O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining
Qarori
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga o‘zgartirishlar kiritish haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-iyunda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2182-2]
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirligi, Mehnat vazirligi, Moliya vazirligining 2017-yil 6-fevraldagi 1-2017, 4-q/q, 13-sonli “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2859, 21.02.2017-y.) asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2012-yil 24-iyuldagi PF-4456-son “Oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi, 2016-yil 22-fevraldagi PF-4782-son “Aholining hojatmand qatlamlarini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda tibbiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonlariga hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 19-iyundagi 164-son “Xizmatchilarning asosiy lavozimlari va ishchilar kasblarining yangilangan klassifikatorini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi va Moliya vazirligining 2010-yil 15-dekabrdagi 485/1, 200-KK, 107-son “Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga (ro‘yxat raqami 2182, 2011-yil 14-yanvar) (O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 3-son, 25-modda) ilovaga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur qaror rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri A. VAXABOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-may,
2-2016-son
Mehnat vaziri A. ABDUXAKIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-may,
15-Q/Q-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2016-yil 30-may,
41-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Mehnat vazirligi va Moliya vazirligining 2016-yil 30-maydagi 2-2016, 15-Q/Q, 41-son qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
1. Qarorning 2-bandida:
a) ikkinchi xatboshidagi “bo‘yicha 2010-yil uchun tasdiqlangan shtatlar jadvallarida ko‘zda tutilgan xodimlar soni doirasida, boshqaruv xodimlarining belgilangan cheklangan soniga rioya qilgan holda” degan so‘zlar “hisobidan” degan so‘z bilan almashtirilsin;
b) to‘rtinchi xatboshidagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan so‘zlar “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2. Oliy ta’lim muassasalari boshqaruv, texnik, xizmat ko‘rsatuvchi va o‘quv-yordamchi xodimlarining namunaviy shtatlarida:
a) I bobning 12 — 15-pozitsiyalari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
|
“ |
12. |
Ilmiy kengashning ilmiy kotibi |
mazkur Namunaviy shtatlarning ilovasiga muvofiq belgilanadi |
||||||||||||
|
13. |
Oliy ta’lim muassasasi kengashi kotibi |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
||
|
14. |
Yuriskonsult (yurist) |
1 |
1 |
1 |
1 |
||||||||||
|
15. |
Katta yuriskonsult (yurist) |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
1 |
”; | |||||
b) ilovada:
2 — 4, 16, 52 va 54-bandlardagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi” degan so‘zlar “Mehnat vazirligi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
uchinchi xatboshidan “stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“OTMda fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengashlarning mavjudligi.”;
9-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“9. Ilmiy kengashning ilmiy kotibi lavozimi fan doktori ilmiy darajasini beruvchi ilmiy kengash tashkil etilgan OTM uchun 1 birlik sonida kiritiladi.”;
10-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin;
14-banddan “stajor-tadqiqotchi-izlanuvchi va” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
55-banddagi “Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining” degan so‘zlar “Mehnat vazirligining” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2016-y., 25-son, 312-modda)