20.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2803
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 20.06.2016 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2803
Kuchga kirish sanasi
27.09.2016
Hujjat 27.09.2016 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomani tasdiqlash haqida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2016-yil 20-iyunda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2803]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirishga doir chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan buyuraman:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnoma ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran uch oy oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq B. GULYAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 20-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54-son

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2016-yil 20-maydagi 54-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YOʻRIQNOMA

Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida”gi Qonuni hamda Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq, portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda (bundan buyon matnda tashkilot deb yuritiladi) portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-bob. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Yoʻriqnomada quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar — sanoat maqsadidagi portlovchi moddalar va portlatish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasi — portlovchi moddalarni, shu jumladan ularni qoʻllagan holda materiallar va mahsulotlarni, shuningdek portlatish vositalarini yaratish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash va realizatsiya qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Yoʻriqnoma talablari Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy xavfsizlik xizmati tuzilmalarga kiruvchi tashkilotlardan tashqari, portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi barcha tashkilotlarga nisbatan tatbiq etiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish ushbu holatning yuzaga kelish sabablarini aniqlash maqsadida va faqat shu holatlarni oʻrganish doirasida oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotda portlovchi materiallar yoʻqolganda tashkilot rahbari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan joydagi ishni vaqtincha toʻxtatib turishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish boshlangunga qadar portlovchi materiallar yoʻqolgan joydagi dastlabki holatni saqlab turishi va uning qoʻriqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan portlovchi materiallarni qidirib topish hamda qaytarishga qaratilgan tezkor choralar koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining tegishli mintaqaviy inspeksiyasiga (bundan buyon matnda mintaqaviy inspeksiya deb yuritiladi), hududiy ichki ishlar organiga, Milliy xavfsizlik xizmatining hududiy boʻlinmasiga hamda yuqori turuvchi organiga (oʻzi boʻysunuvchi tashkilotga) (agar mavjud boʻlsa) zudlik bilan tezkor xabar yuborishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish hamda ularning oldini olish choralarini koʻrishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirishda ishtirok etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolishining hisobini yuritishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Portlovchi materiallar yoʻqolganligi haqidagi tezkor xabarda quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan sana, vaqt va joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori va xossalari;

portlovchi materiallar yoʻqolishining qisqacha tafsiloti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi materiallarning yoʻqolishi haqidagi tezkor xabar tashkilot rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mintaqaviy inspeksiya, hududiy ichki ishlar organi hamda Milliy xavfsizlik xizmatining hududiy boʻlinmasi tezkor xabar kelib tushganda, bu haqda yuqori turuvchi organini darhol xabardor qilishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish xarajatlarini moliyalashtirish tashkilot tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-bob. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirishni tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻining (boshliq oʻrinbosarining) buyrugʻi bilan tuziladigan mintaqaviy inspeksiya vakili raislik qiladigan Portlovchi materiallarning yoʻqolishi sabablarini texnik jihatdan tekshirish komissiyasi (bundan buyon matnda Komissiya deb yuritiladi) tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori, xossalari, yoʻqolgan joy va boshqa holatlardan kelib chiqib “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakili raislik qiladigan tarkibda tuzilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Komissiya tarkibiga:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishlicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, viloyat ichki ishlar boshqarmasi yoxud Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi (bundan buyon matnda hududiy ichki ishlar boshqarmasi deb yuritiladi) vakili (vakillari) (Komissiyaga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining vakili raislik qilganda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi vakili (vakillari);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan tashkilot vakili (vakillari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan tashkilotning yuqori turuvchi organi (agar mavjud boʻlsa) vakili (vakillari) kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, Komissiya tarkibiga tegishli davlat yoki xoʻjalik boshqaruvi yoxud mahalliy davlat hokimiyati organi vakili (vakillari) ham kelishuv asosida kiritilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Texnik jihatdan tekshirishga portlovchi materiallarning muomalasi sohasidagi va boshqa tegishli sohalardagi ekspert tashkilotlari, ekspertlar va mutaxassislar kelishuv asosida jalb etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Komissiya portlovchi materiallarning yoʻqolganligi haqida mintaqaviy inspeksiyaga tezkor xabar kelib tushgan kundan boshlab bir kun ichida tuzilishi (Komissiyani tuzish haqidagi tegishli buyruq qabul qilinishi) lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Komissiyani tuzish haqidagi buyruq qabul qilingan kuni uning nusxasi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatiga yuboriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Komissiyani tuzish haqidagi buyruq qabul qilingan kunning ertasidan kechiktirmay Komissiya aʼzolari tashkilotga yetib kelishi va oʻz faoliyatini darhol boshlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish muddati 15 kundan oshmasligi lozim. Yuz bergan holatni qoʻshimcha ravishda oʻrganish talab etilgan hollarda, texnik jihatdan tekshirish muddati Komissiya raisining asoslantirilgan yozma murojaatiga asosan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi tomonidan qoʻshimcha ravishda 30 kungacha uzaytirilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Komissiya tomonidan portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan joy koʻzdan kechiriladi, bunda koʻzdan kechirish natijalari yuzasidan bayonnoma tuziladi, joyning chizmasi chiziladi, joy suratga olinadi, zarur hollarda, videotasvirga tushiriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori va xossalari aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasiga masʼul boʻlgan tashkilot xodimlari, guvohlar va tashkilotning mansabdor shaxslari bilan soʻrov oʻtkaziladi va ulardan yozma ravishda tushuntirish olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolishining dastlabki holatlari va ushbu holatlar yuzaga kelishi sabablari tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishi sabablari boʻyicha jalb qilingan ekspert va mutaxassislarning yozma xulosalari olinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish nazorati faoliyati tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnologik jarayonlarning buzilishi holatlari hamda uskunalardan foydalanish shart-sharoitlari aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasiga masʼul boʻlgan tashkilot xodimlarining mutaxassisligi va malakasi ularning egallab turgan lavozimiga muvofiqligi oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishi sabablari hamda ularni keltirib chiqargan shart-sharoitlar aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi ahvoli tahlil qilinadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar aniqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish boʻyicha tashkilot uchun bajarilishi majburiy boʻlgan chora-tadbirlarni ishlab chiqadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishi natijasida yetkazilgan taxminiy moddiy zarar oʻrganiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishi tafsilotlari va sabablarini toʻla-toʻkis va obyektiv yoritishga qaratilgan boshqa choralar koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirishda Komissiya:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotning ish faoliyatiga xalaqit bermasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davlat va tijorat sirlarining saqlanishini taʼminlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
huquqbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda, ularni bartaraf etish va aybdor shaxslarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortish choralarni koʻrishi majburdir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tashkilotning mansabdor shaxslari yoʻqolgan portlovchi materiallarga oid zarur boʻlgan barcha hujjatlar va maʼlumotlarni texnik jihatdan tekshirish jarayonida oʻrganish uchun Komissiyaga taqdim etishi shart. Komissiya aʼzolari tomonidan soʻralgan hujjatlar asl nusxada taqdim etilishi lozim. Zarur hollarda, Komissiya tomonidan hujjatlardan nusxa olinishi mumkin. Taqdim qilingan hujjatlardagi yozuvlarni oʻchirish va unga tuzatishlar kiritish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Portlovchi materiallarning yoʻqolishi oqibatida yetkazilgan iqtisodiy zarar tashkilot tomonidan hisoblab chiqiladi hamda tashkilot rahbari va bosh buxgalteri (buxgalteri) tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-bob. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish natijalarini rasmiylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Komissiya portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish natijalarini dalolatnoma (bundan buyon matnda dalolatnoma deb yuritiladi) bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Dalolatnomada quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalolatnoma tuzilgan sana va joy nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan tashkilotning tashkiliy-huquqiy shakli koʻrsatilgan toʻliq nomi, joylashgan yeri (pochta manzili), telefon va faks raqamlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilot rahbarining familiyasi, ismi, otasining ismi, pasport seriyasi va raqami, doimiy yashash joyi manzili;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisi va aʼzolarining familiyasi, ismi, otasining ismi hamda lavozimlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolgan joyning umumiy tavsifi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori va xossalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolishining tafsilotlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
surishtiruv davomida topilgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori va xossalari hamda kim tomonidan, qachon va qanday holatlarda topilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolishining texnik va tashkiliy sabablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etilishi ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan shaxslar va ularga tegishli javobgarlik choralarini qoʻllash boʻyicha xulosalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar (bajarish muddati va bajarish uchun masʼul shaxslarni koʻrsatgan holda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish davomida aniqlangan boshqa muhim maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Dalolatnoma Komissiyaning barcha aʼzolari tomonidan imzolanadi. Dalolatnomani imzolashdan bosh tortgan Komissiya aʼzosi oʻz fikrini yozma ravishda taqdim qilishi lozim. Bunda Komissiya aʼzosining yozma ravishda taqdim qilgan fikri dalolatnomaga ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Dalolatnomaning bir nusxasi imzolangandan soʻng, tashkilot rahbariga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar alohida yigʻmajildda quyidagi tartibda joylashtiriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyani tuzish haqidagi buyruq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar yoʻqolishining sabablari va holatlarini oʻrganish yuzasidan tuzilgan bayonnomalar, chizmalar va ularga ilova qilingan materiallar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasiga masʼul boʻlgan tashkilot xodimlari, guvohlar va tashkilotning mansabdor shaxslari tomonidan berilgan yozma tushuntirishlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiya raisining ekspert va mutaxassislarni jalb etish toʻgʻrisidagi (agar mavjud boʻlsa) va boshqa qarorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jalb qilingan ekspert va mutaxassislarning portlovchi materiallar yoʻqolishining sabablari boʻyicha yozma xulosalari (agar mavjud boʻlsa);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish nazorati faoliyatining yozma tahlili;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasiga masʼul boʻlgan tashkilot xodimlarining mutaxassisligi va malakasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkilotda mavjud boʻlgan va yoʻqolgan portlovchi materiallarning hisobiga oid hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning muomalasiga masʼul boʻlgan tashkilot xodimlarining tegishli mutaxassisliklar (ishlar, lavozimlar) boʻyicha ixtisoslashtirilgan kurslarda oʻqiganligini tasdiqlovchi hujjatlari (agar mavjud boʻlsa) hamda lavozim yoʻriqnomalaridan koʻchirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning kirimi va chiqimi hamda berilishi va qaytarilishi hisobini yuritish kitoblaridan koʻchirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallar muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlar talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar haqida maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
talablari buzilgan portlovchi materiallar muomalasi sohasidagi normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlardan (tegishli tuzilmaviy birligi koʻrsatilgan holda) koʻchirmalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishi natijasida yetkazilgan moddiy zarar aks ettirilgan hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish davomida rasmiylashtirilgan boshqa hujjatlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish dalolatnomasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻmajildda unga kiritilgan hujjatlarning roʻyxati koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Tashkilot rahbari portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish boʻyicha rasmiylashtirilgan hujjatlar yigʻmajildining nusxasini:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga (“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakili Komissiya raisi boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli mintaqaviy inspeksiyaga hamda hududiy ichki ishlar boshqarmasiga (mintaqaviy inspeksiya vakili Komissiya raisi boʻlganda) yuborilishini taʼminlaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yigʻmajildining nusxalari yuborilganligini tasdiqlovchi hujjatlar tashkilot rahbari tomonidan Komissiya raisiga taqdim etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Zarurat boʻlganda, yigʻmajildining nusxasi Komissiya raisi tomonidan boshqa tashkilotga (tashkilotlarga) ularning soʻroviga asosan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish yakunlangandan soʻng, tashkilot rahbari tomonidan 3 kun ichida Komissiya xulosasiga asosan portlovchi materiallarning yoʻqolishiga olib kelgan sabab va shart-sharoitlarni bartaraf etish va kelgusida bunday holatlarga yoʻl qoʻyilishining oldini olish boʻyicha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlanadi hamda portlovchi materiallarning yoʻqolishida aybdor boʻlgan xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasini qoʻllash boʻyicha buyruq chiqariladi. Bunda tasdiqlangan chora-tadbirlar rejasi va qabul qilingan buyruqning nusxasi 1 kun ichida mazkur Yoʻriqnomaning 24-bandida nazarda tutilgan tashkilotlarga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-bob. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini hisobga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Tashkilot tomonidan portlovchi materiallarning yoʻqolishi yuz bergan har bir holat mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladigan Portlovchi materiallarning yoʻqolishini hisobga olish jurnalida hisobga olinishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini hisobga olish jurnali raqamlangan, ip oʻtkazib tikilgan va tashkilot rahbari tomonidan imzolanib, muhrlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur jurnal tashkilot rahbari tomonidan tayinlangan masʼul shaxs tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Portlovchi materiallarning yoʻqolishini hisobga olish jurnali toʻliq toʻldirilguncha yuritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-bob. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mazkur Yoʻriqnoma Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Mudofaa vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri A. AXMEDBAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 16-may

Mudofaa vaziri K. BERDIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 16-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Favqulodda vaziyatlar vaziri T. XUDAYBERGENOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 18-may

Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2016-yil 18-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Portlovchi materiallarning muomalasi sohasida faoliyatni amalga oshiruvchi tashkilotlarda portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish va hisobga olish tartibi toʻgʻrisidagi yoʻriqnomaga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

__________________________________________________ da

(tashkilotning nomi)

PORTLOVCHI MATERIALLARNING YOʻQOLISHINI HISOBGA OLISH

JURNALI

Yuritilishi boshlandi: 20 ____ yil “____”______________.

Yuritilishi tugatildi: 20 ____ yil “____”______________.

T/r

Portlovchi materiallarning yoʻqolishi sanasi va vaqti

Portlovchi materiallarning yoʻqolishi sababi (yoʻqolish, talon-toroj, tashlab yuborish)

Portlovchi materiallarning yoʻqolgan joy (obyekt, portlatish ishlari olib borilgan joyning nomi)

Portlovchi materiallarning yoʻqolgan boʻlinma nomi (sex, uchastok, guruh)

Yoʻqolgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori va xossalari

Portlovchi materiallarning yoʻqolishi boʻyicha qisqacha tafsilot

Portlovchi materiallar yoʻqolishining holatlari va shart-sharoitlari

Portlovchi materiallarning yoʻqolishini texnik jihatdan tekshirish natijalari boʻyicha qisqacha tavsif

Topib qaytarilgan portlovchi materiallarning turi, nomi, miqdori
va xossalari

Izoh

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2016-y., 25-son, 310-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.10.2019-y., 10/19/2803-1/3904-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 16.06.2023-y., 10/23/2803-2/0383-son; 23.02.2026-y., 10/26/2803-3/0168-son)