridik xizmatning faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, shuningdek adliya organlari tizimida yuridik xizmatlar f�oliyatini muvofiqlashtirish va ularga uslubiy yordam koʻrsatish boʻyicha tuzilmalar tashkil qilish boʻyicha takliflar tayyorlash.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti qarori loyihasi

2017-yil

I chorak

Adliya vazirligi, Moliya vazirligi, manfaatdor vazirlik va idoralar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: normativ-huquqiy hujjatlar tegishli huquqiy munosabatlarni tartibga solish sohasi va predmetiga qarab qayta koʻrib chiqilishi yoki bir hujjatga birlashtirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 21-oktabrdagi PF-4850-son Farmoniga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish boʻyicha kompleks chora-tadbirlar dasturini amalga oshirish boʻyicha Komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

1.

Abdullayev I.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokurori, Komissiya raisi

2.

Murodov O.B.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi

3.

Kokanbayev B.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining birinchi oʻrinbosari

4.

Mirbabayev B.Sh.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining raisi

5.

Gaziyev Sh.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudining raisi

6.

Kamilov K.F.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy xoʻjalik sudining raisi

7.

Gulyamov Sh.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmati raisining birinchi oʻrinbosari

8.

Ikramov M.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri

9.

Axmedbayev A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri

10.

Abduxakimov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat vaziri

11.

Kasimov R.S.

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vaziri

12.

Mirzaxidov X.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri

13.

Parpiyev B.R.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining raisi

14.

Dusanov Z.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻm�tasining raisi

15.

Quchqorov J.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirining oʻrinbosari

16.

Rustambekov N.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining bosh inspektori

17.

Mavlonov B.M.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi inspektori

18.

�anayev U.U.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining yetakchi konsultanti

19.

Kamilov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Sudyalarni tanlash va lavozimlarga tavsiya etish boʻyicha oliy malaka komissiyasi Sud inspeksiyasining rahbari

20.

Axmedov R.T.

Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi raisi

21.

Shayxov A.E.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi raisi.

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: komissiya aʼzolari boshqa lavozimga oʻtganda, uning tarkibiga mazkur lavozimga yangi tayinlangan shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ShARH
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar sud-huquq sohasini demokratlashtirish va erkinlashtirishga, sud hokimiyatining fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi roli va ahamiyatini oshirishga zamin yaratdi.

Shu bilan birga, mamlakatni rivojlantirishning zamonaviy talablari va strategik ustuvor vazifalari sud-huquq tizimini yanada takomillashtirishni talab etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni mazkur sohadagi davlat siyosatini sifat jihatidan yangi bosqichga koʻtarib, quyidagi uchta asosiy ustuvor yoʻnalishlarni belgilab berdi:

sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash;

fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini kuchaytirish;

odil sudlovga erishish darajasini oshirish.

Mazkur ustuvor yoʻnalishlarni amalga oshirish maqsadida sud, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlarining muhim vazifalari etib:

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 112-moddasida belgilangan sudyalar mustaqilligi, ularning faqat qonunga boʻysunishi va odil sudlovni amalga oshirish borasidagi faoliyatiga aralashganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga ogʻishmay amal qilinishini taʼminlash;

fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga tajovuz qilish holatlari yuzasidan barcha zarur choralar�i koʻrish, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini koʻrib chiqish tartibini buzish va sansalorlikka yoʻl qoʻymaslik;

tegishli axborotni oʻz vaqtida jamoatchilikka yetkazish orqali faoliyatning ochiqligi va shaffofligini taʼminlash, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari hamda aholi bilan hamkorlik samaradorligini oshirish;

huquqni qoʻllash amaliyoti va amaldagi qonunchilikni takomillashtirish orqali tizimli kamchilik va qonun buzilishlarni aniqlash va bartaraf etish, ish faoliyatiga ilgʻor ilmiy-texnika vositalari hamda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish;

idoraviy nazoratni kuchaytirish, xodimlar oʻrtasida suiisteʼmolchilik va boshqa huquqbuzarliklarning oldini olish va ularga chek qoʻyish, kadrlar tarkibini sifat jihatidan yaxshilash, kadrlarni tanlashning eng munosib nomzodlarni ishga qabul qilishni taʼminlaydigan zamonaviy mexanizmlarini joriy etish belgilandi.

Farmonga muvofiq sud hokimiyatining chinakam mustaqilligini taʼminlash, kasbiy nufuzini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yurituvchi sud korpusini shakllantirish maqsadida ilk bor sudyalarning vakolat muddatlari qayta koʻrib chiqildi.

Xususan, sudyalik lavozimiga birinchi marotaba besh yil muddatga va keyin oʻn yil muddatga, shundan soʻng muddatsiz tayinlash (saylash)ni nazarda tutuvchi tartib joriy etildi.

Kiritilayotgan bu oʻzgartishlar xalqaro standartlar va rivojlangan demokratik davlatlarning ilgʻor tajribasiga toʻliq mos keladi.

Shu bilan birga, Farmon bilan 2017-yilning 1-aprelidan jinoyat, jinoyat-protsessual, fuqarolik protsessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquq va erkinliklari ustuvorligini taʼminlash, sud muhokamasini adolatli va oʻz vaqtida oʻtkazish, jazoning adolatli va insoniyligi kafolatlarini kuchaytirishni inobatga olgan holda odi� sudlov samaradorligini oshirishga qaratilgan bir qator oʻzgartishlar kiritilmoqda.

Jumladan, qamoq tarzidagi jinoiy jazo turi tugatilib, uning oʻrniga ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazoning muqobil turlarini qoʻllash imkoniyati kengaytirilmoqda.

Yaʼni jinoiy jazolar tizimidan nisbatan qattiq taʼsir choralaridan biri chiqarilayotganligi jinoiy jazolarni liberallashtirishga, huquqbuzarlarga nisbatan tarbiyaviy-tuzatish taʼsir choralarining ilgʻor shakl va uslublarini keng qoʻllash boʻyicha olib borilayotgan siyosatning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Jinoyat protsessida fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini kuchaytirish, jinoyat ishlarini tergov qilishning tezkorligini oshirish doirasida:

jinoyat sodir etishda gumon qilingan shaxslarni ushlab turish muddati 72 soatdan 48 soatga;

qamoqqa olish va uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot choralarini qoʻllashning, shuningdek jinoyat ishlari boʻyicha dastlabki tergovning eng koʻp muddatlari 1 yildan 7 oyga qisqartirilmoqda.

Ushbu choralarning joriy etilishi, bir tomondan, fuqarolarning erkinligini asossiz cheklash holatlaridan himoya qilinishini, ikkinchi tomondan, surishtiruv va tergov organlarining masʼuliyati va faoliyati samaradorligi oshishini taʼminlaydi.

“Xabeas korpus” instituti qoʻllanishini yanada kengaytirish doirasida prokurorlarning pochta-telegraf joʻnatmalarini xatlab qoʻyish va eksgumatsiya qilish kabi tergov harakatlarini oʻtkazishga sanksiya berish boʻyicha vakolatlari sudlarga oʻtkazilmoqda.

Bu oʻzgartishlar insonning shaxsiy huquq va erkinliklari daxlsizligi, ulardan sud qarorisiz mahrum etishga yoki ularni cheklab qoʻyishga hech kim haqli emasligi haqidagi Oʻzbekiston Respublikasi Ko�stitutsiyasi hamda xalqaro huquqning umumeʼtirof etilgan prinsip va normalariga toʻla mos keladi.

Bundan tashqari, sudga qamoqqa olish yoki uy qamogʻi tarzidagi ehtiyot chorasini qoʻllash rad etilgan taqdirda muqobil ehtiyot chorasini qoʻllash imkoniyati berilmoqda.

Sudda ish yuritish tezkorligi va sifatini oshirish, ish boʻyicha yakuniy qarorlar qabul qilish muddatlarini asossiz kechiktirishni bartaraf etish, sudlarning jinoyat protsessidagi rolini oshirishga qaratilgan yangilik sifatida sud tomonidan jinoyat ishini qoʻshimcha tergovga qaytarish institutining bekor qilinayotganligini alohida taʼkidlash joiz.

Fuqarolik ishi boʻyicha sud qarorini nazorat tartibida qayta koʻrib chiqish imkoniyatini beruvchi muddatning 3 yildan 1 yilga qisqartirilishi esa, fuqarolik huquqiy munosabatlarning barqarorligi, fuqarolik protsessi ishtirokchilarining huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini taʼminlashga xizmat qiladi.

Sud qarorlarining qonuniyligi va asosliligini qayta koʻrib chiqishning amaldagi tizimini takomillashtirish, shuningdek sud protsessi muddatlari va sifatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi ortiqcha oraliq instansiyalarni bartaraf etish maqsadida Farmonda viloyat darajasidagi sudlar tomonidan fuqarolik va jinoyat ishlarini nazorat tartibida qayta koʻrish boʻyicha bir-birini takrorlovchi instansiyalari tugatilib, oʻz navbatida, tegishli sud raislari va prokurorlarning nazorat tartibida protest keltirish vakolati bekor qilinishi nazarda tutildi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining ishlarni nazorat tartibida koʻrishga oid bir-birini takrorlovchi vakolatlari bekor qilinmoqda.

Ortiqcha va bir-birini takrorlovchi instansiyalarning bekor qilinishi aynan bir nazorat instansiyasi tomonidan ishlarning bir necha bor koʻrib chiqilishini oldini oladi, sud qarorlarining uzil-kesilligi va barqarorligini taʼminlab, fuqarolarning sudlarga boʻlgan ishonchini yanada oshiradi.

Shuningdek Farmonda viloyat xoʻjalik sudlarining qarorlarini oʻzlari tomonidan qayta koʻrish vakolatini cheklash maqsadida ushbu sudlar tizimida mintaqaviy apellatsiya sudlarini tashkil etish nazarda tutildi.

Farmonning sud hokimiyati mustaqilligi asoslarini mustahkamlovchi alohida ahamiyatli tomoni adliya organlarining umumiy yurisdiksiya sudlari faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash boʻyicha vazifa va vakolatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudiga oʻtkazilayotganidir.

Ushbu chora sudlarning mustaqilligi va ularning faoliyatiga aralashmaslikning qoʻshimcha kafolatlarini yaratadi.

Shu bilan birga, Farmonga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi, Oliy xoʻjalik sudi, Bosh prokuraturasi va boshqa manfaatdor idoralarga 2017-yil 1-iyulga qadar ilgʻor xorijiy tajribani oʻrgangan holda quyidagi masalalar boʻyicha asoslantirilgan takliflar tayyorlash topshirildi:

sud-prokuror xodimlarining malakasini oshirish va rahbar kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish;

protsessual harakatlarni amalga oshirishda voyaga yetmaganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, jinoiy jazolarni liberallashtirish, shuningdek sudlanganlik holatini tugatish va sudlanganlikni olib tashlash muddatlari va asoslarini qayta koʻrib chiqish;

oʻzbek xalqining ezgulik va rahmdillik kabi koʻp asrlik anʼanalariga mos boʻlgan yarashuv institutini jinoyat protsessida qoʻllash doirasini kengaytirish. Bu norma qonunni chetlab oʻtgan, sodir etgan qilmishidan pushaymon boʻlgan va yetkazilgan ziyonni qoplagan fuqarolarni javobgarlikdan ozod qilish imkonini beradi;

ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan ayrim turdagi jinoyat tarkiblarini �inoyat toifasidan chiqarish;

jabrlanuvchining arizasi asosida jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi mumkin boʻlgan jinoyat tarkiblari roʻyxatini kengaytirish;

elektron tartibda sud va ijro ishi yuritishning zamonaviy shakl va usullarini, odil sudlovga erishishning ilgʻor mexanizmlarini joriy etish orqali odil sudlov sifatini oshirish. Bu tashabbusning amalga oshirilishi sud faoliyatining samaradorligiga, shuningdek “Elektron hukumat toʻgʻrisida”gi Qonunni amalga oshirish doirasida respublikani rivojlantirishning zamonaviy bosqichi talablariga toʻliq asoslangan odil sudlovning jamoatchilik uchun ochiqligi, shaffofligi va erkinligi prinsiplarini hayotga izchil tatbiq etishga xizmat qiladi.

Bundan tashqari, qonuniylikni taʼminlashda hamda mamlakatimizda islohotlarni samarali roʻyobga chiqarishda yuridik xizmatlar rolini oshirish maqsadida davlat organlarining yuridik xizmatlari faoliyatini yanada takomillashtirishga doir aniq chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.

Qayd etilgan asosiy vazifalar va yangi normalarni hayotga tatbiq etish uchun Farmon bilan sud-huquq tizimini rivojlantirish borasida 8 ta eng ustuvor sohalar boʻyicha 45 ta aniq tadbirlarni amalga oshirishni nazarda tutuvchi Kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Farmonni ijro etish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, Jinoyat, Jinoyat-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xoʻjalik protsessual kodekslari va bir qator boshqa qonun hujjatlariga zarur oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritiladi.

Inson huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini izchil takomillashtirish va mustahkamlash maqsadida umumeʼtirof etilgan xalqaro standartlar asosida bir qator alohida qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoyat protsessining boshqa ishtirokchilarini himoya qilish toʻgʻrisida”gi, “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi, “Maʼmuriy sudlov ishlarini yuritish toʻgʻrisida”gi qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.

Ushbu dasturiy hujjatning amalga oshirilishi mamlakatning sud-huquq tizimi faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini taʼminlash, shuningdek aholining odil sudlovga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash imkonini beradi.

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 43-son, 497-modda)