Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019 11.05.2011 yildagi 131-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 02.02.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASI HUZURIDAGI YER QA’RINI GEOLOGIK O‘RGANISh, SANOATDA, KONChILIKDA VA KOMMUNAL-MAIShIY SEKTORDA IShLARNING BEXATAR OLIB BORILIShINI NAZORAT QILISh DAVLAT INSPEKSIYASI TUZILMASINI YaNADA TAKOMILLAShTIRIShGA DOIR ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 1-fevraldagi 75-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Geologiya-qidiruv ishlarini tashkil etish va olib borish tizimi samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2010-yil 27-avgustdagi PQ-1396-son qaroriga muvofiq hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tuzilmasini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining tashkiliy tuzilmasi, uning markaziy apparatining xodimlarning cheklangan umumiy soni 29 nafar, shu jumladan boshqaruv xodimlari 22 nafar bo‘lgan tuzilmasi 1 va 2-ilovalarga muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi Yer qa’rini geologik o‘rganish davlat nazorati boshqarmasining arxiv hujjatlarini va mol-mulkini “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi balansiga belgilangan tartibda tekin bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 4-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi bir oy muddatda O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya qo‘mitasi, Adliya vazirligi hamda boshqa vazirliklar va idoralar bilan birgalikda idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni belgilangan tartibda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari O‘.I. Ibragimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2011-yil 11-may,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TAShKILIY TUZILMASI

* shtatdagi xodimlar soni mintaqaviy inspeksiyalar xodimlarini o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
** xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar mablag‘lari hisobiga ta’minlanadi va ularning shtatdagi xodimlari soniga kiritilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*** xo‘jalik hisobidagi tashkilotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi markaziy apparati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TUZILMASI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi (keyingi o‘rinlarda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi deb ataladi) sanoat va radiatsiya xavfsizligi, kon munosabatlari sohasidagi, respublika hududidagi barcha yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilishga doir qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya etishlari yuzasidan davlat nazoratini, shuningdek davlat tomonidan tartibga solish bo‘yicha boshqa chora-tadbirlarni amalga oshiruvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari O‘zbekiston Respublikasining sanoat xavfsizligi sohasidagi davlat boshqaruvi organlarining yagona tizimini tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mintaqaviy inspeksiyalar mahalliy davlat hokimiyati organlaridan mustaqil hisoblanadi va bevosita “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga bo‘ysunadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, ushbu Nizomga hamda boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga amal qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining sanoat va radiatsiya xavfsizligi, kon munosabatlari, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha o‘z vakolati doirasida qabul qilgan qarorlari vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar tomonidan bajarilishi majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi, xalqaro bitimlar asosida boshqa davlatlarning davlat nazorat organlari bilan o‘zaro ish olib boradi va hamkorlik qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi, uning tarmoq va mintaqaviy inspeksiyalari faoliyatini moliyalashtirish “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga budjetdan ajratiladigan mablag‘lar doirasida O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari, xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga idoraviy mansub tashkilotlarning o‘z faoliyatidan olingan daromadlari, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi va unga idoraviy mansub tashkilotlar yuridik shaxslar hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining vazifalari va funksiyalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Quyidagilar “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik va jismoniy shaxslarning sanoat va radiatsiya xavfsizligi, gaz ta’minoti, yer qa’rini geologik o‘rganishda yer osti boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash, shuningdek kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmati bilan ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga rioya qilishlari yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, shuningdek kon nazorati sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz xo‘jaligi tizimida hamda ko‘p kvartirali turar joylar va respublika kommunal-maishiy obyektlarining gaz ta’minotida xavfsizlik ta’minlanishini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqish va belgilangan tartibda qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi ekspertizasi, sanoat xavfsizligi sohasida faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimlarini joriy etish hamda ularning faoliyati va rivojlantirilishini ta’minlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish doirasida quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) nazorat-profilaktika faoliyati sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar bilan kelishgan holda ishlab chiqarishlar (texnologiyalar), obyektlar, asbob-uskunalar hamda potensial xavfli ishlab chiqarishlar va texnologiya obyektlariga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlar ro‘yxatini belgilaydi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlarini olib borishda va kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Nazorat-taftish boshqarmasi mutaxassislarini, korxonalar va ilmiy muassasalarning soha bo‘yicha ekspertlarini jalb etgan holda geologiya-qidiruv ishlari hajmi, sifati va ushbu ishlar natijalarining haqqoniyligini belgilangan tartibda mustaqil tekshirishlarni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydalanish uchun litsenziya berilgan yer qa’ri uchastkalarida dastlabki tekshirish o‘tkazadi, shuningdek keyinchalik foydali qazilmalar qazib olishning kelishilgan hajmlariga va konlardan foydalanish tartibiga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Foydali qazilmalar zaxiralari bo‘yicha davlat komissiyasi tomonidan zaxiralarni tasdiqlashda qabul qilingan qarorlar va xulosalarning yer qa’ridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mineral xomashyoni qazib olishda va qayta ishlashda foydali qazilmalarning normativdan ortiqcha yo‘l qo‘yilgan yo‘qotishlarini aniqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
korxonalar, harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi, kon favvoralariga qarshi kurashish bo‘linmalari, gazdan qutqarish va avariya-dispetcherlik xizmatlarining sodir bo‘lish ehtimoli bo‘lgan avariyalarning tarqalishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda ularning oqibatlarini tugatishga tayyorligini nazorat qiladi, shuningdek ko‘rsatib o‘tilgan bo‘linmalarni joylashtirish sxemalarini kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismiga tezkor va metodik rahbarlikni amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyotning tegishli tarmoqlarida sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlaydi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “a” kichik bandining o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi ekspertizasini tashkil etadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylar va kommunal-maishiy obyektlarning gaz xo‘jaligi tizimida sanoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kommunal-maishiy korxonalar xizmatlari tomonidan normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarning bajarilishini tekshiradi va monitoringini olib boradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z nazoratidagi korxonalar va obyektlarni foydalanishga qabul qilish davlat komissiyalari tarkibida qatnashish uchun vakillarni tayinlaydi, ushbu obyektlarda foydalanish uchun qabul qilish qoidalariga rioya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida respublika darajasida ionlovchi nurlanish manbalarining davlat tomonidan hisobga olish va nazorat qilishni, milliy reyestri yuritilishini ta’minlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektlarining davlat reyestrida xavfli ishlab chiqarish obyektlari hisobini yuritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuqori texnogen xavfli hududlarning davlat kadastri yuritilishini muvofiqlashtiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektidan foydalanishga, nazoratdagi obyektlarda avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishning oldini olish bo‘yicha tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirishga tashkilotlarning tayyorligini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi deklaratsiyalarini ishlab chiqish va taqdim etishning to‘g‘riligi monitoringini amalga oshiradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlayotgan va qurilayotgan xavfli ishlab chiqarish obyektlari sanoat xavfsizligining deklaratsiya etilishini nazorat qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz nazorati obyektlarini, bosim ostida ishlovchi bug‘ va suv isitish qozonlarini, idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini va ko‘tarish inshootlarini ro‘yxatdan o‘tkazadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariyalar va ishlab chiqarishda jarohatlanishlarning oldini olish maqsadida sanoat, radiatsiya xavfsizligi va yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish talablarini targ‘ib qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) normativlarni tartibga solish sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiya qilish hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi boshqa masalalar bo‘yicha normativ-huquqiy va normativ-texnik hujjatlarni ishlab chiqadi va belgilangan tartibda qabul qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatda ishlarni bexatar olib borish, asbob-uskunalarni loyihalash, tayyorlash, qurish va ishlatish, yer qa’rini geologik o‘rganishda ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish va mineral xomashyoni qayta ishlash bo‘yicha talablardan iborat bo‘lgan davlat standartlari hamda boshqa normativ hujjatlar loyihalarini ko‘rib chiqadi va belgilangan tartibda kelishib oladi, shuningdek ushbu masalalar bo‘yicha qoida va normalarni tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlarini qazib oluvchi korxonalar va obyektlarni tugatish va konservatsiya qilishda yer qa’ri boyliklaridan foydalanuvchilar tomonidan bajarilishi kerak bo‘lgan texnik talablarni belgilaydi (ishlarning xavfsizligi, foydali qazilmalar konlarini ishga tushirishda yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish hamda iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga yaroqli bo‘lgan kon mahsulotlarini saqlash qismi bo‘yicha);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) ruxsat berish faoliyati sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
o‘z vakolatlari doirasida faoliyatning ayrim turlariga litsenziyalar beradi;
(9-band “v” kichik bandining ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatlariga kiruvchi alohida ish turlariga belgilangan tartibda ruxsatnomalar beradi va ularni bekor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydali qazilmalar konlarini qazib olish uchun, shuningdek foydali qazilmalar qazib olish bilan bog‘liq bo‘lmagan yer osti inshootlari qurilishi va ulardan foydalanish uchun kon ajratish dalolatnomalarini beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qazib olish jarayonida qazib olingan va yo‘qotilgan foydali qazilmalar zaxiralarini qazib olish korxonalari hisobidan chiqarishni kelishib oladi;
(9-bandning “v” kichik bandi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologiya-qidiruv ishlari loyihalarini, kon qazuvchi va qayta ishlovchi korxonalarning texnik loyihalarini, foydali qazilmalarni qidirish va qazib olishda ishlarni bexatar olib borish yuzasidan texnik yechimlarga doir kon ishlari rejalarini, mineral xomashyoni qazib olish va qayta ishlashda foydali qazilmalarning kamayishi va maydalashuvi normativlarini kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxtalar (konlar)ning bir toifadan boshqa toifaga o‘tkazilishini tasdiqlaydi va kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
neft-gaz quduqlarini foydalanishga, tugatishga va konservatsiyaga berish dalolatnomalarini kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarning ayrim mas’uliyatli texnologik bosqichlarini, texnologik reglamentlarni va boshqalarni olib borish ish rejalarini kelishib oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratdagi obyektlarda sanoat xavfsizligi va yer qa’rini muhofaza qilish bo‘yicha xorijiy texnologiyalar va asbob-uskunalarni qo‘llanish to‘g‘risidagi ekspertiza xulosasini ko‘rib chiqadi va tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspertiza tashkilotlarini belgilangan tartibda akkreditatsiya qiladi va ularning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
Oldingi tahrirga qarang.
(9-bandning “v” kichik bandi o‘n ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 1-noyabrdagi 313-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2012-y., 44-son, 507-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda qonun hujjatlariga muvofiq xulosalar beradi va ularning nazoratini amalga oshiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band “v” kichik bandining o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 784-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’rini geologik o‘rganish, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilish masalalari bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar hamda mutaxassislar tayyorlash dasturlarini shakllantirishda va kelishib olishda qatnashadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va radiatsiya xavfsizligi hamda yer qa’rini muhofaza qilish sohasida xavfli ishlab chiqarish obyektlari xodimlarini tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish (bilimlarini tekshirish) tartibini belgilaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) xalqaro hamkorlik sohasida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoatda ishlarni bexatar olib borishni nazorat qilish, kon nazorati, atom energetikasi va ilmiy tadqiqotlar sohasida xalqaro hamkorlikni amalga oshiradi, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha xalqaro tashkilotlar, boshqa mamlakatlarning tegishli nazorat organlari bilan belgilangan tartibda aloqa o‘rnatadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish sohasidagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi majburiyatlarining bajarilishini ta’minlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Davlat inspeksiyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘mir, kon-ruda va noruda, kimyo, metallurgiya, neft va gaz qazib olish, neft va gazni qayta ishlash sanoatida, geologiya-qidiruv ishlarida, magistral neft-gaz va ularni uzatish quvurlarida, ishlab chiqarish jarayonida gazdan foydalanishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan obyektlarda, donni saqlash hamda qayta ishlash obyektlarida, yer ostida transport va gidrotexnika qurilishlarini olib borishda, portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan qurilish obyektlarida va boshqa tarmoqlarning xavfli ishlab chiqarish obyektlarida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat portlovchi moddalari va portlatuvchi vositalarni ishlab chiqarish, saqlash, ishlatish va hisobga olishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz, neft va ularning mahsulotlari uzatiladigan magistral quvurlarni, shaharlar va aholi yashash joylarini, ko‘p kvartirali uy-joylarni gaz bilan ta’minlash tizimlarini, shuningdek neft mahsulotlarini, tabiiy va suyultirilgan (propan-butan) gazlarni tashish, saqlash va ulardan foydalanish bilan bog‘liq obyektlarni loyihalash, qurish, ishlatish va ta’mirlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qa’ri boyliklaridan foydalanishda va ularni muhofaza qilishda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda, shu jumladan uglevodorod konlarini qidirishda, neft va gaz quduqlarini qazishda, ularni sinab ko‘rishda va ishlatishga tayyorlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
portlash va yong‘in xavfi bo‘lgan, nazorat ostidagi ishlab chiqarishlar hamda obyektlarni qurishda, rekonstruksiya qilishda, ulardan foydalanishda va ularni ta’mirlashda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
radioaktiv materiallar va rudalarni (vakolatiga ko‘ra), ionlovchi nurlanish manbalari mavjud bo‘lgan buyumlarni tashish, saqlash, ulardan foydalanish va ularni ko‘mib tashlash, qazib olish, qayta ishlash va hisobga olishda, yadro obyektlaridan va ionlovchi nurlanish manbalaridan foydalanuvchi yoki ularni oluvchi boshqa obyektlardan foydalanishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘tarish inshootlarini, bug‘ va suv isitish qozonlarini, bosim ostida ishlaydigan idishlarni, bug‘ va issiq suv quvurlarini, shuningdek nazorat ostidagi boshqa obyektlarni ishlab chiqish, loyihalash, tayyorlash, montaj qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanishda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli yuklar va portlovchi moddalarni tranzit tashishda o‘z vakolatiga muvofiq davlat nazoratini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bevosita, shuningdek o‘z tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari orqali amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun belgilangan tartibda quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan korxonalar va obyektlarni tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratidagi korxonalar, shuningdek “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi nazoratidagi obyektlarga ega bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari rahbarlariga sanoat va radiatsiya xavfsizligi, ularni geologik o‘rganishda yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish, foydali qazilmalarni qazib olish, mineral xomashyoni qayta ishlash talablarining aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer qa’rini geologik o‘rganishda, ulardan foydalanish va ularni muhofaza qilishda, foydali qazilmalarni qazib olishda, mineral xomashyoni qayta ishlashda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda sanoat va radiatsiya xavfsizligi talablari buzilgan holda olib borilayotgan ishlarni to‘xtatib qo‘yish, shuningdek odamlar hayoti xavf ostida qolganda yoki avariya holati vujudga kelganda ularni ish joylaridan chiqarish, ish joylarini yoki asbob-uskunalarni muhrlab qo‘yish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ridan foydalanish va ularni muhofaza qilish talablarini buzganlik uchun mansabdor shaxslar va fuqarolarni o‘z vakolatlari doirasida ma’muriy javobgarlikka tortish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratidagi ishlab chiqarishlar uchun xodimlar tayyorlovchi kurslarni, shuningdek kon va portlatish ishlari olib borilishiga javob berish huquqi beriladigan mutaxassislar tayyorlovchi kurslarni tashkil etish, o‘ta xavfli ishlarni bajarish uchun tayyorlanadigan shaxslardan imtihonlar olish va ularga guvohnomalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nazoratidagi obyektlarda xodimlarning xavfsizlik qoida va normalarini, texnologik reglamentlarni va ishchilarning mehnatini muhofaza qilish yo‘riqnomalarini bilishlarini tekshirish, nazoratidagi korxonalar, shu jumladan sanoat xavfsizligi sohasida kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashni amalga oshiruvchi korxonalar rahbarlari va xodimlarining sanoat, radiatsiya xavfsizligi hamda yer qa’ri boyliklarini muhofaza qilish qoidalari va normalarini bilishlarini tekshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlar rahbarlarining “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha hisobotlarini eshitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligini ekspertizadan o‘tkazish huquqini beruvchi akkreditatsiya attestatining amalda bo‘lishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
faoliyatning ayrim turlariga litsenziyaning amal qilishini to‘xtatib turish, to‘xtatish va litsenziyani bekor qilish to‘g‘risida belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi;
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 782-sonli qaroriga asosan o‘ninchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari buzilgan holda tayyorlangan sanoat xavfsizligi ekspertizasi xulosalarini nohaqiqiy deb e’tirof etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert guvohnomasining amalda bo‘lishini belgilangan tartibda to‘xtatib turish, to‘xtatish yoki uni bekor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sanoat xavfsizligi sohasida akkreditatsiya qilingan ekspertiza tashkilotlari faoliyatini tekshiruv nazoratidan o‘tkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
geologik o‘rganishda, foydali qazilmalarni qazib olishda, mineral xomashyoni qayta ishlashda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ri foydali qazilmalaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish sohasidagi qoidalar, yo‘riqnomalar va boshqa normativ-texnik hujjatlar talablarini buzgan shaxslar bilan mehnat shartnomasini to‘xtatish yoki ularga nisbatan intizomiy choralar ko‘rish yoki ularni ishlarga texnik rahbarlik qilish huquqidan bir yilgacha muddatga mahrum qilish to‘g‘risida nazoratdagi korxonalar, vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlariga taqdimnomalar kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ionlovchi nurlanish manbalarini hisobga olish va nazorat qilish tizimini tashkil etish, yo‘lga qo‘yish, uslubiy ta’minlash va takomillashtirish bilan bog‘liq tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aybdor shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish to‘g‘risidagi masalani ko‘rib chiqish uchun materiallarni huquqni muhofaza qilish organlariga berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
avariyalarning holatlari va sabablarini, ishlab chiqarishda jarohatlanish, portlovchi materiallarning yo‘qolishi holatlarini belgilangan tartibda texnik jihatdan tekshirish hamda tekshirish natijalari bo‘yicha “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiritilgan masalalar yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan qarorlar qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda tashkilotlar tomonidan asbob-uskunalar va materiallarni nazorat sinovlaridan o‘tkazishni, ish va atrof muhit tahlillarini, loyiha va loyiha-konstruktorlik yechimlarining mustaqil ekspertizasini o‘tkazishni tayinlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tayyorlovchi zavodlar va ta’mirlash korxonalarida nazoratdagi sanoat tarmoqlari uchun asbob-uskunalarning sanoat xavfsizligi talablariga muvofiqligini tekshirish, ular standartlar, sanoat, radiatsiya xavfsizligi qoidalariga va normalariga hamda tasdiqlangan loyihaviy yechimlar talablariga nomuvofiq bo‘lgan taqdirda ularni ishlab chiqarishni to‘xtatib qo‘yish va qo‘llanishini taqiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlardan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga taalluqli masalalar bo‘yicha zarur axborotlarni olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mansabdor va jismoniy shaxslarda ishlarga texnik rahbarlik qilish va ularni bajarish huquqini beruvchi tegishli hujjatlar mavjudligini, shuningdek ular tomonidan yuqori darajada xavflilik bilan bog‘liq ishlarni bajarish uchun maxsus belgilangan talablarga rioya etilishini tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xizmat ko‘rsatiladigan korxonalar hisobidan moliyalashtiriladigan mintaqaviy inspeksiyalarga tezkor va uslubiy rahbarlikni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, tashkilotlar bilan kelishgan holda ularning mutaxassislarini ishlab chiqarishlar, obyektlar hamda yer qa’ri ishlari va uni muhofaza qilish xavfsizligi bilan bog‘liq mustaqil ekspertizalar va ishlanmalarni amalga oshirish uchun shartnoma asosida jalb etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi inspektorlari o‘z vazifalarini bajarayotganda nazoratidagi korxonalar ularni xizmat xonalari, aloqa vositalari, maxsus kiyim-bosh va himoya vositalari, transport bilan ta’minlaydilar, shuningdek ularga doimiy biriktirib qo‘yilgan mintaqaviy inspeksiyalar inspektorlariga esa kommunal xizmatlar ko‘rsatiladigan va telefon aloqasi bo‘lgan idoraviy turar joy ajratishda ko‘maklashadilar, idoraviy maktabgacha bolalar muassasalarida va sanatoriy-kurort muassasalarida joy beradilar, tibbiy xizmat ko‘rsatish va ijtimoiy-maishiy ta’minot masalalarini hal qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun javob beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining mansabdor shaxslari o‘z xizmat vazifalarini zarur darajada bajarmaganligi uchun belgilangan tartibda javob beradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi.
(15-andning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 17-iyundagi 180-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 25-son, 259-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan o‘rinbosari bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, o‘rinbosar esa — tegishli ravishda vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat inspeksiyasi faoliyatiga yakkaboshchilik asosida umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarurat bo‘lganda, “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining markaziy apparati tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi, shtatlar jadvalini va xarajatlar smetasini tasdiqlaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining tarkibiy bo‘linmalari va idoraviy mansub tashkilotlari to‘g‘risidagi nizomlarni (ustavlarni) belgilangan tartibda tasdiqlaydi, Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi to‘g‘risidagi nizom bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining tarkibiy bo‘linmalari xodimlarini hamda idoraviy mansub tashkilotlar rahbarlarini belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismi shtabining Harbiylashtirilgan kon-qutqarish qismining avariyaga uchragan odamlarni qutqarishga, yuz berayotgan avariyalar oqibatlarini lokalizatsiya qilish va bartaraf etishga hamda korxonalarda avariya-texnika ishlarini bajarishga tayyorligini ta’minlash bo‘yicha ishlari yuzasidan nazoratni tashkil etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Tarmoq inspeksiyalari va mintaqaviy inspeksiyalar o‘z faoliyatini “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomlarga muvofiq amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Xavfli ishlab chiqarish obyektlarini ishlatish bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtirish uchun “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi huzurida “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i boshchilik qiladigan Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengash tuziladi. Sanoat xavfsizligi bo‘yicha idoralararo kengashning shaxsiy tarkibi va uning to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishgan holda “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Davlat inspeksiyasida boshliq (hay’at raisi), uning o‘rinbosari (lavozimiga ko‘ra), shuningdek “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshlig‘ining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi faoliyatining respublika hududida geologik o‘rganishda, foydali qazilmalarni qazib olishda, mineral xomashyoni qayta ishlashda, kon ishlarini geologiya-marksheyderlik xizmatlari bilan ta’minlashda sanoat va radiatsiya xavfsizligi, yer qa’ri boyliklaridan foydalanish va ularni muhofaza qilish bo‘yicha qonun hujjatlari va normativ-texnik hujjatlar talablariga barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan rioya qilinishi yuzasidan davlat nazorati ta’minlanishini davom ettirish, sanoat va radiatsiya xavfsizligini ta’minlash, shuningdek kon nazorati sohasida oldini olish chora-tadbirlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarini tayyorlash va amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at majlisiga “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at qarorlari boshliqning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Boshliq va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda boshliq paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga ma’lum qilishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasining inspektorlari tarkibiga va organlari xodimlariga belgilangan tartibda farqlash belgilari bo‘lgan formali kiyim-bosh va yagona namunadagi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 11-maydagi 131-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Vazirlar Mahkamasining “Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2004-yil 10-iyuldagi 323-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2004-y., 7-son, 64-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1, 2 va 4-bandlar, shuningdek 1, 3 va 4-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 3-bandning ikkinchi xatboshidagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gazni nazorat qilish inspeksiyasining” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi Gaz xo‘jaligidan xavfsiz foydalanish inspeksiyasining” so‘zlari bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2008-yil 29-maydagi 114-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 5-son, 25-modda):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) 1-banddagi “O‘zbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qa’rini geologik o‘rganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) 2-banddagi “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” so‘zlari “Sanoatgeokontexnazorat” davlat inspeksiyasiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) 3 va 4-bandlar, shuningdek 1 va 2-ilovalar o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Vazirlar Mahkamasining “Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar haqida” 2008-yil 10-dekabrdagi 271-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 12-son, 64-modda) 6-ilovaning 2-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash bo‘yicha ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida” 2010-yil 5-iyundagi 108-son qaroriga (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 6-son, 27-modda) ilovaning 45-bandi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2011-y., 19-son, 191-modda, 25-son, 259-modda; 2012-y., 44-son, 507-modda; 2016-y., 17-son, 176-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 03.10.2018-y., 09/18/782/1985-son, 03.10.2018-y., 09/18/784/1986-son)